Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot, uni mohiyati, ahamiyati hamda uni tuzish tartibini takomillashtirish
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
275-280 KONSOLIDASIYALASHGAN MOLIYAVIY HISOBOT, UNI MOHIYATI, AHAMIYATI HAMDA UNI TUZISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ilk marotaba konsolidasiyalashgan buxgalteriya hisoboti XX asrning
boshlarida AQShda vujudga kelgan. Aynan о„sha davr jadal iqtisodiy rivojlanish davri bо„lib, hozirgi iqtisodiy gigantlar о„sha vaqtdagi kichik korxonalarni qо„shib olishi natijasida paydo bо„lgan. Shuningdek, hisobga ish va hisobot tuzishning yangi usullarini qо„llash bо„yicha tо„siqlar va tartibga soluvchi xujjatlar yо„q edi. Umumlashtirish g„oyasi eng yirik fond birjalari tomonidan ma‟qullangan edi. Buning natijasida AQShda birinchi bо„lib, konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlar tuzish zaruriyati paydo bо„lgan. Yevropada umumlashtirish g„oyasi birmuncha kechikibroq qaror topa boshladi. Bu borada Gollandiya ancha ilg„or bо„lib chiqdi - Mueller So firmasining konsolidasiyalashgan hisoboti haqidagi dastlabki ma‟lumot 1926 yilda qayd etilgan. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotning qо„llanilishi XX asrning 20-yillariga tо„g„ri keladi. Bu davlatlarda xolding biznesining keng quloch yoyishi konsolidasiyalashgan hisobotlarni tuzishni taqozo etgan. Hozirgi kunda bu davlatlarda konsolidasiyalashgan moliyaviy hisob ma‟lumotlari milliy standartlar asosida tartibga solinadi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida konsolidasiyalash jarayoni sekinlik bilan rivojlangan. Masalan, Germaniyada kompaniyalarning barcha filiallari bо„yicha konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish zaruriyati bо„yicha qonun 1960 yilda qabul qilingan bо„lsa, yirik kompaniyalarning xorijda faoliyat yuritayotgan shо„ba korxonalari bо„yicha qonun 80-yillarning oxirida amalga kiritilgan. Shveysariyada konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish milliy standartlar bilan tartibga solinib, kо„pgina yirik kompaniyalar о„z bо„limlari faoliyati tо„g„risida ma‟lumotlarni о„z hisobotlarida aks ettiradilar. Italiyada qimmatli qog„ozlar birjasida rо„yxatdan о„tgan kompaniyalar konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishi majburiy hisoblanadi. Yaponiyada konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bо„yicha standart 1977 yilda qabul qilingan. Yuqorida keltirib о„tilgan fikrlardan kо„rinib turibdiki, jahon mamlakatlarida bu masalani hal qilish bо„yicha turli xil qarashlar mavjud. 2016 yil 13 aprelda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi qonunining «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot» nomli 23-moddasida “Asosiy xо„jalik jamiyati bо„lgan va shо„ba xо„jalik jamiyatlariga, о„z nazorati ostidagi tashkilotlarga ega buxgalteriya hisobi subyekti konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek asosiy xо„jalik jamiyatining nazorati ostidagi tashkilotlarga qо„yiladigan talablar buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi” – deyilgan.[1]. Bugungi kunda konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish О„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 dekabrda 580-son bilan rо„yxatga olingan «Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlar va investisiyalarni shо„ba xо„jalik jamiyatlarida hisobga olish» deb nomlangan 8- son “Shо„ba xо„jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar» O„zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) bilan tartibga 277 solinadi. Amaliyotda konsolidasiyalashgan hisobot tuzish tajribasi hozircha keng rivojlanmaganligi sababli, ularni tuzishning tamoyillarini joriy etish va masofadan turib hisob ma‟lumotlarini umumiy ma‟lumotlar bazasiga uzatish tizimi mexanizmini ishlab chiqish talab etilmoqda. 10-sonli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartida konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotga quyidagicha ta‟rif berilgan: “Jamlangan (konsolidatsiya lashgan) moliyaviy hisobotlar- Guruh moliyaviy hisobotlari bо„lib, ularda bosh tashkilot va uning shu‟ba tadbirkorlik subyektlari aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromadi, xarajatlari va pul mablag„lari oqimlari iqtisodiy faoliyat yagona subyektining aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromadi, xarajatlari va pul malag„lari oqimlari sifatida ifodalanadi.” [2] Ayrim iqtisodchi olimlar ham konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobt tuzadigan korxonalar tо„g„risida о„z fikrlarini aytgan, xususan S.N.Tashnazarov “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadigan kompaniyalar guruhiga bosh kompaniya hamda u tomonidan nazorat qilinadigan barcha shо„ba kompaniyalar kiradi. Agar kompaniya bosh kompaniya tomonidan nazorat qilinsa, u holda konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot bu kompaniyalarning faoliyat turlaridagi mavjud farqlardan qat‟iy nazar tuziladi.”[ 7] Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling