Konservatoriyasi umumiy fortepiano
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy-fortepiano-mazhmua
35-36-машғулот
Якуний рейтинг тингловига тайѐргарлик кўриш B.Nadejdin qalamiga mansub Tokkata (1948) – nafis miniatyura bo„lib, o„zbek fortepiano pyesasining mazkur janrda yaratilgan ilk namunalaridan biridir. Uning muallifi – mo„tabar pedagog, bu miniatyurani yosh o„zbek musiqachilarini ijrochilik san‟atiga jalb etish, ya‟ni instruktiv maqsadda yaratgan. Pyesada o„zbek milliy koloriti yorqin ifodalangan. Pyesaning miksolidiy ladi unga yorqin milliy rang bergan. Diatonik asosdagi lad o„zgaruvchanligi butun pyesa davomida sezilib turadi. Tokkataning boshlanishiyoq g„ayrioddiy bo„lib, u “fa” miksolidiy dominantasidagi kvinta ohangdoshligidan boshlanadi, yakun ham shunga muvofiq tarzda kvarta ohangdoshligi bilan tugallanadi, bu esa pyesaga beqaror (mavhum) lad (biladavost) qirralaridan darak beradi. Butun miniatyura yashirin polifoniya alomatlari kuzatilgan ikkiovozli tuzilmaga qurilgan: Stakkato va ostinatoli ritmik tashkilotni ijro etish usullari tokkatalilikni ta‟kidlab ko„rsatadi. Ғayrioddiy tovush mutanosibliklari, kvarta va kvintalar ketma-ketligi, va ayniqsa kvintalar parallelizmi o„zining originalligi bilan e‟tiborni tortuvchi, nihoyatda o„ziga xos jarangni hosil qiladi. Bu ayniqsa miniatyuraning o„rta qismida seziladi, unda kompozitor tovushlarning kvintali va kvartali mutanosibliklarini o„zaro almashtirib beradi: Pyesada dinamik belgilar juda aniq ko„rsatilgan bo„lib, ularga talaba e‟tibor qaratishi va ularning ijrosiga erishishi lozim. Tokkataning “p” dan “ ff”gacha bo„lgan dinamik profili, puxta ishlov berishni talab qiluvchi dinamikaning ichki sarhadlarini ham o„zida mujassam etishi kerak. Ixcham hajmiga qaramay Tokkata o„zida bir qator qiyinchiliklarni jamlaganki, ularni o„zlashtirish musiqachining texnik va musiqiy rivojlanishiga yordam beradi. Tokkata ustida ishlash musiqachi qo„llarining yaxshi postanovkasini mustahkamlashga, qattiq stakkatoni ishlab chiqishga, barmoqlar texnikasi aniqligiga va dinamik sarhadlarni his etishga ko„maklashadi. Tokkata ustida ishlashni kvartali, kvintali va boshqa g„ayrioddiy mutanosibliklarga, musiqaning o„ziga xos lad jamlanmasiga quloq tutib, og„ir sur‟atda boshlash kerak va uni tobora tezlashtirib, yakunda Vivogacha yetkazish lozim. B.Nadejdinning kashf etilgan miniatyurasi lad tafakkurini rivojlantiradi va yosh pianinochilarni o„zbek tokkata janri bilan tanishtiradi. O„quvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish uchun ushbu miniatyuraga mos keluvchi sharq she‟riyati miniatyurasi bo„lmish - Navoiy, Bobur, Ҳofiz, Nodira kabi atoqli shoirlarning g„azal, muhammas yoki ruboiylarini, yohud talaba xohishiga qarab boshqa bir shoir asarini tanlash kabi topshiriqni berish foydalidir.
Document Outline
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling