Konstitutsiya eng oily hakam
Vatan haqida qo’shiq yangraydi
Download 111.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiya - eng oliy hakam tadbir senariysi. baxtiyor.UZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-o’quvchi
- 8-o’quvchi
- 10-o’quvchi
- 11-o’quvchi
Vatan haqida qo’shiq yangraydi: 5-o’quvchi: 1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning O’zbekiston Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’noni bildiradi. Karnay-surnay ovoz berdi jahonga, Jahonni qaratdi O’zbekistonga. Temurning ruhiga qilib qasamyod, Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod, Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom, Dilida xalqiga chuqur ehtirom Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman, Bizdan qolsin ozod va obod Vatan. 6-o’quvchi: Marifat bo’stoni ezgu dostoni, Dostligu tinchlikning metin qo’rg’oni, Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim. Ey obod diyorim O’zbekistonim! O’quvchilar tomonidan raqs ijro etiladi. 7-o’quvchi: 3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir. Dunyo xaritasin bezab shersimon, Qulochini yoydi hur O’zbekiston. Xaritaga soling diqat nazarin, Ko’ring, xavas qiling yurtim manzarin. U qaddin roslagan sherga oxshaydi. Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi. Istibdod zanjirin uzib batamom, O’zligin olamga etdi namoyon. Ozod nafas oldi bu jaho aro, Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro. 8-o’quvchi: 4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. 9-o’quvchi: 5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega. Olam ahli bilan qilib barobar, Ayladi qadrdon, do’st-u birodar. Chiqardi millatlar uyin to’riga, Umir qo’shdi O’zbekiston umriga. Mulki jahon bayroqlari qatori, Shula sochdi bayrog’imiz sharori. Olam aro madhiyamiz yangradi, Eshitganki, kishi joni yayradi. Mustaqillik bergan oily baxtdir bu, O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu! 10-o’quvchi: 6-modda: O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri. Ey ko’xna diyorim, ona Toshkentim, Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim! Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim, Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim! 11-o’quvchi: 7-modda: Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir. Adolatning qo’yib tamal toshini, Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini. U tinim bilmasdan ishladi shoyon. Konstitutsiyaga fido qildi jon. Birnchi o’ringa qo’yib insonni, Inson sharafiga baxsh etdi jonni. Qonunlar insonga qilmasa xizmat, Qonunlar insonni etmasa izzat. Qonun emas, dedi undayin qonun, Qonunda Insondir zori Humoyun. Davlatning sharafi, shoni insondir, Tanasi, yuragi, joni insondir. Download 111.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling