Konstitutsiya huquqdan savollar


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.11.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1762209
  1   2   3   4
Bog'liq
Savollar huquqdan




KONSTITUTSIYA 
HUQUQDAN SAVOLLAR 



1. Инсонга Конституция нима учун керак? 
«Konstitutsiya» lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, 
«belgilash», «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi, ya’ni Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlarini tuzish hamda ularning ish faoliyati asosiy prinsiplari va vakolatlarini, fuqarolar asosiy huquqlari va 
burchlarini, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi.
2. Конституцияни нима учун асосий қонун деб атайдилар? 
Unda inson va fuqaroning huqu va erkinliklari e’lon 
qilinadi, e’tirof etiladi va kafolatlanadi, davlat boshqaruvi va hududiy tuzilishi, hokimiyat markaziy va joylardagi 
mahalliy organlari tashkil etish tizimi va ularning vakolatlari belgilab qo’yiladi, shuningdek, qonunchilik, ijro organlari va 
sud hokimiyati organlarini tuzish tartibiga solib turiladi, saylov tizimi, davlat ramzlari va Kansututsiyaga o’zgartirishlar 
kiritish tartibi belgilanadi. 
3. Конституциявий ҳуқуқ нима? 
Huquq o‘zida umum majburiy normalar tizimini mujassamlashtiradi. Bu normalar 
davlatda kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni tartibga solib turadi. Jumladan, ba’zi normalar oilaviy turmush sohasida 
vujudga keladigan munosabatlarni, ba’zilari esa mehnat yoki mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
4. Конституциявий ҳуқуқнинг Конституциядан фарқи нимада? 
Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq 
o‘rtasidagi farq shundaki, Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i, o‘quv fani sifatida konstitutsiyani o‘rganish 
predmetining asosiy negizi hisoblanadi, ya’ni konstitutsiyaviy huquq – huquq tarmog‘i, Konstitutsiya esa anashu tarmoq 
manbayi.
5. Ҳуқуқнинг бошқа тармоқлари билан конституциявий ҳуқуқнинг ўзаро боғлиқлиги нималарда намоён 
бўлади? 
Huquq normalarida.
6. Ҳуқуқ деганда нимани тушунасиз? 
Huquq – davlat tomonidan qonunlarda va boshqa me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarda belgilangan va davlatning majburlash kuchi bilan muhofaza qilinadigan, mamlakat barcha aholisi uchun 
majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalari tizimi.
7. Ҳуқуқий тартибот тушунчасига тариф беринг? 
Huquqiy tartibot – jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum bir 
holati bo‘lib, unga mamlakatning Asosiy qonuni – Konstitutsiya va boshqa huquqiy me’yorlariga majburiy ravishda 
hamma rioya qilishi, shaxs huquq va erkinliklari ta’minlanishi natijasida erishiladi.
8. Ўзбекистон Республикасининг ҳуқуқ тармоқларини санаб беринг ва улардан бирини шарҳланг? 
Kansututsiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Jinoyat huquqi, Moliyaviy huquq, Ekologik huquq, Yer huquqi, Oila huquqi, 
Mehnat huquqi, Fuqarolik huquqi.
9. Конституциявий ҳуқуқ нормаларини қайси манбалардан топиш мумкин? 
Konstitutsiyaviy huquq normalari 
qolgan barcha yuridik normalar, huquqning har bir tarmog‘i, har qaysi qonun va qonunosti hujjatining poydevori sanaladi. 
Shuning uchun ham konstitutsiyaviy huquq har bir mamlakat milliy huquq tizimida yetakchi mavqega ega. 
Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi – Konstitutsiya. Ammo konstitutsiyaviy huquq faqat Konstitutsiyadan iborat 
bo‘lmaydi. Boshqa qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham huquqning anashu tarmog‘i manbalari hisoblanadi.
10. Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартириш киритиш тартибини тушунтиринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida uning barqarorligini ta’minlash, tez-tez o‘zgartirishlar kiritilishiga monelik qilish bo‘yicha 
himoya choralari nazarda tutilgan. Ular Asosiy qonunning VI bo‘limida bayon etilgan bo‘lib, unda o‘zgartirishlar kiritish 
tartibi va shartlari keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar, basharti faqat tegishincha Oliy 
Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat 
ko‘pchiligi tomonidan ovoz berilsa yoki O‘zbekiston Respublikasi referendumi jarayonida kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Qonunchilik organi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar 
kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis 
Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi 
mumkin.
11. Маҳаллий ҳокимият органларининг буйруқ ва қарорларида мамлакат Конституциясига мувофиқ бўлмаган 
қоидалар бўлиши мумкинми? 
Barcha davlat o’rganlari o‘z aktlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga
muvofiqligi uchun mas’uldir. Ular Konstitutsiyaga muvofiq ish yuritishlari shart. Mazkur Konstitutsiyaning birorta
qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi
mumkin emas. O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi,16-modda.
12. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг қабул қилиниши тўғрисида гапириб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi 1990-yil 20-iyundan boshlab olim, jamoat namoyandalari va davlat boshqaruv 
organlari mutaxassislari tomonidan puxta ishlab chiqildi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi uch oy 
davom etdi. Umumxalq muhokamasi jarayonida kelib tushgan 6 000 taklif asosida loyihaga 80 dan ortiq tuzatishlar 
kiritildi. Keng umumxalq muhokamasi davomida bildirilgan ko‘p takliflar inobatga olingan holda komissiya tomonidan 
tayyorlangan Konstitutsiya loyihasi Oliy Kengash muhokamasiga qo‘yildi. 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI 
sessiyasida bu loyiha ma’qullandi va O‘zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi shu tarzda amalga kiritildi – 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi.
13. Конституция муқаддимасида нималар акс эттирилган? 
Konstitutsiyaning kirish qismi Muqaddima (preambula; 
kirish)dir. Unda O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining maqsadlari, vazifalari va prinsiplari qisqacha shaklda sanab o‘tiladi. 
Muqaddimaning muhimligi shundaki, Konstitutsiya matnida bayon etilgan barcha qoidalar unda e’lon qilingan quyidagi 
asoslar va prinsiplarga mos kelishi kerak, jumladan: – inson huquqlariga rioya qilish; – davlatchilik negizi – suverenitet; – 



mamlakatni milliy davlatchilik tarixiy tajribalariga tayanib rivojlantirish; – demokratiya va ijtimoiy adolat ideallarini tan 
olish; – xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini tan olish; – insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo 
etish; – fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash. Konstitutsiya Muqaddimasi – Asosiy qonun qabul qilinishiga 
sabab bo‘lgan prinsiplar to‘g‘risida xalqning tantanali bayonotidir. Muqaddimada Konstitutsiya mamlakat xalqi nomidan 
e’lon qilinishi va uning orzu-armonlari, niyatlari va zimmasiga oladigan majburiyatlari aks ettiriladi.
14. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг устунлиги деганда нима тушунилади? 
O‘zbеkiston 
Rеspublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq, bizning davlatimizda O‘zbеkiston Rеspublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat va uning organlari, mansabdor shaхslar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. O‘zbеkiston Rеspublikasining 
Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va u O‘zbеkiston Rеspublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbеkiston 
Rеspublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy aktlari O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi asosida qabul 
qilinadi. Ular Konstitutsiyaning normalari va prinsiplariga zid bo‘lishi mumkin emas. Bu shuni anglatadiki, davlatning 
barcha normativ hujjatlari Konstitutsiya normalariga muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinishi shart.
15. Сиёсий плюрализм нима? 
16. Давлат суверенитети деганда нимани тушунасиз? 
Hokimiyatni amalga oshirishda, bu borada yuzaga keluvchi 
muammolarni hal etishda nafaqat mamlakat ichkarisida, balki tashqarisida ham boshqa davlatlardan to‘la-to‘kis 
mustaqillikni anglatadi. Suverenitet – mamlakat ichkarisida hokimiyatning to‘liq ustunligi hamda tashqi siyosatda 
mustaqilligi, uning hududida davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to‘la-to‘kisligidir.
17. Давлат суверенитетининг асосий принципларини айтиб беринг? 
– davlat hududi hamda chegaralarining 
daxlsizligi va bo‘linmasligi; – mustaqil ichki va tashqi siyosat; – xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini e’tirof etish va 
hurmat qilish; – davlat tili o‘zbek tili ekanligi; – o‘z taraqqiyot yo‘lini, davlat ramzlarini tanlashdagi mustaqillik.
18. Ўзбекистон Республикаси суверен давлат сифатида қандай элементларга эга? 
1-modda mamlakatning tashqi 
va ichki ishlarida to'liq mustaqilligi.
19. Халқ ҳокимиятчилиги атамасини тарифланг? 
«Xalq hokimiyatchiligi» atamasi yunon tilidagi «demokratiya» 
(demos – xalq, kratos – hokimiyat) so‘zining aynan tarjimasidir. Bu tushuncha ilk marotaba Qadimgi Yunonistonda 
vujudga kelib, butun jahonga keng tarqaldi.
20. Демократия – бу? 
(qadimgi yunoncha: — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga 
kelish imkoniga ega siyosiy tuzum. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq 
hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson 
munosabatlarini belgilaydi.
21. Демократиянинг қандай шакллари мавжуд ва уларни шархланг? 
Demokratiyaning ikki shakli mavjud: – 
bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya. Bunda xalq davlat ishlarini vakillarsiz o‘zi hal qiladi (saylov, referendum, 
fuqarolar murojaati, qonunlar loyihalari muhokamasi va boshqalar orqali); – bilvosita, ya’ni vakillik demokratiyasi. Unda 
xalq suveren huquqlaridan foydalanib, o‘zlari saylab qo‘ygan vakillari (deputatlar va senatorlar) orqali davlat ishlarini 
amalga oshiradi.
22. Референдум деганда нимани тушунасиз? 
Davlat miqyosidagi muammolarni hal etishda xalqning bevosita 
ishtiroki referendumda, ya’ni mamlakat siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan umumxalq 
muhokamasida va bevosita ovoz berishda qatnashishi orqali namoyon bo‘ladi. Xalq nomidan faqat ular saylagan 
Prezident, Oliy Majlis deputatlari va senatorlar ish olib borishi mumkin.
23. Ўзбекистон Республикасида халқ ҳокимиятчилиги шаклларини айтиб беринг? 
1. Referendum, 2. Saylov, 3. 
Qonuniy loyihalar muhokammasi, 4. Davlat organlariga shikoyat va arizalar bilan yakka tartibda va jamoa bo’lib murojat 
qilish, 5. Fuqarolarning davlat va jamiyat hayotida ishtirok etishi.
24. Ҳокимиятнинг бўлиниши принципи деганда нимани тушунасиз? 
Demokratik davlatning eng muhim 
konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatning bo‘linishi prinsipidir (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
11-modda). Ushbu prinsipga muvofiq davlat hokimiyati qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyat organlariga bo‘linadi. 
Bu shuning uchun kerakki, bunda har qaysi hokimiyat tarmog‘i hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni 
suiiste’mol qilish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymagan holda boshqasini tiyib turishi zarurdir. Hokimiyatlardan birontasi 
boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak. Bu prinsipning amaldagi ifodasi qandaydir bir guruh yoki alohida shaxs 
tomonidan hokimiyat egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgandir. Faqat qonunga bo‘ysunishlari shart bo‘lgan 
sudlov organlari faoliyatiga aralashish alohida xavf-xatar tug‘diradi

25. Давлат суверенитети унинг ҳокимияти чекланмаганлигини англатадими? 
Bizda hokimiyat bo'linish prinsipiga 
asoslanadi. Buyriq chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati.
26. Давлатнинг ташқи сиёсати деганда нима тушунилади? 
Тashqi siyosat – o‘z chegaralaridan tashqarida xalqaro 
hayotda ishtirok etgan holda davlatning boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini, davlatning хalqaro 
munosabatlardagi umumiy siyosatini amalga oshirishidan iborat faoliyati.
27. Халқаро ҳуқуқ бу – қандай ҳуқуқ тармоғи? 
Xalqaro huquq – xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo va xalqaro 
tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi. Boshqa davlatlar bilan o‘zaro 
munosabatlardagi o‘z huquq va burchlarini tashqaridan qandaydir tazyiqsiz amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil 
davlatgina xalqaro munosabatlar subyektiga aylanishi mumkin. Xalqaro huquq subyekti bir davlatning boshqa bir davlat 
ustidan hokimligini tan olmaydi. Bunday davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish borasida mustaqil.
28. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Низоми қандай мақсадда имзоланган? 
Ikkinchi jahon urushi
(1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va saqlash maqsadida 1945-yil 24-



oktabrda San-Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta mamlakat vakillari Tinchlik konstitutsiyasi deb hisoblashga haqli bo‘lgan 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nizomini imzolagan edi.
29. Бирлашган Миллатлар Ташкилотига аъзо давлатлар қандай мажбуриятларни оладилар? 
– xalqaro norma va 
shartnomalarga amal qilish; – kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan tartibga solish; – kuch bilan xavf solish yoki uni 
qo‘llashdan tiyilish; – ichki ishlarga va hamkorlik ishlariga aralashmaslik.
30. Ўзбекистон Республикаси ташқи сиёсатининг асосий принципларини санаб беринг? 
– davlatlarning suveren 
tengligi prinsipi, ya’ni boshqa davlatlar suverenitetini hurmat qilish majburiyligi; – kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan 
tahdid qilmaslik prinsipi; – chegaralarning daxlsizligi prinsipi; – boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik 
prinsipi; – nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish prinsipi, shuningdek, davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish va 
ulardan ajralib chiqish prinsipi. 
31. Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари қандай заруриятдан тузилади? 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va 
xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 125-modda.
32. Ҳокимият нима? 
Hokimiyat – bu odamlar, moddiy obyеktlar, hududlarni boshqarish, buyruq bеrish imkoniyati.
U avtoritеt, so‘z, xatti-harakat, shuningdеk, majbur etish vositasida amalga oshiriladi. O‘zbеkiston Rеspublikasi 
Konstitutsiyasining 7-moddasida хalq davlat hokimiyatining yagona manbayi ekanligi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlab 
qo‘yilgan. O‘zbеkistonda davlat hokimiyati хalq manfaatlari asosida va faqat O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi 
bilan vakil qilingan organlar hamda Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonunchilik bilan amalga oshiriladi. 
Konstitutsiyada ko‘rsatilmagan tartibda hokimiyat organlari faoliyatini to‘хtatish yoki bеkor qilish, davlat hokimiyati 
vakolatini bеrish, yangi va hokimiyatning parallеl tuzilmasini tuzish Konstitutsiyaga zid hisoblanadi va qonun bo‘yicha 
javobgarlikka tortiladi.
33. Ҳокимиятнинг вазифаларини айтиб беринг? 
O'ziga biriktirilgan hududtagi iqtisodiy siyosiy muomolarni hal 
qilish.
34. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида кафолатланган шахсий ҳуқуқ ва эркинликларини айтиб 
беринг? 
Yashash, Erkinlik, sudda himoya qilish va shaxsiy daxilsizlik, Sha’ni va obro’siga tajovuz qilinishidan, shahsiy 
hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxilsizligi huquqi, Bir joydan ikkinchi joyga ko’chish va yashash 
joyini tanlab olish erkinligi, Fikirlash, so’z va e’tiqod erkinligi, Fuqaroning huquq va manfatlariga daxldor bo’lgan 
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish, vijdon va dinniy etiqod erkinligi.
35. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида кафолатланган сиёсий ҳуқуқларини айтиб беринг? 
Jamoat va 
davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi, O’zbekiston Respublikasining Qonunchiligiga muvofiq mitinglar, tich 
yig’ilishlar va nomoyishlar shaklida o’z faolligini namoyish qilish huquqi, Davlat hokimiyatining vakillik organlariga 
saylash va saylanish huquqi, Kasaba uyishmalari, siyosi partiyalar va boshqa jamoatchilik birlashmallariga birlashish, 
ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi, Davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakiligiga arizalar, shikoyatlar va 
takliflar bilan murojat qilish huquqi.
36. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида кафолатланган иқтисодий ва ижтимоий ҳуқуқларини айтиб 
беринг? 
Xususiy mulkdor bo’lish huquqi, Mehnat qilish sharoitiga ega bo’lish va ishsizlikdan himoyalanganlik huquqi, 
faoliyat va kasb tanlash erkinligi, Yoshiga ko’ra pensiya, mehnatga layoqatini yoqotganda, shuningdek, boquvchisidan 
mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minot olish huquqi, Qonun bilan taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat huquqi, To’lanadigan 
dam olish huquqi, Malakaliy tibbiy yordamdan foydalanish huquqi.
37. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида кафолатланган маданий ҳуқуқларини айтиб беринг? 
Ta’lim 
olish huquqi, bepul umumiy ta’lim olish kafolatlanganligi, Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi, Madaniyat 
yutuqlaridan foydalanish huquqi.
38. Ҳуқуқда эркинлик деганда нима тушунилади? 
Erkinlik (huquqda) – davlat tomonidan e’tirof etilgan, 
Konstitutsiya yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan shaxsning har qanday ijtimoiy huquqi, 
insonning muayyan xulq-atvordagi imkoniyatlari (masalan, so‘z erkinligi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikr, so‘z va 
e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi va boshqalar).
39. Гендер тенглиги тушунчасини тарифлаб беринг ҳамда бу борада юртимизда қандай ишлар амалга 
оширилмоқда? 
Gender tengligi – taraqqiy etgan mamlakatlarning inson – erkak yoki ayol bir xildagi ijtimoiy huquqlar 
va imkoniyatlarga ega ekanligini e’tirof etuvchi konvensiya.
40. «Шахсий ҳаёт» дейилганда нима тушунилади?
«Shaxsiy hayot» deyilganda istisno tariqasida ayni shu kishiga 
taalluqli hamda qonunga xilof ravishda oshkor etilgan taqdirda insonga ma’naviy ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan 
yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, telegraf vositasidagi va boshqa turli xil bildirishlar, tibbiyot tavsifidagi 
ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar tushuniladi. Shaxs qadr-qimmati huquqi davlat inson uchun uning qadr-qimmatini va 
or-nomusini kamsitmaydigan sharoitlar yaratib berishini taqozo etadi. Hech kim qiynoqlarga solinishi, zo‘ravonlikka, 
shafqatsiz yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi muomalaga duchor etilmasligi shart.
41. Турар жой дахлсизлиги ҳуқуқи деганда нимани тушунасиз? 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
(27-modda) ko‘zda tutilganidek, davlat organlari ushbu huquqlarga aralashishi mumkin emas. Ammo davlat, jamiyat 
хavfsizligi, jamoatchilik tartibi, aholi sog‘ligini saqlash yoki boshqa shaхslarning huquqlari hamda erkinliklari nuqtayi 
nazaridan qonunda bеlgilangan holatlar bundan mustasnodir. Fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy yoki vaqtinchalik 
yashash joyi tariqasida egallab turilgan har qanday bino turar joy jumlasiga kiradi.



42. Сўз эркинлиги тушунчасига таъриф беринг? 
Inson fikri va e’tiqodi uning xatti-harakatlari asosidir. Konstitutsiya 
fikr yuritish va so‘z erkinligini ta’minlashni kafolatlash bilan birgalikda, mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi 
yo‘naltirilgan har qanday axborot yoki davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatishni man etadi. So‘z erkinligi – nafaqat 
o‘z g‘oyalari va fikr-mulohazalarini og‘zaki, balki matbuotda, tasviriy san’at asarlari, badiiy adabiyotda va boshqalarda 
ham bayon etish imkoniyatidir.
43. Дунёвий давлат деганда қандай давлат тушунилади? 
Dunyoviy dаvlаt – rаsmiy dаvlаt dini mаvjud bo‘lmаgаn 
vа birоrtа diniy tа’limоt mаjburiy sаnаlmаydigаn dаvlа.
44. Меҳнат қилиш ҳуқуқи юзасидан нималарни биласиз? 
Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, 
erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi davlatimiz zimmasiga 
ishsizlik darajasi iloji boricha past bo‘lishi, ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va shu davrda o‘ziga ish qidirib topishi 
uchun barcha vositalarni ishga solish majburiyatlarini yuklaydi. Konstitutsiyada majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchi 
doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd etilgan. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin 
kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga 
egadir.
45. Вояга етмаганларнинг меҳнат қилиш ҳуқуқи тўғрисида нималарни биласиз? 
Ishga kirayotgan odamdan, 
avvalo, yoshi haqida so‘raladi, chunki O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq korxona ma’muriyati 
voyaga yetmaganlarni faqat 16 yoshdan boshlab ishga qabul qilishga haqlidir. Mehnatga tayyorlash maqsadida 
(O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 77-modda) o‘quvchilar 15 yoshdan boshlab, o‘qishdan bo‘sh vaqtda 
ishga qabul qilinishi mumkin. Voyaga yetmaganlar faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ishga joylashishlari 
mumkin, chunki ota-onalar mehnat sharoitini bilishlari va bu haqda kelishishlari shart. Shuningdek, o‘smir salomatligi 
to‘g‘risidagi tibbiyot ma’lumotnomasi ham majburiydir.
46. Ижтимоий таъминот олиш ҳуқуқи тўғрисида нималарни биласиз? 
O‘zbekistonda munosib turmush darajasini 
saqlab turish uchun ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga, yolg‘iz onalarga va boshqa yolg‘iz kishilarga, shu 
jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy yordam ko’rsatilmoqda, nafaqalar va qarilik 
pensiyalarining miqdori muntazam oshirib borilmoqda.
47. Сиёсий ҳуқуқлар фуқароларга нима учун керак? 
Agar fuqarolarda qat’iy axloqiy va siyosiy qarashlar bo‘lsa, 
ular o‘z huquqlari va burchlarini aniqroq anglab yetadilar, mamlakat ijtimoiy hayotida faolroq ishtirok etadilar. Jamiyat 
va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi, O’zbekiston Rspublikasining qonunchiligiga muvofiq 
o’tkaziladigan mitinglar, tinch yigilishlar va nomoyishlarda qatnashish, shu tarzda ijtimoiy faollik ko’rsatish huquqi, 
Kasaba uyishmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyishish huquqi, Saylov va saylanish huquqi, 
Vakolatli davlat organlari, idoralari va xalq vakillariga arizalar, taklif, shikoyatlar bilan murojat qilish huquqi.
48. Фуқаролар қонун лойиҳаларининг умумхалқ муҳокамасида қандай ҳуқуқларга эга? 
Fuqаrоlаrning hukumаt 
tоmоnidаn qаbul qilinаdigаn qаrоrlаrgа tа’siri dаvlаt hukumаti оrgаnlаrigа sаylаsh huquqi bilаn chеklаnmаydi. Fuqаrоlаr 
murоjааt, tаklif, аrizа vа shikоyatlаr оrqаli ko‘plаb kundаlik muаmmоlаrni hаl etishgа yordаm bеrаdilar, shu tariqa o‘z 
huquqlаrining buzilishigа yo‘l qo‘yilishini kamaytirаdilar. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi «Jismoniy va yuridik shaxslarning 
murоjааtlаri to‘g‘risidа»gi Qоnunigа muvоfiq murоjааtlar, takliflar, аrizаlar, shikoyatlar ko‘rinishidа og‘zaki, yozma yoki 
elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda bo‘lishi mumkin. 
49. Қонун лойиҳаларининг умумхалқ муҳокамасидан ўтказилишини тушунтиринг? 
Fuqarolarning eng muhim 
siyosiy huquqlaridan biri «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq qonunlar 
loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishdir. Fuqarolar bunda quyidagilarga haqlidirlar: – qonun 
loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish; – qonun loyihalariga tuzatishlar va takliflar kiritish bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, 
boshqa davlat organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy 
partiyalar va boshqa jamoat chilik birlashmalariga, ommaviy axborot vositalariga murojaat qilish; – deputatlar, davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari vakillari bilan uchrashuvlarda, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun 
tashkil etilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish. Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsiy va ijtimoiy holatiga ko‘ra qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishini cheklash taqiqlanadi. 
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy 
partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi deputatlar guruhi, shuningdek, Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasi deputatlari saylov uchastkalarida o‘tkazadilar. Qonun loyihasi bo‘yicha belgilangan tartibda kiritilgan takliflar va 
tuzatishlar albatta ko‘rib chiqilishi shart.
50. Митинг деганда нима тушунилади? 
Bu ma’lum bir shaxislar va tashkilotlarning xatti-harakatlari, ijtimoiy-siyosiy 
voqealarga nisbatan munosabatini oshkora ifodalsh maqsadidagi fuqarolarning tinch yig’ini.
51. Йиғилишлар эркинлиги ҳуқуқини тушунтириб беринг? 
Bu biror bir muhim jamoatchilik masalasini jamoa 
bo’lib birgalikda muhokama qilish uchun fuqarollar ishtiroki. Yig‘ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi insonga o‘z 
fikrlari va o‘z qarashlarini ifodalash imkoniyatini beradi. Bu huquq mamlakat rahbariyatiga xalqning fikri haqida axborot 
yetkazib turish uchun ham zarur. Bu narsa o‘ta muhim va rahbarlarga fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolarga 
chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi.
52. Митинг ва намойишнинг бир-биридан фарқини айтиб беринг? 
Namoyish – bu ma’lum bir siyosiy talablarni 
bildirish maqsadidagi ommaviy yurish.



53. Инсонга фуқаролик нима учун керак? 
Fuqarolik-bu insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy 
aloqalaridir. Davlat o’z qonunlarida insoning huquqiy maqomini, ya’ni insoning davlatga, uning organlariga va boshqa 
shaxslarga nisbatan maqomini belgilaydi.
54. Дискриминация деганда нима тушунилади? 
Jinsiga, qaysi millatga mansubligiga, diniy va siyosiy e’tiqodiga 
ko’ra, ma’lum bir guruhdagi fuqarolar huquqlarini noma’lum tarzda cheklash yoki mahrum qilish.
55. Фуқаролиги бўлмаган шахсларда қандай ҳуқуқий чекловлар мавжуд бўлади? 
Chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar (apatridlar) – xalqaro huquqiy hujjatlar insonga havola etadigan barcha asosiy huquqlardan 
foydalanadilar (saylovlarda qatnashish va mamlakatning qurolli kuchlarida xizmat qilish huquqi bundan mustasno). Ayni 
shu davlatning fuqarolari kabi bu fuqarolar ham uning qonunlariga rioya etishlari shart. «Fuqarolik to‘g‘risida»gi 
Qonunning 11-moddasida O‘zbеkiston Rеspublikasi hududida yashovchi, lеkin O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari 
bo‘lmagan va хorijiy davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi asosga ega bo‘lmagan shaхslar fuqaroligi bo‘lmagan shaхslar 
hisoblanishi qayd etilgan. Ikki mamlakat fuqarosi bo‘lish taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el 
fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq 
ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan 
burchlarni ado etadilar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 23-modda.
56. Ўзбекистон Республикаси фуқаролиги тўғрисидаги ишларни идора қилувчи давлат органларини санаб 
беринг? 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya; – O‘zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi; – Fuqarolikka qabul qilish 
to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. 
57. Фуқароликни олиш учун нима асос бўла олади? 
Tug’ilgan paytida, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul 
qilish natijasida, O’zbekistoning xalqaro shartnomalari bilan nazarda tutilgan asoslarga ko’ra, Boshqa qonuniy asosalarga 
ko’ra.
58. Биометрик паспорт бу? 
O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarosining fuqaroligini va shaхsini tasdiqlovchi, pasport 
egasining pеrsonal biografik ma’lumotlari va biomеtrik paramеtrlariga ega elеktron aхborot (chip) tashuvchi hujjat.
59. 15 ёшдан 18 ёшгача бўлган фуқароларнинг чет элга чиқиш тартибини тушунтиринг? 
2019-yil 1-yanvardan 
boshlab, stikerlar, ya’ni chet elga chiqish uchun «chiqish vizasi» berilishi to‘xtatildi va 10 yilga beriladigan yangi 
biometrik xorijiy pasportlar olinadigan bo‘ldi. Chet el pasportlari xalqaro standartlarga mos keladi. 15 dan 18 yoshgacha 
bo‘lgan fuqarolar ota-onalari, vasiylari (boquvchilari) voyaga yetmagan o‘spirinning mustaqil chetga chiqishiga oid 
notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda xorijga kattalarning hamrohligisiz chiqishlari mumkin. Pasport bеlgilangan 
namunada bеriladi hamda o‘zbеk va ingliz tillarida, Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi uchun qoraqalpoq, o‘zbеk va ingliz 
tillarida pеrsonallashtiriladi, ya’ni to‘ldiriladi.
60. Ўзбекистон Республикаси фуқаролигидан маҳрум этиш асосларини айтиб беринг? 
Fuqaroning xorijiy 
davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati organlariga, politsiyaga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati 
organlariga ishga kirishi oqibatida; Basharti, xorijiy mamlakatda doimiy yashab turgan fuqaro uch oy davomida uzurli 
sabablarsiz konsullik hisobida turmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo’la turib yolg’on ma’lumotlar yoki 
qalbaki hujjatlarni taqdim etish natijasida qo’lga kiritilgan bo’lsa, Basharti, fuqaro xorijiy davlat foydasiga qaratilgan 
faoliyat bilan shug’ilangan holda yoki tinchlik va xafsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo’li bilan jamiyat va davlat 
manfatlariga ziyon yetkazgan bo’lsa, fuqaro xorijiy mamlakat fuqaroligiga o’tgan taqdirda.
61. 14 ёшдан 18 ёшгача бўлган болаларнинг фуқаролиги қандай белгиланади? 
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 
bolalarning fuqaroligini ularning ota-onalari fuqaroligi o‘zgargan hollarda, shuningdek, farzandlikka olish hollarida 
o‘zgartirish faqat bolalarning roziligi bilan bo‘lishi mumkin.
62. Ажнабий фуқаролар ва фуқаролиги бўлмаган шахслар фуқаролиги бўлган шахслар билан бир хилдаги 
ҳуқуқларга эга бўладиларми? 
Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar davlat hokimiyati organlariga saylanmaydilar, saylovlarda 
ishtirok etmaydilar, armiyada ximat qilmaydilar, siyosiy partiyalarga a’zo bo’lmaydilar.
63. «Инсоннинг ҳуқуқий мақоми» тушунчасига изоҳ беринг ва унинг хусусиятларини санаб беринг?
Har bir 
shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, 44-modda. Ushbu huquq malakali yuridik yordamga muhtoj bo‘lgan har bir odam 
advokatga murojaat qilib, ana shunday yordamdan foydalanishi mumkinligini nazarda tutadi. Biron-bir vaziyatda, hatto 
agar jinoiy ishda ayblangan taqdirda ham, insonga yordam berishni rad etishga hech kimning haqqi yo‘q. Davlatimizda 
voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalar alohida himoyalanadilar

64. Инсон ҳуқуқи ва эркинликлари Конституцияда қандай кафолатланган? 
Huquqiy davlatda inson huquqlariga 
rioya etilishini kafolatlovchi ko‘pgina usullar mavjud bo‘ladi. Ular orasida alohida o‘rin sud himoyasiga tegishlidir. Bu 
himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin. Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat 
qiluvchi ariza bilan murojaat qilish kifoyadir.
65. Судяга иш фаолиятида нималар тақиқланади? 
Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo‘lgani tufayli 
har qanday bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo‘ysunadi. Sudya ish faoliyati davomida xolis bo‘lishi, ya’ni 
o‘zining shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Hech kim, hattoki, 
hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham sud faoliyatiga aralashishga haqli emas.
66. Инсон ҳуқуқлари бўйича миллий институтларни санаб беринг? 
– Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha 
Vakillik instituti – Ombudsman; – O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz.



67. Инсон ҳуқуқлари бўйича Вакиллик институти – Омбудсман ҳақида гапириб беринг? 
Ombudsman Inson 
huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti – Ombudsman 1995-yilda qonun chiqaruvchi hokimiyat tizimida, ya’ni Oliy Majlis 
huzurida tashkil qilingan bo‘lib, sudlovchi sanalmaydi. Ombudsman davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya 
etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi. 
68. Инсон ҳуқуқлари бўйича Вакиллик институти – Омбудсманнинг инсон ҳуқуқлари бўйича ҳуқуқларини 
айтиб беринг? 
Shikoyatlarni ko’rib chiqish, Ariza beruvchi o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlarini himoya 
qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan vositalar va yo’llarni ko’rsatish, Shikoyat arizasini mohiyat yuzasidan hal qilish 
vakolati bo’lgan tashkilot yoki mansabdaor shaxsga berish, Ariza beruvchini
huquqi va qonuniy manfatlariga daxl 
qiluvchi hujjatlar, qarorlar va boshqa materiyallar bilan tanishtirish, Rad etish sabablarini majburiy tarzda ko’rsatgan 
holda shikoyatni ko’rib chiqishni rad etish, Qonunchilika hilof bo’lmagan boshqacha choralar qo’llash.
69. Инсон ҳуқуқлари бўйича Миллий марказнинг асосий вазифаларини айтиб беринг? 
– inson huquqlari 
sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarini 
bajarish bo‘yicha davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish; – inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi holatini 
o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlari himoyasi bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy strukturalar 
tavsiyalari bajarilishi monitoringini amalga oshirish; – O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va 
himoya qilinishi bo‘yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash; – inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy 
tuzilmalar tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan milliy harakatlar dasturlarini ishlab chiqish; – inson huquqlari 
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, milliy qonunchilik hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasining 
inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarini qo‘llashni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash; – inson huquqlarini 
himoya qilish va inson huquqlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlat organlariga, fuqarolik jamiyati institutlariga va 
boshqa tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish; – aholi o‘rtasida inson huquqlari sohasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib 
borish; – inson huquqlariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha tadqiqotlar tashkillashtirish va o‘tkazish, shuningdek 
noshirlik faoliyatini amalga oshirish; – inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
70. Жисмоний ва юридик шахсларнıнг мурожаатлари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига кўра 
мурожаатларга қўйиладиган талабларни айтиб беринг? 
Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi 
(ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxsning 
murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan 
bo‘lishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat 
yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek 
murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak. Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa 
telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin. 
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining 
imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan 
tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi 
(ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak. Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan 
murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 
71. Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг асосий бурчларини санаб беринг? 
Konsututsiya va qonunlarga 
rioya qilish 48-modda, O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash 49-modda, Atrof 
tabiy muxitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish 50-modda, Qonun bilan belgilangan soliqlar va mahhaliy yig’imlarni 
to’lash 51-modda, O’z mamlakatini himoya qilish, harbiu yoki muqobil xizmatni o’tash 52-modda.
72. «Ўзбекистон Республикаси табиатини муҳофаза қилиш тўғрисида»ги Қонунига кўра фуқаролар қандай 
бурчларни бажариши лозим? 
Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish zarurati Konstitutsiyada
(50-modda) va «O‘zbekiston Respublikasi tabiatini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topgan bo‘lib, ular 
fuqarolar zimmasiga quyidagi burchlarni yuklaydi: – tabiat resurslaridan oqilona foydalanish; – tabiat boyliklarini asrab-
avaylash; – tabiat obyektlari bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy merosni saqlab qolish.
73. Вояга етмаган қонунбузарларга нисбатан қандай жазо турлари қўлланиши мумкин? 
Yetkazilgan ziyonni 
bartaraf etish majburiyatini yuklash, jarima, ozodlikdan marhum etish. Voyaga yetmagan qonunbuzarlar jazoni voyaga 
yetmaganlar uchun mo’ljallangan koloniyalardan yoki yopiq turdagi maxsus o’quv-tarbiya muassalarida o’taydilar.
74. Вояга етмаганлар ишлари бўйича идоралараро комиссиялар вояга етмаганларга нисбатан қандай таъсир 
чорасини қўллаши мумкин? 
Tuman (shahar) komissiyalari ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollarda 
voyaga yetmaganlarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralari sifatida quyidagilarga haqli: voyaga yetmaganga 
jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdim noma kiritish; ogohlantirish 
chiqarish; o‘n besh yoshga to‘lgan voyaga yetmagan zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori 
belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf 
etish majburiyatini yuklash yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lmagan moddiy zararni o‘z 
mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish; o‘n olti yoshga 
to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solish; voyaga yetmaganni o‘z ota-onasi yoki 
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat 
jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkiloti kuzatuviga topshirish; voyaga yetmaganni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollarda va tartibda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish. 
Har bir aniq holat bo‘yicha qabul qilingan ta’sir ko‘rsatish choralari to‘g‘risida tuman (shahar) komissiyalari voyaga 



yetmaganning yashash, o‘qish yoki ish joyi bo‘yicha huquq buzarliklarning profilaktikasi bo‘linmalari tomonidan voyaga 
yetmaganlar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibda profilaktika ishlarini olib borish masalasini 
hal etish uchun tegishli hududiy ichki ishlar organlariga xabarnoma yuborishga majbur.
75. Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексига мувофиқ жиноий жазо тизими нечта жазодан иборат ва улар 
қайсилар? 
Jazo tizimi, Jarima, Axloq tuzatish ishlari, Ozodlikdan maxrum qilish.
76. Вояга етмаганларга нисбатан қўлланиладиган жарима жазоси тўғрисида айтиб беринг? 
82-modda Jаrimа eng 
kаm оylik ish hаqining ikki bаrаvаridаn yigirmа bаrаvаrigаchа miqdоrdа tаyinlаnаdi. Маhkum jаrimа to‘lаshdаn оlti оy 
muddаt mоbаynidа bo‘yin tоvlаsа, sud to‘lаnmаgаn jаrimа miqdоrini ахlоq tuzаtish ishlаri jаzоsi bilаn аlmаshtirаdi. 
Bundа eng kаm оylik ish hаqining ikki bаrаvаri miqdоridаgi jаrimа ахlоq tuzаtish ishlаrining bir оyigа tеnglаshtirib 
hisоblаnаdi.
77. Жиноий жазолардан асосий ва қўшимча жазо чораларини айтиб беринг? 
43-modda Jazo tizimi. Jinoyat sodir 
etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin: a) jarima; b) muayyan 
huquqdan mahrum qilish; b ) majburiy jamoat ishlari; v) axloq tuzatish ishlari; g) xizmat bo‘yicha cheklash; d ) ozodlikni 
cheklash; e) intizomiy qismga jo‘natish; j) ozodlikdan mahrum qilish; z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish. 
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham 
qo‘llanilishi mumkin. Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy 
xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki 
qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.
78. Вояга етмаганга нисбатан ахлоқ тузатиш ишлари жазоси тайинлаш тўғрисида тушунтириш беринг?
83-mоddа. Ахlоq tuzаtish ishlаri fаqаt mеhnаtgа lаyoqаtli vоyagа yеtmаgаnlаrgа nisbаtаn o‘z ish jоyidа o‘tаsh, аybdоr 
hеch qаyеrdа ishlаmаsа, ushbu jаzо ijrоsini nаzоrаt qiluvchi оrgаnlаr bеlgilаb bеrаdigаn o‘zi yashаydigаn hududdаgi 
bоshqа jоylаrdа o‘tаsh tаriqаsidа bir оydаn bir yilgаchа muddаtgа tаyinlаnаdi.
79. Вояга етмаганга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинлаш тўғрисида тушунтириш беринг?
85-modda. Vоyagа yеtmаgаnlаrgа nisbаtаn оzоdlikdаn mаhrum qilish jаzоsi оlti оydаn o‘n yilgаchа muddаtgа 
tаyinlаnаdi. Оzоdlikdаn mаhrum qilish jinоyat sоdir etish pаytidа o‘n uch yoshdаn o‘n оlti yoshgаchа bo‘lgаn shахslаrgа 
nisbаtаn: b) оg‘ir jinоyat uchun – оlti yilgаchа; v) o‘tа оg‘ir jinоyat uchun – o‘n yilgаchа muddаtgа tаyinlаnаdi.
80. Жамоат бирлашмалари деб нимага айтилади ва қандай жамоат бирлашмаларини биласиз? 
Jamoat 
birlashmalari mushtarak manfaat asosida fuqarolarning ixtiyoriy belgilashlari natijasida vujudga kelgan tuzilmadir. 
Jamoat birlashmalari quyidagi shakllarda bo‘ladi: jamoat tashkilotlari, ommaviy harakatlar, jamoat jamg‘armalari va 
boshqa nohukumat muassasalar. O‘zbekiston Respublikasida shunday jamoat tashkilotlari bor, jumladan, O‘zbekiston 
xotin-qizlar qo‘mitasi, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro jamg‘armasi, «Yoshlar ittifoqi», «Sen yolg‘iz emassan» 
Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, «Nuroniy» faxriylar Kengashi, «Mahalla» jamg‘armasi va boshqalar. 
Kassaba uyishmasi, Siyosiy partiyalar, Nogironlar tashkilotlari, Ijodiy uyishmalar, Jamoatchilik hayriya fondlari, Xotin-
qizlar, bolalar tashkilotlari.
81. Ўзбекистон Республикаси Конституциясига кўра жамоат бирлашмалари деб қандай бирлашмалар эътироф 
этилган? 
O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy 
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar 
va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, 56-modda
82. Жамоат бирлашмаларини ташкил қилиш ва фаолият юритиш принципларини айтиб беринг? 
Qonuniylik, 
Teng huquqlilik, Oshkoralik, O’zini oz’i boshqarish, Ko’ngillilik.
83. Қандай жамоат бирлашмаларининг тузилиши ва фаолияти тақиқланади? 
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik 
bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning 
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib 
qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va 
diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar 
va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 57-modda. Jamoat birlashmalarini 
tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 62-modda
84. Оммавий ахборот воситаларининг фаолияти Конституцияда қандай белгиланган? 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga (67-modda) va O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari 
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq har bir fuqaroga so‘z erkinligi: radio orqali, matbuotda, televideniyeda va boshqa 
ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqi beriladi. Ommaviy axborot 
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. 
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 67-modda.
85. Цензура деганда нима тушунилади? 
Mafkuraviy jihatdan zararli hisoblangan maqollalarni taqiqlash maqsadida 
gazetalar, jurnallar va boshqa narsalarning chop etish oldidan ko’zdan kechirilishi.
86. Қонунга мувофиқ оммавий ахборот воситаларидан фойдаланишга йўл қўйилмайдиган ҳолатларни санаб 
беринг?
Mavjud tuzumni, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishni da’vat etish 
maqsadida bo‘lsa; urush va zo‘ravonlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni tashviq qilish maqsadida bo‘lsa; davlat siri yoki 
qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirlarni tarkib topturuvchi ma’lumotlarni oshkora qilish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy 



adovat qo‘zg‘atuvchi axborotlar tarqatish; ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ish 
faoliyatidagi obro‘siga dog‘ tushiruvchi axborotlar tarqatish, ularning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.
87. Сиёсий партия деганда нимани тушунасиз ва мамлакатимизда нечта сиёсий партия мавжуд? 
Siosiy partiya – 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat 
hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi 
hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasi. O‘zbekiston 
Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuni, 1-modda. 1.O’zbekiston milliy demakratik partiyasi. 2. 
O’zLIDEP. 3. XDP. 4. O’zbekiston Adolar satsialistik demakratik partiyasi. 5. Ekologiya. 
88. Сиёсий партияларни тузиш ва уларнинг фаолият кўрсатиш принципларини айтиб беринг?
Siyosiy partiyalar 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy 
ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida 
tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi. Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi: 
konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi; O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, 
yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, 
milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi; xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy 
ruhdagi partiyalar.
89. Сиёсий партияга аъзо бўла олмайдиган шахсларни айтиб беринг? 
Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la 
olmaydilar: sudyalar; prokurorlar va prokuratura tergovchilari; ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari; 
harbiy xizmatchilar; xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
90. Сиёсий партияларнинг вакиллари қандай ишларни амалга оширишини сўзлаб беринг? 
Siyosiy partiyalarning 
vakillari dasturlar ishlab chiqib, ularda yuqorida aytib o‘tilgan guruhlar manfaatlarini inobatga olgan holda o‘z maqsad va 
vazifalarini belgilaydilar hamda qo‘llab-quvvatlashlariga erishish uchun ular o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yuritadilar.
Maqsad-ijtimoiy – siyosiy muammolarni hal qilish; fikirlarning siyosiy va mafkuraviy rang – barangligi; ko’p 
partiyaviylik – fikirlar xilma – xilligi; Partiya – davlat hokimiyatini shakillantiradi, o’z vakillari orqali davlatni 
boshqaradi; Siyosiy partiyalar to’g’risidagi qonun; Davlat boshqaruvini yangilash va demakratlashtirish va mamlakatni 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to’g’risidagi Konsututsiyaviy qonun. 
91. Сиёсий партиялар тўғрисида Конституциямизда нималар дейилган? 
2-modda. Siyosiy partiyalar faoliyatining 
huquqiy asoslari Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa 
qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek o‘z ustavlari asosida amalga oshiradilar. 3-modda. Siyosiy partiyalarni tuzish va 
ularning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, 
xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini 
o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
92. Сиёсий партияларни тузиш ва уларнинг фаолият кўрсатиш принциплари ҳақида сўзлаб беринг? 
Siyosiy 
partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga 
ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik 
asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
93. Оилавий муносабатлар соҳасидаги конституциявий принципларни айтиб беринг? 
Ayollar va erkaklar 
huquqlarining tengligi; nikoh erkinligi, turmush o‘rtog‘ini tanlash erkinligi; nikohlangan shaxslarning teng huquqliligi; 
onalik va bolalik muhofazasi; ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida farzandlar 
huquqlarining tengligi; yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalar parvarishi, tarbiyalanishi va ta’lim 
olishining kafolatlanganligi.
94. Оилавий муносабатларда давлат қандай мажбуриятларни ўз зиммасига олади? 
Oilani muhofaza qilish; yetim 
bollalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalar parvarishi, tarbiyalanish va ta’lim olishni ta’minlash; yetim 
bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarga nisbatan xayriya faoliyatini rag’batlantirish.
95. Никоҳ тузиш шартларини айтиб беринг? 
Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, 
shuningdek, ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar va yigitlar – 18 yoshdan). Ixtiyoriy rozilik nikoh tuzish 
masalasi hal etilayotganda uchinchi shaxslarning tazyiqi bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Uchinchi shaxslar, shu 
jumladan, ota-onalar tomonidan nikohlanishga to‘sqinlik jinoiy jazolanadigan harakatga aylanishi mumkin. Qarindosh-
urug‘lar maslahatlar berishlari, nikoh to‘yiga tayyorlanishga yordam ko‘rsatishlari, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashlari mumkin.
96. Никоҳ тузиш тақиқланадиган ҳолатларни айтиб беринг? 
– tomonlardan biri ro‘yxatga olingan boshqa nikohda 
bo‘lsa: ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida: 
nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga yo‘l qo‘yilmaydi.
97. Ўзбекистон Республикасининг «Бола ҳуқуқлари кафолатлари тўғрисида»ги Қонунига кўра болаларнинг 
ҳуқуқларини айтиб беринг? 
Yashashga, aqlan va jismonan rivojlanishga; ismi va fuqaroligi bo‘lishiga; oilada 
tarbiyalanishga; fikr, vijdon va diniy e’tiqod erkinligiga; ta’lim olishga; zo‘ravonliksiz hayotga, shaxsiy qadr-qimmati 
hurmat qilinishiga va boshqalar.
98. Давлат тузилиши шакли деганда нима тушунилади? 
Davlat tuzilishi shakli – bu joylardagi hokimiyat 
organlarining markaziy hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan 
tashkil etilishidir. 


10 
99. Давлат тузилиши шакли нималарда намоён бўлади? 
- davlat hududi necha qismga va qay tarzda bo‘linganligini; 
– mahalliy va markaziy hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabatlar qay tarzda amalga oshirilishini; – ayni shu davlat 
hududida yashab turgan har bir millatning manfaatlari qay tariqa muhofaza qilinishini.
100. Қорақалпоғистон Республикасининг давлат тузилиши ҳақида нималар биласиз? 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi o‘z davlatchiligining shakllanish, taraqqiyot va tarixiga egadir. 1993-yil 9-aprelda O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi ustunligini e’tirof etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul 
qilindi. Ko‘p o‘tmay davlat ramzlari – gerb, bayroq, madhiyasi qabul qilindi. Qoraqalpog‘iston fuqarolari ayni paytda 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi hamda uning muhofazasidadir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z 
ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining O‘zbekiston 
Respublikasining Asosiy qonuniga zid bo‘lmagan Konstitutsiyaga egadir. O‘zbekiston qonunlari Qoraqalpog‘iston 
hududida ham qo‘llanilishi majburiydir.
101. Ўзбекистон Республикасининг давлат тузилиш шаклидаги федератив элементларни айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjudligi; – ikkita – O‘zbekiston 
Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyalarining mavjudligi; – Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
o‘zining davlat organlari: parlament (Jo‘qorg‘i Kenges)da, sud organlari, ijro etuvchi hokimiyat organlari va 
hokazolarning mavjudligi; – Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat ramzlari: gerb, bayroq, madhiyaning mavjudligi; – 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z hududiy-ma’muriy tuzilishi masalalarini mustaqil hal etish huquqiga egaligi; – 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan ajralib chiqish huquqiga egaligi.
102. Давлат тузилишининг у ёки бу шакли нимага боғлиқ бўлади? 
Yaxshi bilasizki har qaysi davlatning hududi 
o’z chegaralariga va har bir davlat olib kelinayotgan, olib ketilayotgan tovarlar, valuta va hakozolar ustidan nazorat 
amalga oshirivchi o’z bojxona punkitlariga egadur.
103. Ҳокимиятларнинг бўлиниши принципи ҳақида гапириб беринг? 
Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasida Oliy Majlis, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, sud hokimiyati organlari davlat hokimiyatini amalga 
oshiradilar. Davlat hokimiyat organlari o‘zaro hamkorlik qila turib bir-biriga ta’sir o‘tkazadilar, jamiyatda tartibotni 
ta’minlaydilar va kishilarni birlashtiruvchi g‘oyalarni ro‘yobga chiqaradilar. Har bir hokimiyat organining vakolatlari 
hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish, uni suiiste’mol qilish va davlat hokimiyatining boshqa organlari faoliyat 
sohasiga aralashishning oldini olish maqsadida nihoyatda aniq-ravshan belgilab beriladi. Hokimiyatning davlat organlari 
faoliyatida eng muhimi, – bu, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek, 
hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipini amalga oshirish imkoniyati. Bu shuni anglatadiki, qonunchilik, ijro va sud 
hokimiyati o‘z faoliyatlarini mustaqil, bir-birlariga xalal bermasdan amalga oshiradi.
104. Аҳолининг хулқ-атвори нималарга асосланади? 
Hokimiyatning adolatli va qonuniy xatti-harakatlariga 
ishonishiga; hokimiyat orginlariga bo’ysunish odatiga; hokimiyatdan qo’rqishiga.
105. Ўзбекистон Республикасининг Олий Мажлиси тўғрисида Конституцияда нималар дейилган? 
O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori 
palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 76-modda
.
106. Олий Мажлис Қонунчилик палатаси (қуйи палата) ҳақида гапириб беринг? 
Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi (quyi palata) hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yilga saylanadigan 150 nafar 
deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi ishi uning barcha deputatlari muqim kasbiy faoliyat yuritishlariga asoslangan.
107. Олий Мажлис Сенати (юқори палата) ҳақида гапириб беринг? 
Oliy Majlis Senati (yuqori palata) 
hududiy vakillik palatasi bo‘lib, 100 nafar senatorlardan iborat. Senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahridan teng miqdorda – oltikishidan saylanadi. Oliy Majlis Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, 
adabiyot,ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga 
ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tayinlanadi.
108. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қонунчилик юзасидан 
биргаликдаги ваколатларини айтиб беринг? 
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish. 
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini 
qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va 
vakolatlarini belgilash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish.
109. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг ички сиёсатдаги 
биргаликдаги ваколатларини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; Konstitutsiyaviy qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish, 
ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huuqlari bo’yicha vakili va 
uning o’rinbosarini tayinlash; O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish va sanasini tayinlash haqida qaror 
qabul qilish; boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 
komissiyasini tuzish.
110. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг ҳудудий ўзгариш 
юзасидан биргаликдаги ваколатларини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini 
qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; O‘zbekiston 


11 
Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish; 
tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o’zgartirish.
111. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг давлат бошқаруви 
органлари соҳасидаги ваколатларини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib 
chiqish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh 
vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish. 
112. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг ташқи сиёсатдаги 
ваколатларини айтиб беринг? 
Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan 
tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini 
tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik qilish, favqulodda holat joriy etish, 
uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash.
113. Ўзбекистон Республикасининг Қонунчилик палатаси мутлақ ваколатларига нималар киради?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi 
mutlaq vakolatlariga: 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning 
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik 
huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; 3) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib 
qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu 
masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
114. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати мутлақ ваколатларини айтиб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq 
vakolatlariga: 1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning 
raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudini saylash; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar Oliy kengashining raisini saylash; 5) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish. 6) 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasini tayinlash hamda 
ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi 
farmonlarini tasdiqlash; 8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet 
davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; 9) O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash 
va uni lavozimidan ozod etish; 10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi 
hujjatlarni qabul qilish; 11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; 12) O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; 
13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida u yoki bu masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.
115. Қонунчилик ташаббуси ҳуқуқи ҳақида гапириб беринг? 
Demokratik huquqiy davlatda insonlarning 
jamiyatdagi o‘ta muhim munosabatlarini qonunchilik asosida boshqarish zarurati mavjud bo‘ladi. Shu sababli davlatimiz 
qonunchiligida har bir inson qonun loyihalarini tayyorlashda hamda mavjud qonunlarni o‘zgartirish va to‘ldirishda 
ishtirok etishga haqli ekanligi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Deputatlardan farqli o‘laroq, fuqarolar o‘z takliflari 
bilan Oliy Majlisga emas, balki o‘zlari tomonidan saylangan Oliy Majlis deputatlariga murojaat qiladilar. Qonunchilik 
tashabusi – qonun loyihasining qonun chiqaruvchi organga belgilangan tartibda rasman kiritilishidir. Qonunchilik 
tashabusi qonunchilik protsesining birinchi bosqichidir.
116. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 83-моддасига мувофиқ қонунчилик ташаббуси ҳуқуқига 
кимлар эга? 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti; – o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi; – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari; – 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; – Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud; – O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori egadirlar. Mazkur huquqning ro‘yobga chiqarilishi taklif etilgan qonun loyihalarining Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi majlisida ko‘rib chiqilishi majburiyligi bilan kafolatlanadi hamda deputatlar ko‘pchiligi ovoz berishi tariqasida 
ma’qullanishi sharti bilan quyidagilar qabul qilinadi: – yangi qonun loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi qaror; – taklif 
etilgan qonun loyihasini takomillashtirishga yuborish to‘g‘risidagi qaror.
117. Қонунчилик жараёни босқичларини айтиб беринг?
I bosqich: Qonunchili tashabusi – qonun loyihasi 
Qonunchilik palatasiga kiritiladi; II bosqich: Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasini ko‘rib chiqishga qabul 
qilinishi; Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan biri tomonidan qonun loyihasining oldindan ko‘rib chiqilishi; Qonunchilik 
palatasining qonun loyihasini ko‘rib chiqishga va birinchi o’qishga tayyorlash (qoisdaga ko’ra qonun loyihasi uch 
o’qishda ko’riladi); Qonunchilik palatasi tomonidan qonun qabul qilinishi va uning Senatga yuborilishi; III-bosqich: 


12 
Qonuning Sanat tomonidan ko’rib chiqilishi va uning O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuborilishi; 
Qonun Senat tomonidan rad etilgan yoki Prezident tomonida qaytarilgan hollarda qonun bir oy ichida qayta ko’rib 
chiqilishi kerak. IV bosqich: Prezidentga imzlashga yuborilishi va qonuning matbuotda e’lon qilinishi.
118. Давлат бошлиғининг асосий вазифасини айтиб беринг? 
Davlat boshlig‘ining asosiy vazifasi – 
hokimiyatning barcha tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan mamlakat sobitqadam va barqaror rivojlanishini 
ta’minlash. Prezidentning O‘zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimidagi alohida o‘rni ham ana shu narsa bilan 
izohlanadi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident Davlat boshlig‘i sanaladi
119. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 93-моддасига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси 
Президентининг ваколатларини айтиб беринг? 
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir; 2) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, 
xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish 
yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi; 3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi 
nomidan ish ko‘radi; 4) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini 
imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya 
etilishini ta’minlaydi; 5) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va 
chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; 6) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini 
tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 7) O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan 
murojaat qilish huquqiga ega; 8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi; 9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 10) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni 
iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini 
tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi; 12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori va Hisob palatasi raisini 
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati tasdig‘iga kiritadi; 13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar 
oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni 
taqdim etadi; 14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar 
sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod 
etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi; 15) O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq 
tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ 
tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga 
haqli; 16) respublika davlat boshqaruv organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari 
normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
majlislarida raislik qilishga haqli; 17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z 
e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
qaytarishga haqli; 18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan 
tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch 
kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi; 19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi 
xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini 
ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy 
etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. 
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi; 20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan 
ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi; 21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan 
mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; 22) O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi; 23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish 
haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari 
tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi; 24) Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, 
keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga 
oshiradi. Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
120. Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига қўйиладиган талабларни айтиб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita 
saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi 
mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin 


13 
emas. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va 
to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash 
tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 90-modda. 
121. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси қандай вазифани амалга оширади? 
Vazirlar 
Mahkamasining tashkil etilishi asoslari va faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi hamda 
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonun bag‘ishlangan. Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasining ijroiya organi sanaladi va iqtisodiyotning, ijtimoiy hamda 
ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi
122. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ваколатларини айтиб беринг? 
Vazirlar Mahkamasi 
davlat boshqaruvi organlari va ular tomonidan tuziladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning 
muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Oliy Majlis Palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari 
va boshqa hujjatlarni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Devoni, joylardagi mahalliy davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmaviy bo‘linmalari yaqin hamkorligini 
ta’minlash maqsadida Oliy Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Vakili lavozimi ta’sis etilgan.
123. Халқ депутатлари Кенгаши фаолияти нимага йўналтирилган? 
Ularning faoliyati mintaqadagi aholi 
hayotining turli tomonlariga tegishli vazifalar va muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar 
hududlaridagi vakillik va ijro hokimiyatini hokim boshqaradi. Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident 
va tegishli Xalq deputatlari Kengashiga hisobot berishga burchli.
124. Вилоятлар, туманлар ва шаҳар ҳокимлари фаолияти ҳақида гапириб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlari, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, yuqori turuvchi 
organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlari ijrosini tashkillashtiradi; Jamoatchilik tartibini saqlash va 
jinoyatchilik bilan kurash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ular huquqlari va salomatligini ta’minlash bilan bog‘liq 
choralarni ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulotda vaziyatlarda ishlarni tashkil qiladi; viloyatlar, 
tumanlar, shaharlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, viloyat, tuman, shahar budjetining 
asosiy parametrlari va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi; respublikada va 
xorijda viloyat, tuman va shaharning rasmiy vakili sifatida ish yuritadi; aholini qabul qilishni tashkillashtiradi, 
fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi va boshqalar.
125. Маҳаллий вакиллик ва ижроия ҳокимияти бошлиғини тайинлаш ва озод этиш тўғрисида гапириб 
беринг? 
Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri kommunal xo‘jaligini rivojlantirishga 
rahbarlik qilish sanaladi. Mahalliy hokimiyat organlari to‘g‘risidagi qonunda hokimlar o‘z hududlaridagi kommunal 
xo‘jaligi xizmati faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qilishi ta’kidlanadi. Kommunal xo‘jaligi xizmati hokimiyatlar 
bo‘limi tomonidan boshqariladi. Ularning rahbarlari hokim tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bu 
masala mahalliy Kengash sessiyasida tasdiqlanadi. Mahalliy Kengash ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiya 
hisoblanadi. Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar hal etiladi, hisobotlar tinglanadi va albatta ijro etilishi shart 
bo‘lgan qarorlar qabul qilinadi. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar xalq deputatlari Kengashi zaruriyatga ko‘ra bir yilda 
kamida ikki marta hokim tomonidan chaqiriladi.
126. Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари деганда нима тушунилади?
Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarishi – bu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlanadigan, fuqarolarning o‘z 
manafaatlari, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlaridan, mahalliy urf-odatlari va 
an’analaridan kelib chiqadigan masalalarni hal etish bo‘yicha mustaqil faoliyati hisoblanadi.
127. Фуқаролар йиғини ҳақида гапириб беринг? 
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek, shaharlar, 
qishloqlar va ovullardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar yig‘ini bo‘lib, uch yil muddatga rais (oqsoqol) va 
uning maslahatchilari saylanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga 
kirmaydi va qonunchilikka muvofiq berilgan vakolatni tegishli hududda amalga oshiradilar. Fuqarolar yig‘ini aholi 
manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiluvchi qaror qabul qiladi. Fuqarolar yig‘inida 
o‘n sakkiz yoshga yetgan va tegishli hududda doimiy yashaydigan shaxslar ishtirok etadi.
128. Фуқаролар йиғинининг органларини санаб беринг? 
Fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘inining asosiy 
yo‘nalishlari bo‘yicha komissiya va taftish komissiyasi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari mamlakat aholisiga o‘zlarining 
konstitutsiyaviy huquqlarini jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida ishtirok etishda amalga oshirish imkoniyatini beradi
129. Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари ҳузуридаги комиссияларни айтиб беринг? 
Yarashtiruv 
kamissiyasi; Ma’rifat va ma’naviyat masallalari bo’yicha komissiya; ijtimoiy qo’lab quvatlash komissiyasi; xotin-qizlar 
bilan ishlash komissiyasi; voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo’yicha komissiya; Tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish va oilaviy biznes masalalari bo’yicha komissiya; Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonchilik va 
ko’kalamzorlashtirish komissiyasi; Jamoatchilik nazorati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasi. 
130. Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариши тушунчасини тушунтириб беринг? 
O’zini o’zi boshqarish organlari 
istiqomat qilish hududlaridagi muommalarni hal etish; fuqarolar yig’inlari: oqsoqol 3-yil; fuqarolar yig’ini Kengashi; 
fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha kamissiya.
131. Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш ҳуқуқи деганда қандай ҳуқуқ тушунилади?
Fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarishi tushunchasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z 
manfaatlari, tarixiy taraqqiyotning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqqan holda 


14 
hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan fuqarolarning mustaqil faoliyatidir.
4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishga bo‘lgan konstitutsiyaviy 
huquqini shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, shaharlar mahallalarida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari 
yig‘ilishi) orqali saylov huquqi kafolatlariga muvofiq amalga oshiradilar. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 
chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar fuqarolar bevosita yoki o‘zlarining saylab qo‘yiladigan 
vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishga teng huquqlidir.
132. Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари фаолиятининг асосий принципларини санаб беринг?
5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari 
ustuvorligi, demokratiya, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal qilish, jamoat 
birdamligi, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odat va an’analarni inobatga olishdir.
133. Ўзбекистон Республикаси суд тизимининг бош вазифаларини айтиб беринг? 
O‘zbеkiston Rеspublikаsi 
Konstitutsiyasi vа inson huquqlаri to‘g‘risidаgi xаlqаro hujjаtlаrdа e’lon qilingаn fuqаrolаrning huquq vа erkinliklаri 
suddagi himoyasini amalga oshirish; korxonаlаr, muаssаsаlаr vа tаshkilotlаrning huquqlаri hаmdа qonun bilаn 
qo‘riqlаnаdigаn mаnfааtlаrini sud yo‘li bilаn himoya qilish; qonun ustuvorligi, ijtimoiy аdolаt, fuqаrolаr tinchligi vа 
totuvligini tа’minlаsh.
134. Ўзбекистон Республикасининг судлов тизими ҳақида гапириб беринг? 
Sud – odil sudlovni amalga 
oshirishga haqli birdan bir davlat hokimiyati organidir. Sudyalar hal qiluvchi qarorlar va hukmlarini davlat nomidan 
chiqaradilar. Bu narsa hal qiluv qarorlari va hukmlar barcha tomonidan, shu jumladan, davlat organlari tomonidan so‘zsiz 
ijro etilishi shart ekanligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, 
iqtisodiy va jinoyat sudlovi orqali amalga oshiriladi. Sudlar orasidagi bunday taqsimot sudga tegishlilik, ya’ni ish ko‘rib 
chiqiladigan konkret sudning belgilanishi deb ataladi.
135. Ўзбекистон Республикаси Конституциявий суди ҳақида гапириб беринг? 
O‘zbеkiston Prеzidеnti Shаvkаt 
Мirziyoyеv 2017-yil 6-аprеldа mаmlаkаt Konsitutsiyasigа sud tizimini yangilаshni nаzаrdа tutuvchi o‘zgаrtirishlаr vа 
qo‘shimchаlаr kiritilishi to‘g‘risidаgi Qonunni imzolаdi. Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 vа 112-
moddаlаrigа o‘zgаrtirishlаr kiritildi. Оliy sud fuqаrolik, jinoyat, mа’muriy vа iqtisodiy sudlov ishlаri sohаsidа sud 
hokimiyati yagonа orgаnigа – O‘zbеkiston Rеspublikаsi Оliy sudigа birlаshtirildi. 
136. Ўзбекистон Республикаси Олий суди ҳақида гапириб беринг? 
Yangi institut – O‘zbеkiston Rеspublikаsi 
Sudyalаr oliy kеngаshi joriy etildi. U sudyalаr hаmjаmiyati orgаni bo‘lib, O‘zbеkistondа sud hokimiyati mustаqilligigа 
oid konstitutsiyaviy tаmoyilgа rioya etilishini tа’minlаshgа ko‘mаklаshаdi.
137. Биринчи инстанция суди деганда нима тушунилади? 
Qonunga muvofiq sud majlisida birinchi bo‘lib ish 
holatlarini aniqlovchi va ish yuzasida va qarorlar yoki hukm chiqaruvchi sud. Birinchi instansiya sudi qarori ustidan 
kassatsiya yoki apellatsiya tartibida yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish mumkin
.
138. Ўзбекистон Республикаси Конституциявий суди, Қорақалпоғистон Республикаси Конституциявий 
назорат қўмитаси вазифалари ва ваколатларини айтиб беринг? 
O‘zbеkiston Rеspublikаsi Konstitutsiyaviy sudi qonun 
chiqаruvchi vа ijro etuvchi hokimiyat hujjаtlаrining Konstitutsiyagа muvofiqligi to‘g‘risidаgi ishlаrni ko‘rib chiqаdi. 
O‘zbеkiston Rеspublikаsi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbеkiston Rеspublikаsi Prеzidеntining tаqdimigа binoаn O‘zbеkiston 
Rеspublikаsi Оliy Маjlisining Sеnаti tomonidаn O‘zbеkiston Rеspublikаsi Sudyalаr oliy kеngаshi tаvsiya etgаn siyosаt 
vа huquq sohаsidаgi mutаxаssislаr orаsidаn, Qorаqаlpog‘iston Rеspublikаsining vаkilini qo‘shgаn holdа sаylаnаd. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi 
(Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi, 70-modda, 8-band): O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy 
Majlis palatasi qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy 
organlari qarorlari, xalqaro shartnomani va O‘zbekiston Respublikasi boshqa majburiyatlarining Konstitutsiyaga 
muvofiqligini aniqlaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat 
ishlari bo‘yicha Oliy sudlari: Fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlovni amalga oshiruvchi oliy sud hokimiyati organlari. 
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiy sudlari, O‘zbekiston 
Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy ishlarini yuritish bo‘yicha sud organlari. Viloyat sudlari va 
Toshkent shahar sudi, tumanlararo, tuman va shahar sudlari Fuqarolik, jinoyat ishlarini va ma’muriy huquq buzarliklar 
to‘g‘risidagi ishlarni birlamchi ko‘rib chiqishni amalga oshiradi (birinchi instansiya sudlari).
139. Айбсизлик презумпсияси деб нимага айтилади? 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha 
uchun majburiy bo‘lgan shunday qoida mustahkamlab qo‘yilgan: faqat sud shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb 
topishi va qonunga muvofiq jazo chorasini belgilashi mumkin (19-modda). Bunda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan 
har bir odam himoya uchun barcha vositalar ta’minlab beriladigan sudda ishi qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, 
jinoyati aniqlanmaguniga qadar aybdor hisoblanmaydi (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 26-modda). 
Bunday javobgarlikni aniqlash tartibi aybsizlik prezumpsiyasi deb ataladi.
140. Одил судловни амалга оширишдаги асосий талабларни айтиб беринг? 
Sudyalarning odil sudlovni amalga 
oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq 
javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 112-modda 
141. Судяликка қўйиладиган талабларни айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasining 30 yoshdan kichik 
bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga ega yuridik mutaxassislik bo‘yicha, avvalo huquqni muhofaza qilish organlarida 
kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan va malaka imtihonini topshirgan fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) 
fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy ma’muriy sudi sudyasi etib tayinlanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining ofitser 


15 
unvoniga ega bo‘lgan, haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan fuqarosi harbiy sudning sudyasi bo‘la oladi. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq sudyalar deputat etib saylana olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarga 
a’zo bo‘lolmaydilar, shuningdek, sudya vazifalarini boshqa bir haq to‘lanadigan ish bilan qo‘shib olib borishga haqli 
emas (112-modda).
142. Судянинг ваколатлари қандай ҳолларда муддатидан аввал тўхтатилиши мумкин? 
Sudya jinoiy 
javobgarlikka tortilgan taqdirda uning vakolatlari to‘xtatib turiladi. Basharti, sudya o‘z lavozimiga mos kelmaydigan 
faoliyat bilan shug‘ullangan hollarda sudyalar tegishli malaka kollegiyasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudyalar Kengashi taqdimoti bo‘yi cha sudya vakolatlari to‘xtatilishi, sudya majburiy xarakterdagi tibbiy choralarga 
tortilishi, sud qarori bilan noma’lum sabablarga ko‘ra sudya bo‘lmay turgan deb tan olinishi ham mumkin. Sudyaning 
vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan avval to‘xtatilishi mumkin: 1) Sudya qasamyodini buzganda; 2) yozma ariza 
berganda; 3) sudyalar tegishli malaka kollegiyasi tomonidan ogohlantirish berilgandan yoki vakolatlari to‘xtatilgandan 
keyin o‘z lavozimiga mos kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullangan hollarda; 4) belgilangan tartibda muomalaga 
layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb tan olinganda; 5) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lganda;
6) sudning ayblov hukmi unga nisbatan kuchga kirganda; 7) vafot etganda yoki sud qarori bilan o‘lgan deb e’lon 
qilinganda; 8) salomatligi holati yoki uzoq vaqt davomida boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sudya majburiyatlarini bajarishga 
layoqatli bo‘lmagan taqdirda; 9) basharti, boshqa sudya lavozimini egallashga rozilik bermagan taqdirda sud raisi 
vakolatlari muddati tugaganda. 
143. Конституциявий суднинг ваколатлари ҳақида гапириб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi konstitutsiyaviy nazoratning oliy sud organidir (Konstitutsiyaning 108-moddasi). Umumiy sudlar 
kabi u ham mamlakat aholisi huquqlarini himoya qiladi. Biroq sudlarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq 
Konstitutsiyaviy sud sudyalari alohida shaxslar o‘rtasidagi konkret ishlarni muhokama qilmaydilar. Konstitutsiyaviy sud 
sudyalarining bosh vazifasi Oliy Majlis e’lon qilgan qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, 
Hukumat qarorlari va boshqa qonun hujjatlarining Asosiy qonun – mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlashdir.
144. Сайлов тизими деганда нима тушунилади ва қандай сайлов тизимларини биласиз? 
Saylov tizimi – davlat 
hokimiyati vakillik organlariga va mamlakat Prezidentini saylash tartibidir. Xalqaro amaliyotda saylov tizimining turli 
modellari mavjud, bular: majoritar va proporsional.
145. Мажоритар сайлов тизими тўғрисида гапириб беринг? 
Majoritar tizimda saylovchilarning qonun bilan 
belgilangan ko‘pchilik ovozini (kamida 51% + 1 ta ovoz) olgan nomzod ayni shu saylov okrugi bo‘yicha saylangan 
hisoblanadi. Agar nomzod saylovlarda ishtirok etgan saylovchilar ovozining yarmidan kamini olsa, eng ko‘p ovozlar 
miqdorini olgan ikki nomzod qatnashadigan ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovozlar sonini 
olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
146. Пропорционал (мутаносиблик) сайлов тизими тўғрисида гапириб беринг? 
Proporsional (mutanosiblik) 
saylov tizimi asosiga saylovchilar tomonidan partiya uchun berilgan ovozlar va partiya tomonidan olingan deputat 
vakolatlarining qonuniyligini guvohlantiruvchi hujjatlar o‘rtasidagi proporsionallik (mutanosiblik) prinsipi qo‘yilgan. 
Bunday tizimda siyosiy partiyalar tomonidan familiyasiga qarab emas, balki ro‘yxatlar bilan ko‘rsatiladi va saylovchilar 
umumiyligicha u yoki bu partiyaning ro‘yxatiga ovoz beradilar 
147. Демократик сайлов принциплари тўғрисида нималарни биласиз? 
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonuni saylov tizimining negizi bo‘lib, 
ularda saylov tizimining demokratik prinsiplari mustahkamlab qo‘yilgan.
148. Демократик сайлов принципларидан бири ҳисобланган умумийлик тўғрисида батафсил гапириб беринг? 
Umumiylik prinsipi ham saylovchilar uchun, ham nomzodlar uchun ro‘yxatdan o‘tishning ochiqligini ta’minlaydi. Saylov 
o‘tkaziladigan kunga qadar 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga saylovda ishtirok etish huquqi beriladi.
149. Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига мувофиқ Ўзбекистон Республикасида ўтказиладиган 
сайлов ҳақида гапириб беринг? 
Saylov uchastkalari ishining tashkil etilishi ham saylov huquqi umumiyligining kafolati 
bo‘lib xizmat qiladi. U saylovchilarga maksimal qulay shart-sharoitlar yaratib beriladigan bir tarzda tashkil etiladi: saylov 
uchastkalari yashash joyiga bevosita yaqin joylashtiriladi; saylov dam olish kuniga tayinlanadi va ertalab soat 6 dan 
kechqurun soat 20 gacha davom etadi; ovoz berish joyi to‘g‘risida har bir saylovchiga bildiriladi; tiqilinch navbatda 
turishlar va ovoz berish uchun boshqa to‘sqinliklar bo‘lmasligi maqsadida ovoz berish uchun zarur miqdorda maxsus 
xonalar jihozlanadi. Basharti, salomatligi holatiga ko‘ra yoki boshqa sabablarga ko‘ra saylovchi saylov uchastkalariga 
kela olmasa, ularning iltimosiga binoan ovoz berish o‘z yashaydigan joyida tashkil etiladi. Saylovchilardan har biri 
familiyasi ro‘yxatga kiritilgani va ular haqidagi ma’lumotlar chalkash emasligiga ishonch hosil qilish maqsadida saylov 
uchastkalarida tanishib chiqish uchun ro‘yxatlar osib qo‘yiladi.
150. Овоз бериш деганда нимани тушунасиз? 
Tenglik prinsipi har qaysi saylovchi ovozi teng kuchga ega 
ekanligini anglatadi. Yashirinlik tamoyili ovoz berish chetdan qandaydir nazorat bo‘lmasligi va begona kishilar 
ishtirokisiz ovoz berish imkoniyatini saylovchiga kafolatlaydi. Ovoz berish yashirin bo‘lishini ta’minlash maqsadida 
saylovchi maxsus tayyorlab qo‘yilgan kabinaga kiradi, saylov bulletenini to‘ldiradi, ya’ni saylovchi ovoz berayotgan 
deputatlikka nomzod familiyasi qarshisida, o‘ng tarafda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi – qo‘shuv belgisini qo‘yadi va 
saylov qutisiga o‘z qo‘li bilan tashlaydi.
151. Сайлов жараёнлари босқичлари тўғрисида гапириб беринг? 
Davlat hokimiyati organlarini umumxalq 
saylovlari orqali shakllantirish; ovoz berish – hokimiyatga da’vogarlik qilayotgan turli shaxslar va partiyalarga 
munosabatni bildirish shakli; saylash huquqi – 18 yoshdan boshlab, mamlakat fuqarolari; saylov huquqidan mahrum 
etilganlar: huquqiy muomalaga layoqatsizlar, qamoq joylarida saqlanayotganlar; majoritar va proporsional saylov tizimi; 


16 
umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi; yashirin ovoz berish; nazorat: saylovlarda kuzatuvchilarning hozir 
bo‘lishi; saylov to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
152. Прокурор деганда нимани тушунасиз? 
Lotincha «prokuror» iborasining tarjimasi «g‘amxo‘rlik qilmoq» 
degan ma’noni anglatadi. Ushbu holda bu so‘z davlatning barcha qonunlariga aniq va so‘zsiz rioya etilishi borasida 
g‘amxo‘rlik qilish ma’nosida qo‘llaniladi. Prokuratura organlari fuqarolarning davlat va jamoat tashkilotlariga arizalari, 
shikoyatlari, murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, putur yetkazilgan huquqlar tiklanishi borasida chora-tadbirlar ko‘radilar va 
fuqarolar hamda tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar. Prokuratura organlari sud tizimiga kirmaydi va 
suddan mustaqildir.
153. Ўзбекистон Республикаси прокуратура органларининг асосий вазифалари нималардан иборат? 
Qonun 
ustunligini ta’minlash; Qonuniylikni mustahkamlash; Fuqarolar huquqi va erkinliklarini himoya qilish; Jamiyat va davlat 
manfatlarini himoya qilish; O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyaviy tuzimini himoya qilish; Qonunbuzarliklardan 
ogohlantirish va prafilaktika ishlari. 
154. Ўзбекистон Республикаси прокуратура органлари тўғрисида гапириб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 119-moddasiga muvofiq prokuratura organlarining markazlashgan yagona tizimiga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini 
lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati 
tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan 
kelishilgan holda Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan tayinlanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi. 
U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi oldida javobgar 
hisoblanadi. Shaharlar, tumanlar va viloyatlar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 
tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, tumanlar, 
shaharlar prokurorlarining vakolat muddati – besh yil. 
155. Прокуратура органлари тизими қандай шаклланган? 
O’zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi; 
Qoroqolpog’iston Respublikasi prokuraturasi; viloyat va Toshkent shahar prokuraturasi; Tumanlar va shaharlar 
prokuraturalari; viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O’zbekiston 
Respublikasi Transport prokuraturasi; tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport 
va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar. 
156. Прокурор назоратига оид ҳужжатлар турларига қандай ҳужжатлар киради? 
Qonun buzilganligini aniqlab, 
prokuror quyidagi choralarni ko‘rishi mumkin: protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantirish. Qonunga zid hujjat 
qabul qilinganda prokuror uni qabul qilgan organga protest kiritadi. Xuddi shunday tartibda mansabdor shaxsning 
noqonuniy qarori uchun ham prokuror tomonidan protest kiritiladi. 
157. Прокурорнинг протести деганда қандай ҳужжат тушунилади? 
Protest kelib tushgach, o‘n kundan 
kechiktirilmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. Protest ko‘rib chiqilganligi haqidagi natija uchkun ichida prokurorga 
yozma ravishda ma’lum qilinadi.
158. Прокурор қандай ҳолда қарор чиқаради? 
Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan qonun buzilishining 
mazmunidan kelib chiqqan holda prokuror jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida, ma’muriy javobgarlik qo‘llash to‘g‘risida 
qaror chiqaradi.
159. Прокурор қандай ҳолда тақдимнома чиқаради? 
Qonun buzilishini bartaraf etish, uning sabablari va yo‘l 
qo‘yilishiga sababchi sharoitlar to‘g‘risidagi taqdimnoma prokuror tomonidan organga yoki qonun buzilishini bartaraf 
etishga mas’ul mansabdor shaxsga kiritiladi. Taqdimnoma kechiktirilmay ko‘rib chiqilishi shart va ko‘rilgan chora-
tadbirlar haqida bir oy ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinishi kerak. Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va 
davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
160. Прокурор қандай ҳолда огоҳлантириш чиқаради? 
Fuqarolarning qonun bilan himoya qilinadigan 
manfaatlari, huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan noqonuniy xatti-
harakatlar haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, prokuror tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi 
to‘g‘risida yozma shaklda mansabdor shaxslarga va fuqarolarga ogohlantirish ma’lum qilinadi va qonun buzganligi uchun 
javobgar ekanligi bildirilad.
161. Ўзбекистон Республикасида прокуратура органларининг тўлиқ мустақил бўлиши масаласида қандай 
чора-тадбирлар белгиланган? 
– prokuratura organlarida siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etish taqiqlangan; – 
prokurorlar o‘z vakolatlari amal qiladigan davrda siyosiy partiyalar hamda siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat 
birlashmalarida a’zolikni to‘xtatib turadi; – prokurorlarga pullik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanish va tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanish (ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bundan mustasno) taqiqlanadi; – prokurorlarning boshqa 
tashkilotlarda va korxonalarda o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlangan (o‘quv va ilmiy muassasalardan tashqari); – 
prokurorlar va prokuratura tergovchilari davlat muhofazasidadir va xizmat daxlsizligiga egadir, ya’ni ularga nisbatan 
qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini tergov qilish faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi; – davlat hokimiyati 
organlari, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalarining jinoyat ishlari tergov qilinayotganda, shikoyatlar, 
arizalar va hokazolar ko‘rib chiqilayotganda prokuratura faoliyatiga aralashuvi taqiqlangan; – O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati 
oldida hisob berishi shart; – moliyaviy ta’minot faqat davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
162. Прокуратура органлари иш фаолияти нимага қаратилган? 
Prokuratura organlari ish faoliyati qonun 
ustunligini har tomonlama mustahkamlashga, huquq-tartibotni mustahlamkashga, inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, 


17 
siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklariga, shuningdek, davlat mustaqilligiga, Konstitutsiya bilan mustahkamlab qo‘yilgan 
ijtimoiy-davlat tuzishiga, siyosiy va iqtisodiy tizimga, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlariga 
g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.
163. Ҳуқуқ ва иқтисодиёт қандай бир-бири билан ўзаро боғлиқ? 
Biz yashayotgan zamon – bozor munosabatlari 
gurkirab rivojlanayotgan, turli mulk shakllari paydo bo‘layotgan va takomillashib borayotgan davrdir. Bugun 
respublikamizda yashab turgan har bir kishida o‘z korxonasini ochish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va shu tariqa o‘z 
farovonligini ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi. 
164. Ҳуқуқ иқтисодиётга қандай таъсир ўтказади? 
Huquq normalari mamlakatda shakllangan iqtisodiy 
munosabatlarni mustahkamlab qo‘yadi va bu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Huquqiy 
normalar (qonunlar, farmonlar va hukumat qarorlari) tadbirkorlikni rivojlantirishga, mulkchilikning turli shakllarini 
mustahkamlashga ko‘mak beradi, tadbirkorlar va biznesmenlar manfaatlarini himoya qiladi. Binobarin, Konstitutsiyada 
davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, shuningdek, barcha mulk shakllarining huquqiy 
muhofaza etilishini kafolatlashi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlab qo‘yilgan. Shunday qilib, huquq iqtisodiyotga 
quyidagicha ta’sir o‘tkazadi: – qonunlar shakllangan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaydi; – huquq mamlakat 
iqtisodiy rivojlanishi barqarorligini tan oladi va kafolatlaydi; – huquq yangi iqtisodiy munosabatlar yaratilishi va 
rivojlantirilishiga ko‘mak berishi mumkin.
165. Давлатнинг молия тизимига нималар киради ва молия тизими нима учун зарур деб ўйлайсиз? 
Davlatning 
moliya tizimi davlat pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish, taqsimlash va foydalashishi uchun mavjud bo‘ladi. Moliya 
tizimiga mamlakatning moliya muassasalari – banklar, omonat kassalari va hokazolar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi 
o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega. O‘zbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 122-modda. 
166. Давлатнинг молиявий-иқтисодий фаолияти йўналишлари ҳақида гапириб беринг? 
Davlatning moliyaviy-
iqtisodiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: – budjetni qabul qilish, ijro etish, uning ustidan nazorat 
qilish; – soliq yig‘ish; – pul belgilarini chiqarish hamda moliya va iqtisodiyot sohasida tartib saqlash; – kreditlar, 
imtiyozlar va hokazolarni berish; – moddiy yordamga muhtoj fuqarolar (nogironlar, yetimlar va hokazolar)ni ijtimoiy 
muhofaza qilish; – madaniyat-ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash; – 
atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash; – tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro hamkorlik.
167. Молия ва молия тизими деганpда нима тушунилади? 
Moliya ( fransuzcha «finance» – naqd, daromad) – 
keng ma’noda: pul mablag‘lari, davlat pul mablag‘larining aylanishi. Мoliya tizimi – dаvlаt vа xo‘jаlik yurituvchi 
subyеktlаr pul mаblаg‘lаri jаmg‘аrmаlаrini tаshkil etish, tаqsimlаsh vа ulаrdаn foydаlаnish shаkllаri vа mеtodlаri 
tizimidir. 
168. Ўзбекистон Республикасининг пул тизими ҳақида нималарни биласиз? 
O‘zbekiston Respublikasining pul 
tizimi rasmiy pul birligini, pul muomalasi tashkil etilishi va tartibga solinishini o‘z ichiga oladi. 1994- yil 1-iyuldan 
boshlab O‘zbekiston Respublikasi rasmiy pul birligi – so‘m muomalaga kiritilgan. 1994-yil 15-oktabrdan e’tiboran 
respublika hududida barcha to‘lovlar va hisob-kitoblar faqat milliy valutada – so‘mda amalga oshiriladi. So‘m – 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradigan qog‘oz banknotlar va metall tangalar. O‘zbekiston 
Respublikasida so‘m yagona pul vositasi sanaladi. 
169. Банк деганда нимани тушунасиз? 
Banklar tashkil etilishi va faoliyati huquqiy negizini “banklar va banklar 
faoliyati to’g’risidagi” Qonun, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hujjatlari tashkil 
qiladi. Bank - asosiy ish faoliyati pul mablag‘larini jalb etish va joylashtirish hamda hisob-kitoblarni amalga oshirish 
bo‘lgan moliya tashkiloti. Iqtisodiy nuqtayi nazardan banklar pul bozorida bo‘sh turganlar bilan qo‘shimcha resurslarga 
ehtiyoji bo‘lganlar o‘rtasida vositachi sifatida ish yuritadi.
170. Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг фаолияти тўғрисида гапириб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasining «Markaziy bank to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank milliy valuta barqarorligini muhofaza 
qilish va ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida 
naqd pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olib qo‘yishning mutlaq huquqi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankiga taalluqlidir. Banknotlarning qalbakilashtirilishi va qonunga xilof yasalishi qonun tomonidan ta’qib etilad. 
171. Солиқ деганда нимани тушунасиз?
Soliq – barcha yuridik va jismoniy shaxslar davlat yoki mahalliy budjetga 
amalga oshiradigan umummajburiy to‘lovlarning bir turi. Soliqlarni belgilash, yuritish va to‘lash bilan bog‘liq barcha 
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan boshqariladi. Mazkur Kodeksga muvofiq soliq tizimi 
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida soliq to‘lovchilar uchun yagona sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksining 5-moddasiga muvofiq, soliq qonunchiligi soliq to‘lashning majburiylik, soliqqa tortishning adolatlilik, soliq 
qonunchiligining oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
172. Солиққа тортишнинг қандай турлари мавжуд? 
Soliqqa tortish bevosita – hisobga olingan daromaddan yoki 
mol-mulk qiymatidan hamda bilvosita bo‘ladi, ya’ni tovar va xizmatlar narxini, aksiz solig‘ini, bojxona bojlarini va 
hokazolarni oshirish orqali undir. 
173. Солиқлар нега керак? 
Soliqlar yig‘imisiz mamlakat mavjud bo‘la olmaydi. Chunki davlat ta’lim berish, 
mamlakat chegaralarini qo‘riqlash va davlat ichkarisida tartib saqlash, davlat organlarining ishini muvofiqlashtirish kabi 
vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. Soliq yig‘imi bo‘lmasa, faoliyati moddiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
barcha shaxslarga mehnat haqini to‘lash imkoniyati ham bo‘lmaydi. 
174. Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларини айтиб беринг? 
Maktabgacha ta’lim muassasai; Huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar; Yo’l infratuzilmasi; Atrof-muhit muhofazasi; Pnsiyalar; Sog’liqni saqlash muassasalari; Fan, 


18 
madanyat va sa’nat; Sudlov organlari; Ta’lim; Ijtimoiy yordam (nogironlar, kam ta’minlangan oilalarga va moddiy qollab 
quvatlashga muhtoj bo’lgan boshqa toifadagi fuqarolarga nafaqalar). 
175. Давлат молия ва кредит тизимининг асосий манбаларини айтинг? 
O’z moliya va kirdit tizimi; Asosiy vazifa 
– bujetni qabul qilish va ijro etish, soliqlar yig’imi; Pulni muomilaga chiqarish; Moliya tizimi – banklar, omonat kassalari; 
1994-yil 1-iyun milliy valuta so’m muomolaga kiritadi; Markaziy bank, bank tizimiga rahbarlik qiladi; Bosh maqsad – 
valuta barqarorligini ta’minlash; Soliq - fuqarolarning konsututsiyaviy majburiyati; Daromad solig’i; Soliqlarni Oliy 
Majlis belgilaydi. 
176. Агрессия нима? 
(Lotincha aggression hujum) xalqaro huquqda BMT Ustavi nuqtayi nazaridan qurolli 
kuchlarning istalgan g’ayriqonuniy qo’lanishi, ya’ni quroliy tajavuz. 
177. Импичмент деганда нима тушунилади? 
(ingilizcha impeachment-badnom qilish, ayiblash) davlat oily 
mansabdor shaxslarning javobgarlikka tortishning alohida tartibi.
178. Омбудсман сўзига таъриф беринг? 
(shvedcha hombuldsman-allakimningdir manfatlari vakili) davlat organlari 
tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
179. Цензура сўзига таъриф беринг ва Ўзбекистон Республикасида цензурага йўл қўйиладими? 
Senzura 
(lotincha sensura – davlat nazorati) – hokimiyat tomonidan ko‘ngilsiz yoki zararli deb topilgan g‘oyalar va 
ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki cheklab qo‘yish maqsadida bosma mahsulotlar, sahna asarlari va 
hokazolar mazmun-mundarijasi ustidan davlat nazorati. 
180. Федерация сўзининг луғавий маъносини айтиб беринг? 
Federatsiya (lotincha foederare – ittifoq bilan 
mustahkamlamoq) – davlatlar birlashmasi bo‘lib, bunda birlashuvchi davlatlar qonun bilan belgilangan mustaqillikni 
saqlab qolgan holda yagona ittifoq fuqaroligiga, yagona ittifoq armiyasiga, yagona ittifoq davlat organlariga ega davlat 
birligini tashkil etadi. 
181. Виза деганда нимани тушунасиз? 
(lotincha visus-o’tkazilgan, ko’zdan kechirilgan) pasportda davlatning 
uning hududiga kelishiga, ketishiga, yashab turishiga yoki u orqali o’tishga maxsus ruxsatnomasini bilduruvchi belgi. 
182. Ўзбекистон Республикаси ички ва ташқи сиёсатининг асосий йўналишини ким белгилайди? 
President va 
oliy majlis. 
183. Мустақил давлат қандай ҳуқуқларга эга бўлади? 
1.Davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir 
hududga birlashadilar. 2. Davlat o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun murak kab tizimdan tashkil topgan boshqaruv 
apparatiga ega bo‘ladi va ana shu boshqaruv tizimi yordamida o‘zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan davlat 
hokimiyatini amalga oshiradi. 3. Davlat hokimiyatni to‘laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va turli normativ hujjatlar 
qabul qiladi. Ya’ni, davlat mavjud bo‘lgan joyda huquq ham mavjud bo‘ladi. 4. O‘z faoliyatini yuritishga kerak 
bo‘ladigan zaruriy xarajatlar o‘rnini qoplash uchun moliyaviy manbalarga ega bo‘ladi. Soliqlar va boshqa to‘lovlar joriy 
qiladi va ularni yig‘adi. Ya’ni o‘z budjetiga ega bo‘ladi. 5. Davlat o‘z faoliyatini to‘laqonli tarzda amalga oshirishi uchun 
o‘z suverenitetiga (mustaqilligiga) ega bo‘lishi lozim. Demak, davlat o‘ziga xos belgilarga ega. Agar ularning birortasi 
mavjud bo‘lmasa, biz bunday tashkilotni davlat deya olmaymiz. 
184. Юртимизда сўнгги йилларда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг бош ғояси – мақсади нимадан 
иборат? 
Ozod va obod vatan erkin va farovon hayot barpo etish.
185. БМТ Бош Ассамблеяси томонидан 1948 йилда қабул қилинган «Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон 
декларацияси»нинг тарихий аҳамияти нимадан иборат? 
Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси қабул 
қилинган кун — 1948 йил 10 декабр — бутунжаҳон байрами бўлиб қолди, чунки, мазкур ҳужжат барча учун 
камситишларсиз, инсонга эркин ва мақбул шароитларда ижтимоий адолатни эълон қилган биринчи 
ҳужжатлардан бири эди. Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси асосида ўнлаб ҳужжатлар: юридик кучга эга 
бўлган пактлар, конвенциялар, протоколлар ишлаб чиқилди. Уларда демократия ва бағрикенглик, яъни 
бошқаларнинг фикрлари, динга эътиқод, уларнинг ўзини тута билиши, инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари, 
тинчлик ва тараққиёт умумэътироф этилган универсал қадриятлар мақомига эгалиги тўғрисида қатъий фикрлар 
юритилади. Инсон ҳуқуқларини мустаҳкамлаш ва ҳимоя қилишда таълимнинг роли кўплаб халқаро ҳужжатларда 
қайд этилади. 
186. Мустақиллик Ўзбекистон Республикасига қандай ҳуқуқларни берди? 
Ichki va tashqi munosobotlarda to'la 
mustaqillikni berdi. Daxilsizlik, o'z hududiga va chegarasiga egalik huquqi. Shaxslarni fuqarolikka qabul qilish va 
fuqarolikdan mahrum etish huquqi. O'z konstitusiyasi, kodekslari va qonunlarini qabul qilish huquqi. Qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining faoliyatini yo'lga qo'yish huquqi. O'z quroliy kuchlarini tashkil qilish huquqi. 
Xalqaro huquq subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqalar o'rnatish huquqi. O'z mulkiga 
egalik, bujet, soliq va moliya tizimlarini tashkil qilish huquqi. O'z xazina va pul birligi milliy valyutasini joriy qilish 
huquqi. O'z sid tizimini tashkil qilish va sid ishlarini mustaqil yuritish huquqi. O'z gerbi, bayrog'i, madxiyasi va 
poytaxtiga ega bo'lish huquqi. Davlat tiliga egalik qilish huquqi. O'z taraqiyot yo'lini, o'z nomini, o'z ma'muriy tuzulishini 
o'zi belgilashi huquqi. Referendum o'tkazish hamda hokimiyat va boshqaruv organlari tarkibini belgilash huquqi.
187. Мамлакат мустақил бўлиши унинг ҳар бир фуқароси учун қандай аҳамиятга эга, «Мустақил инсон» 
деганда сиз қандай инсонни тушунасиз? 
Mustaqil inson deganda biz o'z yurtida erkin va baxtiyor hayot kechirish 
uchun barcha zarur huquqlarga ega bo'lgan, ulardan bemalol foydalana oladigan shaxsni tushinamiz.
188. Инсон ҳуқуқ ва эркинликларини кафолатлари бош қомусимизнинг қандай нормалари билан белгилаган? 
Shahsiy huqqu va erkinliklar. Siyosiy huqqu va erkinliklar. Iqtisodiy ijtimoiy huqqu va erkinliklar.
189. «Ижтимоий адолат» деганда нимани тушунасиз? 
Ijtimoiy adolat, odatda, insonning rivojlanishi va 
rivojlanishi uchun zarur bo'lgan asosiy tovar va xizmatlarni, masalan, ijtimoiy-affektiv farovonlik, ta'lim, sog'liqni saqlash 


19 
va huquqlarni adolatli va teng taqsimlashga qaratilgan. Ijtimoiy adolatning dunyo yoki xalqaro kuni U 20 fevralda 
nishonlanadi. Ushbu kun Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan ushbu asosiy ijtimoiy qadr-qimmatni yodga 
olish va ta'minlash uchun belgilangan. Ijtimoiy adolatning ahamiyati shundan iboratki, u yanada adolatli va teng huquqli 
jamiyatga o'tish uchun integratsiya va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ekspluatatsiyasidan himoyalanishga 
yordam beradi. 
190. Шахс тушунчасига таъриф беринг? 
Shaxs deganda o‘ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va intilishlar, 
bilim, ko‘nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan inson tushuniladi.
191. «Инсон капитали» деганда нимани тушунасиз? 
Shaxs sifatida shakilangan kishi yetarli darajadagi aqil-idrok, 
bilim, zakovat, kuch-quvvat, tajriba, kasbiy mahorat, ilmiy salohiyat, jismoniy va ma'naviy salomatlikka ya'ni inson 
kapitaliga ega bo'lishi lozim. 
192. «Инсоннинг маънавий бойлиги» деганда нимани тушунасиз? 
Ma'naviy boyligi uning dunyoqarashi, xulqi, 
odobi, madanyati kabi ruhiy dunyosi bilan bog'liq fazilatlar inson kapitalini tashkil etuvchilari hisoblanadi

193. «Жамият» деганда нимани тушунасиз? 
Jamiyat – muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va manfaatlariga 
ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamo. Jamiyat – arabcha so‘z bo‘lib, amoa, jamlangan, birlashgan degan ma’nolarni 
bildiradi. 
194. Давлат деганда нимани тушунасиз? 
Davlat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan, o‘z 
fuqarolari, shuningdek, hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar 
bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilotdir.
195. Илк даврларда одамлар жамоаларида қонунчилик ва ҳуқуқ тартиботнинг вужудга келиши ҳақида 
нималарни биласиз? 
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar orasida o'ziga xos qoidalar mavjud bo'lgan. Odamlar ilk 
bora to'da, urug' jamoalari va qabilalarga birlashganlarida o'zlariga yo'l boshchi, urug' boshlig'i va qabila boshliqlarini 
tayinlaganlar. Mexnat qurollarining takomillashuvi jarayoni mehmat taqsimotini keltirib chiqargan va odamlar orasidagi 
tabaqalashuvga olib kelgan. Shuning uchun ham asosiy maqsadi va mashg'uloti xususiy mulkchilik munosabatlari va 
mulkdorlar manfatini muhofaza qilishdan iborat bo'lgan kishilarning maxsus guruhlari vujudga kelgan.
196. Давлатнинг ибтидоий, уруғчилик жамиятидан ажратиб турадиган белгилари нималардан иборат? 
1.Davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir hududga birlashadilar. 2. Davlat o‘z faoliyatini amalga oshirishi 
uchun murak kab tizimdan tashkil topgan boshqaruv apparatiga ega bo‘ladi va ana shu boshqaruv tizimi yordamida 
o‘zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan davlat hokimiyatini amalga oshiradi. 3. Davlat hokimiyatni to‘laqonli 
amalga oshirish uchun qonunlar va turli normativ hujjatlar qabul qiladi. Ya’ni, davlat mavjud bo‘lgan joyda huquq ham 
mavjud bo‘ladi. 4. O‘z faoliyatini yuritishga kerak bo‘ladigan zaruriy xarajatlar o‘rnini qoplash uchun moliyaviy 
manbalarga ega bo‘ladi. Soliqlar va boshqa to‘lovlar joriy qiladi va ularni yig‘adi. Ya’ni o‘z budjetiga ega bo‘ladi.
5. Davlat o‘z faoliyatini to‘laqonli tarzda amalga oshirishi uchun o‘z suverenitetiga ega bo‘lishi lozim. Demak, davlat 
o‘ziga xos belgilarga ega. Agar ularning birortasi mavjud bo‘lmasa, biz bunday tashkilotni davlat deya olmaymiz.
197. Давлат ва жамият тушунчаларининг умумий ва фарқли томонларини айтиб беринг? 
Huquqshunoslik 
fanida “davlat” va “jamiyat” tushunchalari mavjud. Ammo davlat bilan jamiyat tushunchalari bir xil emas. Davlat – 
jamiyatning shakllangan siyosiy instituti. Jamiyat taraqqiyotining yetuklashgan muayyan davrida paydo bo‘lgan. Shunday 
ekan, jamiyat qanday bo‘lsa, davlat ham shunday bo‘ladi va aksincha. Jamiyat o‘z rivojida qanday bosqichlardan o‘tsa, 
davlat ham shunga mutanosib tarzda o‘zgarib, takomillashib boraveradi.
198. Давлатчиликнинг дастлабки кўринишлари ҳақида айтиб беринг? 
Davlatlarning tashkil topishi bu — 
insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tomon burilishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalashgan 
davlatlarning paydo bo‘lishi Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV—III ming yilliklar davriga to‘g‘ri keladi. Markaziy 
Osiyo hududida miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo‘la boshlagan.
199. «Давлатнинг функциялари» деганда нимани тушунасиз? 
Davlatning funksiyalari – davlat faoliyatining 
asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro‘yobga chiqa. Davlatning funksiyalarini o‘rganishda bu 
funksiyalarni tasniflash (guruhlash) uslubi qulaydir.
200. Давлатнинг функциялари қандай мезонларга кўра таснифланади? 
Tasnifl ashni quyidagi me’zonlar 
bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofi qdir: 1. Faoliyat ko‘rsatish makoni bo‘yicha: – ichki; – tashqi. 2. Faoliyat 
ko‘rsatish muddati bo‘yicha: – doimiy; – vaqtinchalik. 3. Ijtimoiy jihatdan muhimligi bo‘yicha: – asosiy; – asosiy 
bo‘lmagan. 4. Amalga oshirishning huquqiy shakli bo‘yicha: – huquqni ijod qilish; – huquqni ijro qilish; – huquqni 
muhofaza qilish. 
201. Давлатнинг ички функцияларига оид вазифаларига нималар киради? 
Iqtisodiy vazifalar. Ijtimoiy vazifalar. 
Siyosiy-huquqiy vazifalar. Madaniy-ma’rifiy vazifalar. Moliyaviy vazifalar. Xavfsizlik va himoyalash borasidagi 
vazifalar. fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha mulkchilik shakllaridagi mulkni himoyal, 
mamlakatning iqtisodiy sohadagi rivojlanishini ta’minlash, fuqarolarning madaniy-ma’rifiy barkamollikka erishishlari 
uchun sharoit yaratish, aholining ijtimoiy himoyasi, ijtimoiy sohani rivojlantirish.
202. Давлатнинг иқтисодий вазифаларига нималар киради? 
Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiyotga 
ta’sir o‘tkazish; ♦ Iqtisodiyotning davlat sektori (zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar, konlar)ni boshqarish; ♦ Bozor 
munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yo‘lga qo‘yish.
203. Давлатнинг ижтимоий вазифаларига нималар киради? 
Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash; ♦ 
Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash; ♦ Aholini ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlash.
204. Давлатнинг сиёсий-ҳуқуқий вазифаларига нималар киради? 
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya 
qilish; ♦ Qonuniylik va tartibni ta’minlash; ♦ Tinchlik va millatlar aro totulikni saqlash.


20 
205. Давлатнинг маданий-маърифий вазифаларига нималар киради? 
Ilm-fan, ta’limni rivojlantirish; ♦ Milliy 
madaniyatnni va sanatni rivojlantirish.
206. Давлатнинг молиявий вазифаларига нималар киради? 
Soliq tizimi va bojxona nazorati; ♦ Pul aylanmasi 
ustidan nazorat; ♦ Moliya sohasidagi boshqa faoliyatlari.
207. Давлатнинг хавфсизлик ва ҳимоялаш борасидаги вазифаларига нималар киради? 
Aholining huquq va 
erkinliklarini ta’minlash; ♦ Tabiat muhofazasi; ♦ Mulk daxlsizligini ta’minlash; ♦ Huquqiy tartibotni o‘rnatish.
208. Давлатнинг ташқи функцияларига нималар киради? 
Tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash; tashqi xavf-
xatardan mudofaa; xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish; xalqaro iqtisodiy faoliyat; xorijiy 
mamlakatlar bilan madaniy aloqala.
209. Мустақил давлатнинг жаҳон ҳамжамияти томонидан тан олиниши омилларини айтиб беринг?
1. Diplomatik aloqalar. 2. Savdo-sotiq aloqalari, 3. Madaniy aloqalar. 4. Harbiy aloqalar va boshqalar.
210. Бошқарув шаклига кўра давлатлар қандай турларга бўлинади? 
Davlat quyidagi asoslarga ko‘ra turlarga 
bo‘linadi: boshqaruv shakli; hududiy tuzilishi; siyosiy tartib (rejim). Boshqaruv shakliga ko‘ra davlatlar monarxiya va 
respublika turlariga bo‘linadi. Davlat shakllari deyilganda, davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartibi 
jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi tushuniladi. Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, uning idoralarining aholi 
bilan o‘zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushunilad.
211. «Давлат шакллари» деганда нимани тушунасиз? 
Davlat shakllari deyilganda, davlatning bosh qaruv, hududiy 
tuzilishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi tushuniladi.
212. «Давлат бошқарув шакллари» деганда нимани тушунасиз? 
Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, 
uning idoralarining aholi bilan o‘zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi 
tushunilad.
213. Давлат бошқарувининг монархия шаклининг белгиларини айтиб беринг? 
Monarxiyaning asosiy belgilari 
quyidagilardan iborat: 1) monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i sifatida maydonga 
chiqadi; 2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi; 3) monarx hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinadi; 4) 
monarx o‘z faoliyatida mustaqildir; 5) hokimiyatni o‘rnatish, qabul qilishning alohida tartibi mavjud; 6) umrbod 
boshqaru; 7) monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.
214. «Мутлақ монархия» ва «чекланган монархия»нинг фарқи ҳамда умумий томонларини санаб беринг? 
Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo‘ladi. Agar monarx o‘z davlatini boshqarishda uning 
boshqaruvi boshqa biron bir idora bilan cheklanmasa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi. Agar monarxning 
hukmronligi konstitutsiyaga tayanuvchi biron-bir idora bilan cheklangan bo‘lsa, bunday monarxiya cheklangan, 
konstitutsiyaviy, parlament boshqaruvi shaklidagi monarxiya bo‘ladi (Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya).
215. Темурийлар давлатчилигида бошқарув қандай асосда йўлга қўйилган эди? 
Davlat boshqaruvi tizimi islom 
qonun-qoidalariga asoslangan. Qozilar shaxsan Amir Temurning o'ziga hisobot berib turgan. Temur qat'iy tartiblar va 
qonunlarni o'z tuzklarida ifodalagan.
216. Давлат бошқарувининг республика шаклининг моҳияти ва белгиларини айтиб беринг? 
Respublika davlat 
boshqaruvining shunday shakliki, unda hokimiyat oliy idoralari ma’lum muddatga saylanadi. Respublika shaklidagi 
boshqaruvga ega bo‘lgan davlat ning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ♦ hokimiyat oliy idoralarining saylab 
qo‘yilishi; ♦ hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi; ♦ hokimiyat oliy idoralarining o‘z qarorlarini saylangan muddati 
davomida qabul qilishi; ♦ odil sudlovni amalga oshiruvchi idora bo‘lgan sudlar obro‘sining ortishi; ♦ fuqarolarning davlat 
ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.
217. Президентлик республикаси ва парламентар республиканинг фарқлари ҳамда умумий томонларини 
санаб беринг? 
Respublikalar prezidentlik respublikasi va parlamentar respublika turlariga bo‘linadi. Prezidentlik 
respublikasida davlatni bevosita xalq saylaydigan va juda keng vakolatlarga ega bo‘lgan Prezident boshqaradi. U ijro 
hokimiyatining bevosita boshqaruvchisi hisoblanadi. Prezidentlik respublikasiga yaqqol misol qilib AQSH, Braziliya, 
Argentina va Meksika davlatlarini keltirish mumkin. Parlamentar respublikada davlat boshlig‘i – prezident saylanuvchi 
mansabdor shaxs bo‘lib, asosan, parlament tomonidan saylanadi. Parlamentar respublikaga yaqqol misol qilib Italiya, 
Germaniya, Portugaliya, Gretsiya, Irlandiya va Hindiston davlatlarini keltirish mumkin.
218. Давлатнинг тузилиш шакли деганда нимани тушунасиз ва унинг қандай кўринишлари мавжуд? 
Davlatlar 
tuzilish jihatidan oddiy (unitar) va murakkab (federativ, konfederativ) bo‘lishi mumkin.
219. «Унитар давлат» деганда нимани тушунасиз ва уларга қандай мисоллар келтира оласиз? 
Unitar davlatda 
butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo‘lgan qonunchilik, ijroiya va sud idoralari bo‘ladi.
220. Унитар давлатнинг белгиларини айтиб беринг? 
Yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimining 
mavjudligi; ♦ yagona armiyaga ega bo‘lish; ♦ yagona pul birligi amal qilish; tarkibiy qismlar, ya’ni ma’muriy-hududiy 
tuzilmalarga bo‘linish; ♦ barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo‘lgan soliq va kredit siyosatining joriy 
qilinganligi; ♦ yagona fuqarolikning mavjudligi. 
221. «Федератив давлат» деганда нимани тушунасиз ва унга қандай мисоллар келтира оласиз? 
Federativ davlat 
— bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo‘lgan murakkab, ittifoqdosh davlat.
222. Федератив давлатнинг белгилари нималардан иборат? 
Federativ davlatning belgilari quyidagilar: ♦ 
federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi; ♦ oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo‘ladi; federatsiyaning umumiy konstitutsiyasi uning subyektlari va federat 
siyaning o‘zi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi; ♦ federatsiya subyektlarining har biri alohida o‘z 


21 
konstitutsiyasi, o‘zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi; ♦ federatsiya oliy qonun 
chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo‘ladi. Bunda yuqori palata federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etadi.
223. «Конфедератив давлат» деганда нимани тушунасиз ва қандай мисол келтира оласиз? 
Konfederatsiya 
(lotincha – ittifoq, uyushma) – suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadga erishish uchun 
birlashgan davlatlar ittifoqi. 
224. Федератив ва конфедератив давлатларнинг айрим пайтларда парчаланиб кетишига сабаб бўладиган 
омилларни айтиб беринг? 
Shartnomaga asoslanib istalgan payta mustaqil bo'lib chiqib ketishligi.
225. «Сиёсий тартибот» деганда нимани тушунасиз? 
Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari 
tizimiga siyosiy tartibot deyiladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ya’ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini aynan 
siyosiy tartibot belgilaydi. Biror bir mamlakatdagi siyosiy tartibot haqida gapirilganda, birinchi galda ushbu mamlakatda 
davlat hokimiyati qay yo‘sunda tashkil qilinganligi, inson huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi, siyosiy fikrlar 
xilma-xilligining holati, aholining ijtimoiy faolligi e’tiborga olinadi. Mamlakatdagi qonuniylik, jino yatchilikka qarshi 
kurash va huquqiy tartibot borasidagi ishlarda qo‘llaniladigan usullar ham siyosiy tartibotni aniqlovchi belgilardandir.
226. Сиёсий тартибот турларини айтиб беринг? 
Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni 
boshqarishdagi qo‘llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi siyosiy tartibot deb ataladi. Siyosiy tartibot asosan ikki 
xil bo‘ladi: 1. Demokratik; 2. Nodemokratik.
227. «Демократик тартибот» деганда нимани тушунасиз? 
Demokratik tartibot sharoitida insonning siyosiy va 
fuqarolik huquqlari hurmat qilinadi. Fuqarolar davlat hokimiyat idoralarini tuzishda va ularninng faoliyatida faol ishtirok 
etadilar. Demokratik hokimiyatning yagona manbai xalq hisoblanadi. Demokratiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “xalq 
hokimiyati” degan ma’noni anglatadi.
228. «Демократик тартибот»нинг асосий белгиларини санаб беринг? 
Demokratik tartibot belgilari: 1) shaxsning 
iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi; 2) inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e’tirof qilinishi va kafo latlanishi;
3) davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili asosida amalga oshirilishi; 4) hokimiyat 
vakolatlarining bo‘linishi; 5) ijtimoiy hayotda fikrlar xilma-xilligi (pluralizm), ijtimoiy-siyosiy bir lashmalarning ko‘pligi; 
6) qonun ustuvorligi
229. «Нодемократик тартибот» деганда нимани тушунасиз? 
Demokratiyaga zid tartibot – nodemokratik tartibot 
deb ataladi. Bunday tartibotda davlat idoralari demokratik tamoyillar va qoidalarga rioya etmaydilar. Aksincha, ularni 
doimo yoki tez-tez buzadilar. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunday siyosiy tartibotda fuqarolarning huquq va erkinliklari 
poymol etiladi, qo‘pol ravishda buziladi, ba’zan juda shafqatsizlik bilan muxolifot bartaraf etiladi. Ba’zida esa parlament 
singari demokratik institutlar yo‘q qilinadi. Demokratiyaga zid tartibot – nodemokratik tartibot deb ataladi. 
230. Демократиянинг қандай турларини биласиз? 
1. To'g'ridan-to'g'ri demokratiya: Bu to'g'ridan-to'g'ri 
demokratiyadan buyon aholi ko'p bo'lgan mamlakatlarda eng ko'p istalgan va orzu qilgan demokratiyaning turi u odatda 
kam aholisi bo'lgan joylarda amalga oshiriladi. Bu to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish tizimi bo'lgani uchun, uning nomi shuni 
ko'rsatadiki, vositachilarsiz va vakillarsiz. Odatda munozaralar va qarorlar yig'ilish tizimi orqali amalga oshiriladi.
2. Liberal: Liberal demokratiya G'arb dunyosida keng tarqalgan bo'lib, uning tizimi hukmdorlarni ovoz berish (saylov 
huquqi) bilan saylanish bilan belgilanadi, ular qonun ustuvorligi ostida bo'lgan vakillar, qonunlar va teng huquqli 
odamlardan kelib chiqqan Konstitutsiyaga. Ushbu turdagi demokratiyada fuqarolar shaxsiy va jamoaviy, demokratik 
plyuralizm, siyosiy, ijtimoiy va diniy bag'rikenglik kabi huquq va erkinliklardan foydalanadilar. Quvvatning o'zgarishi 
yana bir talab ushbu modelning asosi. Bundan tashqari, vakolat sifatini nazorat qiluvchi hukmdorlar uchun nazorat tizimi 
mavjud. 3. Xristian-demokratlar: Xristian demokratiyasi 20-asrda ba'zi Evropa mamlakatlarida keng tarqalgan, 
Germaniya, Irlandiya yoki Italiya kabi mamlakatlarda. U jamoat hayoti qonunlarini xristian dinining, shu jumladan 
katoliklar va protestantlarning amrlari va qadriyatlari bilan boshqarishdan iborat. Shu ma'noda xristian-demokratik 
mafkura o'ngga, ko'proq konservativ qonunchilikka va iqtisodiyotni liberallashtirishga o'tishga intiladi. 4. Bilvosita yoki 
vakillik: Bilvosita demokratiya yoki shuningdek vakili sifatida tanilgan, bu bugungi kunda eng ko'p qo'llanilgan. Bu yerda 
fuqarolar turli siyosiy profillarni (prezidentlar, delegatlar, merlar, senatorlar, deputatlar) tanlaydilar, ularni jamoat 
hayotida va siyosiy qarorlarda namoyish etish uchun. 5. Qisman: Qisman demokratiya deganda odamlarning vakolatlari 
sohada va siyosiy faoliyatda (qarorlar qabul qilishda) cheklangan siyosiy tizimlar tushuniladi. Ular har qanday 
demokratiyaning, masalan, saylovlar, so'z erkinligi va partiyalarning ko'pligi kabi asosiy talablarga javob beradi, 
ammo vatandoshlar davlat ma'muriyatlariga haqiqiy kirish huquqiga ega emaslar.,Boshqa tomondan, bunday 
demokratiya ilgari shaxsiy edi va hokimiyatdagi partiyada parlament va ushbu mamlakat Konstitutsiyasi ustidan o'z ijro 
etuvchi va qonunchilik salohiyatini kuchaytirish yoki oshirish mexanizmlari mavjud. 6. Ommabop: Ehtimol, bu 
demokratiyaning eng munozarali va murakkab turi. Bu xalq hukumatlari haqida aytilgan imperializm bilan aloqalarini 
uzganlar, mustamlakachilik yoki ular bosqinchiga qarshi xalq qarshiliklari (ba'zi hollarda qurollangan) orqali 
mustaqillikka erishdilar. 
231. «Тоталитар тартибот» тушунчаси ва белгиларини айтиб беринг? 
Yagona partiyaning hukmronligi, huquq 
va erkinliklarning poymol etilishi kabi salbiy xususiyatlarga ega bo‘lgan tartibot – totalitar tartibot deyiladi. Totalitar 
tartibotda o‘zgacha fikrlarga qarshi kurashiladi, saylovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatlari 
bo’lmaydi.
232. «Фашистик тартибот» тушунчаси ва белгиларини айтиб беринг? 
Fashistik tartibotda hukmronlik qilgan har 
qanday muxolifot yo‘q qilinadi. Biron-bir irqning hukmronligi e’lon qilinadi. Va nihoyat, boshqa hududlarni bosib 
olishga harakat kuchayadi. 1933-1945 yillardagi fashistlar Germaniyasi va o‘sha davrdagi fashistlar Italiyasi fashistik 
tartibotli davlatlarga misol bo‘la oladi.


22 
233. «Давлат органи» тушунчаси ва моҳиятини айтиб беринг? 
Davlat organi – qonunga muvofiq ravishda o‘z 
tizimiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo‘lgan davlat idorasi 
yoki muassasasi.
234. Давлат органларининг турларини санаб беринг? 
a) Vakillik organlari: qonun chiqaruvchi, mahalliy xalq 
deputatlari kengashlari; b) Ijroiya organlari: davlat boshlig‘i (prezident, monarx), hukumat, vazirlik va davlat qo‘mitalari, 
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (prokuratura, ichki ishlar vazirligi va uning organlari, adliya vazirligi va boshqalar); 
d) Mahalliy ijroiya organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari); e) Sud va konstitutsiyaviy nazorat idoralari: 
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va uning viloyat (shahar bo‘g‘inlari). Demokratik davlatda davlat boshqaruvini amalga 
oshiruvchi barcha davlat organlari yaxlit tizimni hosil qiladi va bu tizim davlat mexanizmi deb yuritiladi.
235. Давлат механизми ҳақида нималарни биласиз? 
Davlat mexanizmi – jamiyatni boshqarish va xalq 
manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi. Demak, davlat organlari davlat 
mexanizmining tarkibiy qismlari bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha zarur vakolatlarga 
ega. Har bir davlat organi boshqa davlat organlari bilan, ya’ni davlat mexanizmining boshqa tarkibiy qismlari bilan uzviy 
aloqadadir.
236. «Этатик давлат»нинг белгиларини айтиб беринг? 
Etatik davlatda: 1) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruq 
va farmoyishlar egallaydi; 2) Davlat o‘z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinliklarini qat’iy cheklab 
qo‘yadi; 3) Davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning shaxsiy hayotini ham o‘z boshqaruvi ta’siriga 
olishga intiladi; 4) Davlat organlari va mansabdor shaxslariga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi. Etatik davlatga 
misol qilib Kuba, sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar 
ham bunga misol bo‘la oladi.
237. «Ҳуқуқий давлат» деганда қандай давлат тушунилади? 
Huquqiy davlatda davlat boshqaruvi huquqning 
ustuvorligiga asoslnadi. Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining huquqlari, 
erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Huquqiy davlat – huquqning ustuvorligi 
hamda sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar 
bo‘linishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.
238. Ҳуқуқий давлатнинг асосий белгиларини санаб беринг? 
1.Huquqning ustuvorligi. Mamlakatdagi barcha 
shaxslar – fuqarolar, chetel fuqarolari, fuqaro bo‘l magan shaxslar, mansabdorlar hammasi qonun talablariga 
bo‘ysunadilar. Bunda, Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. 2.Inson huquqlari va 
erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi. Inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda 
manfaatlari oliy qadriyat ekanligi. 3.Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o‘zaro mas’uliyati. 4.Hokimiyatning 
qonuniyligi. Hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi. Davlat hokimiyati mamlakatning ichkarisida va 
xalqaro miqyosda tan olinadi. 5.Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘li nadi. Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat o‘rtasida 
taqsimlanadi. 6.Sudning mustaqilligi. Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonun talablariga 
bo‘ysunadi. 7.Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi. Ular inson huquq va erkinliklarini lozim 
darajada himoya qilishi kerak. 8.Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, 
ularni hurmat qilish va ularga rioya qilishda namoyon bo‘ladi. 9.Demokratiyaning rivojlanganligi va takomillashganligi.
239. Абу Наср Форобий «Фозил одамлар шаҳри» асарида адолатли жамиятни қандай тавсифлайди? 
Abu Nasr 
Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida, “Talxis-u navomisi Afl otun” (“Afl otun qonunlari mohiyati”) nomli 
asarga asoslanib shunday deydi: “Afl otunning aytishicha, eng mushkul ish qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan 
qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir. Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni o‘rganishi zarur, 
chunki ular keyinchalik xalqning o‘ziga foyda keltiradi”. Adolatli jamiyat asosiy yo‘llarini Forobiy quyidagicha bayon 
etib bergan: Fozil (12 xislatni o‘zida aks ettirgan) davlat rahbari va davlat

a’zolarining bo‘lishi; Qonun-qoidalarning 
mavjudligi va ularga davlat rahbarlarining va barcha aholining bo‘ysunishi; Ilm-fanning taraqqiy etishi; Insonlarda 
yaxshi axloq va xulqning shakllanganligi; Davlat urush va bosqinchiliklarga qarshi bo‘lmog‘i, mamlakatda tinchlik va 
barqarorlikning o’rnatilishi shart.
240. «Фуқаролик жамияти» деганда нимани тушунасиз? 
Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya’ni uzviy 
bog‘liqlikda bo‘lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat

241. Фуқаролик жамиятининг асосий белгиларини санаб беринг? 
Turli mulkchilik shakllarining mavjudligi; – 
barcha mulkchilik shakllariga bir xilda munosabatda bo‘linishi, ya’ni mulkchilik shakllarining qonun doirasida tеngligi; – 
erkin mеhnat qilish va kasb tanlash imkoniyati; – tadbirkorlikka kеng imkoniyatlar yaratilganligi; – siyosiy 
erkinliklarning mavjudligi; – fikrlar xilma-xilligi va axborot erkinligining mavjudligi; – inson huquq va erkinliklarining 
kafolatlanganligi; – o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining rivojlanganligi; – adolatli huquqiy hokimiyatning mavjudligi; – 
huquq ustuvorligining ta’minlanganligi.
242. Фуқаролик жамияти иқтисодий, ижтимоий-сиёсий ва маънавий соҳаларда қандай намоён бўлади? 
Iqtisodiy sohada:
nodavlat notijorat tashkilotlarning, shirkatlarning, aksiyadorlik kompaniyalarining, korporatsiyalarning, 
firmalarning mavjudligi va ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlarning yaratilganligi. 
Ijtimoiy-siyosiy sohada: fuqarolar, oilalar, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy harakatlar, o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni qonun doirasida yеchish 
imkoniyatlari, aholi fikrini o‘rganish, shakllantirish va ifoda etish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi. Ma’naviy 
sohada: so‘z va fikr erkinligi, vijdon erkinligi, ijodiy uyushmalarning mustaqilligi, ilmiy uyushmalarning mustaqilligi, 
ma’naviy tahdidlardan himoyalanganlikning ta’minlanganligi. Hozirgi zamonda fuqarolik jamiyati sharoitidagi hayot 


23 
huquqqa asoslangan hayot bo‘lmog‘i shartdir. Chunki, fuqarolik jamiyatida huquq yuksak darajada taraqqiy etgan bo‘lishi 
lozim. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati sharoitida shaxsning boshqa shaxs bilan yoki davlat bilan o‘zaro munosa 
batlari huquqiy normalarga asoslangan bo‘lishi, ya’ni ushbu munosabatlar huquqiy maydonda amalga oshirilishi talab 
etiladi. Fuqarolik jamiyati, davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kelgan muayyan kishilik jamiyatining ixtiyoriy 
o‘zini-o‘zi boshqarishi deb tushuniladi. Aynan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish respublikamizda amalga oshirilayotgan 
islohotlarning bosh maqsadidir.
243. Ўзбекистонда фуқаролик жамиятини ўзида акс эттирувчи қандай тузилмалар мавжуд? 
O‘zbekistonda 
fuqarolik jamiyatining quyidagi belgilari mavjud: 1. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar. 2. Jamoat 
tuzilmalari. 3. Nodavlat notijorat tashkilotlar. 4. Ta’lim-tarbiya muassasalari. 5. Diniy tashkilotlar. 6. Milliy-madaniy 
markazlar. 7. Jamoatchilik fikrini o‘rganish tashkilotlari. 8. Oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus 
tashkilotlar. 9. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari. 10. Ommaviy axborot vositalari. 11. Demokratik saylov 
tizimi.
244. Ўзбекистонда фуқаролик жамиятининг тараққий топиши қандай асосий йўналишларда кузатилмоқда? 
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilingani va qilinayotgani, minglab 
nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatib kelayotgani, jumladan, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, 
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy” jamg‘armalari, “Ijod” fondi, O‘zbekiston yoshlar 
ittifoqining faoliyati mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanayotganligining yaqqol isbotidir.
245. Ўзбекистонда фуқаролик жамиятини ривожлантириш борасида қандай ишлар амалга оширилмоқда? 
Huquqning ustuvorligi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim elementidir. Bag‘rikenglik va 
hamkorlikda ish olib borish o‘zbek xalqining mentalitetiga xosdir. Umid bildirish mumkinki, O‘zbekistonda fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirishda ayni mana shu xususiyatlar yetakchilik qiladi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy 
topishini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 1) Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish; 
2) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish; 3) Ishlab chiqarishni yuksaltirish; 4) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish. 
O‘zbekistonda yoshlar fuqarolik jamiyati ijtimoiy negizining o‘zagini tashkil etishi lozim.
246. «Ўзбекистон суверенитетининг ҳуқуқий асоси» деганда нимани тушунасиз? 
Asosiy qonun O'zbekiston 
Respublikasining Konsututsiyasi bo'lib, ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining o'n ikkinchi chaqiriq XI 
sessiyasida, 1992 yil 8 dekabirda qabul qilingan.
247. «Ҳокимият ваколатларини тақсимлаш принципи» деганда нимани тушунасиз? 
Huquqiy davlatning eng 
muhim belgilaridandir. Bu prinsip barcha rivojlangan demakratik davlatlarda amal qiladigan asosiy konstitutsiyaviy 
qoidalardan biridir. Bu har hil mamlakatlar konstitutsiyalarida shunchaki belgilab qo'yilgan oddiy demakratik qoida emas, 
balki hokimiyatning bir organda to'planishining oldini olishga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidadir. Ko'p asirdan malumki 
hokimiyat bir organ qo'lida to'planganida jiddiy suistemoliklar yuz berishiga sharoit tugiladi.
248. Давлат бошқарувининг мамлакат фуқаролари учун қандай аҳамияти бор? 
Davlat boshqaruvining mahalliy 
organlari faoliyatining muhimligi, avvalambor, ularning fuqarolar, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari va 
tashkilotlar bilan bevosita ishlashlaridir.
249. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида давлат бошқаруви қандай нормалар билан белгиланган? 
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi suveren O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotining muhim tomonlarini konstitutsiyaviy 
jihatdan tartibga solishning umumiy prinsiplarini mustahkamladi, davlat boshqaruvining mohiyatini belgilab berdi. 
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini 
to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga 
binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
250. «Ҳокимиятлар бўлиниши» конституциявий принципининг моҳиятини айтиб беринг? 
Hokimiyat 
bo‘linishida konstitutsiyaviy prinsip qo‘llanib, davlat boshqaruvi islohoti amalga oshirilar ekan, mamlakatimizda quyidagi 
qoidalarga amal qilindi: 1. Mamlakatimizda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari o‘zaro 
yagona davlat mexanizmi sifatida o‘zaro bog‘liqlikda faoliyat ko‘rsatishlari bilan bir paytda, ular nisbatan mustaqil 
hamdir; 2. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funksiyalarini bajaruvchi respublika miqyosidagi davlat organlari 
o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining muayyan nisbati mavjud. Ya’ni ularning vakolatlari muvozanatlashgandir. Mana shu 
muvozanatni saqlash uchun huquqiy islohotlar amalga oshirib turiladi.
251. Ўзбекистон Республикасида қонун чиқарувчи, ижро этувчи ва суд ҳокимияти таркибини айтиб беринг? 
Qonun chiqaruvchi - Oliy Majlis: - Senat (yuqori palata) - Qonunchilik palatasi (quyi palata). Ijro etuvchi - Vazirlar 
Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar. Sud hokimiyati - Konstitutsiyaviy sud, Oliy Sud, sudlar.
252. Мамлакатимизда халқ билан мулоқот қилиш, унинг ҳаётий муаммоларини ҳал қилиш бўйича қандай 
янги тизим яратилган? 
Mamlakatimiz davlat boshqaruvida shunday amaliyot yo‘lga qo‘yildiki, unga ko‘ra, davlat 
xodimlari, birinchi rahbarlardan tortib, o‘z kabinetlarida o‘tirmasdan, joylarga borib, aholining eng og‘riqli va dolzarb 
muammolarining amaliy yechimi bilan shug‘ullanmoqda. Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, uning hayotiy 
muammolarini hal qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratildiki, bu tizim davlat boshqaruvining muhim bo‘g‘ini 
sanaladi. Bu tizimning asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi 
xizmat qiladi.
253. «Мамлакат Президенти» деганда нимани тушунасиз? 
Bizning mamlakatimizda Prezident davlat boshlig‘i 
hisoblanadi. Przident xalqimiz tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylangani uchun davlat nomidan, xalq nomidan ish yuritish 


24 
Prezidentimizning birlamchi vakolati hisoblanadi. Prezident – so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi 
“oldinda o‘tiruvchi” demakdir.
254. Ўзбекистон 
Республикасининг 
Президентилигига 
сайланиш 
тартиби 
қандай? 
O’zbеkiston 
Rеspublikasining Prеzidеnti O‘zbеkiston Rеspublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, tеng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz bеrish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prеzidеntni saylash tartibi 
O‘zbеkiston Rеspublikasining qonun bilan belgilanadi

255. Ўзбекистон Республикаси Президентининг ҳуқуқий мақоми ва ваколатларини айтиб беринг? 
Prеzidеntning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi. O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti 
Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan rеspublikaning butun hududida majburiy 
kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari: - 
fuqarolar huquq va erkinliklari ta’minlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining kafilidir; - mamlakat 
mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi; - O‘zbekiston Respublikasi nomidan mamlakat 
ichkarisida va xalqaro miqyosda muzokaralar yuritadi, shartnoma va kelishuvlar imzolaydi hamda ularning bajarilishini 
ta’minlaydi; - Boshvazir nomzodini Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim qiladi, Vazirlar Mahkamasi tarkibini 
tasdiqlaydi; - Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini lavozimga qo‘yadi va lavozimdan bo‘shatadi; - Oliy Majlis 
Senatiga Konstitutsion, Oliy sudlar raislari, ularning o‘rinbosarlari, Markaziy bank raisi nomzodlarini taqdim qiladi; - 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va undan chiqarish masalalarini hal qiladi; - Davlat mukofotlari va 
faxriy unvonlar bilan mukofotlaydi; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarda 
belgilangan bir qator muhim vakolatlarni amalga oshiradi.
256. Ўзбекистон Республикасида ким Қуролли Кучларининг Олий Бош Қўмондони ҳисобланади ва унга 
қандай ваколатлар берилган? 
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni 
hisoblanadi. U Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini vazifasiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, harbiy 
unvonlar beradi. Prezident zarur paytlarda butun mamlakat bo‘yicha yoki ayrim hududlarda favqulodda vaziyat yoki 
urush holatini joriy qilish huquqiga ham ega. Bunda uch kun muhlat ichida bunday yechim Oliy Majlisga tasdiqlash 
uchun taqdim qilnadi.
257. Қандай ҳолларда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси тарқатиб юборилиши мумкин? 
Qonunchilik 
palatasi yoki Sеnat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz bеrganda 
yohud ular bir nеcha marta O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan 
qarori asosida O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Sеnati tarqatib yuborilishi mumkin.
258. Ўзбекистон Республикаси Президенти президентлик фаолияти давомида бошқа қандай фаолият билан 
шуғулланиши мумкин эмас ҳамда ваколати тугаган Президент қандай фаолият билан шуғулланади? 
Prezident o‘z 
vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas. Vakolati tugashi munosabati bilan istе’foga chiqqan Prеzidеnt 
umrbod Sеnat a’zosi lavozimini egallaydi.
259. Олий Мажлис қандай ҳокимиятни амалга оширади? 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat 
vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
260. Олий Мажлис икки палатадан иборат қилиб ташкил қилинганинг сабаби ва аҳамиятини айтиб беринг? 
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Oliy Majlisni ikki palatali tarzda - Qonunchilik palatasi va Senatdan 
iborat qilib tashkil toptirishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilardir – Oliy Majlis faoliyati jarayonida manfaatlar 
muvozanati tizimini shakllantirish; – qonun ijodkorligining sifatini ta’minlash; – umumdavlat va hududiy manfaatlarning 
mutanosibligiga erishish.
261. «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси тўғрисида»ги конституциявий 
қонун ҳақида нималарни биласиз? 
Davlatimiz Konstitutsiyasining 77- moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat. Shuningdek, 
Qonunchilik palatasining deputatlari – hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, 
teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi

262. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатини шакллантириш тартибини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, 100 nafar Senat a’zolaridan 
(senatorlardan) iborat.
263. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси таркибини айтиб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat. 
Shuningdek, Qonunchilik palatasining deputatlari – hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik 
asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
264. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати таркибига кимлар киради? 
O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati a’zolari, Qora qalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar 
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin 
ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan 
saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish 
sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida 
xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarollar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.


25 
265. Қонунчилик палатаси қай тартибда сайланади? 
Davlatimiz Konstitutsiyasining 77-moddasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik nafar 
deputatdan iborat. Shuningdek, Qonunchilik palatasining deputatlari – hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha 
ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 
saylanadi.
266. Олий Мажлиснинг фаолияти қандай ташкил қилинади? 
Saylov orqali Qonunchilik palatasi hamda senat 
shakilantiriladi. 
267. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси сессиясининг моҳияти ва ўтказилиши тартибини айтиб 
беринг? 
Oliy Majlis ishini tashkiliy shakli - bu sessiyadir. Oliy Majlis sessiyasining asosini uning majlislari tashkil qiladi. 
Sessiya majlislari oralig‘ida Oliy Majlis qo‘mitalari, komissiyalari va boshqa organlari majlislari o‘tkaziladi. Oliy Majlis 
sessiyasi bir yilda ikki martadan kam bo‘lmagan tarzda chaqiriladi.
268. «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси депутати ва Сенати аъзоси 
дахлсизлик ҳуқуқи» деганда нимани тушунасиз? 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputati va Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy 
javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga torti 
lishi mumkin emas.
269. Олий Мажлис қандай ишларни амалга оширади? 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini 
tasdiqlash; - Konstitutsion, Oliy sudlarni saylash; - Markaziy bank raisini saylash; - O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini 
ko‘rib chiqish va qabul qilish; - O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini va davlatning boshqa strategik dasturlarini 
qabul qilish.
270. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиснинг назорат қилиш фаолияти ҳақида тушунтириб беринг? 
Oliy 
Majlis, shuningdek, davlat organlari va boshqa organlar, tashkilot, korxona, muassasalar tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, Oliy majlis qarorlarining bajarilishi bo‘yicha nazorat olib borish 
vakolatiga ega.
271. Ўзбекистон Республикаси ижро этувчи ҳокимияти тизимини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasining 
hukumati boshchiligida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimi amal qiladi. Mazkur tizimga: 1) Vazirlar Mahkamasi;
2) vazirliklar; 3) davlat qo‘mitalari; 5) boshqaruv funksiyasini amalga oshiruvchi agentliklar, konsern va uyushmalar;
6) viloyat, tuman va shahar hokimliklari kiradi.
272. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг асосий вазифаларини айтиб беринг? 
Vazirlar 
Mahkamasi bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga oladi, ya’ni iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali 
faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbеkiston Rеspublikasi 
Prеzidеntining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi 
amaldagi qonunlarga muvofiq O‘zbеkiston Rеspublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va O‘zbеkiston 
Rеspublikasi Oliy Majlisi oldida javobgar hisoblanadi. Oliy Majlis yangi saylanishi bilan Vazirlar Mahkamasi to‘laligicha 
iste’foga chiqadi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda faoliyat yuritadi Davlat budjetini ishlab 
chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; ♦ Oliy Majlisga davlat budjetining 
bajarilishi haqida hisobot beradi; ♦ yagona moliya, pul-kredit siyosati yuritilishini ta’minlaydi; ♦ madaniyat, fan, maorif, 
ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi; ♦ mamlakatni mudofaa qilish, 
davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi; ♦ qonuniylik, fuqarolarning 
huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash 
bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
273. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси қандай тартибда шакллантирилади? 
Vazirlar 
Mahkamasining tarkibi Boshvazir taqdim etgan nomzodlar ichidan tanlab olinadi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti 
tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Boshvaziri nomzodi O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 
taqdimiga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbеkiston Rеspublikasi Boshvaziri taqdimiga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasi 
Prеzidеnti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga quyidagi mansabdor shaxslar 
kiradi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Boshvaziri; Boshvazir o‘rinbosarlari; vazirlar; davlat qo‘mitalarining raislari; 
Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi hukumatining boshlig‘i.
274. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг таркибини айтиб беринг? 
O‘zbеkiston Rеspublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga quyidagi mansabdor shaxslar kiradi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Boshvaziri; Boshvazir 
o‘rinbosarlari; vazirlar; davlat qo‘mitalarining raislari; Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi hukumatining boshlig‘i.
275. Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати қандай норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни қабул қилиш ваколатига 
эга? 
Hukumat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar asosida va ularni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi. Prezident hukumat majlisida raislik qilish huquqiga ega.
276. Ўзбекистон Республикасида марказий ижро этувчи ҳокимият ваколатларини бозор тамойилларига 
мувофиқлаштиришнинг аҳамиятини айтиб беринг? 
Markaziy ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini bozor tamoyillariga 
muvofiqlashtirish va iqtisodiyotni boshqarishda davlat boshqaruv organlarining qatnashuvini kamaytirish Markaziy ijro 


26 
etuvchi hokimiyat boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlari vazifalarini jiddiy tarzda qayta ko‘rib chiqishni taqozo 
qildi.
277. Ўзбекистон Республикасида давлат бошқарувининг ўзига хос хусусиятларини айтиб беринг? 
Davlat 
boshqaruvida vertikal boshqaruv organlarining vakolatlarini qisqartirish hisobiga gorizontal boshqaruv organlarining 
vakolatlarini kengaytirish davlat boshqaruvi sohasida markazlashtirishni cheklashga imkoniyat yaratadi. Bunda boshqaruv 
borasidagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan mahalliy (viloyat, tuman, shahar) miqyosiga o‘tkazishning 
ahamiyati katta bo‘ldi. Ayniqsa, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimi faqatgina 
O‘zbekistonda amal qilgan o‘ziga xos yangilik bo‘lib davlat boshqaruvi fani va amaliyotiga kirdi.
278. «Суд ҳокимияти» деганда нимани тушунасиз? 
Sud hokimiyati –– davlat hokimiyatining bir bog‘ini

279. Ўзбекистон Республикасининг суд тизимини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi 
quyidagilardan iborat: – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi; – Harbiy 
sudlar; – Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari; – Fuqarolik va jinoyat ishlari 
bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari; – Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat 
ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari; – Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va 
ma'muriy sudlari. – Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari: – Tuman, shahar ma'muriy sudlari.
280. «Судларнинг мустақиллиги кафолатланиши» деганда нимани тушунасиз? 
Davlat o‘z zimmasiga sudlov 
organlari o‘z vazifalarini samarali bajarishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish majburiyatini olgan. Sud 
idoralarining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanishi, Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilishi BMT 
tomonidan qabul qilingan “Sudidoralarining mustaqilligiga oid asosiy tamoyillar” nomli xalqaro huquqiy hujjatda ham 
o‘z ifodasini topgan.
281. Ўзбекистон Республикасида суд ишлари қандай тилларда юритилади? 
Odil sudlovni amalga oshirishda til 
to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy tamoyil katta ahamiyatga ega. Konstitutsiyamizning 115-moddasiga asosan O‘zbekiston 
Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi 
so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
282. Ўзбекистон Республикасида суд-ҳуқуқ тизимини изчил демократлаштириш ва либераллаштириш бўйича 
сўнгги йилларда олиб борилган ишлар ҳақида нималарни биласиз? 
Sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va 
liberallashtirish bo‘yicha so‘nggi yillarda olib borilgan ishlar: – sud-tergov faoliyatida tergov jarayonida, jabrlanuvchi, 
guvoh, gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha (agar aniq isbot bo‘lmasa) qaror qabul 
qilish taqiqlandi; – Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudlari birlashtirildi va ular asosida fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy 
sohalarda sud ishlarini yuritish bo‘yicha sud hokimiyatining birlashgan organi yaratildi; – Oliy sud qoshida sudlar 
faoliyatini ta’minlash bo‘yicha departament tashkil qilindi; -O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil 
qilindi va uning vazifasi qilib sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga 
ko‘maklashish belgilandi; – Konstitutsion sud vakolatlari kengaytirildi va uning doirasiga Prezident qaror va 
farmonlarining Konstitutsiyaga mosligini aniqlash vakolati ham kiritildi; – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unda sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor 
vazifalar belgilab berildi. Farmonda sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini himoya qilish, odil sudlovga erishish imkoniyatini oshirish kabi masalalar sudhuquq tizimi islohotlarining 
asosiy maqsadi sifatida belgilab qo‘yildi. Bu maqsadga erishish yo‘lidagi sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat 
organlariga aniq vazifalar yuklatildi.
283. Судлар ва судьяларнинг мустақиллигини таъминлашнинг моҳиятини айтиб беринг. 
Mamlakatimizda 
barcha sudyalar bir xil maqomga ega. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Mamlakatimiz sud tizimini isloh qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, avvalambor, 
hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga oshirishga xizmat qildi. Natijada sud tizimining ijro 
etuvchi hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratild.
284. Ўзбекистон Республикасида Судьялар олий кенгаши қандай мақсадда ташкил қилинди? 
O‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi va uning vazifasi qilib sud hokimiyatining mustaqilligi 
konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashish belgilandi

285. Конституциявий суд қандай ваколатларга эга? 
Konstitutsion sud vakolatlari kengaytirildi va uning doirasiga 
Prezident qaror va farmonlarining Konstitutsiyaga mosligini aniqlash vakolati ham kiritildi.
286. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан суд-ҳуқуқ тизимини ислоҳ қилиш 
бўйича қандай фармонлар қабул қилинди? 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unda sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. 
Farmonda sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, odil 
sudlovga erishish imkoniyatini oshirish kabi masalalar sudhuquq tizimi islohotlarining asosiy maqsadi sifatida belgilab 
qo‘yildi. Bu maqsadga erishish yo‘lidagi sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga aniq vazifalar yuklatildi.
287. Амир Темур давлатидаги суд тизими ҳақида нималарни биласиз? 
Amir Temur davlatida odil sudlovni 
amalga oshirish uchun mukammal tizimdagi sud tizimi mavjud bo‘lib, ular quyidagi to‘rt sohaga bo‘lingan va qozilar 
tomonidan boshqarilgan: 1. Fuqarolik sudi (aholi qozisi); 2. Harbiy sud (lashkar qozisi); 3. Shariat sudi (islom qozisi); 
4. Amaldorlar sudi (xizmatchilar qozisi). Shahar, o‘lka va viloyat aholisi jinoyat va fuqarolar ishi bo‘yicha sud qilinardi. 


27 
Bu ishda shariat, harbiy kishilarga nisbatan harbiy sud (tribunal) qo‘llanilsa-da, tuzuklar asosida hukm chiqarilgan. Taxt 
vorislari uchun hukmni amirning o‘zi chiqarardi.
288. «Ахлоқ» деганда нимани тушунасиз, моҳиятини айтиб беринг? 
Kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga 
soluvchi qoidalar tizimi axloq hisoblanadi. O‘zbekiston hududida ming yillar davomida shakllangan milliy axloq 
normalari milliy huquq tizimimizning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Axloq – kishining jamiyatdagi 
xulq-atvorini tartibga soluvchi talab va qoidalar yig‘indisi.
289. «Ҳуқуқ» деганда нимани тушунасиз, қандай белгилари мавжуд? 
Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan va u 
tomonidan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining tizimi.
290. «Объектив ҳуқуқ» ва «субъектив ҳуқуқ» деганда нимани тушунасиз? 
“Huquq” atamasi ikki obyektiv 
hamda subyektiv huquq ma’nosida qo‘llaniladi. Obyektiv huquq – huquq normalarining yig‘indisi. Subyektiv huquq esa 
ma’lum bir shaxs yoki guruhga tegishli bo‘lgan huquq. Misol uchun kimningdir uy-joyga bo‘lgan yoki biror-bir mulkka 
nisbatan bo‘lgan huquqi. Subyektiv huquq obyektiv huquqsiz mavjud bo‘lmaydi. Huquqning o‘zi esa davlat bilan uzviy 
bog‘liqdir. Ular bir-birisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas.
291. Ҳуқуқнинг функцияларини айтиб беринг? 
Tartibga solish - Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni va alohida 
shaxs xulq-atvorini kerakli yo‘nalishga solish. Qo‘riqlash - Huquqiy muhofaza va yuridik mas’uliyat choralarini, ularni 
qo‘llash tartibini o‘rnatis. Tarbiyalash - Turmushda nimalarni qilish mumkin, nimalar taqiqlanadi. Har xil vaziyatlarda 
qanday harakat qilish lozimligini belgilashdan iborat. Zarur bo‘lganda majburlash uslubini, hatto jazolashni ham nazarda 
tutadi.
292. Ҳуқуқнинг тартибга солиш функцияси деганда нимани тушунасиз? 
Tartibga solish - Jamiyatdagi ijtimoiy 
munosabatlarni va alohida shaxs xulq-atvorini kerakli yo‘nalishga solish.
293. Ҳуқуқнинг қўриқлаш функциясининг моҳиятини айтиб беринг? 
Qo‘riqlash - Huquqiy muhofaza va yuridik 
mas’uliyat choralrini, ularni qo‘llash tartibini o‘rnatis.
294. Ҳуқуқнинг тарбиялаш функциясининг моҳиятини тушунтиринг? 
Tarbiyalash - Turmushda nimalarni qilish 
mumkin, nimalar taqiqlanadi. Har xil vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligini belgilashdan iborat. Zarur bo‘lganda 
majburlash uslubini, hatto jazolashni ham nazarda tutadi. 
295. Ахлоқ билан ҳуқуқ тушунчаларининг ўзаро фарқини айтиб беринг? 
Aholi aksariyat qismining qarashlari va 
tushunchalari ham, axloq ham huquqda aks etadi. Axloq va huquq o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardir: 1) huquq 
davlat tomonidan belgilangan bo‘ladi, axloq (ezgulik va yovuzlik, adolat va nohaqlik kabilar) esa davlatning yordamisiz 
o‘z-o‘zidan shakllanadi. 2) huquq davlat irodasini, axloq esa jamiyat a’zolarining fikri, dunyo qarashi hamda insoniy 
fazilat va tushunchalarini aks ettiradi; 3) huquq normalari, zarur hollarda, davlatning majburlov kuchi orqali, axloq 
normalari esa jamoatchilik fikri orqali qaror topadi; 4) axloq normalari ijtimoiy munosabatlarning kengroq doirasini 
(do‘stlik, o‘rtoqlik va hatto muhabbatni ham) tartibga soladi. Huquq esa muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solishga qaratilgan; 5) huquqda xatti-harakat yoki harakat sizlik “qonuniy-noqonuniy”, axloqda esa “yaxshi-yomon” deya 
baholanadi; 6) huquq hujjatlarda aniq ko’rinishga ega.
296. «Ҳуқуқ нормаси» деганда нимани тушунасиз? 
Huquq normasi – bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki 
elementi. Huquqiy normalar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, davlat tomonidan 
o‘rnatilgan, bajarilishi jamiyatning barcha a’zolari uchun umummajburiy bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi qoidalardir. Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy 
xulq-atvor qoidasi huquq normasi deyiladi. 
297. Ҳуқуқий норманинг таркибий элементларини айтиб беринг? 
Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan. Huquqiy norma 
tuzilishiga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi uch tarkibiy qism (element)dan: gipoteza, dispozitsiya, 
sanksiyalardan tashkil topishi mumkin.
298. Ҳуқуқий норманинг таркибий элементи – «гипотеза» деганда нимани тушунасиз? 
Gipotezada norma 
harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bayon etiladi.
299. Ҳуқуқий норманинг таркибий элементи – «диспозиция» деганда нимани тушунасиз? 
Dispozitsiyada xulq-
atvor qoidalarining o‘zi ifodalanib, huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi.
300. Ҳуқуқий норманинг таркибий элементи – «санкция» деганда нимани тушунасиз? 
Sanksiyada huquq 
normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov chorasi bayon etiladi.
301. Ҳуқуқ нормасининг белгиларини айтиб беринг? 
Huquq normasining quyidagi belgilari mavjud: – davlatning 
(xalqning) irodasini aks ettiradi; – davlat tomonidan normativ hujjatlarda aks ettiriladi; – davlat tomonidan muhofaza 
qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi; – jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng 
muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi. 
302. Ўзбекистон Республикаси томонидан халқаро хужжатларни ратификация қилиш деганда нимани 
тушунасиз ва унинг тартиби қандай? 
Huquqiy normalarga misol qilib xalqaro huquqiy hujjatlarni ham keltirish 
mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan buyon ko‘pgina xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shildi. 
Quyida, biz kundalik hayotimizga ta’sir ko‘rsatadigan ayrim muhim xalqaro huquqiy hujjatlar ro‘yxatini taqdim qilamiz: 
– Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi; – Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya; – Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt; – Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt; – Texnik va kasb ta’limi 
bo‘yicha konvensiya; – Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya; – Xalqaro madaniy hamkorlik tamoyillari 
to‘g‘risidagi deklaratsiya; – Ishga qabul qilishning minimal yoshi to‘g‘risidagi konvensiya.


28 
303. «Ҳуқуқ тизими» деганда нимани тушунасиз? 
Huquq tizimi – bu jamiyatdagi mavjud huquq normalarining bir 
butun voqelik sifatida harakatlanishi, huquq normalari va sohalarini muayyan izchillikda, o‘zaro uzviy aloqadorlikda 
joylanishi.
304. «Ҳуқуқий тартибга солиш предмети»нинг мазмунини айтиб беринг? 
Qaysi huquq normasini qaysi 
obyektga nisbatan ishlatish lozimligini aniqlashtirish uchun ularni turlarga ajratish lozim. Huquq tizimi, avvalam bor, 
huquq tarmoqlari (sohalari) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajratiladi. Bunda, davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning 
xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Aynan shu munosabatlar huquqiy tartibga solish (boshqaruv)ning predmetini tashkil qiladi. 
Huquqiy tartibga solish (boshqarish) usuli esa, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga yordamlashadigan 
yo‘llari, usullari, vositalarining yig‘indisidir.
305. «Ҳуқуқий тартибга солиш усули» деганда нимани тушунасиз? 
Qaysi huquq normasini qaysi obyektga 
nisbatan ishlatish lozimligini aniq lashtirish uchun ularni turlarga ajratish lozim. Huquq tizimi, avvalam bor, huquq 
tarmoqlari (sohalari) deb nomlanuvchi alohida tarmoqlarga ajratiladi. Bunda, davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilma-
xilligi e’tiborga olinadi. Aynan shu munosabatlar huquqiy tartibga solish (boshqaruv)ning predmetini tashkil qiladi. 
Huquqiy tartibga solish (boshqarish) usuli esa, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishga yordamlashadigan 
yo‘llari, usullari, vositalarining yig‘indisidir.
306. Ҳуқуқий соҳаларнинг қандай асосий турлари мавжуд? 
– Konstitutsiyaviy huquq sohasi – bu huquq tarmog‘i 
huquq tizimidagi eng asosiy huquq sohasi. Chunki, unda huquqning bosh tamoyillari, davlatning huquqiy qiyofasi 
belgilab beriladi. Konstitutsiyaviy huquq tomonidan davlat, jamiyat va shaxslar o‘rta sidagi munosabatlar tartibga 
solinadi. Unda davlat suvereniteti, davlatning siyosiy, boshqaruv shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, davlat or ganlarining 
huquqiy maqomi, insonlarning asosiy huquq va erkinliklari, jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari kabi muhim masalalar 
mustahkamlangan.– Mehnat huquqi sohasi orqali – korxonalar, tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi mehnat 
munosabatlari tartibga solinadi. – Fuqarolik huquqi sohasi orqali – mulk bilan aloqador hamda nomulkiy munosabatlar 
tartibga solinadi. – Oila huquqi sohasi orqali – oiladagi, oila va nikoh bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinadi. – 
Ekologiya huquqi sohasi orqali – tabiatni muhofaza qilish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinadi. – 
Jinoyat huquqi sohasi orqali – qanday xatti-harakatlar jamiyat uchun xavfli ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar 
qanday jazolanishi va bu borada yuzaga keladigan barcha munosabatlar tartibga solinadi.
307. Конституциявий ҳуқуқ соҳасининг моҳиятини айтиб беринг? 
Konstitutsiyaviy huquq sohasi – bu huquq 
tarmog‘i huquq tizimidagi eng asosiy huquq sohasi. Chunki, unda huquqning bosh tamoyillari, davlatning huquqiy 
qiyofasi belgilab beriladi. Konstitutsiyaviy huquq tomonidan davlat, jamiyat va shaxslar o‘rta sidagi munosabatlar 
tartibga solinadi. Unda davlat suvereniteti, davlatning siyosiy, boshqaruv shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, davlat 
organlarining huquqiy maqomi, insonlarning asosiy huquq va erkinliklari, jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari kabi 
muhim masalalar mustahkamlangan.
308. Фуқаролик ҳуқуқи соҳасининг моҳиятини айтиб беринг? 
Fuqarolik huquqi sohasi orqali – mulk bilan 
aloqador hamda nomulkiy munosabatlar tartibga solinadi.
309. Жиноят ҳуқуқи соҳасининг моҳиятини айтиб беринг? 
Jinoyat huquqi sohasi orqali – qanday xatti-harakatlar 
jamiyat uchun xavfli ekanligi belgilanadi, ularni sodir etganlar qanday jazolanishi va buborada yuzaga keladigan barcha 
munosabatlar tartibga solinadi. 
310. Процессуал ҳуқуқий соҳалар орқали қандай фаолият тартибга солинади? 
Fuqarolik-protsessual, Iqtisodiy 
protsessual, jinoyat-protsessual, ma’muriy-protsessual. 
311. Фуқаролик процессуал ва жиноий процессуал ҳуқуқий соҳаларининг асосий фарқлари нимада? – 
Fuqarolik-protsessual huquq normalari sudlarning fuqarolik, oilaviy, mehnat, yer bilan bog‘liq va moliyaviy munosabatlar 
kabi bir qator sohalardagi faoliyatini tartibga soladi. Ya’ni, shu sohalarga oid ishlar ko‘rilayotgan bo‘lsa, sudlar fuqarolik-
protsessual qonunchilikka asosan ish ko‘radilar.
312. Жиноят процессуал ҳуқуқий соҳаси қандай вазифаларни бажаради? 
Jinoyat-protsessual huquq sudlov, 
tergov, prokuratura organlarining jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rib chiqish faoliyatini tartibga solidi.
313. «Ҳуқуқ институтлари» деганда нимани тушунасиз? 
Huquq institutlari – bu o‘zaro bog‘langan, bir turdagi 
ijtimoiy munosa batlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidan iborat. Konstitutsiyaviy huquq sohasida 
prezidentlik, fuqarolarning huquq va erkinliklari instituti, jinoyat huquqi sohasida – javobgarlik instituti, oila huquqida – 
nikoh instituti va boshqalar. Bu huquq institutlari huquq sohasining ichki tarkibiy qismidir. Huquq institutlari birlashib, 
huquq sohasini tashkil etadi. Ya’ni huquq institutlari huquq sohalarining tarkibiy qismidir.
314. Халқаро ҳуқуқнинг таркибий қисмлари (соҳалари) деганда нимани тушунасиз ва уларга мисоллар 
келтиринг? 
315. «Ҳуқуқий муносабатлар» деганда нимани тушунасиз? 
Ayrim shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan va huquq 
normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi. Huquq normalari bilan tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt – hodisa 
(masalan, insonning tug‘ilishi yoki o‘lishi, yong‘in) yoki harakat (masalan, huquq buzarlik) yuzaga kelishi lozim bo‘ladi.
316. Ҳуқуқий муносабатларнинг объекти ва субъектини айтиб беринг? 
Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko‘ra 
obyekt, subyekt kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, Ravshan do‘kondan umumiy daftar va rangli qalam sotib 
olmoqchi. Bu yerda umumiy daftar va rangli qalam huquqiy munosabatning obyekti hisoblanadi. Ravshan esa huquqiy 
munosabatning subyektidir.


29 
317. Ҳуқуқий лаёқат ва муомала лаёқати ўртасида қандай фарқлар мавжуд? 
Huquq layoqati, asosan, kishining 
tug‘ilishi bilan vujudga keladi va vafot etishi bilan tamom bo‘ladi. Muomala layoqati o‘z harakatlari asosida huquqlarni 
amalga oshirish va yuridik majburiyatlarni bajara olish imkoniyatidir.
318. «Ҳуқуқий одат» деганда нимани тушунасиз, моҳиятини айтиб беринг? 
Huquqiy odat — bu jamiyat a’zolari 
tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normasiga 
aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga aytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq 
manbai hisoblangan. Hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda, masalan, Buyuk Britaniyada mavjud.
319. «Ҳуқуқий прецедент» деганда нимани тушунасиз, моҳиятини айтиб беринг? 
Yuridik pretsedent sudning 
umum majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati 
shundaki, u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umum majburiy qoidaga aylanadi. Huquqiy pretsedent ayrim 
mamlakatlarda, masalan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada huquq manbai hisoblanadi. Ular anglo-sakson 
huquqiy tizimiga, huquq oilasiga kiradi. Lekin, O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo‘llanilmaydi. Sababi, 
O‘bekiston roman-german huquqiy tizimi (oilasi)ga mansub.
320. «Ҳуқуқ манбаи» деганда нимани тушунасиз ва унинг нечта шакли мавжуд? 
Huquq manbai davlat irodasini 
muayyan huquqiy-normativ hujjatlar, qonun normalarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. 4 ta shakli bor. 
Huquqiy odat, sud yoki ma’muriy present, normative huquqiy aktlar.
321. «Норматив-ҳуқуқий ҳужжат» тушунчаси ва моҳиятини айтиб беринг? 
Normativ-huquqiy hujjat – 
huquqning asosiy manbaidir. Normativ huquqiy hujjat vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan 
yuridik huquqiy hujjati bo‘lib, umum majburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi. Qonunchilik – vakolatli davlat 
organlarining qonun chiqarish faoliyati hamda har bir vakolatli davlat organining qat’iy belgilangan huquqiy-normativ 
hujjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.
322. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатнинг белгиларини айтиб беринг? 
Huquqiy normalarni mustahkamlaydi, 
rasmiylashtiradi; – belgilangan qoidalarning mazmunini bayon etadi; – belgilangan normalarga umum majburiy
tus berad.
323. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатнинг қандай турларини биласиз? 
1. Qonun, shu jumladan, asosiy qonun 
hisoblangan – Konstitutsiya. Ular, umumxalq ovoz berish yo‘li bilan yoki parlament tomonidan qabul qilinadi; 2. Farmon 
– davlat boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjati; 3. Hukumat qarorlari va farmoyishlari; 4. Vazirliklar va boshqa davlat 
idoralarining buyruq va qarorlari; 5. Mahalliy vakillik va ijroiya davlat organlarining qarorlari.
324. «Халқаро шартнома» тушунчаси ва моҳиятини айтиб беринг? 
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning ikki 
yoki bir necha subyekti tomonidan qabul qilingan bitim bo‘lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki 
bekor qiluvchi hujjatdir.
325. Ўзбекистонда ҳуқуқ манбалари нималардан иборат? 
1) Konstitutsiya – Asosiy qonun;2) konstitutsiyaviy 
qonun;3) qonun;4) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining tashkil etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, insonlar va 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya amaldagi qonunlar uchun yuridik asosdir. 
Konstitutsiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiriladi va aniqlashtiriladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tar kibida o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lib, uning qoidalari 
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga zid kelmasligi kerak.
326. Халқаро ҳуқуқий манбалар нималарни ўз ичига олади? 
Huquq manbai davlat irodasini muayyan huquqiy-
normativ hujjatlar, qonun normalarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq 
manbalarining quyidagi to‘rt shakli e’tirof qilingan: Huquqiy odat — bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt 
qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normasiga aylangan va 
keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga aytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq manbai 
hisoblangan. Hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda, masalan, Buyuk Britaniyada mavjud. Yuridik pretsedent sudning 
umum majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati 
shundaki, u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umum majburiy qoidaga aylanadi. Huquqiy pretsedent ayrim 
mamlakatlarda, masalan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada huquq manbai hisoblanadi. Ular anglo-sakson 
huquqiy tizimiga, huquq oilasiga kiradi. Lekin, O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo‘llanilmaydi. Sababi, 
O‘zbekiston roman-german huquqiy tizimi (oilasi)ga mansub. Normativ-huquqiy hujjat – huquqning asosiy manbaidir. 
Normativ-huquqiy hujjat vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo‘lib, 
umum majburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi.
327. Ўзбекистон Республикаси қонунлари қандай асосий гуруҳларга бўлинади? 
1) Konstitutsiya – Asosiy 
qonun; 2) konstitutsiyaviy qonun; 3) qonun; 4) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari.
328. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг алоҳида аҳамиятини айтиб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining tashkil etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, insonlar 
va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya amaldagi qonunlar uchun yuridik asosdir. 
Konstitutsiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiriladi va aniqlashtiriladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibida o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lib, uning qoidalari 
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga zid kelmasligi kerak.
329. «Конституциявий қонунлар» деганда нимани тушунасиз ва уларнинг оддий қонунлардан қандай фарқи 
бор? 
Konstitutsiyaviy qonunlar Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirituvchi qonunlardir. Ushbu hujjat uchun 
Oliy Majlisda ularni qabul qilishning oddiy qonunlarga nisbatan murakkabroq tartib-qoidalari belgilangan. Ular, 
parlament a’zolari umumiy tarkibining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi.


30 
330. Қорақалпоғистон Республикасининг қонунлари ҳудудларда қандай амал қилади? 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining qonunlari uning hududidagina amal qiladi. Qonun shaxslarga nisbatan amal qiladi, ya’ni qonunlar ushbu 
hududdagi barcha subyektlar, ya’ni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar 
uchun majburiydir. Lekin, istisnolar ham mavjud. Masalan, Saylov kodeksining talablari faqat O‘zbekiston fuqarolariga 
tegishlidir.
331. Қонуннинг кучга кириши ва ўз кучини йўқотиши вақтларини айтиб беринг? 
1) rasman e’lon qilinganidan 
ma’lum muddat o‘tgach; 2) qonunda yoki maxsus hujjatda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi 
tartibda kuchini yo‘qotadi: 1) qonunning o‘zida ko‘rsatilgan muddat tugagan bo‘lsa; 2) ushbu qonun bekor qilinishi 
natijasida.
332. Қонуннинг замонда ва маконда амал қилишини айтиб беринг? 
Qonun zamonda amal qiladi, ya’ni qonun 
muayyan muddat davomida amal qiladi. Bu muddat qonunda ko‘rsatilgan sanadan boshlanadi. Qonun makonda amal 
qiladi. Ya’ni, qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi.
333. «Қонуности ҳужжатлари» деганда нимани тушунасиз? 
1) Prezident farmonlari; 2) Hukumat qarorlari; 3) 
Boshqa ijroiya organlarning normativ hujjatlari. 
334. «Ҳуқуқий онг» деганда нимани тушунасиз, моҳиятини айтиб беринг? 
Huquqiy ong insonning o‘z ma’rifat 
va ma’naviyat darajasiga tayangan holda jamiyatda amal qilayotgan huquqiy talab va normalarning mazmunini tushunish 
va mohiyatini anglashidir.
335. «Ҳуқуқий маданият» деганда нимани тушунасиз, унинг аҳамиятини айтиб беринг? 
Shaxsning huquqiy 
madaniyati deganda fuqaroning o‘z haq-huquqlarini huquqiy ongiga tayangan holda o‘zgalar manfaatiga zid kelmaydigan 
tarzda amalga oshirishi tushuniladi.
336. Ҳуқуқий маданиятни шакллантиришда Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қандай роль ўйнайди? 
— o‘z huquqiy bilimlarini muttasil oshirib borishi; — amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tanish bo‘lishi; — huquqiy 
faoliyatda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelgan ijtimoiy qoidalarni ham e’tiborga olabilishi; — hokimiyat organlarining 
funksiyalari va vazifalarini bilishi va ular bilan o‘zaro munosabatlarga kirisha olishi; — huquq-tartibot sohasining 
jamiyatdagi o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishi va ularning vazifalarini to‘g‘ri anglashi zarurdir.
337. «Ҳуқуқбузарлик» тушунчаси ва моҳиятини айтиб беринг? 
Shaxslar ma’lum huquqiy qoidalarga, huquq 
normalariga amal qiladilar. Bu qoidalarga amal qilmaslik, o‘rnatilgan huquqiy normalarning buzilishiga olib keladi. Bu 
esa huquq buzarlik deb ataladi. Huquq buzarlik deganda jamiyatda o‘rnatilgan va qonunchilik orqali belgilangan tartib 
yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish tushuniladi. Huquq buzarlik har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquq 
buzarlikning u yoki bu shaklda namoyon bo‘lishi uning xususiyatlariga bog‘liqdir. Huquq buzarlik shakllariga jinoyat, 
nojo‘ya harakat, intizomni buzish kabi xatt-harakatlarni keltirish mumkin. Huquq buzarlik – o‘z xatti-harakatini 
tushunadigan va unga javob bera oladigan shaxsning huquqqa zid xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir.
338. Ҳуқуқбузарликнинг қандай белгилари мавжуд? 
Ijtimioiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazoga loyiqlik. 
339. Ижтимоий хавфлилик қандай ҳолатларда вужудга келиши мумкин? 
Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, 
bunda huquq buzar jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, inson hayotiga suiqasd qiladi, davlat va boshqa insonlarga 
zarar keltiradi, ularning mol-mulkini nobud qiladi hamda noxush hodisalar keltirib chiqarib, jamiyat a’zolari manfaatiga 
zarar keltiradi. O‘z oilasi, ota-onasi, jamoasi, yoru birodarlarini qiyin, uyatli ahvolga solib qo‘yadi. Eng yomoni u o‘z 
kelajagini barbod qiladi.
340. Ҳуқуққа зидлик тушунчасининг моҳиятини қандай тушунасиз? 
Huquqqa zidlik — huquq buzarning qonun 
yoki huquq normalari belgilab qo‘ygan majburiy talablarini buzishidi.
341. «Айблилик» деганда нимани тушунасиз, моҳиятини айтиб беринг?
Ayblilik yuqorida ta’kidlanganidek, o‘z 
xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan insonning huquqqa zid, qonun talablariga qarshi xatti-
harakatidan kelib chiquvchi aybidir. Ayblilik qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘ladi. Inson inson sifatida 
dunyoga kelgan ekan, uning oldida doimo ikki yo‘l – huquqiy normalarga, qonun talablariga vijdonan yoki majburiy 
bo‘ysungan holda o‘z kelajagini yaratish, jamiyat uchun, o‘z xalqi uchun ijtimoiy foyda keltirish. Ikkinchi yo‘l esa hayoti 
davomida huquqqa xilof, huquqiy norma va qonun talablarini mensi masdan, bo‘ysunmasdan yashash. Aybli harakat 
qilish, jamiyatga zarar yetkazishdir.
342. Жазоланиш, жавобгарлик ва жазо деганда нимани тушунасиз? 
Jazoga loyiqlik — bu har qanday huquq 
buzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi, jazo esa huquq buzarlik sodir 
etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, huquq buzarni muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat 
majburlov chorasidir.
343. Ҳуқуқбузарликнинг қандай турлари мавжуд? 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, jamiyat uchun xavfli bo‘lgan har 
qanday qilmish huquq buzarlik deyiladi. Huquq normalari barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquq buzarlik 
odatda 4 guruhga bo‘linadi: intizomiy huquq buzarlik; fuqarolik huquq buzarligi; ma’muriy huquq buzarlik; jinoiy huquq 
buzarlik.
344. Интизомий ҳуқуқбузарлик билан фуқаролик ҳуқуқбузарлиги, маъмурий ҳуқуқбузарлик билан жиноий 
ҳуқуқбузарлик ўртасидаги фарқларни айтиб беринг? 
Intizomiy huquq buzarlik — xizmat burchini bajarib turganda 
har qanday mehnatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbarlikka bo‘ysunish tamoyillarining buzilishi. 
Masalan, ishga, o‘qishga kech qolish; ishga yoki o‘qishga sababsiz kelmaslik yoki sababsiz ketib qolish; ishga mast 
holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilgan holda kelish va boshqalar.


31 
345. Интизомий ҳуқуқбузарлик деганда нимани тушунасиз? 
Intizomiy huquq buzarlik — xizmat burchini bajarib 
turganda har qanday mehnatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbarlikka bo‘ysunish tamoyillarining 
buzilishi.
346. Фуқаролик ҳуқуқбузарлик деганда нимани тушунасиз? 
Fuqarolik huquq buzarligi — insonlarning mulkiga 
yoki shaxsiga qarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zarar. Masalan, bir shaxsdan qarz 
olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shart nomalarni, majburiyatlarni bajarmaslik va boshqal.
347. Маъмурий ҳуқуқбузарлик деганда нимани тушунасиз? 
Ma’muriy huquq buzarlik — qonunga binoan 
ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, fuqarolarga, tabiiy muhitga nisbatan (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) 
sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik. Masalan, mayda bezorilik; yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish 
qoidalari; pasport tizimi va qayd etish qoidasi (harbiy va pasportni ro‘yxatdan o‘t kazish qoidalari); elektr energiyasidan 
foydalanish qoidalarini buzish, atrofmuhitni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish sohasidagi huquq 
buzarliklarni olish mumkin.
348. Ҳуқуқбузарлик объекти деганда нимани тушунасиз? 
Huquq buzarlik obyekti — huquq bilan tartibga 
solinadigan va muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlar. Ijtimoiy munosabatlar o‘zi nima, — degan savolga 
quyidagicha javob berish mumkin. Odamlar ijtimoiy hayotda o‘z xatti-harakatlariga javob berishga majburlar. Ular 
ijtimoiy hayotda bir-birlari bilan o‘zaro munosabatga kirishadilar. Aynan manashu munosabatlar — ijtimoiy 
munosabatlar.
349. Ҳуқуқбузарлик субъекти деганда нимани тушунасиз? 
Huquq buzarlik subyekti esa, huquqqa zid aybli 
qilmishni sodir etgan shaxsdir. Aynan shu shaxs huquq buzar deb ataladi. Har qanday shaxs ham huquq buzar deb tan 
olinavermaydi. Huquq buzarlik subyekti deb tan olinishi uchun shaxs o‘z qilmishiga javob bera oladigan, aqli raso 
bo‘lishi shart.
350. Юридик жавобгарлик деганда нимани тушунасиз, моҳиятини айтиб беринг? 
Yuridik javobgarlik – huquq 
buzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o‘z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov 
choralari ko‘rinishidagi oqibatlarga duchor bo‘lishi va ularni boshidan kechirishidir.
351. Юридик жавобгарликнинг қандай турлари мавжуд? 
♦ fuqarolik huquqbuzarligi – fuqaroviy (moddiy) 
huquqiy javobgarlikni; ♦ ma’muriy huquq buzarlik – ma’muriy javobgarlikni; ♦ intizomiy huquq buzarlik – intizomiy 
javobgarlikni; ♦ jinoiy huquq buzarlik – jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi

352. Юридик жавобгарликни амалга ошириш тартибини айтиб беринг? 
Yuridik javobgarlik sud tartibida, 
ma’muriy tartibda yoki intizomiy tartibda amalga oshirilad.
353. Интизомий жазо қайси ҳолатларда белгиланади ва унинг қандай турлари мавжуд? 
Intizomiy — 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga binoan quyidagi turlardan iboratdir: ♦ hayfsan; jarima 
solish; mehnat shartnomasini bekor qilish. Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (organlar) 
tomonidan qo‘llaniladi

354. Фуқаровий жавобгарлик деганда нимани тушунасиз? 
Fuqaroviy — fuqarolik huquq buzarligi uchun aybdor 
shaxsning to‘liq moddiy va ma’naviy javob berishidir.
355. Маъмурий жазо турларини айтиб беринг? 
Ma’muriy jazolar quyidagilar: ♦ jarima; haqinito‘lash sharti bilan 
buyumni olib qo‘yish; buyumni musodara qilish; maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish 
huquqidan) mahrum qilish; ma’muriy qamoq: 3 sutkadan 15 sutkagacha, ayrim hollarda 30 sutkagacha.
356. Жиноий жазоларнинг турларини айтиб беринг? 
Jinoiy jazolar — Jinoyat Kodeksining 43-moddasiga binoan, 
quyidagilar: ♦ jarima; muayyan huquqdan mahrum qilish; axloq tuzatish ishlari; xizmat bo‘yicha cheklash; qamoq; 
intizomiy qismga jo‘natish; ozodlikdan mahrum qilish. Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari quyidagi qo‘shimcha 
jazo choralar ham belgilanadi: ♦ harbiy yoki maxsus unvonlardan mahrum qilish; ♦ huquqni tiklash javobgarligi – nohaq 
buzilgan huquqlarni tiklash, bajarilmagan majburiyatlarni majburlab bajartirishdan iborat.
357. «Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган» деганда нимани тушунасиз, ушбу тизимга қайси органлар киради? 
Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi — bu qonun yo‘li bilan tashkil etiluvchi, o‘z tuzilishiga, ijtimoiy hayotda 
qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash bo‘yicha aniq belgilangan vakolatga ega bo‘lgan davlat organidir. Qonunga 
binoan, O‘zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tizimini, asosan, quyidagilar tashkil 
qiladi: ♦ Prokuratura va prokuratura organlari; ♦ Adliya vazirligi va adliya organlari; ♦ Ichki ishlar vazirligi va ichki ishlar 
organlari; ♦ Davlat xavfsizlik xizmati; ♦ Davlat soliq qo‘mitasi va soliq organlari; ♦ Davlat bojxona qo‘mitasi va bojxona 
organlari.
358. Прокуратура органларининг бош вазифасини айтиб беринг? 
Prokuratura huquqni muhofaza qilish idoralari 
tizimida alohida o‘rinni egallaydi. Prokuratura organlari va ularning xodimlari hisoblangan prokurorlarning vazifalari 
quyidagilardan iborat: –fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini, Konstitutsiyaviy tizimni himoya qilish; - jamiyatda 
qonun ustuvorligini ta’minlash; - huquq buzarliklarning oldini olish, aniqlash va qarshi kurashish; - xususiy mulk va 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash.
359. Қонун ҳужжатларида прокуратура органларига қандай вазифалар юклатилган? 
Prokuraturaning bosh 
vazifasi — qonun ustuvorligini qaror toptirish, fuqa rolarning huquq va erkinliklarini, davlat tuzumini, davlat va 
fuqarolarning mulklarini turli jinoyatchilar, huquq buzalardan himoya qilish. Prokuror nazorati davlat nomidan, 
davlatning oliy organi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan amalga oshiriladi. Prokuratura 
organlarini tashkil etish, ularning faoliyat yuritish tartibi va vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonuni asosida belgilanadi. 


32 
360. Давлат хавфсизлик хизматининг ҳуқуқий мақомини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 14- martdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizlik tizimini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi. Bunda har qanday, hatto kichik ko‘lamdagi muammo ham mamlakatning milliy 
xavfsizligiga dahli bordek bu maxsus xizmat masalalari doirasiga kiritilishi va uning vakolatlarini haddan tashqari 
kengaytirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik farmonda nazarda tutilgan muhim jihatlardandir. Davlat xavfsizlik xizmati 
davlat ahamiyatidagi haqiqiy tahdidlarnigina o‘z vakolat doirasida deb qarashi hamda ularning oldini olish, aniqlash va 
ularga qarshi kurashishni o‘zining maqsad va vazifasiga aylantirishi bu farmonda belgilab qo‘yilgan.
361. Давлат хавфсизлик хизмати тизимидаги ислоҳотлар ҳақида нималарни биласиз? 
O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat xavfsizlik xizmati 2018-yil 5-aprelda qabul qilingan “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonun asosida 
faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - mamlakat 
davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish. Bu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini 
olish, aniqlash va barham berish. Bu borada razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish; - mamlakat davlat 
chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish; - davlat xavfsizligiga va manfaatlariga tahdid solishi mumkin bo‘lgan 
millatlararo irqiy va diniy adovatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, aniqlash va 
barham berish; - terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik kabi illatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish; - 
qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; - davlat siri 
bilan bog‘liq joylarda bu sirlarning saqlanishi, maxsus aloqa hamda axborot xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni 
amalga oshirish; - davlat manfaatlari va xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash olib 
borish; - iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, tarixiy-madaniy, ma’naviy sohalarda davlat manfaatlari va xavfsizligi bilan 
bog‘liq hamda o‘z vakolatlari doirasida bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanish.
362. Давлат солиқ тизимидаги ислоҳотлар тўғрисида нималарни биласиз? 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo‘mitasi davlat boshqaruvi organi bo‘lib, soliq sohasidagi qonun xujjatlariga rioya qilinishini, davlatning iqtisodiy 
manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha nazoratni yo‘lga qo‘yish uning asosiy faoliyat 
maqsadlaridandir.
363. Давлат солиқ қўмитасининг асосий вазифаларини айтиб беринг? 
Davlat soliq qo‘mitasining asosiy 
vazifalari quyidagilardir: - soliq sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; - soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
hisoblanishi, to‘lanishi va davlat budjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishini ta’minlash; - soliq solish 
obyektlari va subyektlarining to‘liq va aniq hisobini yuritish; - soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning 
yig‘iluvchanligini oshirish, soliq sohasidagi huquq buzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish. Shu va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kodeksiga og‘ishmay amal qiladi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari natijasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab yangilangan, xalqaro 
tajribani e’tiborga olgan holda yaratilgan soliq tizimi amalga kiritildi. Bunda soliqlar soni kamaytirildi, soddalashtirildi. 
Soliq to‘lovchilar uchun soliq yuki birmuncha yengillashtirildi.
364. Давлат божхона органларининг ҳуқуқий мақомини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha 
bosh-qarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlaridan iborat bo‘lgan bojxona organlari huquqni muhofaza 
qiluvchi organlardir. Ular O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirishga mas'uldirlar. 
Bojxona organlarining asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir Bojxona 
organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga, 
boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal qilgan holda yuritadilar. Bojxona organlarining asosiy 
vazifalaridan bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, bojxona to‘lovlarini undirish, bojxona 
sohasidagi huquq buzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
365. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги қандай орган? 
Adliya vazirligi – huquqiy dеmokratik davlat va 
fuqarolik jamiyati qurishda davlat siyosatini, qonunlarni ishlab chiqishni sifatli tashkil etish, huquqiy normalarni hayotga 
to‘g‘ri va bir xil qo‘llashni amalga oshiruvchi davlat organidir. Adliya organlari faoliyatiga Adliya vaziri rahbarlik qiladi. 
U O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan 
tayinlanib, hukumat a’zosi hisoblanadi.
366. Адлия органлари тизимини айтиб беринг? 
– O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi; – Qoraqalpog‘iston 
Rеspublikasi Adliya vazirligi; – viloyatlar adliya boshqarmalari; – Toshkеnt shahar adliya boshqarmasi; – tuman (shahar) 
adliya bo‘limlari. 
367. Адлия органларининг асосий вазифаларини санаб беринг? 
Adliya vaziri huquqni ishlab chiqish, qabul qilish 
sifati va huquq normalari (qoidalari)ni hayotga tatbiq qilish to‘g‘risida har yili Oliy Majlisning Sеnatiga axborot taqdim 
etiadi. Adliya organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • qabul qilingan qonunlar, boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarning mazmuni, ahamiyatini ijrochilarga yеtkazish, “rеspublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi bo‘yicha 
huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish va aholining huquqiy 
savodsizligiga barham bеrish; • Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquq va erkinliklarini 
himoya qilishni ta’minlash; • huquqiy muammolarni o‘rganish hamda huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash; • siyosiy 
partiyalarni ro‘yxatga olish; • jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, notarial idoralarni, 
notarius lavozimini tashkil etish va tugatish, notariuslar malakasini oshirish, ularni attеstatsiyadan o‘tkazish tartibini 
bеlgilash; • advokatlik tuzilmalari va O‘zbеkiston Rеspublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish, advokatlarga 


33 
litsеnziya bеrish; • yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish ishlarni amalga 
oshirish.
368. Давлат хизматлари марказлари қандай мақсадларда ташкил қилинган? 
Prеzidеntimiz tomonidan ilgari 
surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilish kerak” dеgan ulug‘vor g‘oyani amalga 
oshirish uchun O‘zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agеntligi va uning hududiy 
bo‘linmalari tashkil etilgan. “Yagona darcha” tamoyili asosida uy-joylardagi suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik 
ta’minoti, yakka tartibda uy-joy qurish uchun ruxsatnoma olish, turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (propiska), ro‘yxatdan 
chiqarish, turli arxiv ma’lumotnomalari (patеntlar), guvohnomalar va rasmiy hujjatlar dublikatlarini olish kabi xizmatlar 
ko‘rsatilmoqda. Natijada Davlat xizmatlari markazlari aholining vaqt va xarajatlarini kamaytirish maqsadida yagona joy 
sifatida tashkil etildi.
369. Адвокатура қандай орган, унинг вазифаларини айтиб беринг? 
Advokatura — huquqiy institut bo‘lib, u 
advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi 
ayrim jismoniy shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokatura O‘zbеkiston 
Rеspublikasi Konstitutsiyasi hamda “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari, 
ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi.
370. Нотариал идораларнинг ҳуқуқий мақомини айтиб беринг? 
Notarial idoralarida ishlovchi mansabdor 
shaxslar notariuslar deb ataladi, ular bajaradigan ishlar notarial ishlar deb yuritiladi.
371. Нотариал идораларнинг асосий вазифаларини айтиб беринг?
• bitimlarni va vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; • 
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi va mеrosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma bеradi; • 
mеros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi; • hujjat nusxa va ko‘chirmalarning to‘g‘riligini 
shahodatlaydi; • hujjatning to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; • hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini 
shahodatlaydi; • ko‘chmas mulk sotib olinganligi haqida guvohnoma bеradi; • fuqaroning tirik ekanligi faktini 
tasdiqlaydi; fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini 
tasdiqlaydi; hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; • pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni dеpozitga qabul qilib 
oladi; • hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; • pul to‘lash uchun chеklarni taqdim etadi va chеklar bo‘yicha pul 
to‘lanmaganligini tasdiqlaydi.
372. Нотариус фаолияти деганда нимани тушунасиз? 
Notarial harakatlarni amalga oshirilayotganda fuqaro va 
mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilgani aniqlanganida tashkilotlarga, prokurorga xabar qiladi. Taraflar 
taqdim etgan bitimlarning mazmunini, asl maqsadga mosligi va qonun talablariga zid kеlmasligini tеkshiradi. Jinoiy 
faoliyatdan olingan daromadlarni lеgallashtirish, tеrrorizm va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish 
bilan bog‘liq notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus davlat organlariga taqdim etadi.
373. Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларининг моҳиятини айтиб беринг? 
O’zbеkiston Rеspublikasining 
Qurolli Kuchlari O‘zbеkiston Rеspublikasi suvеrеnitеtini, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini 
himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarning oldini olish, zarur bo‘lganda qaytarish uchun davlat tomonidan tashkil 
etiladi va ushlab turiladi. Qurolli kuchlar o‘z ichiga harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni o‘z ichiga oladi.
374. Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари қандай таркиб топган? 
Qurolli Kuchlarning uchta bеlgisini 
bilishimiz kеrak: Birinchidan, Qurolli Kuchlar qonunchilikda mustahkamlangan o‘z tuzilishi va vazifalariga ega bo‘lgan 
davlat tashkilotidir. Ikkinchidan, Qurolli Kuchlar harbiy tashkilot bo‘lib, harbiylarni birlashtiradi, qurol kuchiga ega 
bo‘ladi. Uchinchidan, Qurolli Kuchlar taktik tеzkorlik va stratеgik miqyoslarda urush va harbiy harakatlar olib borishga 
mo‘ljallangan maxsus harbiy tashkilotdir. 
375. Ҳарбий хизмат деганда нимани тушунасиз? 
Harbiy xizmat – O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolarining Qurlli 
Kuchlar safi da umumiy harbiy majburiyatini bajarishdagi davlat xizmatining alohida turidir. Harbiy xizmatga o‘n sakkiz 
yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safi da harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli fuqarolar chaqiriladilar.
376. Ёшларни ҳарбий ватанпарварлик руҳида тарбиялаш концепцияси нима мақсадда қабул қилинган? 
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsеpsiyasining mazmunini ona Vatanimizni ko‘z qorachig‘idеk 
asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish, O‘zbеkistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini voyaga yetkazish 
tashkil etadi. Har bir yosh fuqaro ongida Vatanga sadoqat, Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekani, jonajon 
Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan fikrlashish, milliy 
armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yеtuk yoshlar zarurligi va harbiy xizmat har bir O‘zbеkiston fuqarosi uchun 
muqaddas burch ekanligini anglash har bir yosh fuqaroning asosiy vazifasidir.
377. Ёшларни ҳарбий ватанпарварлик руҳида тарбиялаш концепциянинг босқичлари ва вазифаларини айтиб 
беринг?
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: Birinchi bosqich,
3–7 yoshdagi bolalarga atrofi mizdagi olam, Vatan haqidagi dastlabki tushunchalar oilada va maktabgacha ta’lim 
muassasalarida shе’r, qo‘shiqlar, multfilm, o‘yinlar o‘ynash va rasmlar chizish orqali davlat ramzlariga hurmat va ona 
yurtiga muhabbat shakllantirilib boriladi. Ikkinchi bosqich, 7–16 yoshdagi o‘quvchilarning Vatanga muhabbati va 
sadoqatini mustahkamlash. Ularni ona yurti oldidagi farzandlik burchini bajarish uchun tayyorlash. Ularda Qurolli 
Kuchlar safida xizmat qilayotgan akalariga havas uyg‘otish. Harbiy xizmatni orzu qilgan har bir yosh bolalikdanoq 
jismoniy baquvvat bo‘lishi, muntazam sport bilan shug‘ullanishi, maktabdagi barcha fanlarni puxta o‘rganishi, bo‘sh 
vaqtdan unumli foydalanishi va “Yosh kitobxon” kabi tanlovlarga qatnashish, yutuqlarga erishishga intilishi lozim. 
O‘quvchilarni “Tеmurbеkning vorislari”, “O‘zbеkistonning farzandlari botir bo‘lur” kabi harbiy sport musobaqalarida 
faol ishtirok etishlari talab etiladi. Uchinchi bosqich, 16–18 yoshdagi yoshlarni Vatanga va uning himoyasi uchun 
munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlash. Ularga milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va ma’nan 


34 
yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati hamda Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida 
ko‘rgazmali vositalar orqali ma’lumotlar bеrib borish. To‘rtinchi bosqich, 18–30 yoshdagi yoshlarni har tomonlama 
yеtuk, otaona va Vatanga sadoqatli insonlar etib tarbiyalash, Vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lish va Qurolli Kuchlar 
safida xizmat burchini o‘tayotgan yoshlar bilan faxrlanish, konstitutsion burch va harbiy qasamyodga sodiqlik 
tuyg‘ularini shakllantirib borish.
378. Фуқаролик ҳуқуқ ва бурчлари қай тартибда вужудга келишини айтиб беринг? 1
) qonunda nazarda tutilgan 
shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasada, lekin unga zid bo‘lmagan 
shart nomalar va boshqa bitimlardan; 2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda 
tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan; 3) sudning fuqarolik huquq 
va burchlarini belgilagan qaroridan; 4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida; 5) fan, adabiyot, san’at 
asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida; 6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida; 7) 
asossiz boyib ketish natijasida; 8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida; 9) qonun hujjatlari 
fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan hodisalar natijasida. 
379. Вояга етмаганларнинг муомала лаёқатини белгилашда нималар инобатга олинади ва у қачондан вужудга 
келади? 
Voyaga yetmaganlarning muomala layoqatini belgilashda yosh insonning tanasi, bo‘yi, muskullari va aqliy 
qobilyatlarining rivojlanish darajasi e’tiborga olingan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan 
insonning to‘la hajmdagi muomala layoqati 18 yoshga kirganda vujudga keladi.
380. Вояга етмаганлар қандай битимлар туза олишлари мумкин? 
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga 
yetmaganlar: 1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish; 2) har xil mualliflik huquqlarini amalga 
oshirish; 3) qonunga muvofiq banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish; 4) har xil maishiy bitimlarni tuzish 
huquqiga ega. 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar: 1) mayda maishiy bitimlarni; 2) tekin manfaat 
ko‘rishga qaratilgan bitimlarni; 3) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibda erkin foydalanish 
uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlarni tuzishga haqlidir.
381. Эмансипация нима? 
Emansipatsiya – lotincha “emancipatio” so‘zidan olingan bo‘lib, huquqlarda tenglashish 
degan ma’noni anglatadi. 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunda ko‘rsatilgan shartlar asosida ishlayotgan 
yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u sud qarori bilan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi 
mumkin. Buni fuqaroviy huquqda emansipatsiya deb yuritiladi. Bunday holda ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy 
emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan 
majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.
382. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси, Қорақолпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, 
вилоят, туман, шаҳар ҳокимликлари ҳузуридаги Вояга етмаганлар ишлари бўйича комиссияларнинг мақсад ва 
вазифалари нималардан иборат? 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimliklari huzurida Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar 
tuzilgan. Bu komissiyalarning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: – voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va 
qarovsiz qolishlari, huquq buzarliklarining oldini olish; – voyaga yetmaganlarning noqonuniy xatti-harakatlari va huquq 
buzarliklariga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish; – voyaga yetmaganlarning huquqlari 
va manfaatlarining himoya qilinishi; – ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ish 
olib borishni tashkil qilish. Komissiyalar tomonidan qabul qilingan, ularning vakolatlari doirasidagi qarorlar davlat 
organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir

383. Жиноят қонунчилиги деганда нимани тушунасиз, моҳиятини айтиб беринг? 
Жиноят қонуни тушунчаси. 
Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. Жиноят кодексининг тузилиши ва тизими. Жиноят кодексининг 
Умумий ва Махсус қисмлари. Жиноят қонунларини либераллаштириш. Диспозиция тушунчаси ва турлари. 
Санкция тушунчаси ва турлари. Жиноят қонунининг ҳудуд бўйича амал қилиш доираси. Жиноят қонунининг 
Ўзбекистон Республикаси ҳудудидан ташқарида жиноят содир этган шахсларга нисбатан татбиқ этилиши. 
Жиноят содир этган шахсларни топшириш. Жиноят қонунининг вақт бўйича амал қилиши. Жиноят қонунини 
қабул қилиш ва унинг кучга кириши. Жиноят қонунининг бекор бўлиши. Жиноят содир этилган вақт тушунчаси. 
Жиноят қонунининг орқага қайтиш кучи. Жиноят қонунини шарҳлаш. Шарҳлашнинг субъектлари, усуллари ва 
ҳажмига кўра турлари. 
384. Жиноят учун жавобгарлик деганда нимани тушунасиз? 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat 
kodeksi 16-moddasida, jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan 
hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy 
oqibatidir, deb yozilgan.
385. Вояга етмаганларга нисбатан қўлланиладиган жазо турларини айтиб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat kodeksida o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima axloq tuzatish 
ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin.
386. Вояга етмаганлик тушунчасининг жиноят субъекти ёши тушунчасидан фарқи нимада? 
O‘n to‘rt yoshga 
to‘lmaganlar kichik yoshdagilar hisoblanib, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini, jinoyat ekanligini (javobgarlikni 
og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bundan mustasno) hali to‘la anglab yeta olmaydi. O‘n to‘rt yoshga 
to‘lganlar esa ayrim qilmishlarning jinoyat ekanligini anglaydi, o‘z harakatlarini to‘la boshqara oladi. Shuning uchun 
JKning 17-moddasida o‘n to‘rt yoshdan jinoyat sub’ekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning ro‘yxati berilgan.
387. Вояга етмаганларга нисбатан озодликдан маҳрум қилиш жазосини қўллаш тартибини айтиб беринг? 
Ozodlikdan mahrum qilish — bu jazo turi voyaga yetmaganlarga nisbatan 6 oydan 10 yilgacha muddatga tayinlanadi. 


35 
Umuman, ozodlikdan mahrum qilish 13 yoshdan boshlab qo‘llaniladi. Bunda jazolanuvchilarning jinsi ham e’tiborga 
olinadi. 18 yoshga to‘lmagan erkaklarga ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy yoki kuchaytirilgan tartibli tarbiya 
koloniyalarida o‘tash tayinlanadi. Qizlarga nisbatan esa, jazoni umumiy tartibli tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi.
388. Жиноят қилгунига қадар ўн саккиз ёшга тўлмаган шахснинг жинояти ҳақидаги ишлар бўйича 
аниқланиши лозим бўлган ҳолатларни айтиб беринг? 
Jinoyat qilgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning 
jinoyati haqidagi ishlar bo‘yicha quyidagilar ham aniqlanishi lozim: 1) ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, 
kuni); 2) uning shaxsiga xos xususiyatlar va salomatligi holati; 3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; 4) katta 
yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi.
389. Вояга етмаганларнинг содир этган жиноятлари юзасидан уларга нисбатан олиб бориладиган процессуал 
ҳаракатларнинг аҳамиятли жиҳатларини айтиб беринг? 
Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda 
qonuniy vakilning yoki vasiylik va homiylik organining vakilining qatnashishi shart. Shu bilan birga voyaga 
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachi ham ishtirok etishi lozim. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, 
ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni 
hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak. Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar ko‘riladigan 
vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni, voyaga yetmaganlar o‘qigan yoki ishlagan 
korxonani, muassasani, tashkilotni, voyaga yetmaganlarning ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiya’ni, zarur bo‘lsa, boshqa 
tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sudmajlisiga 
chaqirishga haqlidir.
390. Вояга етмаганларнинг содир этган жиноятлари юзасидан уларга нисбатан қўлланиладиган эҳтиёт 
чоралари турларини айтиб беринг? 
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan qo‘llaniladigan ehtiyot choralari Jinoyat 
protsessual Kodeksining 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish 
voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin 
bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb e’lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo‘lishini 
boshqa ehtiyot choralari ta’minlay olmaydigan taqdirda qo‘llanilishi mumkin

391. Боланинг ўз оиласидаги ҳуқуқларини айтиб беринг? 
Bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlardan tashqari, har 
bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga 
yashash huquqiga ega. Ayrim sabablarga ko‘ra bolaning ota-onasi bo‘lmaganda uning oilada tar biyalanish huquqi 
vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi

392. Болага исм қўйиш, унинг исми ва фамилиясини ўзгартириш тартибини айтиб беринг? 
Har qanday ota-ona 
o‘z farzandlariga o‘zaro kelishib, yoki yaqin qarindosh-urug‘lari maslahati bilan ota-onasining ismiga ko‘ra, yoki o‘zlari 
xohlagan ismni qo‘yishlari mumkin. Odatda, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Agar ota-
ona turli familiyalarda bo‘lsa, ularning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi berilishi mumkin. 
Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga milliy an’analarga ko‘ra ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha familiya 
berilishi mumkin O‘n olti yoshga to‘lguncha, voyaga yetmagan bolaning familiyasi ma’lum maqsadda ota-onasi 
birgalikda qabul qilgan qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. Agar u o‘n olti yoshga to‘lgan bo‘lsa, uning ismi yoki fami 
liyasini o‘zgartirish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi

393. Ота-онанинг вояга етмаган боласига тегишли ёки боланинг ота-онасига тегишли мулкка эгалик қилиш 
тартибини айтиб беринг? 
Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega 
emas. Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. Voyaga 
yetmagan bola o‘z ota-onasidan yoki boshqa insonlardan qonun doirasida ta’minot olishga haqli. Bunda bolaga tegishli 
har qanday mablag‘, xoh u pensiya bo‘lsin, xoh boshqa tur dagi nafaqa bo‘lsin, uning ota yoki onasi tomonidan uning 
ta’minoti, ta’ lim-tarbiya olishi uchungina sarflanishi kerak bo‘ladi.
394. Вояга етмаган болаларнинг меҳнат қилиш тартибини айтиб беринг? 
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida har 
bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga ega bo‘lsada, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodek sining
77-moddasiga binoan, ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan ruxsat beriladi. O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ota-onasidan 
birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi odamning yozma ravishdagi roziligi bilan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ishga qabul 
qilinadi.
395. Болаларнинг қай шароитларда меҳнат қилишларига йўл қўйилмайди? 
Voyaga yetmaganlar uchun shunday 
taqiqlangan kasblar ham mavjudki, ular sog‘liq uchun zararli bo‘lgan mehnat sharoitiga ega. Masalan, gazpayvandchi, 
shaxtyor, temirchi singari kasblar. O‘quvchilar salomatligiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim jarayonini buzmaydigan 
yengil ishlarga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni tungi, qo‘shimcha ishlarga va damolish 
kunlaridagi ishlarga jalb etish ham taqiqlanadi.
396. Болаларнинг иш вақти қонунчиликда қандай белгиланган? 
Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish vaqti 16 
yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga haftasiga 36 soatdan, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun 
haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
397. Ҳам ўқиб, ҳам меҳнат қилувчи вояга етмаганларга қандай имтиёзлар берилади? 
Shu o‘rinda, ham o‘qib, 
ham mehnat qilishni xohlovchi voyaga yetmagan bolalarga mamlakatimizning mehnat qonunchiligida bir qancha 
imtiyozlar berilganligini aytib o‘tishlozim. Bulardan, qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi kabilarni misol 
qilish mumkin. Agar umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan bolalar haftasiga olti kun ishlasalar, ularga o‘quv yili 
davomida kamida o‘ttiz olti ish kuni miqdorida ta’til berilishi kerak bo‘ladi. Ishdan ozod qilingan vaqt uchun 
o‘quvchilarga ish joyida oladigan o‘rtacha oylik ish haqining kamida ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorda haq 
to‘lanadi. O‘quvchilar uchun ish haqi saqlangan holda kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlarini topshirish paytida 


36 
yigirma ish kunidan kam bo‘lmagan ta’til beriladi. Maktabning sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlarini topshirish vaqtida, 
ishla yotgan o‘quvchiga, o‘rtacha ish haqi saqlangan holda to‘rt kundan olti kungacha ishdan ozod qilish belgilab 
qo‘yilishi mumkin.
398. Ўзбекистон Республикасида ратификация қилинган вояга етмаганларни меҳнатга жалб қилиш ва 
болалар меҳнатидан фойдаланишни тартибга солувчи халқаро-ҳуқуқий ҳужжатларни айтиб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasi voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishni tartibga solish va bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash 
bo‘yicha ko‘pgina xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shilgan O‘zbekiston Respublikasi, jumla dan, 2008-yil 4-apreldagi 
O‘RQ – 140- son Qonun bilan “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi Konvensiyani (Jeneva, 1973- yil, 
26- iyun), 2008-yil 8-apreldagi O‘RQ – 144-son Qonuni bilan esa, “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va 
yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiyani (Jeneva, 1999- yil, 17- iyun) ratifikatsiya qilgan.
399. 14 ёшдан 18 ёшгача бўлган вояга етмаганлар ота-оналари, фарзандликка олувчилари ёки ҳомийларининг 
ёзма розиликларисиз қандай ҳаракатларни амалга оширишга ҳақли? 
O‘z ishhaqi, stipendiyasi va boshqa 
daromadlarini tasarruf etish; – fan, adabiyot yoki san‘at asarining, ixtironing yohud o‘z intellektual faoliyatining qonun 
bilan qo‘riqlanadigan (boshqa natijasi) mualliflik huquqini amalga oshirish; – qonunga muvofiq kredit muassasalariga 
omonatlar qo‘yish va ularni tasarrufetish; – mayda maishiy bitimlarni, tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial 
tasdiqlanishni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar, qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan 
uchinchi shaxs tomonidan biror bir maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi 
bitimlar.
400. Жазо деганда нимани тушунасиз, мақсади ва моҳиятини айтиб беринг? 
JAZO — huquqbuzar deb topilgan 
shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan, muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan 
iborat majburlov chorasidir.
401. Қидирув деганда нимани тушунасиз? 
QIDIRUV — tergov, surishtiruv organi va ichki ishlar organlari 
tomonidan yashirinib yurgan aybdorni, jazodan qochgan mahbusni, bedarak yoqolgan shaxsni topishga qaratilgan 
tadbirlar majmuasi. 
402. Умумий сайлов ҳуқуқи деганда нимани тушунасиз, моҳиятини айтиб беринг? 
Qonunda belgilangan 
yoshga yetgan barcha fuqarolar hokimiyatning vakolat organlariga bo‘ladigan saylovlarda qatnashish huquqini beradigan 
saylov huquqi sistemasi.
403. Конституциявий давлатнинг асосий принциплари ҳақида маълумот беринг? 
Konstitutsiya davlatning 
Asosiy qonuni. Huquq davlatdagi umummajburiy normalar tizimi. Konstitsiyaviy huquq normalari jamiyat va davlat 
tuzilishi asoslarini mustahkamlab qo'yadi.
404. Оила кодексининг асосини ташкил қилувчи ғоя ҳақида қандай маълумотга эгасиз? 
Oila
munosabatlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida aks ettirilishi oilani yuksak axloqiy-ma’naviy normalar
asosida mustahkamlashning yorqin namunasidir.
405. Оила тўғрисидаги қонун ҳужжатларининг асосий вазифалари нималардан иборат? 
Oilaning jamiyatdagi
rolini ta’minlashda, uning huquqiy muhofazasi va ijtimoiy mavqeyini mustahkamlashda Oila kodeksining roli kattadir. 
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi jahon hamjamiyatida umumiy e’tirof etilgan huquqiy normalarga to‘la
mos ravishda tuzilgani holda, «oila — jamiyatning tayanch tuzilmasidir», degan g‘oyaga asoslangan. Oila
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, 
ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi 
asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila 
a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan
iboratdir.
406. Оилавий муносабатларни тартибга солиш деганда нимани тушунасиз? 
Oilaviy munosabatlarni tartibga
solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikoh ittifoqini tuzishi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy teng 
huquqliligiga asoslanadi.
407. Оилавий-ҳуқуқий муносабатлар деганда нималарни тушунасиз? 
Oilaviy huquqiy munosabatlar deganda 
fuqarolar o‘rtasida bo‘ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. 
Oila huquqi oila a’zolari o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Shaxsiy nomulkiy 
munosabatlarga er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va 
turar joy tanlash huquqlari kiradi.
408. Эр ва хотиннинг никоҳ давомида орттирган умумий мулклари деганда нимани тушунасиз? 
Er va 
xotinning nikoh davomida orttirgan umumiy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar bo‘lajak er-xotinning
umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko‘zda 
tutilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi va mulkiy munosabatlar bilan tartibga solinadi.
409. Фуқароларнинг Ўзбекистон Республикаси оила қонунларида назарда тутилган ҳуқуқлари, эркинликлари 
ва мажбуриятлари таркибига нималар киради? 
- er-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; - ota-
onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; - nikoh tuzishda teng huquqlilik; - voyaga yetmagan
bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; - ota-onalar va bolalar, er-xotin, sobiq er-xotin, 
qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari; - nikohning tugatilish asoslari; - er-xotinning umumiy mol-
mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish huquqi; - nikoh shartnomasini tuzishda er-xotinning huquqlari va 
majburiyatlari; - farzandlikka olish tartibi; - bolaning huquq va manfaatini himoya qilish bo‘yicha ota-onaning huquq va 


37 
majburiyatlari; - ota-onaning bolani tarbiyalash hamda unga ta’lim berishga doir huquq va majburiyatlari; - ota-onalik 
huquqidan mahrum qilish asoslari; - vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi.
410. Ўзбекистон Республикаси Оила кодексининг предмети ҳақида нималарни биласиз? 
411. Оила ҳуқуқининг субъектлари деганда нимани тушунасиз? 
Har qanday boshqa munosabatlarda 
bo‘lganidek, oilaviy huquqiy munosabatlarda ham uch element: subyekt, subyektiv huquq va majburiyatlarni ko‘rishimiz 
mumkin. Oilaviy munosabatlarning subyekti bo‘lib, er-xotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh-
urug‘lar hamda oila qonunlari sohasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar 
uyushmasi, muassasalar, organlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi. Oila a’zolariga, oilaning sobiq a’zolariga tegishli 
qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadriyatlar yuzasidan oila huquqi subyektlari qabul qiladigan harakat 
va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obyektlari bo‘lishi mumkin.
412. Оилавий муносабатларда фуқароларнинг тенг ҳуқуқлилиги деганда нимани тушунасиз? 
Oilaviy 
munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy 
hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar 
tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga 
layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 
Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish chog‘ida jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi hamda boshqa holatlarga qarab, huquqlarni muayyan tarzda 
bevosita yoki bilvosita cheklashga, bevosita yoki bilvosita afzalliklar belgilashga hamda oilaviy munosabatlarga 
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
413. Никоҳ тушунчасига таъриф беринг? 
Nikoh oilaning vujudga kelishi uchun birdan-bir asosdir. Nikoh ahdi 
insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z vazifasi bor, ulardan har biri o‘z vazifasini 
to‘la ado etishga mas’uldirlar. Nikoh tufayli yangi oilalar vujudga keladi. 
414. Никоҳ тузиш деганда нима тушунилади? 
Nikoh tuzish shunchaki rasmiyatchilik emas, uning davlat 
tomonidan qayd etilishi yuridik faktdir. Aynan ro‘yxatga olingan (qayd etilgan) nikoh yuridik nikoh deb hisoblanadi va 
faqat ugina er-xotinlik huquqlari va majburiyatlarini yuzaga keltiradi. Ro‘yxatsiz (qaydsiz) nikoh haqiqiy emas.
415. Ихтиёрийлик асосида никоҳ тузиш қандай аҳамиятга эга? 
Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun 
bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. 
Amaldagi qonun hujjatlarida nikoh yoshi belgilab qo‘yilgan. Qonunga binoan erkaklar 18 yoshdan, ayollar esa
17 yoshdan nikoh tuzishlari mumki.
416. Ўзбекистон Республикасида белгиланган никоҳ ёши ва уни истисно этувчи ҳолатлар ҳақида нималарни 
биласиз? 
Fuqarolik qonunlariga asosan voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro to‘la hajmdagi 
muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lgan muomala layoqati 18 yoshga to‘lmasdan turib 
nikohdan ajratilgan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi. Nikoh haqiqiy emas, deb topilganida sud voyaga yetmagan er 
(xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
417. Никоҳ тузилишига монелик қиладиган ҳолатлар ҳақида нималарни биласиз? 
1. Loaqal bittasi ro‘yxatga 
olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishi mumkin emas. Respublikamizda har bir fuqaro faqat 
yakka nikohda bo‘lishi mumkin. Yakka nikohlik tamoyili bizning jamiyatimizda mavjud bo‘lgan yuksak axloqiy 
qoidalardan kelib chiqadi. Bu qoidaning buzilishi nikohni haqiqiy emas deb topilishiga asos bo‘ladi. 2. Nasl-nasab 
shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, 
shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzilishiga ruxsat berilmaydi.
418. Қандай ҳолларда никоҳ ҳақиқий эмас деб топилиши мумкин? 
Nikoh yoshiga amal qilmasdan, 
g‘ayriqonuniy ravishda nikoh munosabatlarida bo‘lish har xil huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday 
nikoh haqiqiy emas, deb topilib, oila qonunlarida belgilangan tegishli shaxsiy va mulkiy huquqiy oqibatlarni keltirib 
chiqarmaydi.
419. Никоҳ ёши тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун белгиланган жавобгарлик ҳақида гапириб 
беринг? 
Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 473 -moddasi va Jinoyat kodeksi 1251 -moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
420. Кимлар ўртасида никоҳ тузилиши мумкин эмас? 
Qonun hujjatlarida yaqin, to‘g‘ri, yon shajara, yot 
aralashmagan va yot aralashgan qarindosh tushunchalari mavjud. Biri boshqasidan yoki umumiy ajdoddan dunyoga 
kelgan shaxslar yaqin qarindoshlar hisoblanadi. Biri boshqasidan dunyoga kelgan shaxslar, ya’ni bobo-ota, o‘g‘il-nevara-
evara-chevara-dubora to‘g‘ri shajaradagi qarindoshlar deb yuritiladi. Aka-uka va opa-singil yon shajaradagi qarindosh 
deyiladi. Yot aralashmagan qarindosh deb umumiy ota yoki onaga ega bo‘lishlik, yot aralashgan qarindosh deb turli ota 
yoki onadan tug‘ilgan o‘gay aka-ukalar va opa-singillar tushuniladi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni qonun yo‘li 
bilan taqiqlash axloqiy qoida hamda biologik nuqtayi nazarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi. Boshqa 
qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish qonun bilan taqiqlanmaydi. Shuning uchun yon shajara bo‘yicha qarindosh bo‘lgan, 
tog‘avachcha, amakivachcha xolavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish mumkin. Aka-ukalar 
hamda opa-singillar farzandlarining o‘zaro nikoh tuzishlari maqsadga muvofiq emas. Qarindoshlik nikohi tufayli 
ko‘pincha nimjon, jismonan nosog‘lom, nuqsonli, mayib bolalar dunyoga keladi. Qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikoh 
hatto farzandsizlikka olib kelishi ehtimoldan xoli emas. 3. Loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli 
zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
421. Эр ва хотиннинг фамилия танлаш ҳуқуқи ҳақида нималарни биласиз? 
Nikoh asosida ikki xil — shaxsiy va 
mulkiy munosabatlar kelib chiqadi. Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va 


38 
oila-turmush masalalarni hal etish, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi. Bunday holatlarda ularning mehnati va 
fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bo‘lib, oila huquqi sohasi hisoblanmaydi. Nikohga kirish vaqtida o‘z 
familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli yoxud sud tomonidan 
nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda uning xohishiga binoan unga nikohgacha bo‘lgan familiyasi 
qaytarilishi mumkin. 
422. Ота-онанинг болаларга таълим-тарбия беришга оид ҳуқуқ ва мажбуриятлари қандай ва нималарда акс 
эттирилган? 
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, 
ular bilan birga yashash huquqiga ega. Ota-ona bolaning tarbiyasiga yoki manfaatlariga salbiy ta’sir qiladigan harakatlarni 
bajarsalar, ota-onalik huquqidan mahrum etiladilar. Ota-ona bolalar tarbiyasiga bir xilda mas’uldirlar. Bola o‘z ota-onasi 
tomonidan tarbiyalanish, manfaat ko‘rish, har taraflama kamol topish, insoniy qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga 
ega. Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganida va bola ota-ona qaramog‘ida 
mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanishi huquqiy vasiylik va homiylik organi tomonidan 
ta’minlanadi. Ota-onasi nikohining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi

423. Эр ва хотиннинг умумий мулкига нималар киради? 
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, 
shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar 
qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
424. Эр ва хотиннинг шахсий фойдаланишидаги буюмлари деганда нимани тушунасиз? 
Er va xotinning 
nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros 
tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining shaxsiy mulki hisoblanad.
425. Эр ва хотиннинг шахсий мулклари сирасига нималар киради? 
Qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan 
boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va 
xotinning umumiy mablag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki 
hisoblanadi.
426. Эр ва хотиннинг умумий мол-мулкини тақсимланиши қандай тартибда амалга оширилади? 
Er va 
xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan 
ajralishgandan keyin ham, shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni 
qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Er va xotinning 
umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan 
ularning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanadi. Nizo tug‘ilgan hollarda 
er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, shuningdek, er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud 
tartibida amalga oshiriladi.
427. БМТ Бош Ассамблеясининг 1993 йил 20 сентябрдаги қарори асосида Халқаро Оила кунини 
нишонлашдан мақсад нима? 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrda bo‘lib 
o‘tgan yig‘ilishida 1994-yildan boshlab, har yili 15-may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilindi. Bu 
qarorni qabul qilishdan maqsad barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar insoniyat diqqatini inson o‘z umrini o‘tkazadigan, 
o‘z orzu umidlari, baxtu saodatini hamda tinchligini ta’minlaydigan maskan oilaning mustahkam bo‘lishiga qaratishdir

428. Эр ва хотиннинг умумий мол-мулки ҳисобидан ўртадаги вояга етмаган болалар номига қўйилган 
омонатлар эр-хотиннинг умумий мол-мулкини бўлиш пайтида эътиборга олинадими? 
Er va xotinning umumiy mol-
mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-
xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmayd.
429. Эр ва хотиннинг умумий мол-мулки улар никоҳда бўлган даврда бўлиниши мумкинми? 
Er va xotinning 
umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo‘lingan taqdirda, er va xotin molmulkining bo‘linmay qolgan qismi, 
shuningdek, er va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi 
umumiy mulkini tashkil qiladi.
430. Никоҳ шартномаси нима? 
Nikoh shartnomasi – nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda 
bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini 
belgilovchi kelishuvi. Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining shartnomaviy rejimi hisoblanadi. Nikoh shartnomasi yoki 
kontrakt – oddiy bitim bo‘lib, sud jarayonida bu bitimga nisbatan uni tuzgan shaxslar tomonidan ham, boshqa manfaatdor 
shaxslar tomonidan ham e’tiroz bildirilishi mumkin.
431. Никоҳ шартномасига эр-хотин қандай қоидаларни киритиши мумкин? 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha nikoh shartnomalarining qonunga muvofiqligiga e’tiroz bildirish, nikoh 
shartnomasini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’tirof qilish mumkin. Shartnoma shartlari O‘zbekiston Respublikasi 
Oila kodeksining 31-moddasi talablariga zid bo‘lgan taqdirda, sud er-xotindan birining talabi bo‘yicha nikoh 
shartnomasini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’tirof qilishi mumkin. Er-xotin qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha 
mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga haqlidir. Er-xotindan birining huquqlarini cheklab qo‘yishga 
qaratilgan shartnomalar haqiqiy emas.
432. Эр ва хотин никоҳ шартномасида қандай тартиблар белгиланиши мумкин? 
Nikoh shartnomasida er-xotin 
oila xarajatlarini birgalikda ta’minlash va amalga oshirish, bir-birining daromadlarida ishtirok qilish bo‘yicha o‘z 
huquqlari va majburiyatlarini belgilab olish, nikoh bekor qilingan taqdirda er-xotinning har biriga beriladigan mulkni 
tayinlash, shuningdek, nikoh shartnomasiga er-xotinning mulkiy munosabatlariga taalluqli boshqa qoidalarni kiritish 
huquqiga egalar. Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar tarkibiga kiradi, shartnoma vakillar 
orqali tuzilishi mumkin emas. Nikoh shartnomasi — nikoh bekor qilingandan so‘ng kimga qanday mulk tegishli 


39 
bo‘lishini aniq belgilab beradi. Unda er-xotin o‘rtasida birgalikda orttirilgan mulk chegaralari belgilanadi, nikoh bekor 
qilingandan so‘ng do‘stona munosabatlar imkoniyati saqlanib qoladi.
433. Нотариал шаклнинг никоҳ шартномасига таъсири қандай? 
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va 
notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
434. Никоҳ шартномасига эр ва хотин қандай қоидаларни киритишга ҳақли? 
Er va xotin nikoh shartnomasiga 
ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, 
uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik 
qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.
435. Никоҳ шартномасининг асосий жиҳатлари нимада? 
Nikoh shartnomalari, odatda, davlat ro‘yxatidan yoki 
boshqa maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mulklarga nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasida qayd qilinmagan mulklarga 
nisbatan umumiy birgalikdagi mulk rejimi saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar 
muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishini ham nazarda tutishi mumkin.
436. Қандай ҳолатда никоҳни ФҲДЁ органлари томонидан бекор қилиш мумкин? 
Oila kodeksining
43-moddasiga muvofiq, agar er-xotindan biri: – sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilsa; – sud tomonidan ruhiyati 
buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb aniqlansa; – sodir qilgan jinoyati uchun uch 
yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari boryo‘qligidan 
qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan 
ajratiladi.
437. Никоҳни тугатиш деганда нимани тушунасиз? 
Oila kodeksida nikohdan ajralish uchun aniq asoslar 
ko‘rsatilmagan va buning iloji ham yo‘q, chunki er yoki xotin keltirgan asos ayrim hollarda nikohdan ajratish uchun 
yetarli deb topilsa, boshqa hollarda ajratish uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun Oila kodeksida nikohdan 
ajralishning sud amaliyoti quyidagicha belgilangan: «Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va 
oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi».
438. Никоҳдан ажралиш тушунчасига таъриф беринг? 
Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi 
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi.
439. Никоҳдан суд тартибида ажратиш тушунчасига таъриф беринг? 
Nikohdan sud tartibida ajratish. Oila 
kodeksi nikohdan ajralishning asosiga qarab, buning quyidagi tartibini belgilaydi: 1) er-xotinlar o‘rtasidagi mulkiy nizolar 
mavjud bo‘lgan hollarda (masalan, mol-mulkni bo‘lish, er-xotinlar o‘rtasidagi hamda voyaga yetmagan bolalarga moddiy 
ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar yuzasidan (aliment undirish masalasida) va boshqalar) sud tartibida ajratiladi; 2) 
nizo bo‘lmagan taqdirda, jumladan, agar: a) er-xotin o‘rtasida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmasa va ular ajralishga 
o‘zaro rozi bo‘lgan; b) taraflar (er yoki xotin) sud tomonidan bedarak yo‘qolgan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli 
muomalaga layoqatsiz deb topilgan; d) sodir etgan jinoyati uchun eri yoki xotini uch yildan kam bo‘lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum qilingan taqdirda, Oila kodeksining 42-43-moddalarida belgilanganidek, ma’muriy tartibda (FHDY 
organi orqali) nikohdan ajratiladi 
440. Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органларида никоҳдан ажратиш тартиби ҳақида нималарни 
биласиз? Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratish. 
Nikohdan ajralishning sud bilan birga 
ma’muriy tartibi mavjud. Mazkur tartib er-xotinlik munosabatlarini bekor qilishning nisbatan oddiy va soddalashtirilgan 
tartibi hisoblanadi. Bunda nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ajratiladi va sud jarayoni bo‘lmaydi. 
Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari ariza berilgan 
kundan uch oy o‘tgandan keyin ajralishni rasmiylashtiradi va ularga nikohdan ajralish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi. 
Shu vaqtdan boshlab nikoh tugallangan hisoblanadi va sobiq er-xotin yangi nikohdan o‘tish huquqini oladi. Uch oylik 
muddat er-xotinning yarashib ketishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida belgilanadi.
441. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси жиноят ҳуқуқининг асосий манбаи сифатидаги аҳамияти 
нималарда кўринади? 
Jinoyat hamda konstitutsiyaviy huquqlarning o‘zaro bog‘liqligi shubhasizdir. Jinoyat huquqining 
konstitutsiyaviy qonun-qoidalar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi ko‘p qirrali bo‘lib, u Konstitutsiyada 
mustahkamlangan hamda jinoyat qonunining asosiy vazifalarini o‘z ichiga oladi. Jinoyat huquqi prinsiplari xalq 
hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi, umuminsoniy 
qadriyatlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi va O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida mustahkamlangan boshqa shu kabi prinsiplarga asoslanadi.
442. Ўзбекистон Республикасида жиноят ҳуқуқи принципларининг асосини нима ташкил қилади? 
O‘zbekiston 
Respublikasida jinoyat huquqi prinsiplarining asosini Konstitutsiyada mustahkamlangan qonuniylik va fuqarolarning 
tengligi prinsipi tashkil etadi (O‘zR Konstitutsiyasining 14, 15, 18-m.). So‘ngra jinoiy javobgarlik, jazo tayinlash va uni 
ijro etish, jazodan ozod qilish kabi qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan prinsiplar aks ettirilgan. Mazkur tizimga 
kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning 
jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
443. Жиноят ҳуқуқининг асосий принципларига қайсилар киради? 
Qonuniylik; fuqarolarning qonun oldida 
tengligi; demakratizim; insonparvarlik; odillik; javobgarlikning muqarrarligi.
444. Жиноят ҳуқуқининг қонунийлик принципи ҳақида гапириб беринг?
Qonuniylik — sodir etilgan 
qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Hech kim 
sud hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin 
emas.


40 
445. Жиноят ҳуқуқининг фуқароларнинг қонун олдида тенглиги принципи ҳақида гапириб беринг? 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi — jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega.
446. Жиноят ҳуқуқининг демократизм принципи ҳақида гапириб беринг? 
Demokratizm — jamoat 
birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslarni ahloqni tuzatish 
ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilishlari mumkin. 
447. Жиноят ҳуқуқининг инсонпарварлик принципи ҳақида гапириб беринг? 
Insonparvarlik — jazo va boshqa 
huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi. 
448. Жиноят ҳуқуқининг одиллик принципи ҳақида гапириб беринг? 
Odillik — jinoyat sodir etishda aybdor 
bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-
yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi. 
449. Жиноят ҳуқуқининг жавобгарликнинг муқаррарлиги принципи ҳақида гапириб беринг? 
Javobgarlikning 
muqarrarligi — qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shartligi kiradi.
450. Жиноят ҳуқуқи ҳуқуқнинг бошқа соҳаларидан қайси жиҳатлари билан фарқ қилади? 
Jinoyat huquqi 
huquqning boshqa sohalaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: birinchidan, jinoyat sodir etilishi munosabati bilan 
vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir tomonidan jamiyat, davlat, ikkinchi tomonidan esa jinoyat sodir etgan 
shaxs subyekt bo‘ladi; ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo‘yilgan taqiqlarni buzganlik uchun sud davlat 
nomidan belgilangan jinoiy jazoni tayinlaydi.
451. Жиноий ҳуқуқ нормалари ўз мазмунига кўра қандай қисмларга бўлинади?
Birinchidan, jinoyat sodir 
etilishi munosabati bilan vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir tomonidan jamiyat, davlat, ikkinchi 
tomonidan esa jinoyat sodir etgan shaxs subyekt bo‘ladi; ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo‘yilgan 
taqiqlarni buzganlik uchun sud davlat nomidan belgilangan jinoiy jazoni tayinlaydi. 
452. Жиноий қилмиш ҳақида нималарни биласиз? 
Jinoyat huquqida jinoiy qilmishni aniqlash ham muhim rol 
o‘ynaydi. Jinoiy qilmish — bu jinoyat qonunlari bilan muhofaza qilinuvchi ijtimoiy munosabatlarga tahdid qiluvchi 
jamiyatga qarshi va inson ahloq qoidalaridan chetga chiquvchi harakatdir. Jinoiy qilmish o‘zining obyektiv xossalariga 
ko‘ra jamiyat uchun xavfli harakat yoki harakatsizlik, subyektiv xossalariga ko‘ra esa hamisha muayyan maqsad va 
sabablarga ko‘ra sodir etilgan aybli amal hisoblanadi.
453. Жиноят таркиби ҳақида нималарни биласиз? 
Jinoyat tarkibi jinoyat to‘g‘risidagi qonunlarda aniq bir ijtimoiy 
xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va yetarli obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisidir. Jinoyat 
tarkibining obyektiv va subyektiv belgilari o‘rtasida o‘zaro aloqa va uzviy bog‘liqlik mavjud. Jinoyat tarkibi tuzilishi 
bo‘yicha to‘rt elementdan iborat: obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon. Obyektiv, ya’ni tashqi belgilar 
jinoyatning obyekti va obyektiv tomonini ta’riflaydi. Subyektiv (ichki) belgilar jinoyatning subyekti va subyektiv 
tomonini aniqlaydi. Har bir belgi boshqalari bilan birgalikda mavjud va ajralmas bir butunlikning zaruriy qismini tashkil 
qiladi.
454. Жиноят таркибининг биринчи элементи ҳақида нималарни биласиз? 
Jinoyat tarkibining birinchi elementi 
jinoyat obyektidir. Bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, jinoiy tajovuzlar shularga 
qaratiladi. Qasddan odam o‘ldirishda jinoyat obyekti boshqa shaxsning hayoti, o‘g‘rilikda esa o‘zgalar mulki bo‘ladi.
455. Жиноят тушунчасига таъриф беринг? 
Jinoyat kodeksiga binoan ushbu kodeks bilan taqiqlangan, aybli 
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
456. Жиноят таркибининг объектив томон элементи ҳақида нималарни биласиз?
Barcha jinoyatlarning 
umumiy obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning umumiy yig‘indisidan iborat bo‘ladi. 
Umumiy obyekt hamma jinoyatlar uchun birdir, sababi har qanday jinoyat u yoki bu ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazadi. 
457. Жиноятнинг субъекти ҳақида нималарни биласиз? 
Jinoyatning subyektiv tomoni faqat ayb shakllari, ya’ni 
qasd va ehtiyotsizlik bilan cheklanib qolmaydi, u motiv va maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Lekin subyektiv tomonning 
ajralmas belgilari bo‘lmish qasd va ehtiyotsizlikdan farqli o‘laroq, motiv va maqsad ikkinchi darajali belgilarga kiradi. 
Jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunga qaramay, uni sodir etishni 
istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. 
458. Жиноят таркибининг субъектив томон элементи ҳақида нималарни биласиз? 
Subyektiv tomonning 
mazmunida jinoyat motivi va maqsadlari alohida o‘rin tutadi. Motiv va u bilan bog‘liq maqsad aybdor shaxs xatti-
harakatini boshqaruvchi butun irodaviy jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shaxs uchun u sodir etgan qilmish qanday 
ma’no va ahamiyatga ega ekanligi aynan motivga bog‘liq.
459. Жиноят бошқа ҳуқуқбузарликлардан қайси белгилари билан фарқланади?
Jinoyat — jazoga loyiq qilmish. 
Shunga ko‘ra, qilmishning jinoyat sifatidagi eng muhim belgisi uning jazoga loyiqligidir. Jinoyat boshqa huquq 
buzarliklardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: 1) obyekti; 2) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati; 3) 
g‘ayriqonuniylik ko‘rinishi.
460. «Жиноят» тушунчаси илк маротаба қайси давлат манбасида учратилган? 
«Jinoyat» tushunchasi ilk 
marotaba G‘arbiy Yevropa davlatlarining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida keltirilgan. Bu tushuncha birinchi 
marotaba Fransiyaning 1791-yildagi Jinoyat kodeksida uchraydi. 
461. Жиноят ҳуқуқи тарихида жиноят тушунчасига таъриф биринчи марта қайси манбаада ва қандай 
мазмунда берилган? 
Jinoyat huquqi tarixida jinoyatga ta’rifni birinchi marta 1919-yilda Rossiya qonunshunoslari 
berishdi: «Jinoyat — jinoyat huquqi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tartibining buzilishidir».


41 
462. Жиноятнинг субъектив томони ўзида нималарни акс эттиради? 
Jinoyatning subyektiv tomoni shaxsning 
sodir etayotgan jinoyatiga nisbatan ruhiy munosabati hisoblanadi. Subyektiv tomon belgilariga ayb, motiv va maqsad 
kiradi. 
463. Жиноятнинг қасддан содир этилиши деб нимага айтилади? 
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli 
xususiyatini anglagan, uning oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 
bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi. O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik oqibatida sodir etilgan 
ijtimoiy xavfli qilmish — ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
464. Жиноят қонунчилигидаги тўғри ёки эгри қасд деган тушунчалар ҳақида сўзлаб беринг? 
Jinoyat 
qonunchiligida to‘g‘ri yoki egri qasd degan tushunchalar mavjud. Shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini 
anglagan, uning oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishidan bosh tortmagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri 
qasddan sodir etilgan deyiladi.
465. Барча жиноятларнинг умумий объекти деганда нимани тушунасиз? jinoyat obyektidir. 
Bu jinoyat qonuni 
bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, jinoiy tajovuzlar shularga qaratiladi. Qasddan odam o‘ldirishda 
jinoyat obyekti boshqa shaxsning hayoti, o‘g‘rilikda esa o‘zgalar mulki bo‘ladi va hokazo. 
466. Субъектив томоннинг мазмунида нималар ўз аксини топган? 
Subyektiv tomonning mazmunida jinoyat 
motivi va maqsadlari alohida o‘rin tutadi. Motiv va u bilan bog‘liq maqsad aybdor shaxs xatti-harakatini boshqaruvchi 
butun irodaviy jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shaxs uchun u sodir etgan qilmish qanday ma’no va ahamiyatga ega 
ekanligi aynan motivga bog‘liq.
467. Жиноий оқибат деганда нимани тушунасиз? 
Jinoiy oqibat deganda ijtimoiy xavfli qilmish natijasida jinoiy-
huquqiy qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar (ziyon) yetkazish tushuniladi.
468. Жиноят субъектининг шартлари қандай? 
Jinoyatni har doim aniq jismoniy shaxslar sodir etadi. Shuning 
uchun ham jinoyat sodir etgan shaxs jinoyatning subyekti deb tan olinadi. Jinoyat subyektining yo‘qligi jinoyat tarkibi va 
jinoyatning o‘zi mavjud emasligini bildiradi. Jinoyatga oid qonunlarda subyektga nisbatan aybdor, mahkum, jinoyat sodir 
etgan shaxs, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxs kabi tushunchalar ishlatiladi. Yuridik shaxslar, ya’ni tashkilotlar, 
korxonalar, muassasalar va jamoat birlashmalari jinoyat subyekti bo‘la olmaydi. Shuning uchun ijtimoiy xavfli harakat 
davlat korxonasi, muassasa, tashkilot va jamoat birlashmalarida xizmat yoki ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq holda 
sodir etilsa, mazkur vazifaga mas’ul bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar yoki boshqa xizmatchilar jinoyat subyektiga 
aylanadi.
469. Ақли расолик деганда нимани биласиз? 
Jinoyat subyektining aqli raso bo‘lishi shart, ya’ni u o‘z harakati yoki 
harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan bo‘lishi va ularni boshqara olishi shart. Aqli rasolik ayb va jinoiy 
javobgarlikning zaruriy shartidir. Faqat o‘z harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni 
boshqara olgan shaxslar, aybdorni tuzatish maqsadida, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
470. Жиноят субъектининг зарурий белгиларига нима киради? 
Shaxsning qonun bilan belgilangan jinoiy 
javobgarlik yoshiga yetganligi jinoyat subyektining zaruriy belgilaridan biri hisoblanadi. Qonunda yosh chegarasi aniq 
tartibga solinganligi jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini (kun, oy, tug‘ilgan yilini) to‘g‘ri belgilash zaruratini tug‘diradi. 
Bu zarurat Jinoyat-protsessual kodeksining 314-moddasida qayd etilgan. Jinoyat kodeksida mustahkamlangan 
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi konstitutsiyaviy prinsipning takrori bo‘lmay, balki uning joriy etilishidir.
471. Жиноят қонунидаги иштирокчилик тушунчаси ҳақида нималарни биласиз? 
Jinoyat kodeksiga binoan ikki 
yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Jinoyatda 
ishtirokchilik avvaldan til biriktirish, qasddan sodir etish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
472. Жиноят қонунида иштирокчиликнинг турлари ҳақида гапириб беринг? 
Jinoyat qonunida to‘rt turdagi 
jinoyat ishtirokchilari farqlanadi: bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi. Mazkur turlarni ajratish asosiga 
obyektiv mezon qo‘yilgan bo‘lib, u har bir ishtirokchining jinoyat sodir etishda ishtirok etish darajasi va xususiyati bilan 
bog‘liq. 
473. Жиноятни бажарувчилар деб нимага айтилади? 
Jinoyatni bajaruvchilar deb: a) bevosita o‘zlari to‘liq yoki 
qisman jinoyat sodir etgan shaxslar; b) bevosita o‘zlari jinoyat sodir etmagan, biroq shu maqsadda jinoyat qonunlariga 
muvofiq, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan foydalangan shaxslar tan olinadi. 
474. Жиноятни иштирокчиси деб нимага айтилади? 
Yoshi yoki aqli norasoligi tufayli jinoiy javobgarlikka tortish 
mumkin bo‘lmagan yoki ehtiyotsizlik yoxud aybsiz harakat qilgan shaxslarni qasddan jinoyat sodir etishga jalb etgan 
shaxs sodir etilgan jinoyatning ishtirokchisi deb tan olinadi. 
475. Жиноятни ташкилотчиси деб нимага айтилади? 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga yoki jinoyat sodir etilishiga 
rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.
476. Жисмоний шахсларнинг жавобгарлиги тушунчасига таъриф беринг? 
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb 
topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan 
muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburiy chorasidir.
477. Жиноятни далолатчиси ва ёрдамчиси деб нимага айтилади? 
Jinoyat sodir etishga qiziqtiruvchi shaxs 
dalolatchi deb topiladi. 
478. Жазо тушунчасига таъриф беринг? 
Huquqbuzar deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi 
bilan qo‘llaniladigan, muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov chorasidir.
479. Жазо қандай мақсадда қўлланилади? 
Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom 
ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish 
maqsadida qo‘llaniladi. 


42 
480. Мажбурий жамоат ишлари кимларга нисбатан қўлланилади? 
Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga 
yetgan shaxslarga, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor 
ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, harbiy xizmatchilarga, chetel fuqarolariga va O‘zbekiston 
Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan 
mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi.
481. Жарима жазо тури ҳақида нималарни биласиз? 
Jarima aybdordan davlat daromadiga qonunda belgilangan 
miqdorda pul undirishdir. 
482. Афв деб нимага айтилади ва ким томонидан қўлланилади? 
Muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini 
tavsiflovchi ma’lumotlarni (yoshi, sog‘ligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib jazodan ozod qilish hisoblanad.
483. Амнистия ҳақида нималарни биласиз? 
Amnistiya aniq shaxslarga emas, umumiy toifalarga e’lon qilinadi. 
Bunda amnistiyaga necha kishi tushishi, kimlar tushishi oldindan aniq bo‘lmaydi.
484. Афв этишнинг ижроси ва ҳуқуқий оқибати ҳақида нималарни биласиз? 
Afv faqat sud hukmi bilan jazo 
tayinlangan mahkumlarga e’lon qilina. 
485. Амнистиянинг ижроси ва ҳуқуқий оқибати қандай? 
Amnistiya jinoyat jarayonining istalgan bosqichida – 
dastlabki tergov, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va hattoki jinoyat ishini qo‘zg‘atishgacha bo‘lgan bosqichda ham 
qo‘llanilishi mumkin. Amnistiya aktini qo‘llashda hech qanday iltimosnoma talab etilmaydi. Amnistiya aktlarini qo‘llash 
masalasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari va sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
2008-yildan boshlab, amnistiya aktini qo‘llashga oid yakuniy qarorni faqat sudlar chiqarishi belgilab qo‘yilgan.
486. Шахснинг озодлиги, шаъни ва қадр-қимматига қарши жиноятларга нималар киради? 
Odam savdosi,
ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish, odam o‘g‘rilash, zo‘rlik ishlatib 
g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish, tuhmat, haqorat qilish kiradi.
487. Одамларни эксплуатация қилиш деганда нимани тушунасиз? 
Odamlarni ekspluatatsiya qilish – boshqa 
shaxslardan o‘z niyatiga ko‘ra foydalanish yoki jinsiy majburlashning turlari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qulchilik, 
erkidan mahrum qilish yoki inson a’zo-to‘qimalarining transplantatsiyasi hisoblanadi. 
488. Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пактнинг мазмуни нималардан иборат? 
Barcha 
odamlar qonun oldida teng va hech qanday kamsitishlarsiz qonun bilan teng himoyalanish huquqiga egadirlar. Shu 
munosabat bilan har xil kamsitishlar qonun yo‘li bilan man etilishi va qonun barcha shaxslarga biron-bir belgi bo‘yicha, 
aytaylik, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy 
mavqeyi, tug‘ilishi yoki boshqa sharoitlar bo‘yicha kamsitishlarga qarshi teng va samarali himoyani kafolatlashi lozim. 
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 26-moddasi. 
489. Одам савдоси жинояти бўйича жабрланувчиларнинг эксплуатация жараёни нималарда ўз аксини топган? 
Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik ishlarida foydalanish Uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalanish Tilamchilikka majburlash 
Sun’iy onalik va bola tug‘ishga majburlash Majburiy nikoh, jinsiy erkinligiga qarshi harakatlar Inson to‘qimalarini 
transplantatsiya qilish.
490. Одам савдоси жинояти нима мақсадда содир этилади? 
Odam savdosiga odam oldi-sotdisi, ya’ni uni 
sotuvchiga berilgan ma’lum miqdordagi pul mablag‘i yoki boshqa mulkiy ekvivalent evaziga boshqa odam ixtiyoriga 
topshirish kiradi. 
491. Аёлни эрга тегишга ёки никоҳда яшашни давом эттиришга мажбур қилиш деганда нимани тушунасиз? 
Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish, ayolning roziligisiz uylanish maqsadida uni 
o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish ham jinoyat sanaladi.
492. Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисидаги халқаро пактда инсонларни тенглиги ҳақида нималар баён 
этилган? 
493. Одам ўғрилаш жинояти ҳақида гапириб беринг? 
Mazkur jinoyatning obyekti odamning erkinligi, ya’ni 
istagan yerida bo‘lishi erkinligini kafolatlovchi ijtimoiy munisabatlar hisoblanadi. Bu jinoyatga Jinoyat kodeksining
245-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari barcha turdagi odam o‘g‘rilashlar kiradi. Odam shaxsiy erkinligidan 
mahrum qilingan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan hisoblana. 
494. Зўрлик ишлатиб ғайриқонуний равишда озодликдан маҳрум қилиш жинояти ҳақида нималарни биласиз? 
Tahlil etilayotgan jinoyatning obyekti jabrlanuvchining shaxsiy ozodligi hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv tomoni zo‘rlik 
ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda shaxsni harakat qilish erkinligidan mahrum etish, jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy yoki 
ruhiy zo‘rlik ishlatish, uninqayerda bo‘lishini erkin tanlash huquqini cheklash kabi xatti-harakatlarni sodir etishda 
ifodalanadi. Jabrlanuvchi ozodlikdan mahrum qilingan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. Ushbu 
jinoyat to‘g‘ri qasd bilan ta’magirlik niyatida sodir etilishi bilan ajralib turadi. 
495. Одамни ўғрилаш тушунчасига таъриф беринг? 
Odamni o‘g‘rilash deganda, odamning yashirincha, oshkora 
yoki aldash yoxud ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan shaxsiy erkinligidan mahrum qilinishini tushunish zarur. 
496. Туҳмат жиноятига таъриф беринг ва у нималарда ўз аксини топган? 
O‘rganilayotgan jinoyat uch qismdan 
iborat. Tuhmatning obyekti shaxsning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi. Sha’n insonning ichki axloqiy qadrqimmati, 
halolligi, oliyjanobligi, vijdoni, umuman olganda, sha’n insonning ma’naviy va ijtimoiy fazilatlarini belgilovchi 
tushuncha. Jinoyat tuhmat yolg‘onligini bila turib, boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatishda 
ifodalanadi. Aniq dalillarga ishora qilinmagan umumiy ma’lumotlarni oshkor etish tuhmat hisoblanmaydi. Uydirmalarni 
tarqatish usuli har xil, masalan, og‘zaki, yozma, biror tasvir ko‘rinishidagi lavha va hokazo bo‘lishi mumkin. Jinoyat 
yolg‘onligi oldindan ayon bo‘lgan ma’lumotlar tarqatilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.


43 
497. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси 27-моддасида қандай ҳуқуқ ва эркинликлар қайд этиб 
ўтилган? 
Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar 
joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga 
kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin 
emas. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 27-modda.
498. Ҳақорат қилиш жинояти ҳақида нималарни биласиз? 
Haqorat qilish shaxsning sha’ni va qadrqimmatini 
beodoblik bilan qasddan tahqirlashdan iboratdir. Haqorat qilish og‘zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi mumkin. Shaxsning 
sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan tahqirlashga qaratilgan xatti-harakat sodir etilgan paytdan boshlab jinoyat 
tugallangan hisoblanadi. Haqorat qilish odatda bevosita sodir etiladi, ammo jabrlanuvchi bu haqda xabar topadi, degan 
taxmin bilan sirtdan sodir etilishi ham mumkin. Vositachi orqali haqorat qilingan hollar ham uchraydi. Xafa qilish har xil 
bo‘lishi mumkin, ammo ularning hammasi ham haqorat bo‘lavermaydi. Haqorat har doim ma’lum bir shaxsga qaratilgan 
bo‘ladi. 
499. Инсоннинг қадр-қиммати деганда қандай тушунчага эгасиз? 
Insonning qadr-qimmati deganda 
dunyoqarashining darajasi, aql-zakovati, turmush tarzi kabi insonning obyektiv jihatlarini tavsiflovchi ijobiy sifatlar 
yig‘indisini tushunish zarur. 
500. Фуқароларнинг конституциявий ҳуқуқ ва эркинликларига қарши жиноятлар ҳақида нималарни биласиз? 
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar tarkibiga mamlakatimiz Konstitutsiyasida 
belgilab qo‘yilgan huquqlarni buzish kabi jinoyatlar kiradi. 
501. Фуқаролар тенг ҳуқуқлилигининг бузилиши ҳақида қандай маълумотга эгасиз? 
Mazkur jinoyatlarning 
obyekti fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklaridir. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish jinoyat jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyidan, kelib chiqishidan qat’i nazar 
fuqarolarning huquqlarini buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita afzalliklar berishda ifodalanadi.
502. Фуқароларнинг тенг ҳуқуқлилигини бузиш деганда нимани тушунасиз?
Fuqarolarning teng huquqliligini 
buzish; - shaxsiy hayot daxlsizligini buzish; - fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish; - xat-yozishmalar, telefonda 
so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish; - jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish; - vijdon erkinligini buzish; - saylov yoki referendum tashkil qilish, 
ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish; - saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga 
oshirilishiga to‘sqinlik qilish; - mehnat qilish huquqini buzish; - mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish.
503. Шахсий ҳаёт дахлсизлигини бузиш деганда нимани тушунасиз? 
Bu jinoyat shaxsning shaxsiy yoki oilaviy 
sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki 
tarqatishda ifodalanadi. 
504. Фуқароларнинг турар жойи дахлсизлигини бузиш деганда нимани тушунасиз? 
Jinoyat yashovchilarning 
erkiga qarshi zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda turar joyga bostirib kirishda ifodalanadi. 
505. Хат-ёзишмалар, телефонда сўзлашув, телеграф ёки бошқа хабарларнинг сир сақланиши тартибини 
бузиш деганда нимани тушунасиз? 
Jinoyat shaxslarning pochta-telegraf xabarlari yoki telefonda so‘zlashuvning 
mazmuni va hokazolar bilan g‘ayriqonuniy tanishuvida yoxud fuqarolarning xatlari, telegrammalari, telefaks orqali, 
elektron pochta va h.k. orqali xabar qilinayotgan ma’lumotlarni shu axborotlar egasining roziligisiz oshkor etilishida 
ifodalanadi.
506. Фуқароларнинг мурожаатлари тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш деганда нимани тушунасиз? 
Mazkur modda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan ariza berish, davlat 
hokimiyat organlari, korxonalari, muassasalari va jamoat hayotining boshqa sohalari faoliyatini erkin tanqid qilish 
huquqini jinoyat huquqi tomonidan himoya qilishning muhim vositasi hisoblanadi. Jinoyat fuqarolarning murojaatlari 
to‘g‘risidagi qonunni buzishga qaratilgan har xil harakatlar bo‘lib, u fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan 
muhofaza etiladigan huquqlariga jiddiy zarar yetkazishda ifodalanadi. 
507. Ғайриқонуний равишда бостириб кириш тушунчаси бўйича нималарни биласиз? 
G‘ayriqonuniy ravishda 
bostirib kirish deganda, aybdor shaxsning turar joy egasining ruxsatisiz va ularning erkiga xilof ravishda, huquqiy 
asoslarsiz shaxsning turar joyiga kirishga qaratilgan xatti-harakatlarining (masalan, g‘ayriqonuniy ravishda ko‘chirish, 
ruxsatnomasiz tintuv o‘tkazish, o‘zganing turar joy maydoniga o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kirish va h.k.) sodir 
etilishini tushunish lozim.
508. Виждон эркинлигини бузиш нима ва унга Конституциямизда қандай таъриф берилган? 
Jinoyat diniy 
tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadi. Vijdon 
erkinligi diniy faoliyatning faqat qonun doirasida amalga oshirilishidir. Voyaga yetmagan shaxslarni diniy tashkilotlarga 
jalb etish, diniy tashkilot faoliyatida ishtirok etishga ko‘ndirishga qaratilgan qilmish sodir etilgan paytdan boshlab 
tugallangan jinoyat, deb e’tirof etiladi. 
509. Вояга етмаган шахсларни диний ташкилотларга жалб этиш жинояти ҳақида нималарни биласиз?
Qonunga xilof ravishda diniy ta’limotga o‘qitish deganda voyaga yetmagan shaxslarga ularning xohishiga qarshi, ota-
onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning xohish-irodasiga qarshi din to‘g‘risidagi bilimlarni singdirishning har 
xil ko‘rinishlarini tushunish lozim. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda. 


44 
510. Сайлов ёки референдум ташкил қилиш, уларни ўтказиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш 
жиноятининг конституциявий асослари ҳақида гапириб беринг. 
Fuqarolarning erkin ovoz berish huquqi, saylovlar 
yoki referendumlarni tashkil etish, o‘tkazishning belgilangan tartibiga qarshi harakat yoki harakatsizlikdir. 
511. Сайлов ёки референдум ташкил қилиш, уларни ўтказиш тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузиш 
жинояти ҳақида нималарни биласиз? 
Jinoyat obyekti – insonning saylash yoki saylanish, saylovoldi tashviqotini olib 
borish, referendumni o‘tkazishda ishtirok etish, saylovoldi tashviqot olib borish, nomzod shaxs ishonchli vakillarining o‘z 
vakolatlarini amalga oshirish huquqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyat zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash 
yoki og‘dirib olish yo‘li bilan fuqarolarning o‘z saylash huquqlarini erkin amalga oshirishlariga to‘sqinlik qilishda yoki 
deputatlikka yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning ishonchli vakillari o‘z vakolatlarini amalga 
oshirishiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadi.
512. Сайлов ҳуқуқининг ёки ишончли вакил ваколатларининг амалга оширилишига тўсқинлик қилиш 
жиноятининг объекти ҳақида нималарни биласиз? 
1) ovoz berishning yashirinligini buzishga; 2) saylov yoki 
referendum hujjatlarini qalbakilashtirishga; 3) saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritishga; 4) saylov yoki 
referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblashga qaratilgan xatti-
harakatlarni sodir etishda ifodalanadi. 
513. Меҳнат қилиш ҳуқуқини бузиш жиноятининг конституциявий асослари ҳақида нималарни биласиз? 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi kafolatlanga. Asosiy qonunning
37-moddasida: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda 
ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir», deb belgilab qo‘yilgan.
514. Меҳнат қилиш ҳуқуқини бузиш жиноятининг объекти нима? 
Ushbu jinoyatning obyekti fuqarolarning 
Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi hisoblanadi. Jinoyatning subyekti ishga qabul qilish yoki ishdan 
bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin.
515. Муаллифлик ёки ихтирочилик ҳуқуқларини бузиш жинояти ҳақида гапириб беринг? 
Fuqaroning 
intellektual mulkini himoya qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi, xususan, mualliflik yoki ixtirochilik huquqining 
buzilishidir. Jinoyat mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulki 
obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning 
roziligisiz oshkor qilinishida ifodalanadi. 
516. Вояга етмаган ёки меҳнатга лаёқатсиз шахсларни моддий таъминлашдан бўйин товлаш жинояти ва 
унинг объекти ҳақида гапириб беринг? 
Ushbu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 
shaxslarning manfaatlari, ya’ni ularning sog‘lig‘i, normal jismoniy rivojlanishi uchun sudning hal qiluv qarori yoki 
buyrug‘iga muvofiq mablag‘ olish huquqiga ega shaxslarning moddiy ta’minoti hisoblanadi. Jinoyat sudning hal qiluv 
qarori yoki buyrug‘iga muvofiq moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz shaxslarni 
boqish uchun undiriladigan mablag‘larni jami ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslikda ifodalanadi. Sudning 
qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki buyrug‘iga binoan moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki 
mehnatga layoqatsiz shaxslarni boqish uchun undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ jami ikki oy mobaynida to‘lanmagan 
taqdirda jinoyat tugallangan deb hisoblanadi. Jinoyat qasddan sodir etiladi. 
517. Вояга етмаган ёки меҳнатга лаёқатсиз шахсларни моддий таъминлашдан бўйин товлаш жинояти 
нималарда ифодаланади? 
122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan 
bo‘yin tovlash Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy 
ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud 
buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, 
shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari 
yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan 
bo‘lsa, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi... 
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. 
518. Вояга етмаган ёки меҳнатга лаёқатсиз шахсларни моддий таъминлашдан бўйин товлаш жиноятини 
содир қилиш усули қандай? 
Sudning hal qiluv qaroriga binoan mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj 
bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlash uchun undiriladigan mablag‘ning voyaga 
yetgan shaxslar tomonidan jami ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lanmasligida ifodalanadi. Jinoyat to‘g‘ri qasd 
bilan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko‘zlangan maqsad uni kvalifikatsiya qilishda ahamiyat kasb 
etmaydi.
519. Вояга етмаган ёки меҳнатга лаёқатсиз шахсларни моддий таъминлашдан бўйин товлаш жиноятининг 
субъекти ким? 
Jinoyatning subyekti sudning hal qiluv qaroriga binoan ota-onalarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi 
shaxslarni moddiy ta’minlash majburiyati yuklangan voyaga yetgan tug‘ishgan farzandlar, farzandlikka olingan o‘g‘il va 
qizlar, o‘gay o‘g‘il va qizlar bo‘lishi mumkin.
520. Вояга етмаган ёки меҳнатга лаёқатсиз шахсларни моддий таъминлашдан бўйин товлаш жинояти 
тушунчасига таъриф беринг? 
Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz
shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash.
521. Ота-онани моддий таъминлашдан бўйин товлаш жинояти ҳақида гапириб беринг? 
Voyaga yetgan
shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi.


45 
522. Ота-онани моддий таъминлашдан бўйин товлаш жиноятининг субъектив томони ҳақида нимани 
биласиз? 
123-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz 
va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin 
tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan 
mablag‘ni jami bo‘lib uch oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, — eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan 
jazolanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. 
523. Вояга етмаган шахсни ғайриижтимоий хатти-ҳаракатларга жалб қилиш жинояти ҳақида гапириб беринг? 
Bu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan shaxsning normal, axloqiy rivojlanishi, uning sog‘lig‘i hamda jamoat xavfsizligi 
va tartibi hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop 
hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish deganda, 
voyaga yetgan shaxsning voyaga yetmagan shaxsni yuqorida nomi aytilgan ichimliklar, vosita va moddalarni bir necha 
marta iste’mol qilishga o‘rgatish yoki ularni voyaga yetmaganlar uchun bir necha marta olinishi va voyaga yetmagan 
shaxsni aldash, mehmon qilish, ko‘ndirish kabi yo‘llar bilan shu predmetlarni iste’mol qilishga undashga qaratilgan 
harakatlarini tushunish zarur. 
524. Вояга етмаган шахсни ғайриижтимоий хатти-ҳаракатларга жалб қилиш деганда нимани тушунасиз? 
Voyaga yetmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, 
lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish.
525. Вояга етмаган шахсни ғайриижтимоий хатти-ҳаракатларга жалб қилиш жиноятининг объекти ҳақида 
гапириб беринг? 
127-modda. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish Voyaga yetmagan 
shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-
idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo 
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Voyaga 
yetmagan shaxsni giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste’mol etishga jalb qilish — uch yuz oltmish soatdan 
to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish, shuningdek 
ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni 
g‘ayriqonuniy ravishda muomalaga chiqarish bilan bog‘liq har qanday jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) ikki yoki 
undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; v) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, talabalar o‘quv-tarbiya, sport yoki 
jamoat tadbirlari o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilishi — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan 
jazolanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. 
526. Тиламчилик тушунчаси ва унинг учун белгиланган жавобгарлик ҳақида нималарни биласиз? 
Tilamchilik 
qilish deganda, voyaga yetmagan shaxsni begona shaxslardan pul, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va h.k. tilab, so‘rab 
olishga jalb qilishni tushunmoq zarur. 
527. Вояга етмаган шахсни ғайриижтимоий хатти-ҳаракатларга жалб қилиш жиноятининг субъектив томони 
қандай содир этилади? 
Voyaga yetmagan shaxisni g‘ayriijtimoiy xatti-xarakatlarga jalib qilishi.
528. Тинчлик ва инсониятнинг хавфсизлигига қарши жиноятлар ҳақида гапириб беринг? 
Urushga targ'ib qilish 
– bir mamlakatni ikkinchi mamlakatga nisbatan qo'zg'atish uchun turli shakildagi qarashlar, g’oyalar yoki chaqiriqlar 
tarqatish. Agresiya – Bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayorgarlik ko'rish, shu harakatlarga qaratilgan fitnada 
qatnashish. Urushning qonun va udumlarini buzish – tinch axolini yoki asirlarni qinash, o'ldirish, majbiriy ishlarga jalb 
qilish, halqaro huquq bilan taqiqlangan urush olib borish, molk mulkni talon toroj qilish hamda aholi turarjoylarini 
bexuda vayron qilish. Genosid – etnik, milliy, dinniy mansubligiga qarab bir guruh shahisni jismonan to'la yoki bir 
qismini qirilib ketishiga olib keladigan yashash sharoyitini yaratish yoki qirib yuborish. Yollanish – harbiy Nizoral 
bo'layotkan davlat fuqarosi bo’lmasdan pul evaziga hizmatga yolanish. Terrorizim – halqaro munosabatlarga putir 
yetkazish, suvereniteti hududiy yaxlitligini buzish, hafsizligiga putir yetqazish, qurolliy majoro chiqarish. Milliy, irqiy, 
etnik yoki dinniy adovat qo'zg'atish. Chet davlatning harbiy hizmatiga, palitsiyasi, milliy xafsizlik hizmati, adliyasiga 
hizmatka kirish va yollanish. 
529. Тинчлик ва инсониятнинг хавфсизлигига қарши жиноятларнинг объектив томони нималарда акс 
эттирилган? 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VIII bobi «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi 
jinoyatlar», IX bobi esa «O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» deb nomlanadi. Tinchlik va insoniyatning 
xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga urushni targ‘ib qilish, agressiya, urushning qonun va udumlarini buzish, genotsid, chet 
davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga 
xizmatga kirish, yollanish, terrorizm, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
va faktlarni xabar qilmaslik, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki 
harakatlanish, terrorizmni moliyalashtirish, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishlar kiradi. Ushbu 
jinoyatlarning obyekti har qanday davlat taraqqiyoti va hayotiy faoliyatini amalga oshirishning sharti bo‘lgan tinchlik va 
tinch-totuv yashash, insoniyatning yashash huquqi hisoblanadi. 
530. Ўзбекистон Республикасига қарши жиноятлар ҳақида гапириб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi 
jinoyatlarga davlatga xoinlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, O‘zbekiston Respublikasining 


46 
konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, josuslik, qo‘poruvchilik, davlat sirlarini oshkor qilish, davlat siri yoki harbiy sir 
hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish kabilar kiradi. 
531. Ўзбекистон Республикасига қарши жиноятларнинг объекти ҳақида гапириб беринг? 
Jinoyat obyekti 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatidir. Prezidentni ko‘pchilik oldida 
haqoratlash yoki unga tuhmat qilish haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar sodir etilgan paytdan 
e’tiboran tugallangan jinoyat deb hisoblanadi. Jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motivi va maqsadi uning 
kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatli emas. 
532. Ўзбекистон Республикасига қарши жиноятларнинг объектив томони ҳақида гапири беринг? 
Davlatga 
hoyinlik qilish. O'zbekiston Respublikasiga Prezidentiga tajovuz qilish. O'zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy 
tuzumiga tajovuz qilish. Josuslik. Qo'poruvchilik. Davlat sirlarini oshkora qilish. Davlat siri yoki harbiy sir xisoblangan 
hujjatlarni yo'qotish. 
533. Ўзбекистон Республикаси Президентига тажовуз қилиш учун қандай жавобгарлик белгиланган? 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish Jinoyat kodeksining «O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar» 
bobiga kiritilganligi bejiz emas, chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, 
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir.
534. Ўзбекистон Республикасининг конституциявий тузумига тажовуз қилиш жинояти ҳақида гапириб 
беринг? 
159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud 
qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston 
Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday 
mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish — eng kam oylik ish haqining olti yuz 
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi... O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.
535. Ўзбекистон Республикасининг конституциявий тузумига тажовуз қилиш жиноятининг объекти ҳақида 
қандай маълумотга эгасиз? 
O'zbekiston Respublikasining ammaldagi davlat tuzimini Konsututsiyaga zid ravishda 
o'zgartirish, hokimiyatni bosib olish yoki qonunan saylangan vakilarni chetlatish, hudud yaxlitligini buzishga davat qilish.
536. Ўзбекистон Республикасининг конституциявий тузумига тажовуз қилиш жиноятининг объектив томони 
ҳақида қандай маълумотга эгасиз? 
O'zbekiston Respublikasining ammaldagi davlat tuzimini Konsututsiyaga zid 
ravishda o'zgartirish, hokimiyatni bosib olish yoki qonunan saylangan vakilarni chetlatish, hudud yaxlitligini buzishga 
davat qilish. Shu ammalyotlar olib borilayotkan hududga nisbatan aytiladi.
537. Ўзбекистон Республикасининг конституциявий тузумига тажовуз қилиш жиноятининг субъектив 
томони ҳақида қандай маълумотга эгасиз? 
159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga 
tajovuz qilish. Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada 
nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, 
davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat 
tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik — eng kam oylik ish haqining 
ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch 
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi... O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.
538. Ўзбекистон Республикасининг конституциявий тузумига тажовуз қилиш жинояти қачондан эътиборан 
тугалланган ҳисобланади? 
Fitna to'g'risidagi hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda habar bergan shaxs, bansharti, 
ko'rilgan choralar natijasida finaning oldi olingan bo'lsa, jazodan ozod qilinadi.
539. Фитна тушунчасига таъриф беринг? 
Fitna – ikki yoki undan ortiq shaxslarning hokimiyatni bosib olish yoki 
konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlashga qaratilgan jinoiy harakatni sodir etish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishga 
kelishishidir. 
540. Мулк тушунчаси ва унинг конституциявий асослари ҳақида нималарни биласиз? 
Mulk – huquq subyekti 
tomonidan o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarining to‘liq majmuyidir

541. Ўзгалар мулкини талон-тарож қилиш жинояти ҳақида қандай маълумотга эгасиз? 
Bu birovning mulkini 
o‘zining yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun, mulkdorga yoki ushbu mulkning boshqa egasiga zarar keltirib, qonunga 
zid va haq to‘lamay undirishdir.
542. Ўзгалар мулкини талон-тарож қилишнинг объектив томони деганда нимани тушунасиз? 
O‘zganing 
mulkini qonunga xilof ravishda, tekinga o‘zi yoki boshqa shaxs foydasi uchun olishda ifodalanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi jinoyat to‘g‘risidagi qonunlari talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarga javobgarlikni belgilashda uning 
qaysi usulda sodir etilganligiga ko‘ra ajratadi. Masalan, bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata 
yo‘li bilan talon-taroj qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik. Har qanday talon-taroj qilishning zaruriy belgisi uning huquqqa 
xilofligidir. 
543. Ўзгалар мулкини талон-тарож қилиш жиноятининг субъекти ва субъектив томони ҳақида гапириб 
беринг? 
O‘zganing mulkini talon-taroj qilishning tugallangan vaqti talon-taroj qilishning shakliga bog‘liq bo‘ladi. Talon-
taroj qilish subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Motivi – g‘arazgo‘ylik. Muomalaga layoqatli hamda 
qonunda ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan har qanday shaxs talon-taroj qilishning subyekti hisoblanadi.
544. Ўзгалар мулкини талон-тарож қилиш жиноятининг объектив томони ҳақида гапириб беринг 
(босқинчилик мисолида). 
Obyektiv tomondan bosqinchilik o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida shu 
mulkning egallanishiga qarshilik ko‘rsatgan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan jismoniy zo‘rlik 


47 
ishlatish yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib hujum qilishda ifodalanadi. Bosqinchilikning obyekti o‘zganing 
mol-mulki, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘idir. 
545. Талон-тарож қилишнинг яширинлиги ҳақида нималарни биласиз? 
Tovlamachilik mulkka qarshi g‘arazli 
jinoyatlardan biri hisoblanadi. Tovlamachilikning ijtimoiy xavflilik xususiyati uning nafaqat mulkchilikka, balki 
mulkchilik manfaatlarining mustaqil shakli sifatida namoyon bo‘luvchi boshqa (majburiyat yuklovchi, meros bo‘lib 
o‘tuvchi, uy-joy kabi) mulkiy munosabatlarga ham tajovuz qilishidan iborat. 
546. Товламачилик жиноятининг объектив томони ҳақида нималарни биласиз? 
Obyektiv tomondan 
tovlamachilik aybdorning mulkdordan bila turib, g‘ayriqonuniy ravishda o‘ziga yoki u ko‘rsatgan shaxslarga muayyan 
mulkni, mulkka bo‘lgan huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud ular foydasiga muayyan mulkiy 
yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilishda ifodalanadi.
547. Талончиликнинг ижтимоий хавфлилиги нимада ва унинг таркибий элементлари ҳақида гапириб беринг? 
Talonchilikning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, bunda jinoyatchi mulkka tajovuz ochiqdan ochiq, shu bilan birga 
o‘rnatilgan tartibni, huquqiy va axloqiy qoidalarni va jamiyat qadriyatlarini mensimaslik bilan amalga oshiriladi. 
Obyektiv tomondan talonchilik o‘zganing mulkini oshkora talon-taroj qilishda ifodalanadi. O‘zganing mulkini yashirin 
ravishda talon-taroj qilish yoki o‘g‘rilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng tarqalgan jinoyatlardan biridir

548. Ўғрилик жинояти тушунчаси ва унинг элементлари ҳақида нималарни биласиз? 
Obyektiv tomondan 
o‘g‘rilik o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishda ifodalanadi. Soxta tadbirkorlikka ustavida ko‘rsatilgan 
faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish 
(soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari 
tuzish kiradi. Subyektiv tomondan jinoyat faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. 
549. Ҳуқуққа хилофлик дегани нима? 
Huquqqa xiloflik (g‘ayriqonuniylik) – egallanayotgan mulkka nisbatan hech 
qanday huquqi bo‘lmagan aybdor shaxs tomonidan bu mulkning egallanishidir
550. Талон-тарож қилиш жиноятининг зарурий белгиси нималарда ифода этилган?
551. Сохта банкротлик ҳақида қандай маълумотга эгасиз? 
Soxta bankrotlik jinoyati ham to‘g‘ri qasd bilan sodir 
etiladi. Bu jinoyat xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila 
turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan e’lon berishi kreditorlarga ko‘p miqdorda zarar yetkazilishda ifodalanadi. 
552. Солиқлар ёки бошқа мажбурий тўловларни тўлашдан бўйин товлаш жинояти ҳақида гапириб беринг? 
Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyati foyda (daromad) yoki soliq solinadigan 
boshqa obyektlarni qasddan yashirishda, kamaytirib ko‘rsatishda, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni 
yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda ifodalanadi. Jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi.
553. Электр, иссиқлик, газ ёки сув таъминотидан фойдаланиш қоидаларини бузиш жинояти ҳақида гапириб 
беринг? 
Elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzish jinoyati umumiy foydalanishdagi 
elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta’minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy 
gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, 
ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashishda ifodalanadi. Jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir 
etiladi.
554. Ўзбекистон Республикасида давлат ҳокимияти неча турга бўлинади? 
O‘zbekistonda davlat hokimiyati 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘lingan holda amalga oshiriladi. 
555. Бошқарув тартибига қарши жиноятларнинг объектив томони нималарда акс эттирилган? 
Jinoyat obyektiv 
tomondan quyidagi uch muqarrar belgidan iborat: - shaxsning o‘z mansab vakolatidan foydalanishi ko‘rinishidagi 
qilmish; - fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat 
manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy zarar yetkazish shaklidagi jinoiy oqibatlar; - qilmish hamda kelib chiqqan 
jinoiy oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjudligi. Mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatidan foydalanishi 
ikki shaklda: - hokimiyat vakolatini; - mansab vakolatini suiiste’mol qilish shakllarida namoyon bo‘ladi.
556. Ҳокимиятни ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш ҳақида нималарни биласиз? 
Hokimiyatni yoki 
mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ziyon yetkazilishdir.
557. Пора олиш жиноятининг таркибий элементлари ҳақида сўзлаб беринг? 
Obyektiv tomondan pora olish, 
ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining 
o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan 
shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof 
ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishida ifodalanadi.
558. Пора олиш жиноятининг субъектив томони ҳақида гапириб беринг? 
Pora olishning subyektiv tomoni – 
to‘g‘ri qasd: aybdor (pora oluvchi) moddiy qimmatliklar yoki mulkiy foyda unga o‘zining xizmat mavqeyidan kelib 
chiqib pora beruvchi manfaatida biror-bir harakatni sodir etish yoki etmaslik uchun pora sifatida berilayotganligini 
anglaydi va buni xohlaydi.
559. Пора бериш тушунчаси ҳақида нималарни биласиз? 
Pora berish jinoyatining obyekti va predmeti pora olish 
jinoyati tarkibi belgilari bilan bir xil. Jinoyat obyektiv tomondan mansabdor shaxsga bevosita yoki vositachi orqali pora 
berishda ifodalanadi. Pora berish, mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki 
mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatini ko‘zlab bajarishi yoki uning mulkiy manfaatdor 
etilishida ifodalanadi.


48 
560. Ёлғон воситачи тушунчаси (пора жиноятида) ҳақида нималарни биласиз? 
Yolg‘on vositachi, ya’ni 
mansabdor shaxsga pora berish zarurligini ro‘kach qilib, birorta odamdan pora olgan, biroq aldash yo‘li bilan uni 
o‘zlashtirgan shaxs firibgarlik uchun javobgarlikka tortiladi. Pora bergan shaxsning harakatlari pora berishga suiqasd 
sifatida kvalifikatsiya qilinadi 
561. Пора ва воситачи тушунчалари ҳақида нималарни биласиз? 
Pora oluvchi va beruvchidan farqli ravishda, 
vositachi moddiy qimmatliklar va boshqalar evaziga o‘z manfaatlari yo‘lida mansabdor shaxs bilan bir harakatni bajarish 
yoki bajarmaslik uchun harakat qilmaydi, balki faqatgina pora oluvchi ko‘rsatmasi bilan pora predmetini bevosita beradi. 
Pora olish-berishni tashkil etuvchi shaxs, dalolatchilik yoki yordamchilik qilib, bir vaqtning o‘zida vositachilik qilsa, pora 
bergan yoki olganlikda ishtirokchilik qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. 
562. Пора билан боғлиқ жиноятнинг субъектив томони ҳақида сўзлаб беринг? 
Subyektiv tomondan jinoyat 
to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor uning harakatlari pora olish-berish haqidagi kelishuvga erishish hamda pora 
oluvchi va beruvchining topshirig‘i bilan pora berishga yo‘naltirilganligini biladi hamda buni xohlaydi.
563. Мансабдор шахс томонидан ўз мансаб мавқедан фойдаланиш ҳақида гапириб беринг? 
Mansabdor shaxs 
tomonidan o‘z mansab mavqeyidan foydalanish deganda nafaqat mansabdor shaxs vakolatiga kiradigan harakatlarni sodir 
etish, balki pora beruvchi manfaatlarida boshqa mansabdor shaxslarga ta’sir etish orqali ularning vakolatlaridan 
foydalangan holda muayyan harakatlar sodir etish ham tushuniladi. 
564. Меҳнатни муҳофаза қилиш қоидаларини бузиш жинояти ҳақида нималарни биласиз? 
Mehnatni muhofaza 
qilish qoidalarini buzish texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu 
qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi tushuniladi.
565. Меҳнатни муҳофаза қилиш қоидаларини бузиш жиноятининг таркибий элементлари ҳақида гапириб 
беринг? 
Ushbu jinoyatning obyekti mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ishlayotgan 
shaxslarning mehnat sharoitlarini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlarda nafaqat doimiy, shu bilan birga vaqtincha ishlayotgan shaxslar ham jabrlanuvchi bo‘lishlari mumkin. 
Jinoyat obyektiv tomondan o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘lgan: - texnika xavfsizligi; - sanoat 
sanitariyasi; - mehnatni muhofaza qiluvchi boshqa qoidalarning buzilishidan iboratdir.
566. Санитарияга оид қонун ҳужжатларини ёки эпидемияга қарши кураш қоидаларини бузиш жиноятининг 
таркибий элементлари ҳақида нималарни биласиз? 
Jinoyatning obyekti jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va 
sog‘lig‘idir. Obyektiv tomondan jinoyat odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelgan:
- sanitariyaga oid qonun hujjatlarini; - epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzishda ifodalanadi. Ushbu modda 
dispozitsiyasi blanketli bo‘lib, har bir holda sanitariyaga oid qonun hujjatlari yoki epidemiyaga qarshi kurash 
qoidalarining qaysi bandi buzilganligi alohida aniqlanishi lozim. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan yoki ehtiyotsizlik 
natijasida sodir etiladi. 
567. Оммавий касалланиш ҳақида гапириб беринг? 
Ommaviy kasallanish deganda ma’lum bir hududdagi ko‘p 
sonli kishilarning ma’lum bir vaqt ichida kasallanishini tushunish zarur.
568. Ёнғин хавфсизлиги қоидалари деганда нимани тушунасиз? 
Jinoyatning obyekti yong‘in xavfsizligi, ya’ni 
odamlarning, jamoat va davlat mulkining yong‘indan muhofaza qilinganlik holati hisoblanadi.
569. Ёнғин хавфсизлиги қоидаларини бузиш жиноятининг объекти ва объектив томони ҳақида сўзлаб 
беринг? 
Obyektiv tomondan jinoyat yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs 
tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha yoki og‘ir shikast yetkazilishiga olib kelishida ifodalanadi.
570. Ахборот тушунчасига таъриф беринг? 
Axborot – inson o‘z sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha 
signallar majmuasi.
571. Ахборотдан эркин фойдаланиш ҳуқуқи ҳақида гапириб беринг? 
Hozirgi kunda axborot jamiyat hayotini 
tashkil etishning zaruriy omillaridan biriga aylanib bormoqda. Binobarin, inson faoliyatining axborot olish va uni qayta 
ishlash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lmagan biror bir tarmog‘i qolmagan. Tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi 
dunyoda fuqarolarning yangi sharoitlarga moslashishlariga ko‘maklashish, ularga bo‘layotgan voqealar, jarayonlar, 
hodisalar to‘g‘risida axborot berib borish, shuningdek, fuqarolar, ijtimoiy institutlar va davlat hokimiyati organlari 
o‘rtasida samarali munosabatlar tizimini o‘rnatishga sharoit yaratishda, eng avvalo, fuqarolarning axborotdan foydalanish 
bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish va kafolatlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
572. Ахборотлаштириш қоидаларини бузиш деганда нимани тушунасиз? 
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etgan holda, uning asosiy mazmunini bir qancha 
normalarda belgilab beradi. Lekin ba’zida berilgan huquqdan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida ham huquqiy 
javobgarliklar kelib chiqadi. Masalan, kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxs tomonidan ushbu 
tizimdan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida kompyuterdagi axborot yo‘qolsa, to‘sib qo‘yilsa, kompyuter 
uskunasining ishi buzilsa, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1551-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortiladi. 
Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish esa 
jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘lishi mumkin 
573. Ахборотдан фойдаланиш қоидаларини бузиш жинояти ҳақида гапириб беринг? 
155-modda. Axborotdan 
foydalanish qoidalarini buzish Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda ifodalangan axborot 
va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir 
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday huquq buzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan 
axborot tizimlarini axborot-hisoblash tarmoqlariga ulash chog‘ida tegishli himoya choralarini ko‘rmaganlik — 


49 
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
574. Юридик ва жисмоний шахсларнинг ахборот тизимларини халқаро ахборот тармоқларига қонунга хилоф 
равишда улаш деганда нимани тушунасиз? 
Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro axborot 
tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga tegishli himoya choralarini ko‘rmasdan ulanish, xuddi 
shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda olish — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan 
besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab 
bo‘ladi. O‘zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki ma’lumotlar bazasini o‘z nomidan 
chiqarish yoxud qonunga xilof ravishda undan nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish — fuqarolarga eng kam ish 
haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks. 
575. Ахборотлаштириш қоидаларини бузиш жиноятининг таркибий элементлари ҳақида нималарни биласиз? 
576. Молия атамаси тушунчаси ва унинг вужудга келиши ҳақида нималарни биласиз? 
Moliya – pul mablag‘lari 
jamg‘armalarini yaratish va ulardan foydalanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi iqtisodiy 
kategoriyadir. 
577. Конституция – молия-кредит ҳуқуқининг асосий манбаи деганда нимани тушунасиз? 
Moliya huquqi 
mustaqil huquq tarmog‘i hisoblanadi. Moliya huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli sohasi 
sifatida qayd etiladi. Moliya huquqiy normalari yordamida davlat tomonidan moliyaviy tizim harakatga keltiriladi va 
undan foydalaniladi. Bu soha turli huquq sohalari bilan tartibga solinadi.
578. Давлатнинг молиявий фаолияти ҳақида гапириб беринг? 
Davlat o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish 
jarayonida ma’lum bir faoliyat turini amalga oshiradi. Moliyaviy faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi huquqiy 
munosabatlarni moliya huquqi tartibga solidi. 
579. Молиявий муносабатларнинг гуруҳлари ҳақида нималарни биласиз? 
1) davlat va ma’muriy-hududiy 
tuzilmalarning byudjet sohasidagi faoliyati; 2) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning soliq sohasidagi faoliyati; 3) 
davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning kredit sohasidagi faoliyati; 4) davlat va mahalliy korxonalarning moliyaviy 
faoliyati; 5) majburiy sug‘urta sohasidagi davlat faoliyati; 6) davlat va mahalliy organlarning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalar sohasidagi faoliyati. 
580. Ўзбекистон Республикаси молия тизими қандай бўғинлардан таркиб топган? a
) davlat byudjeti, uning 
tuzilmasiga kiruvchi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar; b) davlat 
maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar; d) xo‘jalik yurituvchi subyektlar va iqtisodiyot tarmoqlari 
moliyasi; e) kredit (davlat krediti va bank krediti); f) mulkni sug‘urta qilish va shaxsiy sug‘urta. 
581. Марказлашган ва марказлашмаган фондлар ҳақида гапириб беринг? 
Markazlashgan fondlar respublika, 
viloyatlar, tumanlar fondlaridan iborat bo‘lib, ulardan faqat shu hududlarning ehtiyojlari uchungina foydalaniladi. 
Markazlashmagan fondlar korxona va tashkilotlar pul fondlari bo‘lib, ular ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy 
maqsadlarga ishlatiladi. 
582. Давлатнинг молиявий фаолияти қандай принциплар асосида амалга оширилади? 
- qonuniylik prinsipi;
- demokratik prinsip; - fuqarolarning va mehnat jamoalarining ishtiroki prinsipi; - milliy siyosat prinsipi.
583. Молиявий ҳуқуқий муносабат ҳақида нималарни биласиз? 
Moliyaviyhuquqiy munosabat – bu davlat 
moliyaviy faoliyatida yuzaga keladigan, mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy-huquqiy norma bilan tartibga solingan 
ijtimoiy munosabatdir.
584. Молиявий муносабатларнинг асосий хусусиятлари нималардан иборат? 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
huquqiy munosabatlarning muayyan bir turini tashkil etadi. Shuning uchun har qanday huquqiy munosabatga xos bo‘lgan 
umumiy narsalar unga ham xosdir. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lib, bu 
xususiyatlar ularni huquqiy munosabatlarning boshqa turlaridan ajratish uchun imkon beradi. Ushbu xususiyatlar ularning 
yuzaga kelish sohasi (davlat moliyaviy faoliyati), moliyaviy-huquqiy tartibga solishning o‘ziga xosligi (davlat moliyaviy 
faoliyatini amalga oshiruvchi organ xohish-irodasining imperativligi va bir tomonlamaligi), huquqiy tartibga solish 
obyekti kabilar bilan belgilanadi. Moliyaviy munosabatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
— birinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar faqat davlat pul jamg‘armalarini rejali yaratish, taqsimlash va ulardan 
foydalanish jarayonida yuzaga keladi; — ikkinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar ko‘pincha mulkiy 
munosabatlarning turlaridan hisoblanadi, chunki ushbu munosabatlar obyekti sifatida pul mablag‘lari qatnashadi;
— uchinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar tomonlaridan biri sifatida hamma vaqt davlat yoki uning vakolatli 
organi qatnashadi. 
585. Молиявий-ҳуқуқий муносабатларнинг турлари ҳақида айтиб беринг? 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning 
bir qancha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, moliya tizimining tegishli bo‘g‘iniga qarab, byudjet, soliq, davlat 
kreditini tashkil etish bo‘yicha, sug‘urta, pul muomalasi va hisob-kitoblar, valyutani tartibga solish kabi huquqiy 
munosabatlar va hokazo. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni moddiy va protsessual huquqiy munosabatlarga ajratish 
qabul qilingan. Moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlar moliya huquqi subyektlarining moliyaviy-huquqiy normalar 
materiallarida mustahkamlangan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. 
586. Моддий ва процессуал ҳуқуқий муносабатлар ҳақида гапириб беринг? 
Protsessual moliyaviy-huquqiy 
munosabatlar davlat pul jamg‘armalarini taqsimlash tartibi, ulardan foydalanishni nazorat qilish shakl va uslublarini 
belgilash munosabati bilan yuzaga keladi. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar o‘z obyektlariga ega. Bu obyektlar, eng 
avvalo, pul va pul majburiyatlaridir, ammo faqat bu bilan kifoyalanmay, ularga pul mablag‘larining to‘planishi va 


50 
sarflanishini ta’minlovchi tartib-qoidalar, moliyaviy munosabat ishtirokchilarining qonun doirasidagi xatti-harakati ham 
kiritilishi mumkin. 
587. Молия ҳуқуқий субъектларининг ижтимоий-ҳудудий тузилмаси ҳақида гапириб беринг? 
Moliya huquqi 
normalari talablari moliyaviyhuquqiy munosabatlarning ko‘p turliligi orqali ro‘yobga chiqib, ushbu munosabatlarning 
tegishli subyektlarisiz yoki qatnashchilarisiz ularning mavjud bo‘lishi mumkin emas. Moliya huquqida an’anaviy ravishda 
moliya huquqiy subyektlarining uchta asosiy guruhi ajratiladi. 
588. Молия ҳуқуқий субъектларининг жамоа субъектлари тузилмаси ҳақида гапириб беринг? 
Moliyaviy-
huquqiy munosabatlar ikki tomonlama munosabat bo‘lib, unda majburiyatlarning bajarilishini hammadan va har doim 
talab qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat (uning moliya, soliq, kredit muassasalari), ikkinchi tomondan esa moliyaviy-
huquqiy normalar qaratilgan boshqa shaxslar (davlat va jamoat idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar) ishtirok etadi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar – munosabat obyekti, munosabat subyekti, munosabat mazmunini tashkil etadi. 
589. Молия ҳуқуқий субъектларининг индивидуал субъектлар тузилмаси ҳақида гапириб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lib, ular teng moliyaviy-huquqiy 
subyektlikka ega va shu munosabat bilan qonunlarda jismoniy shaxslar sifatida belgilanadi. Moliya huquqi 
subyektlarining ushbu toifasi asosan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga doir munosabatlarda ishtirok etadi. Shu tariqa 
jismoniy shaxslar daromad solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa soliqlar hamda 
yig‘imlarni to‘lovchilar hisoblanadi. 
590. Бюджет ҳуқуқи деганда нимани тушунасиз? 
Byudjet huquqi – moliya huquqining bir qismi davlatning 
byudjet tuzilishini, turli darajadagi byudjetlarni, ularning daromad qismini shakllantirish va byudjet mablag‘larining 
sarflanishi, shuningdek umuman davlatning byudjet-moliya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish tartibini 
belgilovchi huquqiy normalar majmuyi. 
591. Бюджет тушунчаси ва ҳуқуқи ҳақида гапириб беринг? 
Byudjet huquqini davlat byudjeti mablag‘larini 
tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
moliyaviy-huquqiy normalar majmuyi sifatida belgilash mumkin. Davlat byudjet tashkilotlari o‘z faoliyatlarini amalga 
oshirishlari uchun kerak bo‘lgan barcha mablag‘larni byudjetning tegishli xarajatlar qismidan oladilar. Byudjet davlat 
hokimiyati organlari funksiyalarini ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini tashkil etish va xarajat qilish shaklidir.
592. Бюджетнинг асосий вазифалари нималардан иборат? 
- milliy daromadni qayta taqsimlash; - iqtisodiyotni 
tartibga solish; - byudjet sohasini moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; - markazlashgan 
pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish va foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.
593. Бюджет тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ҳақида нималарни биласиз? 
Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi 
va u 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amalda bo‘ladi. Davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi jarayonida byudjetdan 
foydalanish natijasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar alohida guruhga ajratiladi 
hamda moliya qonun hujjatlarining asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan byudjet qonunlarini tashkil qiladi.
594. Бюджет жараёни тушунчасига таъриф беринг? 
Byudjet jarayoni — byudjet tizimi byudjetlarini 
shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, turli 
byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
jarayoni. 
595. Бюджет сўзи қайси тилдан олинган ва унинг маъноси нима? 
Byudjet so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, 
«g‘azna» degan ma’noni anglatadi. Byudjet XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyadagi burjua revolyutsiyasidan keyin 
o‘rnatilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida byudjet atamasi Yevropa mamlakatlarida tarqaldi va XX asrdan deyarli barcha 
mamlakatlarda byudjet kategoriyasi foydalanila boshlandi. 
596. Бюджет жараёни иштирокчилари деганда нимани тушунасиз? 
Byudjet jarayoni ishtirokchilari — davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar. 
597. Ўзбекистон Республикасининг бюджет тизими қандай принципларга асосланади? 
- byudjet tizimining 
yagonaligi; - byudjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; - byudjet tizimi 
byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi; - byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini 
rejalashtirish; - byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik 
xususiyati; - byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi; - byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning 
natijadorligi; - kassaning yagonaligi; - byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; -Πochiqlik.
598. Давлат бюджети ва унинг ижтимоий-иқтисодий аҳамияти ҳақида нималарни биласиз?
599. Бюджет ташкилоти ҳақида гапириб беринг? 
Byudjet tashkiloti – davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun 
belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 
saqlab turiladigan notijorat tashkilotdir. 
600. Давлат бюджети қандай даражадаги бюджетлардан ташкил топади?
O‘zbekiston Respublikasining 
byudjeti; z Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari. Davlat byudjeti 
daromadlari: - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; - davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan 
olingan daromadlar; - meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; - yuridik va jismoniy 
shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; - rezident-yuridik shaxslarga 
berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar; - qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. 


51 
601. Ҳудудий молия органлари тушунчасига таъриф беринг? 
Hududiy moliya organlari — Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va 
shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari. 
602. Молиявий мажбуриятлар деганда нималарни тушунасиз? 
Moliyaviy majburiyatlar — byudjet tashkilotlarida 
va byudjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, 
ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar. 
603. Молия йили деб нимага айтилади? 
Byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul 
qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi 
hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayoni

604. Давлат даромадлари ҳақида гапириб беринг? 
Davlat daromadlari – bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini 
amalga oshirish, mamlakat mudofaasi va xavfsizligini, shuningdek, davlat organlari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha 
masalalarni halqilish uchun zarur bo‘lgan moliya bazasini yaratishga qaratilgan mamlakat milliy daromadining birqismi.
605. Марказлашган даромадлар ҳақида гапириб беринг? 
Markazlashgan daromadlar deganda yagona 
umumdavlat jamg‘armasiga, ya’ni mamlakatning davlat byudjetiga kelib tushadigan moliyaviy resurslar tushuniladi.
606. Давлат даромадлари ва улар ўртасида юзага кела диган муносабатлар ҳақида нималарни биласиз? 
Davlat 
daromadlari va ular o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar qonun hujjatlari me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi. Davlat daromadlari 
hududiylik xususiyatiga ko‘ra, respublika va mahalliy daromadlarga bo‘linadi. Davlat daromadlari yuridik xususiyati va 
shakliga ko‘ra soliq to‘lovlari va soliqsiz tushumlarga bo‘linadi. Soliqlarga majburiylik va individual qaytarib bermaslik 
xususiyatlari xosdir. Soliqsiz to‘lovlar majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Majburiy soliqsiz to‘lovlar davlat 
tomonidan ma’lum bir yuridik ahamiyatli xizmatlarni ko‘rsatish, bir faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish orqali 
undiriladi. Bunday to‘lovlarda ikki tomon ham huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Davlat daromadlari to‘plash usuliga 
ko‘ra majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy to‘lovlarga bo‘linadi. Davlat va mahalliy organlarning ixtiyoriga kelib tushadigan 
daromadlarning katta qismini majburiy to‘lovlar tashkil qiladi. Bularga soliqlar, bojxona va boshqa to‘lovlar, turli xildagi 
jarimalar va moliyaviy sanksiyalar kiradi. 
607. Давлатнинг 
марказлаштирилмаган 
даромадлари 
тушунчасига 
таъриф 
беринг? 
Davlatning 
markazlashtirilmagan daromadlariga davlat korxonalarining daromadlari kirib, bu daromadlar qonunlarda belgilangan 
tartibda korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi va ular tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlar 
uchun foydalaniladi. 
608. Солиқ турлари ҳақида нималарни биласиз? 
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; - jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; - qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; - yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun 
soliqlar va maxsus to‘lovlar; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; - mol-mulk solig‘i; - yer solig‘i; - benzin, 
dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
609. Мажбурий тўловлар жумласига нималар киради? - 
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar: 
yagona ijtimoiy to‘lov; byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallari; davlat maqsadli 
jamg‘armalariga majburiy ajratmalar; Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar; - davlat boji; - bojxona to‘lovlari;
- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
610. Солиқлар ва бошқа мажбурий тўловларнинг элементларига нималар киради? 
Soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning elementlari quyidagilardir: soliq solish obyekti; soliq solinadigan baza; stavka; hisoblab chiqarish tartibi;
soliq davri; soliq hisobotini taqdim etish tartibi; to‘lash tartibi. 
611. Ўзбекистонда солиқ солишнинг соддалаштирилган тартибидаги қандай солиқ турлари қўланилмоқда? 
Yurtimiz hududida Soliq kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida quyidagi 
soliqlar to‘lanilishi mumkin: - yagona soliq to‘lovi; - yagona yer solig‘i; - tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha 
qat’iy belgilangan soliq

612. Солиқлар ва бошқа мажбурий тўловларнинг элементлари ҳақида гапириб беринг? 
Soliq yoki boshqa 
majburiy to‘lov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida uni to‘lovchilar, shuningdek uni hisoblab chiqish va to‘lash uchun zarur 
elementlar belgilab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq yoki to‘lov belgilangan deb hisoblanadi. Soliq kodeksida nazarda 
tutilgan hollarda soliq yoki boshqa majburiy to‘lov belgilanayotganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq 
imtiyozlari, shuningdek ularning soliq to‘lovchi tomonidan qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin. 
613. Солиқ ҳуқуқи муносабатлари қандай хусусиятларга эга? 
Birinchidan, soliqlarni va boshqa majburiy 
to‘lovlarni o‘rnatish va undirishga qaratilgan davlat faoliyati jarayonida yuzaga keladi; ikkinchidan, maqsadli tizimga ega, 
ya’ni soliq sohasidagi huquqiy munosabatlarning tizimi ma’lum bir maqsadga – soliqlarni o‘rnatish va undirishga 
qaratilgan; uchinchidan, ma’lum bir subyektlar o‘rtasida bo‘ladigan aniq aloqalarni tartibga soladi; to‘rtinchidan, 
davlatning majburlov kuchi bilan himoya qilinadi, ya’ni soliq qonunlari buzilganda davlatning majburlov choralari 
harakatga keladi. 
614. Солиқ соҳасидаги ҳуқуқий муносабатлар деганда нималарни тушунасиз? 
Soliq sohasidagi huquqiy 
munosabatlar – soliq huquqi me’yorlari bilan tartibga solingan ijtimoiy moliyaviy munosabatlar bo‘lib, bu munosabatlar 
soliqlarni joriy etish, yuridik va jismoniy shaxslardan, soliq to‘lovchilarning boshqa toifalaridan soliqlarni undirish 
jarayonida yuzaga keladi. 
615. Давлат кредити деб нимага айтилади? 
Davlat krediti – davlat tomonidan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining eng muhim masalalari hamda byudjet tanqisligini qoplash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha moliyaviy 
resurslarni yo‘naltirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini qaytarishlik, 


52 
muddatlilik, g‘arazlilik va ixtiyoriylik prinsiplariga asosan jalb etish bo‘yicha moliya huquqi bilan tartibga solinadigan 
munosabatlardir. 
616. Экология ҳуқуқининг манбалари деганда нимани тушунасиз? 
Ekologiya huquqining manbalari deganda 
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan 
bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonun hujjatlari tushuniladi. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbayi hisoblanadi. Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va 
davlat o‘rtasidagi munosabatlarning ijtmoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalaridagi asoslari 
mustahkamlangan bo‘lib, u atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat-
huquqiy mexanizmini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. 
617. Ўзбекистон Республикаси Конституциясида жисмоний ва юридик шахсларнинг экология соҳасидаги 
ҳуқуқи, бурчлари ва эркинликларини ифода этишлари учун қандай қоидалар белгиланган? 
Shuning uchun ham 
Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologiya huquqi, burchlari va erkinliklarini 
ifoda etadilar. Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari majburiyat 
sifatida qayd etiladi. Bu ekologiyaga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish davlat siyosati darajasida qayd etilganidan 
dalolat beradi. Konstitutsiyaning «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» bobining moddalarida mulk huquqining mazmuni 
e’tirof etilishi bilan bir qatorda, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik va 
ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmasligi, ya’ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.
618. Екология ҳуқуқи деганда нимани тушунасиз? 
Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o‘rtasida paydo 
bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o‘rganuvchi fandir. Ekologiya huquqi bugungi 
kunda O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega, alohida yo‘nalish va xususiyatlardan 
tarkib topgan huquq sohasi hisoblanadi. 
619. Экологик жавобгарлик деганда нимани тушунасиз? 
Ekologik javobgarlik deganda axloqiy qadriyatlar, 
milliy va xalqaro huquq normalari tomonidan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadida o‘rnatilgan qoida va 
me’yorlarning biron-bir davlat, yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan buzilishi oqibatida ularga nisbatan 
qo‘llaniladigan jazo choralari tushuniladi. Ekologik javobgarlik mazmun va mohiyatiga ko‘ra uch ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladi: – ekologik-ijtimoiy javobgarlik; – ekologik-iqtisodiy javobgarlik; – ekologik-huquqiy javobgarlik. Ekologik-
ijtimoiy javobgarlik kishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligidir. Ekologik-iqtisodiy javobgarlik esa 
iqtisodiyhuquqiy javobgarlikning bir turi bo‘lib, milliy yoki xalqaro huquq normalarida belgilangan qoida va me’yorlarni 
buzganlik uchun iqtisodiy javobgarlik choralarini o‘z ichiga oladi. 
620. Жиноят-процессуал ҳуқуқ деганда нимани тушунасиз? 
Jinoyat-protsessual huquq — sudda ishlarning 
yuritilishi, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida ishtirokchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning 
huquqlarini nazarda tutadi. Protsessual huquq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy huquq 
va erkinliklarni zaruratsiz va asossiz cheklanmasligiga xizmat qiladi. Protsessual huquqlar demokratik xarakterda bo‘lib, 
da’vo va nizolarni, huquq buzarlik, shu jumladan, jinoyat ishlarining tez va to‘g‘ri tekshirilishi, asosli, qonuniy va odilona 
hal qilinishini kafolatlaydi. Protsessual huquq yuridik shaxslarning manfaatlarini himoyalashga ham xizmat qiladi. 
Jinoyat ishida gumon qilinuvchi shaxs va ayblanuvchining tegishli eng muhim protsessual huquqi himoyalanish va 
himoyachining yordamidan foydalanishdan iborat. 
621. Халқаро ҳуқуқ принципларининг жиноят-процессуал қонун ҳужжатларида эътироф этилиши ҳақида 
нималарни биласиз? 
Insonlarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’minlovchi muhim xalqaro huquqiy hujjat 1966-yil 
16-dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt hisoblanadi. 
Mazkur Pakt 5 qism, 53 moddani o‘z ichiga oladi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt birinchi 
navbatda barcha fuqarolarning siyosiy huquqlarini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini ta’minlab beradi. 
Mazkur Paktning 14-moddasi uchinchi qismi hamda Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi 
Yevropa Konvensiyasining 6-moddas.
622. Жиноят-процессуал қонун ҳужжатларининг вазифаларига нималар киради? 
Jinoyat-protsessual qonun 
hujjatlarining vazifalari jinoyatlarni tez va to‘la ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi 
hamda aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan 
hamda qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlashdan iboratdir. Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual 
qonunlarda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat 
manfaatlarini himoya etishga yordam qilmog‘i lozim. 
623. Жиноят процесси деганда нимани тушунасиз? 
Jinoyat protsessi — protsess ishtirokchilarining muayyan 
jinoyat protsessual faoliyati hamda shu faoliyatga tegishli bo‘lgan huquqiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi

624. Жиноят процессининг вазифалари деганда нимани тушунасиз? 
Jinoyat protsessining vazifalari
— jinoyatlarni ochish, aybdorlarni adolatli jazolash, shuningdek boshqa jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni 
qonuniylikka rioya etish ruhida tarbiyalashdan iborat. Jinoyat protsessining ajralmas xususiyatini uning huquqiy tabiati
— mazkur faoliyat va tegishli ijtimoiy munosabatlarning qonun jihatdan qat’iy tartibga solishi tashkil etadi. Jinoyat 
protsessual qonuni muayyan protsessual harakatlarni rasmiylashtiradigan tegishli hujjatlar: surishtiruv va dastlabki tergov 
bosqichida — qarorlar va bayonnomalar, sud muhokamasi bosqichida — ajrimlar, hukmlar va boshqalarni nazarda tutadi. 
625. Жиноят процессида иштирок этувчи шахслар деганда кимлар назарда тутилади? 
Jinoyat protsessida 
surishtiruvchi, tergovchi, sudya, sud majlisi kotibi, prokuror ishtirok etadi. Jinoyat ishini yuritishda jamoalar va ularning 
vakillari ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar, 
himoyachilar va vakillar ishtirok etadi. Bularga ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy 


53 
da’vogar, fuqaroviy javobgar, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining qonuniy 
vakillari, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari kiradi. Jinoyat protsessida 
ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sifatida guvoh, guvohning advokati, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislarni olishimiz 
mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida jinoyat protsessida ishtirok etuvchilarning huquq va 
majburiyatlari alohida qayd etilgan. 
626. Жиноят процесси босқичлари деганда нимани тушунасиз? 
Jinoyat protsessi quyidagilar bilan 
tavsiflanadigan bir nechta bosqichlardan iboratdir: a) jinoyat protsessining umumiy vazifalaridan kelib chiqadigan 
o‘zining alohida vazifalari bilan; b) ishtirokchilarning alohida tarkibi bilan; d) bu ishtirokchilarning o‘ziga xos harakatlari 
va huquqiy munosabatlari bilan; e) bu faoliyatga yakun yasaladigan o‘ziga xos hujjatlar bilan. 
627. Қандай ҳолларда судя, шунингдек халқ маслаҳатчиси, прокурор, терговчи, суриштирувчи, терговга 
қадар текширувни амалга оширувчи органнинг мансабдор шахси, суд мажлисининг котиби жиноят ишини 
юритишда иштирок этишга ҳақли эмас ва ўзини ўзи рад қилмоғи лозим? 
Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq 
maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor 
shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti

628. Суднинг жиноят ишини юритишда қатнашишини инкор этувчи ҳолатлар деганда нимани тушунасиз?
1) u shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, 
himoyachi sifatida, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy 
da’vogar, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa; 2) u ushbu ishni 
yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning yoki Jinoyat protsessual kodeksning 76-moddasi birinchi 
qismining 1-bandida ko‘rsatilgan o‘zga shaxslarning qarindoshi bo‘lsa; 3) uning xolisligiga va beg‘arazligiga shubha 
tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa. Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga 
oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan 
bo‘lsa, o‘sha ishni kelgusida ko‘rishda qatnasha olmaydi. Birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi 
sudida yoxud nazorat tartibida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) 
bekor qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. 
629. Далил деб нимага айтилади? 
Dalil — sud ishlarida isbotlanishi lozim boʻlgan holatlarni tasdiqlaydigan yoki 
inkor etadigan turli faktik maʼlumotlar. Dalil sudda haqiqatni aniqlab, odilona qarorga kelish uchun yagona asosdir. 
Oʻzbekiston Respublikasida Dalil fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va jinoyat ishlarini yuritishga oid qonunlar bilan 
belgilangan tartibda toʻplanishi, tekshirilishi va baholanishi shart. Dalil fuqarolik ishlarida tortishuvchi taraflarning talab 
va eʼtirozlarini asoslashga, jinoyat ishlarida jinoiy voqea yuz bergani, uni sodir etgan shaxs kimligi, jinoyat maqsadi, 
ayblilik darajasi, yetkazilgan zararning miqdori toʻla va aniq belgilanishiga xizmat qiladi.
630. Далилларнинг аниқланиши деганда нимани тушунасиз? 
Dalillar maqbulligining shartlari quyidagilar: dalil 
tegishli subyekt tomonidan, ya’ni dalilni olish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual harakatni o‘tkazishga vakolatli 
mansabdor shaxs tomonidan olingan bo‘lishi; - faktga oid ma’lumotlar faqat JPK 81-moddasining ikkinchi qismida qayd 
etilgan manbalardan olingan bo‘lishi; - dalil uni olish bilan bog‘liq protsessual harakatni o‘tkazishga oid qoidalar va 
tartibga rioya etilgan holda olingan bo‘lishi; - dalilni olishda tergov va sud harakati jarayoni va natijalarining qayd 
etilishiga doir qonunning barcha talablariga amal qilingan bo‘lishi shart. Sudlarga tushuntirilsinki, dalillar maqbulligiga 
taalluqli yuqorida sanab o‘tilgan shartlardan birortasiga amal etilmasligi dalilning maqbul emas deb topilishiga asos 
bo‘ladi. 
631. Исбот қилишда қандай ҳолатлар аниқланади? 
Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish 
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va 
baholashdan iboratdir. 
632. Тергов ёки суд ҳаракатлари жараёнида олиб қўйиладиган нарсалар ва ҳужжатлар қандай тартибга 
солинади? 
Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan narsalar va hujjatlar tegishli bayonnomalarda aniq 
ko‘rsatiladi. Shu bilan birga narsa yoki hujjat egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, tilxat 
olinadi. Ishga aloqasi bo‘lmagan narsa va hujjatlar qonuniy egasiga darhol qaytariladi. Fuqarolar saqlashi taqiqlangan 
narsa va hujjatlar yo‘q qilinadi yoki ularni saqlashga vakolati bo‘lgan va ularni tasarruf etadigan muassasalar yoki 
tashkilotlarga beriladi.
633. Сўроқ қилиш тергов ҳаракати деганда нимани тушунасиз? 
Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, 
jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq 
qilinuvchi qayerda bo‘lsa, o‘sha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda so‘roq qiladi. Surishtiruvchi, 
tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan vaqti 
(yili, oyi, kuni) va tug‘ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg‘ulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, 
sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so‘roq qilinuvchining 
shaxsiy hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishi yoxud so‘roq qilinuvchi o‘zini kim deb tanishtirgan bo‘lsa, 
aynan o‘sha shaxs ekanligiga boshqa yo‘llar bilan ishonch hosil qilishi lozim. So‘roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni 
biladimi, u qaysi tilda ko‘rsatuv bera olishi mumkinligini ham aniqlashtirishi lozim. So‘roq qilinuvchining shaxsi 
aniqlangandan keyin unga Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu 
huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. 
634. Исбот қилишда тақиқланадиган ҳолатлар нималардан иборат? 
1) shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun 
xavfli bo‘lgan yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish; 2) zo‘rlik, po‘pisa qilish, 
aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar bilan ko‘rsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni 


54 
bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish; 3) tungi vaqtda, ya’ni kech soat 22-00 dan 
ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, 
jinoyat izi yo‘qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, eksperiment jarayonida 
tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo‘lgan hollar bundan mustasno.
635. 2017–2021-йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича 
Ҳаракатлар стратегиясидаги «Қонун устуворлигини таъминлаш ва суд-ҳуқуқ тизимини янада ислоҳ қилишнинг 
устувор йўналишлари»га мувофиқ амалга оширилиши лозим бўлган тадбирларни санаб беринг? 
- sud 
hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va 
takomillashtirish; — fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; — ma’muriy, 
jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish; — jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquq 
buzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish; — sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash;
— yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun avvalo aholining 
huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish zarur. 
636. «Ҳуқуқий онг» тушунчасига тариф беринг? 
Huquqiy ong — jamoatchilik ongining bir sohasi bo‘lib, unda 
bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa munosabati shakllanadi. Huquqiy ong qanchalik yuqori bo‘lsa, 
huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 
637. «Ҳуқуққа ҳурматсизлик» қилиш қандай оқибатларга олиб келиши мумкин? 
Agar kishi huquqqa 
hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lsa, u albatta qonunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand 
qilmaslik ham huquq me’yorlarini buzishga olib keladi. Aynan shuning uchun huquqnu bilish katta ahamiyat kasb etadi

638. Ҳуқуқий маданият пойдевори инсоннинг қандай фазилатларидан ташкил топади? 
Axloqiy dunyoqarash va 
e’tiqod huquqiy madaniyatning poydevori hisoblanadi. Mazkur poydevor qanchalik pishiq va astoydil «qurilgan» bo‘lsa, 
huquqiy bilimlar sifati va ulardan oqilona foydalanish, qonunga munosabat (uni hurmat qilish), huquqiy normalarga rioya 
etishga tayyor turish, qonun va huquq ustuvorligiga erishishda faol qatnashish shunchalik kuchli o‘rin oladi. 
639. Қонунни билиш инсонга нима беради? 
Qonunlarni bilish o‘z-o‘zidan huquqiy madaniyatning yuqori 
saviyasidan darak bermaydi. Qonunlarni yaxshi bilish, lekin, shunga qaramay, ular talablarini bajarmaslik mumkin. 
Huquqiy madaniyatning mavjudligi faqat qonunlarni bilishnigina emas, balki ularga bo‘ysunishni ham nazarda tutadi 
Qonunlarni biladigan kishi shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni yuridik jihatdan savodli himoya qilishga, shaxsiy huquqlari 
va erkinliklarining buzilishiga qarshi turishga qodir bo‘ladi. Biroq qonunni bilishning o‘zi unga amal qilish uchun yetarli 
emas. 
640. «Халқаро шартнома» тушунчасига тариф беринг? 
Xalqaro shartnoma — bir yoki bir necha hujjatlarda 
tuzilgani va qanday nomlanganidan qat’i nazar davlatlar yoki boshqa xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida yozma ravishda 
tuzilgan bitim bo‘lib, tomonlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini o‘z ichiga oladi.
641. Халқаро ҳуқуқ функциялари деганда нимани тушунасиз? 
Xalqaro huquq funksiyalari deganda xalqaro 
huquqning xalqaro-huquqiy tartibga solish predmeti bo‘lgan munosabatlarga ta’sirining asosiy yo‘nalishlarini tushunish 
lozim. 
642. Халқаро ҳуқуқнинг асосий функцияларини сананг ва уларни шарҳлаб беринг? 
Barqarorlashtiruvchi, 
tartibga soluvchi, muhofaza etuvchi, axborot-tarbiyalovchi. 
643. Халқаро ҳуқуқнинг «барқарорлаштирувчи» функциясини тушунтириб беринг? 
Barqarorlashtiruvchi — 
xalqaro huquqiy normalar jahon hamjamiyatini uyushtirishi, muayyan xalqaro huquqiy tartibni belgilashi, uni 
mustahkamlashi va yanada barqarorlashtirishi lozim.
644. Халқаро ҳуқуқнинг «тартибга солувчи» функциясини тушунтириб беринг? 
Tartibga soluvchi — uni 
amalga oshirish orqali xalqaro huquqiy tartibga erishiladi, tegishli ravishda, ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi.
645. Халқаро ҳуқуқнинг «муҳофаза этувчи» функциясини тушунтириб беринг? 
Muhofaza etuvchi — xalqaro 
huquqiy munosabatlarning tegishli ravishda muhofaza etilishi demakdir. Xalqaro majburiyatlar buzilganida xalqaro 
huquq buzarliklar subyektlari xalqaro huquq tomonidan ruxsat etilgan javobgarlik choralari va sanksiyalarni qo‘llashga 
haqli. 
646. Халқаро ҳуқуқнинг «ахборот-тарбияловчи» функциясини тушунтириб беринг? 
Aaxborot-tarbiyalovchi — 
davlatlarning oqilona harakatlari bilan bog‘liq to‘plangan tajribasini tarqatish, huquqdan foydalanish imkoniyatlarini 
targ‘ib qilish, huquqni hurmat qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini muhofaza etish ruhida tarbiyalashdan iborat.
647. «Халқаро ҳуқуқ принциплари» тушунчасига таъриф беринг? 
Xalqaro huquq prinsiplari — xalqaro 
munosabatlar subyeklarining davlatlar tomonidan xalqaro munosabatlar sohasida ishlab chiqilgan xalqaro hayotning 
dolzarb masalalari bo‘yicha eng muhim va umum tan olingan hulq normalari hisoblanadi.
648. Халқаро ҳуқуқ тамойилларини санаб беринг? 
Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyili; — 
xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyili; — davlatlarning ichki vakolatiga kiradigan ishlarga aralashmaslik 
tamoyili; — xalqlar teng huquqliligi va o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilashi tamoyili; — xalqaro huquq majburiyatlarini 
vijdonan bajarish tamoyili; — davlat chegalarining daxlsizligi tamoyili; — davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili; — 
inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish tamoyili. 
649. «Халқаро муносабатлар» тушунчасига таъриф беринг? 
Xalqaro munosabatlar — tinchlik va hamkorlik 
o‘rnatish maqsadida xalqaro maydonda faoliyat yuritadigan davlatlar va xalqaro tashkilotlar, davlat va jamoatchilik 
tashkilotlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomatik, harbiy va boshqa aloqalarning o‘zaro 
munosabatli majmuyidir. «O‘zbekiston — xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektidir» konstitutsiyaviy prinsipi 


55 
O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy olamdagi o‘rnini ko‘rsatibgina qolmay, davlatimiz jahon hamjamiyatining 
ajralmas qismi ekanini amalda tasdiqlaydi. 
650. «Халқаро оммавий ҳуқуқ» тушунчасига таъриф беринг? 
Xalqaro ommaviy huquq davlatlar va ommaviy 
hukumatni taqdim etadigan siyosiy tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga 
soladi. 
651. «Халқаро шахсий ҳуқуқ» тушунчасига таъриф беринг? 
Shaxsiy huquq xorijiy, jismoniy va yuridik shaxslar 
qatnashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, turli davlatlarga tegishli firmalar o‘rtasidagi 
munosabatlar, turli mamlakatlar fuqarolarining nikoh tuzishi va hokazolar. Xalqaro huquqiy me’yorlar bilan tartibga 
solinadigan huquqiy munosabatlarda qatnashish uchun yuridik maqomga ega shaxslar xalqaro huquqning subyektlari 
hisoblanadi. 
652. Дунёда нечта ҳуқуқ тизим оилалари мавжуд ва уларга таъриф беринг? 
«Davlat va huquq asoslari» fanida 
turli huquq tizimlarini ularning o‘xshashligiga qarab yagona «huquqiy oila»ga birlashtirish qabul qilingan. Roman-
german yoki kontinental «huquqiy oila». Ingliz-Amerika «huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi. Diniy-an’anaviy 
«huquqiy oila» (Yaponiya, Hindiston, Xitoy va hokazo) asosiy huquq manbayi sifatida diniy qoidalarni e’tirof etadi.
653. Роман-герман ёки континентал «ҳуқуқий оила»си ҳақида сўзлаб беринг? 
Roman-german yoki kontinental 
«huquqiy oila» (Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya va boshqalar) sudlarning qonun yaratish huquqini tan olmaydi. U 
sudlarning qonun chiqaruvchiga aylanishiga qarshi. Shuning uchun asosiy huquq manbayi sifatida u faqat qonunni, 
konstitutsiyaga va qonunga asosan qabul qilingan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarnigina e’tirof etadi. 
654. Инглиз-Америка «ҳуқуқий оила»си ёки «умумий ҳуқуқ» тизими ҳақида сўзлаб беринг? 
Ingliz-Amerika 
«huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi (AQSh, Kanada, Avstriya, Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari va 
boshqalar) kontinental «huquqiy oila»dan farq qilib, asosiy huquq manbayi sifatida qonunni emas, balki sud pretsedentini, 
ya’ni sud qarorida mavjud bо‘lgan qoidani e’tirof etadi. 
655. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳужжатларнинг ўзига хос хусусиятларини айтиб беринг? 
1) universal 
tusga ega (ya’ni inson huquqlari va barcha asosiy erkinliklari hurmat qilinadi); 2) umum qabul qilingan (ya’ni barcha 
davlatlarda rioya qilinadi); 3) irqi, jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’i nazar hammaga ta’sir qiladi; 4) qonunlarda ushbu 
masala yuzasidan milliy modellarni ishlab chiqish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi. 
656. «2017–2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантиришнинг бешта устувор ёъналиши бўйича Ҳаракатлар 
стратегияси»да ташқи сиёсатнинг қандай чоралари назарда тутилган? 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasida ustuvor yo‘nalishlardan biri — chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, 
suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilishga alohida e’tibor beradi. Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni 
himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil 
etish; fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash; davlatning mudofaa qobiliyatini 
mustahkamlash, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish; atrof-tabiiy muhit, aholi 
salomatligi va genofondiga zarar yetkazadigan ekologik muammolarning oldini olish; favqulodda vaziyatlarning oldini 
olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish ushbu sohaning asosiy yo‘nalishlari sifatida tayinlandi. 
657. БМТ Устави тасдиқланган вақти ва уни имзолаган давлат ҳақида гапириб беринг? 
Ikkinchi jahon urushi 
(1939–1945-yillar) tugagach, 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskoda (AQSh) 51 ta mamlakat dunyoda tinchlik va 
xavfsizlikni saqlash maqsadida BMT Ustavini imzoladi, uni haqqoniy ravishda «Tinchlik konstitutsiyasi» deb nomlash 
mumkin. 
658. Ўзбекистонинг БМТга аъзолиги ҳамда ҳозирги кунда БМТда нечта давлат иштирок этиши ҳақида 
маълумот беринг? 
Hozirgi kunda 193 ta mamlakat BMT a’zosi hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston ham 1992-yil
2-martda BMTning teng huquqli a’zosiga aylandi.
659. БМТнинг ҳарбий кучларидан қайси ҳолатларда фойдаланиш мумкин? 
BMT ustaviga muvofiq BMT harbiy 
kuchlari BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etiladi va amal qiladi. Mazkur harbiy 
kuchlar faqatgina favqulodda vaziyatlarda boshqa barcha choralar natija bermaganda (BMT Ustavi 42-moddasi), tinchlik 
buzilganida yoki unga tahdid tug‘ilganida, agressiya holatlarida (BMT Ustavi 39-moddasi) xalqaro tinchlik va 
xavfsizlikni tiklash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 
660. БМТга аъзо давлатлар ўз ҳаракатларини қандай тамойилларга асосан амалга оширади? 
— tenglik;
— xalqaro norma va bitimlarga rioya qilish; — nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish; — kuch bilan tahdid qilish yoki uni 
qo‘llashdan voz kechish; — ichki ishlarga qo‘shilmaslik; — hamkorlik.
661. БМТнинг асосий мақсадлари ҳақида сўзлаб беринг? 
Butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash;
— do‘stona munosabatlarni rivojlantirish; — kambag‘allik, qashshoqlik, kasallik, savodsizlikni tugatish; — atrof muhitga 
yetkazilayotgan zararning oldini olish; — inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash. 
662. БМТ тузилмаси ҳақида нималарни биласиз? 
- Bosh Assambleya BMTning eng vakolatli organi hisoblanadi. 
Uning ishida 193 mamlakat qatnashadi, ular har yili global tusdagi 150 dan ortiq masalani muhokama etishadi.
- Xavfsizlik Kengashi 5 ta davlatdan (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya) va 2 yil muddatga saylanadigan 
10 ta doimiy bo‘lmagan qatnashchilardan tarkib topgan. Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikni saqlash masalalarini 
ko‘rib chiqadi. - Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash BMTga a’zo 54 davlatdan iborat, sotsial-iqtisodiy masalalarni ko‘rib 
chiqadi. Vasiylik Kengashi sobiq mustamlaka kolonial yerlarning o‘z yo‘nalishini aniqlashiga yordamlashadigan kuzatuv 
organi. - Xalqaro Sud 15 sudyadan iborat bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi, shuningdek xalqaro 


56 
muammolar bo‘yicha konsultativ xulosalar beradi. Kotibiyat BMT Bosh Kotibi tomonidan boshqariladi va BMT 
ma’muriy organi hisoblanadi. 
663. «Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси» қачон қабул қилинган? 
Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasi — 1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida 217 
A (III) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va BMTga a’zo barcha davlatlar uchun tavsiya qilingan. Deklaratsiya matni 
hamma odamlarga taalluqli huquqlarni global aniqlab bergan birinchi hujjatdir. U 30 moddadan iborat bo‘lib, iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, shuningdek Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro 
pakt hamda ikkita Fakultativ Bayonnoma barobarida Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro billning bir qismi hisoblanadi. 
1950-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan BMT Inson huquqlari kunini 
belgiladi. U 10-dekabrda nishonlanadi. 
664. БМТ Болалар Фонди (ЮНИСЕФ) қачон ташкил топганлиги ва унинг асосий вазифалари ҳақида 
маълумот беринг? 
1946-yildan boshlab BMT doirasida, shuningdek, BMT Bolalar Fondi (YUNISEF) ham faoliyat 
yuritmoqda. U mamlakatlarga favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashadi, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitar yordam 
ko‘rsatish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, maqbul sanitar sharoitlari yaratish bilan shug‘ullanadi, bolalar va ayollar 
ovqatlanishi va ta’lim olishi ustidan nazorat qiladi. YUNISEF faol ishlari tufayli har yili 3 milliondan ortiq bolaning 
hayoti saqlab qolinadi.
665. «Бола ҳуқуқлари декларацияси» ва унинг асосий мақсадлари ҳақида маълумот беринг? 
1959-yilda BMT 
Bosh Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. Uning maqsadi baxtli bolalikni ta’minlash, bolalarning 
huquq va erkinliklaridan ularning o‘zlari va jamiyat manfaatlarida foydalanishdan iborat bo‘lib, barcha davlatlar va 
manfaatdor shaxslarni bolalarga berilgan huquqlarni tan olishga va ularga rioya etishga chaqirdi. 
666. Болалар ҳуқуқлари ҳақидаги Конвенция қабул қилинган вақт ва унда назарда тутилган 18 ёшга тўлмаган 
шахсларнинг элементар ҳуқуқлари ҳақида нималарни биласиз? 
1989-yil 20-yanvardagi Bolalar huquqlari haqidagi 
Konvensiyada ham mustahkamlangan. Unda davlatlar tomonidan 18 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun elementar 
huquqlar ta’minlanishi nazarda tutilgan: — o‘z oilasida yashash huquqi; — yetarlicha ovqatlanish va toza suv bilan 
ta’minlanish huquqi; — qulay yashash darajasiga ega bo‘lish huquqi; — sog‘lig‘ini saqlash huquqi; — alohida 
g‘amxo‘rlik va maxsus professional tayyorgarlik olish huquqi; — o‘z tilida so‘zlashish, o‘z dinidan va madaniyatidan 
foydalanish huquqi; — o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashish huquqi; — erkin ta’lim olish huquqi; — o‘z 
salomatligini himoyalash huquqi; — shafqatsizlik, kamsitish va adolatsiz munosabatda bo‘lishdan himoyalanish huquqi; 
— o‘z fikrini erkin bildirish, o‘z nuqtayi nazarlarini namoyon etish uchun tengdoshlari bilan uchrashish huquqi

667. «Фуқаролик» тушунчасига таъриф беринг? 
Fuqarolik instituti har bir suveren davlat uchun majburiy 
hisoblanadi. Fuqarolik jismoniy shaxslar va davlat o‘rtasida barqaror siyosiy-huquqiy aloqalar mavjudligini anglatadi. 
Fuqarolik shaxsning huquqiy holatini qonunan tartibga soladi va uning tegishli huquqlari va majburiyatlarini belgilab 
beradi. Biroq fuqarolik maqomi har bir insonga berilmaydi, chunki mamlakatda yashaydigan hamma odamlar ham uning 
fuqarolari hisoblanmaydi. Boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ma’lum hayotiy holatlardan kelib chiqib, 
vaqtinchalik yoki muntazam yashaydigan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan odamlar ko‘plab topiladi. Bu toifaga xorijiy 
fuqarolar hamda boshqa davlat fuqarosi ekanligini isbotlay olmaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Biroq 
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishmasa ham, bu shaxslar uning qonunlariga rioya etishlari, Konstitutsiyada, qonunlarda va 
xalqaro shartnomalarda belgilangan majburiyatlarni bajarishlari shart. 
668. Ўзбекистон Республикасида хорижий фуқаролар ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг ҳуқуқ ва 
эркинликлари нимага асосан таъминланади? 
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ta’minlanadi. Ular inson huquqlari sohasidagi har 
bir odamga nisbatan e’tirof etilgan xalqaro hujjatlar tomonidan tan olingan huquq va erkinliklardan foydalanishadi. Faqat 
davlat fuqarolariga taalluqli bo‘lgan favqulodda huquqlar bundan mustasno. O‘zbekiston fuqarolaridan farqli ravishda 
xorijiy fuqarolar saylash huquqidan foydalana olishmaydi, deputatlar yoki senatorlar sifatida saylanishga va harbiy xizmat 
qilishga haqli emas. Bu barcha davlatlarda tan olingan amaliyot bo‘lib, bunday cheklovlar tahqirlash choralari 
hisoblanmaydi. 
669. Ўзбекистон Республикаси фуқаролигини олиш асосларини айтиб беринг? «
O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunda fuqarolikni olishning bir nechta asosi keltirilgan: — tug‘ilganligi bo‘yicha;
— O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi natijasida; — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida 
nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra; — «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda. 
670. Ўзбекистон Республикаси фуқаролигидан чиқиш мумкин бўлмаган ҳолатларни айтиб беринг? 
Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki unga nisbatan ijro etiladigan sud hukmi 
kuchga kirgan hollarda fuqarolikdan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolikdan chiqishi O‘zbekiston davlat xavfsizligi 
manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirda ham bunday iltimosnoma rad etiladi

671. Ўзбекистон Республикаси фуқаролигини йўқотишнинг асослари ҳақида гапириб беринг? 
Shaxs chet 
davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va 
boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida; — agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida 
uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa; — agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-
shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa; — agar shaxs chet davlat foydasini 
ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga 


57 
jiddiy zarar yetkazgan, shuningdek, terrorchilik tashkilotlarida ishtirok etgan bo‘lsa; — agar shaxs chet davlatning 
fuqaroligini olgan bo‘lsa. 
672. Инсон ҳуқуқлари ва эркинликларини ҳимоялаш билан боғлиқ давлат ички механизмининг асосий 
бўғинлари ҳақида гапириб беринг? 
Adolatli sudlovni amalga oshiradigan sud organlari; — qonunlar aniq bajarilishini 
nazorat qiladigan va inson erkinliklari va huquqlarini himoyalaydigan prokuratura organlari; — huquq buzarliklarga chek 
qo‘yilishi va inson huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni bajaradigan ichki ishlar 
organlari. 
673. Мамлакатдаги инсон ҳуқуқлари бўйича қўшимча миллий муассасалар ҳақида гапириб беринг?
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman); — Inson huquqlari 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi; — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun 
hujjatlari monitoringi instituti; — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti kiradi

674. «Фуқаролиги бўлмаган шахслар» тушунчасига таъриф беринг? 
Hech bir davlatning fuqarosi maqomiga ega 
bo‘lmagan jismoniy shaxslar (apatrid) deyiladi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘la huquqli fuqarolar hisoblanmasa ham, 
ushbu shaxslar ularni qabul qilgan mamlakatning amaldagi qonunlariga bo‘ysunishlari shart. Fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar barcha inson huquqlariga egadirlar, lekin to‘la huquqli fuqarolarning asosiy imtiyozlaridan foydalana olmaydilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning 
tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va ularga homiylik ko‘rsatishi kafolatlangan. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Shu bilan 
birga, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan 
majburiyatlarini ado etadilar. 
675. «Ҳуқуқ» тушунчасига таъриф беринг? 
Huquq — davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan barcha 
uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining tizimi.
676. «Ҳуқуқий давлат» тушунчасига таъриф беринг? 
Huquqiy davlat — huquq va qonunning ustuvorligi hamda 
sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyatining tizimi qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi prinsipi asosida amalga oshiriladigan davlatdir. 
677. «Конституциявий ҳуқуқ» атамаси қандай маъноларда қўлланилади? 
Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq 
tizimidagi ko‘plab huquq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy huquq» 
atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq bir tarmog‘i, bunda «konstitutsiyaviy huquq» 
huquqning ko‘plab xilma-xil tarmoqlaridan biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama «konstitutsiyaviy 
huquq»ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib beradi. Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim 
muassasalarida o‘rganiladigan o‘quv predmeti tushuniladi. 
678. Конституциявий ҳуқуқнинг фан сифатидаги аҳамияти ҳақида нималарни биласиз? 
Huquqning tarmog‘i 
sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladi. Fan sifatida davlat qurilishi, shaxs va 
fuqaroning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o‘rganadi. O‘quv predmeti sifatida esa 
ma’rifatchilik vazifasini bajaradi va sohada to‘plangan bilimlarni tarqatadi. 
679. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг тузилиши ҳақида гапириб беринг? 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi aniq ishlab chiqilgan tuzilmasi bilan ajralib turadi. Uning tuzilmaviy qismlariga 
muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 modda kiradi.
680. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг кириш қисми — муқаддимасида нима ҳақида ёзилган? 
Konstitutsiyamizning kirish qismi — muqaddimada O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti 
g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini 
nazarda tutishi ko‘rsatilgan. 
681. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг биринчи бўлимида нималар ҳақида сўз юритилади? 
Birinchi bo‘lim normalarida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi 
siyosatdagi umum tan olingan prinsiplari va xalqaro huquq normalari asosiy tamoyillar sifatida qayd etiladi.
682. Инсонпарварлик принципи ҳақида сўзлаб беринг? 
Insonparvarlik prinsipi shuni bildiradiki, 
respublikamizdagi barcha fuqarolar umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega 
bo‘ladilar. 
683. Ўзбекистон Республикаси ҳудудида ўлим жазо чораси қачон бекор қилинган? 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda jinoiy 
jazolashning o‘limga mahkum etish turi bekor qilindi. 
684. «Демократия» тушунчасига таъриф беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat 
hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Demos (yunoncha) – «xalq», kratos – «boshqaruv» degan ma’noni bildiradi. 
Demak, demokratiya – xalqning xohish-irodasini aks ettiradi. Demokratiya – insonning davlat ishlarini hal qilishda 
yashirin ovoz berish orqali yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasi — insonning davlat 
ishlarini hal etishda o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali ishtirok etishidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston 
xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishga haqli. 
685. Ўзбекистон Республикаси давлат ҳокимиятида халқнинг ўрни ҳақида гапириб беринг? 
Xalq davlat 
hokimiyatining birdan bir manbayidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar 


58 
tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini 
o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini 
tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi, 7-modda. 
686. Ўзбекистон Республикасида халқ ҳокимиятчилиги ҳақида сўзлаб беринг?
687. Ваколатли органларга ариза, таклиф ва шикоятлар билан мурожаат қилиш ҳуқуқи деганда нимани 
тушунасиз? 
Vakolatli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish — bu fuqarolarning davlat va jamiyat 
ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy shakllaridan biri bo‘lib, bu huquq — fuqarolarning siyosiy faolligini 
namoyon qilishlarini, shuningdek o‘zlarining huquqlarini himoya qilishning muhim vositalaridan biridir. 
688. Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг сиёсий ҳуқуқлари ҳақида гапириб беринг? 
Fuqarolarning 
huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va 
jamiyat ishlarini boshqarishidagi ishtiroki bilan bog‘liqdir. Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita 
siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatini 
amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Siyosiy huquq va erkinliklar insonning davlat fuqaroligiga ega 
bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakllantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri 
hisoblanadi. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning 
muhim prinsiplaridan biridir. Konstitutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga 
oshirish shakllari ifodalangan. O‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o‘z vakillari 
orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar. 
689. Қандай ҳолларда шахс конституцион эркинликлардан тўлиқ фойдалана олмайди? 
Ijtimoiy hayot shunday 
tuzilganki, inson mutlaq erkinlikdan foydalana olmaydi. Chunki jamiyatda yashar ekan, atrofidagi odamlarni hisobga 
olmay iloji yo‘q. Boshqa shaxslar manfaatlariga zid qo‘llanilgan erkinlik ushbu shaxslarga muayyan zarar yetkazadi. 
Aynan shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida: «Fuqarolar o‘z huquq va 
erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va 
erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart» ekanligi alohida ta’kidlangan. 47-moddaga muvofiq esa: «Barcha fuqarolar 
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar». 
690. Фуқароларнинг конституциявий мажбуриятларини санаб ўтинг? 
48-modda. Fuqarolar Konstitutsiya va 
qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga 
majburdirlar. 49-modda. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga 
majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir. 50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona 
munosabatda bo‘lishga majburdirlar. 51-modda. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni 
to‘lashga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 
691. «Маъмурий ҳуқуқ» тушунчасига таъриф беринг? 
Ma’muriy huquq — davlat boshqaruvi jarayonida vujudga 
keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladigan huquq tarmog‘i. Avvalambor bu ijroiya hukumati tomonidan 
davlatning xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’muriy-siyosiy jarayonlarini boshqarish bo‘yicha funksiya va 
vazifalarini bajarishda kundalik amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan boshqaruv munosabatlaridir. Ma’muriy 
huquq tizimi – ma’muriy huquq normalari va institutlarini birlashtiradi.
692. Маъмурий ҳуқуқ қандай муносабатларни тартибга солади? 
— tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga 
bo‘ysunadigan davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar);
— bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat idoralari (ikki vazirlik, ikki hokimlik); — davlat idora organlari va ularga 
bo‘ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar; — davlat idora organlari va birlashmalari 
o‘rtasidagi munosabatlar; — davlat idora organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar. Ma’muriy huquq – huquq 
tizimining mustaqil tarmog‘i sifatida davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat.
693. Маъмурий ҳуқуқ тамойилларини санаб беринг ва уларни изоҳлаб беринг? 
1. Qonuniylik Davlat, uning 
idoralari, mansabdor shaxslar, fuqarolarning jamoatchilik birlashmalari o‘z faoliyatlarini Konstitutsiya va qonunlarga 
muvofiq amalga oshirishlari lozim. 2. Fuqarolarning qonun oldida teng huquqliligi O‘zbekiston Respublikasining barcha 
fuqarolari bir xil huquqqa va erkinlikka egadirlar hamda qonun oldida teng huquqlidirlar. 3. Demokratiya Fuqarolarning 
jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlari va huquqlarini bildiradi. 4. Gumanizm 
(insonparvarlik) Insonning eng yuksak qadr-qimmatini tan olish va uning obro‘-e’tiborini hamda huquqi va erkinligi 
daxlsizligini hurmat qilishdir. 5. Adolat Inson shaxsiga, uning jinsi, irqi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, 
xolis va beg‘araz munosabatda bo‘lish. 6. Ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi Ma’muriy qonunbuzarlik qilgan 
bironta shaxs javobgarlikka tortilmay qolmaydi.
694. Маъмурий ҳуқуқ манбаларига нималар киради? 
— O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
— Konstitutsiyaviy qonunlar; — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari; — O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari; — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining yo‘riqnomalari, nizomlari; — mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
qarorlari kiradi.
695. Маъмурий ҳуқуқ субъектларини санаб беринг? 
Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston 


59 
Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlari 
hisoblana.
696. Жамоат бирлашмалари ижтимоий муаммоларни ҳал қилишда қандай ўрин тутади? 
Ijtimoiy muammolarni 
hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. Mahalliy muammolarni hal etishda o‘zini o‘zi boshqaruvchi mahalliy 
idoralar, masalan, fuqarolar yig‘inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va hokazolar katta ahamiyatga ega. 
Ular o‘z vazifalarini ko‘ngillilik asosida bajaradilar. Jamoat tashkilotlarining qarorlari faqat ana shu tashkilotga kiruvchi 
fuqarolar uchun majburiydir. 
697. Ҳуқуқий жавобгарликнинг мақсади? 
Huquqiy javobgarlikning maqsadi nafaqat huquq buzarlikni 
ogohlantirish va uning oldini olishdan, balki insonni tarbiyalash, unga noqonuniy xatti-harakatining xavfini anglashiga 
ko‘mak berishdan ham iboratdir. 
698. Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси ҳақида нималарни биласиз? 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonun hujjatlarida sodir etganlik 
uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquq buzarliklarga ham taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasining 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan 
tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 22-sentabrdagi Qarori bilan 1995 yil 1-apreldan joriy 
etilgan. Hozirgi paytga qadar unga ko‘plab o‘zgarishlar kiritilgan. 
699. Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги қонун ҳужжатларининг вазифалари ҳақида гапириб беринг?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni 
ta’minlashni, ma’muriy huquq buzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek 
bunday huquq buzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya 
etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
700. «Маъмурий мажбурлаш» тушунчасига таъриф беринг? 
Ma’muriy majburlash — ma’muriy hokimiyatni 
amalga oshirish bo‘yicha maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan ijro organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan tashkiliy, 
jismoniy va ruhiy ta’sir o‘tkazish. Ta’sir o‘tkazish huquqiy ko‘rsatmalarning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga 
oshiriladi. Ma’muriy majburlash nafaqat alohida shaxslarga, balki tashkilotlarga nisbatan ham qo‘llaniladi

701. «Маъмурий ҳуқуқбузарлик» тушунчасига таъриф беринг? 
Ma’muriy huquq buzarlik deganda qonun 
hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, 
mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik 
orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. 
702. Маъмурий жазо чораларининг турларини санаб беринг? 
1) jarima; 2) ma’muriy huquq buzarlikni sodir etish 
quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; 3) ma’muriy 
huquq buzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; 4) 
muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) 
mahrum etish; 5) ma’muriy qamoqqa olish; 6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston 
Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish. 
703. Асосий ва қўшимча маъмурий жазо чораларини айтиб беринг? 
Ashyolarni ularning haqini to‘lash sharti 
bilan olib qo‘yish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham 
asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa ma’muriy 
jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin. 
704. «Маъмурий жазо» тушунчаси ва мақсади ҳақида айтиб беринг? 
Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi 
bo‘lib, u ma’muriy huquq buzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, 
shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquq buzarlik sodir 
etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. — ma’muriy huquq buzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va 
ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; — ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham 
yangi huquq buzarlik sodir etilishining oldini olish. 
705. Маъмурий жавобгарлик субъектлари ҳақида сўзлаб беринг?
706. Маъмурий жарима жазо чораси ҳақида сўзлаб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksining 332-moddasiga muvofiq, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror 
topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest 
bildirilgan taqdirda shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh 
kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim. 
707. «Мусодара қилиш» маъмурий жазо чораси ҳақида гапириб беринг? 
Ma’muriy huquq buzarlik sodir etish 
quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi
708. «Махсус ҳуқуқдан махрум қилиш» маъмурий жазо чораси ҳақида гапириб беринг? 
Muayyan shaxsni unga 
berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi 
tuman (shahar) ma’muriy sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 
o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak. 
709. Маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишларни кимлар кўриб чиқиш ҳуқуқига эга? 
Ma’muriy ishlar 
bo‘yicha sudyalar; — tuman markazidan olisda joylashgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish idoralari qoshidagi ma’muriy komissiyalar; — voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman 


60 
(shahar) komissiyalari; — ichki ishlar idoralari; — Mudofaa vazirligi idoralari; — O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari; — davlat yong‘in nazorati idoralari va boshqalar kо‘rib 
chiqadilar. 
710. «Маъмурий қамоқ» маъмурий жазо чораси ҳақида гапириб беринг? 
Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan 
o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz 
sutkagacha muddatga qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish tuman (shahar) ma’muriy sudi tomonidan, favqulodda holat 
tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘i tomonidan belgilanadi

711. Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик ҳуқуқи манбаларига нималар киради? 
— Konstitutsiya;
— Fuqarolik kodeksi; — amaldagi qonunlar; — qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, 
Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari); — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari; — ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar); — mahalliy odat va 
an’analar 
712. Фуқаролик қонун ҳужжатлари қандай муносабатларни тартибга солади? 
Fuqarolik qonun hujjatlari 
fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual 
faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, 
shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy 
munosabatlarni tartibga soladi. 
713. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси ҳақида гапириб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29-avgustdagi Qonuni bilan 
tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan amalga joriy etilgan. 6 
bo‘lim, 71 bob va 1199 moddadan iborat. Hozirgi paytga qadar ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilgan. 
714. Фуқаролик-ҳуқуқий муносабатлар субъектлари ҳақида сўзлаб беринг? 
Fuqarolar, yuridik shaxslar, 
shuningdek davlat fuqarolik huquqi subyektlari hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar subyektlarining yakka tartibdagi va 
jamoa turlari mavjud. Yakka tartibdagi subyektlar (jismoniy shaxslar)ga: — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
— fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; — ajnabiy fuqarolar kiradi. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deyilganida O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlar fuqrolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Bunda 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va ajnabiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari fuqarolar huquq 
munosabatlariga kirishishi mumkin. Jamoa subyektlariga yuridik shaxslar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksida yuridik shaxslarning ikki turi qayd etilgan: — foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan 
tijoratchi tashkilotlar (to‘liq va kommandit shirkatlar, cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, aksiyadorlik 
jamiyatlari, unitar korxonalar va boshqalar); — foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan notijorat 
tashkilotlar (matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, fondlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari va 
boshqalar). Fuqarolik huquqi subyekti sifatida davlat huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari bilan bir хil 
asoslarda ish ko‘radi. Bunda, umumiy qoidaga muvofiq, davlat va u tashkil etgan yuridik shaxslar bir-birlarining 
majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. 
715. Фуқаролик-ҳуқуқий муносабатлардаги фуқароларнинг ҳуқуқлари ҳақида айтиб беринг? 
— mulk huquqi 
asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; — mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; — bankda 
jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; — tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan 
boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; — yollanma mehnatdan foydalanishlari; — yuridik shaxslar tashkil etishlari;
— bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; — yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari;
— mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; — fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan 
qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Fuqarolar boshqa 
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
18-modda. 
716. «Юридик шахс» тушунчасига таъриф беринг? 
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida 
alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan 
mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara 
oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans 
yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 39-modda.
717. «Ҳуқуқий лаёқат» ва «муомала лаёқати» тушунчаларига таъриф беринг? 
Huquqiy munosabatlar subyekti 
bo‘lish uchun shaxslar huquqiy layoqat yoki muomala layoqatiga ega bo‘lishlari kerak. Huquqiy layoqat — fuqarolarning 
huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va 
butun hayoti davomida saqlanadi. Muomala layoqati — shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish 
va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh 
cheklanishlari bilan bog‘liq. 
718. «Ҳуқуқий лаёқат» ва «муомала лаёқати» ўзаро фарқларини айтиб беринг? 
Huquqiy munosabatlar subyekti 
bo‘lish uchun shaxslar huquqiy layoqat yoki muomala layoqatiga ega bo‘lishlari kerak. Huquqiy layoqat — fuqarolarning 
huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va 
butun hayoti davomida saqlanadi. Muomala layoqati — shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish 
va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh 
cheklanishlari bilan bog‘liq. 


61 
719. Муомала лаёқати ҳақида нималарни биласиз? 
Muomala layoqati — shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik 
huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish 
layoqati. Bu ruhiy va yosh cheklanishlari bilan bog‘liq. Muomala layoqati quyidagicha bo‘ladi: — to‘la hajmdagi
(18 yoshdan boshlab); — voyaga yetmaganlar (14 yoshdan 18 yoshgacha); — kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar
(7 yoshdan 14 yoshgacha). 
720. Фуқоролик-ҳуқуқий муносабатларда вояга етмаганлар қандай битимлар туза олишади? 
Fuqarolik 
kodeksiga voyaga yetmaganlar emansipatsiyasi tushunchasi kiritildi. Lotin tilidan tarjima qilinganda «emansipatsiya» 
so‘zi «tobelikdan ozodlikka chiqish, huquqlarda tenglashish» ma’nosini anglatadi. Voyaga yetmaganlar quyidagi hollarda 
to‘liq yuridik salohiyatga ega deb tan olinadi: — 16 yoshga yetganidan so‘ng; — yovaga yetmagan shaxs tomonidan 
mehnat shartnomasi tuzish yoki tadbirkorlik faoliyati yuritishga ham otasi, ham onasining roziligi olinganida. 14 yoshga 
yetmagan (voyaga yetmagan — kichik yoshdagi bolalar) mayda maishiy bitimlarni bajarishga (masalan, do‘kondan non 
xarid qilish, shuningdek ota-onasi yoki uchinchi shaxslardan olgan pul mablag‘idan foydalanishga) haqli. Bundan 
tashqari, kichik yoshdagi bolalar evazsiz (badalsiz) manfaat ko‘rishga qaratilgan ba’zi bitimlarni (tug‘ilgan kunda sovg‘a 
qilish) amalga oshirishlari mumkin. Kichik yoshdagi bolalar bajargan bitimlar uchun ularning ota-onasi javobgar bo‘ladi. 
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni o‘z ota-onalarining yozma roziligi bilan tuzishga 
haqlidirlar. Ular mustaqil ravishda o‘z ish haqi, stipendiyasi, bankdagi omonatini tasarruf etish, mualliflik huquqidan 
foydalanishlari mumkin. 
721. Муомалага лаёқатсиз деб тан олиш асослари ва тартиби ҳақида маълумот беринг? 
Fuqaroning muomalaga 
layoqatliligi nafaqat uning yoshiga (olti yoshgacha bolalar muomalaga layoqatsizdir), balki ruhiy sog‘ligining holatiga 
ham bog‘liqdir. Fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan ruhiy 
kasallik (aqli zaiflik) fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topishga asos bo‘lib, fuqaro, shuningdek, o‘z harakatlarining 
ahamiyatini tushunsa-da, ammo ularni boshqara olmagan taqdirda ham muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin. 
Fuqaro faqat sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin, bu esa uning huquqlarini kafolatlaydi va 
muhofazalaydi. Fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilganidan so‘ng bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Vasiy 
muomalaga layoqatsiz fuqaroning qonuniy vakili bo‘lib, uning huquqlarini himoya qiladi hamda uning nomidan bitimlar 
va yuridik ahamiyatga ega boshqa harakatlarni amalga oshiradi. Basharti fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilishiga 
sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud sog‘aygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish hamda uning ustidan 
belgilangan vasiylikni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqaradi. 
722. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодексига мувофиқ битимларга қандай талаблар қўйилган?
1. Qonuniylik. Qonunga zid harakatlar ta’qib qilinadi va jazolanadi. Misol uchun, giyohvandlik vositalari va qurol-yarog‘ 
bilan savdo qilishni qonuniy deb bo‘lmaydi. 2. Taraflarning yetarlicha huquqiy layoqati. Eslang, 18 yoshga to‘lmagan 
shaxslar to‘liq hajmda o‘z huquqlarini amalga oshirishi va yuridik burchlarga ega bo‘lishi mumkm emas. Demak, bitimlar 
aksariyat hollarda muomalaga to‘liq layoqatli shaxslar tomonidan tuziladi. 3. Ixtiyoriylik. Ixtiyoriylik qoidasi qo‘rqitish, 
yanglishish, aldash va zo‘rlik bilan tuzilgan bitimlarni taqiqlaydi. 4. Shaklga rioya qilish. Qonunlar bilan bitimlarning 
quyidagi shakllari belgilangan: og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan). Bitimlar qonunda ko‘rsatilgan 
hollarda yoki taraflardan birining talabi bo‘yicha notarial tarzda tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulk ishtirokida tuzilgan bitimlar 
davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi shart.
723. «Битимлар» тушунчасини таърифлаб, уларнинг турларини санаб беринг? 
Bitimlar bir taraflama (bu 
hollarda faqat bir tarafning xohishi zarur bo‘ladi — mulkni meros qoldirish, sovg‘a qilish), ikki taraflama yoki ko‘p 
taraflama (shartnomalar) bo‘ladi. Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, 
o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi. О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 101-
modda. 
724. Қандай ҳолларда битимлар ҳақиқий эмас деб топилади? 
— qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik; 
— qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmagan; — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan; — o‘n 
to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari 
yoki homiysining roziligisiz tuzilgan; ruhiy kasalligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan 
tuzilgan; — muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan; — bitimni tuzish paytida 
o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan;
— yanglishish ta’sirida tuzilgan; — aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda 
kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan (asoratli bitim);
— qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun, yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim 
(qalbaki bitim); — yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan, ya’ni yuridik shaxs tomonidan uning ustav 
maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs 
tomonidan tuzilgan. 
725. «Вакиллик» тушунчасига таъриф беринг? 
Vakillik — ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil 
qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) 
nomidan tuzilgan bitimdir. O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni vakil orqali tuzishga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va 
vasiylari tuzadilar. 
726. «Ишончнома» тушунчасига таъриф беринг ва у ҳақида нималарни биласиз? 
Ishonchnoma oddiy yozma 
shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar 


62 
ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi. 
Berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. 
727. Фуқаролар ва юридик шахсларнинг қандай ҳаракатлари битим деб тан олинади? 
728. Мулк ҳуқуқи, мулкдан фойдаланиш ва мулкга эгалик қилиш тушунчаларига таъриф беринг? 
Mulk huquqi 
shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ihtiyoriga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
729. Фойдаланиш ва эгалик қилиш тушунчаларининг бир-биридан фарқи нимада? 
Mulkdan «foydalanish» 
undan foydali xossalarni olish (samarani olish, daromad topish) demakdir. Mol-mulkka «egalik qilish» esa: uni sotish, 
almashtirish yoki sovg‘a qilish huquqiga; o‘zgartirish, ya’ni xossalarini yaxshilash yoki yomonlashtirish huquqiga; mol-
mulkni yo‘q qilish huquqiga ega bo‘lishdir. 
730. Мулк ҳуқуқининг вужудга келиш асосларини санаб беринг? 
Mehnat faoliyati; — mol-mulkdan foydalanish 
sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, — shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida 
qo‘lga kiritish; — davlat mol-mulkini xususiylashtirish; — meros qilib olish; — egalik qilish huquqini vujudga 
keltiruvchi muddat; — qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslar. 
731. Мулк ҳуқуқининг бекор қилиниши ҳақида гапириб беринг? 
Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda 
majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori 
asosida mol-mulkni olib qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga 
asosan bekor bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 197-modda. Mol-mulkni yo‘q qilish (tugatish) 
natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid bo‘lmagan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Mulkdor tomonidan tarixiy 
yoki madaniy boylik bo‘lgan mol-mulkning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur 
mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yo‘q qilingan bo‘lsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin. Mol-mulkni 
yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonun hujjatlarida yoki ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
198-modda. 
732. Мулк ҳуқуқининг бекор қилиниши хусусиятлари ҳақида гапириб беринг? 
Mol-mulkni yo‘q qilish 
(tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid bo‘lmagan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Mulkdor tomonidan 
tarixiy yoki madaniy boylik bo‘lgan mol-mulkning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan 
mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yo‘q qilingan bo‘lsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin.
Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonun hujjatlarida 
yoki ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksi, 198-modda. 
733. Ўзбекистонда қандай мулкчилик шакллари мавжуд ва уларга эгалик қилиш ҳуқуқининг субъектлари ким 
ҳисобланади? 
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va jamoat mulki shakllarida bo‘ladi. Bunda xususiy mulk 
huquqining subyektlari fuqarolar hamda nodavlat yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin, jamoat mulki huquqi subyekti esa 
davlat hisoblanadi.
734. «Шартнома» тушунчасига таъриф беринг? 
Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini 
vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi, 353-modda. 
735. Фуқаролик-ҳуқуқий шартноманинг асосий белгиларини санаб беринг? 
— shartnoma ixtiyoriy asosda 
tuziladi; — shartnoma taraflari ikki yoki undan ortiq shaxs bo‘lishi mumkin; — shartnomalarda taraflarning bir-biriga 
nisbatan huquqlari va burchlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi qayd etiladi; — taraflar taklif etgan barcha 
shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
736. Шартномани тузишнинг асосий қоидалари ҳақида гапириб беринг? 
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning 
barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma 
tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni 
akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning predmeti 
to‘g‘risidagi shartlar kiritiladi. Shartnomalar aynan predmetiga ko‘ra bir-biridan ajratiladi. Masalan, oldi-sotdi 
shartnomasi, ayirboshlash shartnomasi, mulk ijarasi shartnomasi, pudrat shartnomasi va hokazo. Shartnoma taraflarning 
kelishuvi bo‘lib hisoblangani uchun, taraflar yoki ulardan birontasi u yoki bu masalada kelishuvga erishish zarurligini 
talab qilsa, bu ham shartnomaning muhim shartini tashkil etadi. Bunda tarafning bayon qilish shakli og‘zaki ham, yozma 
ravishda ham bo‘lishi mumkin. Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar 
qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshrish ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk 
topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Shartnomaning ijro muddati taraflar tomonidan kelishiladi va 
shartnomaning o‘zida qayd qilinadi. Bunda shartnomani bajarish muddatlari buzilsa. qo‘llaniladigan jazo choralari ham 
shartnomaga kiritilishi mumkin. Shartnoma mamlakat qonunlariga zid ravishda tuzilgan bo‘lsa yoki boshqa (bitim paytida 
kelishib ko‘rsatilgan) hollarda haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. 
737. Хайр-эҳсон шартномасининг ҳадя шартномасидан фарқини айтиб беринг? 
— xayr-ehson fuqarolar, 
shifoxonalar, tarbiya muassasalari, fondlar, muzeylar va hokazolarga, shuningdek davlatga umumfoydali maqsadlarda 
amalga oshiriladi; — xayr-ehsonni bekor qilish mumkin emas, uni olish uchun kimningdir roziligi shart emas;
— merosxo‘rlik to‘g‘risidagi me’yorlar xayr-ehsonga nisbatan qo‘llanilmaydi. Xayr-ehson — muayyan shaxslar va 
tashkilotlar tomonidan o‘z istagi bilan bajarilgan bepul.
738. Айирбошлаш (алмашиш) шартномаси ҳақида гапириб беринг? 
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra, taraflar 
o‘rtasida bir mol-mulk boshqasiga ayirboshlanadi. Soat, marka, ya’ni ishtirokchilar egalik qiladigan barcha narsalar 


63 
almashtirish-ayirboshlash shartnomasiga misol bo‘ladi. Ayirboshlash shartnomasi kuchga kirganidan keyin har bir taraf 
berilayotgan mulk uchun egalik huquqini yo‘qotadi va olingan mulk uchun xuddi shunday huquqqa ega bo‘ladi. 
739. Истеъмолчи ва сотувчи тушунчаларига таъриф беринг? 
Iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga 
buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs). «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida»gi Qonun, 1-modda. Sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan 
korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor. 
740. Касса чеки ва товар чеки тушунчаларига таъриф беринг? 
Kassa cheki — tovarning sotib olinganligini yoki 
ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana va kassa 
apparatining raqami ko‘rsatilgan hujjat. Tovar cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi 
to‘langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan 
manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan hujjat. 
741. Ўзбекистон Республикасининг 1996 йил 26 апрелдаги «Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш 
тўғрисида»ги Қонунига мувофиқ товарлар ҳақидаги маълумотларда нималар кўрсатилиши лозим? 
— asosiy 
iste’mol xususiyatlari; — ishlab chiqarilgan sanasi; — ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari; — xizmat qilish 
(yaroqlilik) muddati; — saqlash usuli hamda qoidalari; — ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat 
ko‘rsatadigan korxonalarning manzillari. 
742. Мувофиқлик сертификати ва ишлаб чиқарувчи тушунчаларига таъриф беринг? 
«Muvofiqlik sertifikati»
— sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat. Ishlab chiqaruvchi
— iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor
.
743. Паст сифатли ёки нуқсонли товар сотилган тақдирда, истеъмолчи нималарни талаб қилишга ҳақли?
— tovarni ayni shunday rusumli (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; — tovarni boshqa 
rusumdagi (modelli, artikulli) ana shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish; — xarid 
narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; — shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni tiklash. 
744. Товарни айни шундай русумли (моделли, артикулли) мақбул сифатли товарга алмаштириб бериш, 
товарни бошқа русумдаги (моделли, артикулли) ана шундай товарга алмаштириб, унинг харид нархини қайта 
ҳисоб-китоб қилиш, харид нархини нуқсонга мутаносиб равишда камайтириш, шартномани бекор қилиб, 
кўрилган зарарни тиклаш ҳаракатларни тушунтириб беринг? 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq xaridor 7 kunlik muddatda tovarni xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli. Agar 
tovar boshqa rusumli xuddi shunday tovarga almashtirilayotgan bo‘lsa, narxlar orasida farq bo‘lgani uchun qayta hisob-
kitob qilinishi kerak. Masalan, onangizning tug‘ilgan kuniga qora rangli sumkacha sotib oldingiz, lekin uning kiyimiga 
jigarrang sumkacha mos keladi. Bu holda uni sizga kerak bo‘lgan sumkachaga almashtirib berishlari mumkin. Lekin 
do‘konda sizga zarur sumkacha bo‘lmasa, siz xarid qilingan tovarni qaytarishingiz va unga to‘langan summani qaytarib 
olishingiz mumkin. Biroq shuni ham yodda tutish lozimki, xaridorning tovarni almashtirish yoki qaytarib berish talabi 
faqat tovar iste’molda bo‘lmagan, barcha xossalari va sifati saqlangan taqdirda hamda u aynan shu sotuvchidan xarid 
qilinganligi isbotlanganida (ya’ni do‘kon cheki bo‘lganidagina) qondiriladi. 
745. Истеъмолчиларнинг мажбуриятларини айтиб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
401-moddasiga muvofiq, xaridor almashtirishni talab qilishga yoki oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga 
haqqi bo‘lgan holatlardan tashqari, unga sotuvchi tomonidan topshirilgan tovarni qabul qilishi shart. Xaridor qonun 
hujjatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasiga zid ravishda tovarni qabul qilishdan bosh tortsa, sotuvchi shartnoma shartlarini 
bajarishdan bosh tortishga va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. 
746. Товарнинг яроқлилик кафолати ва муддати ҳақида гапириб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasi 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan barcha 
turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar 
iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning 
imkoni bo‘lmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat 
muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ulardan 
foydalanilishini) ta’minlashi shart. Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida 
belgilanmagan bo‘lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim. Kafolat muddati tovar (xizmat)ning 
pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko‘rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa 
hujjatda ko‘rsatiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab 
chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab 
chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda 
realizatsiya qilish man etiladi.
747. Товарни қабул қилишдаги мажбуриятлар ҳақида сўзлаб беринг? 
Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi 
shartnomasining butlik to‘g‘risidagi shartlariga muvofiq bo‘lgan tovarni topshirishi shart. Oldi-sotdi shartnomasida 
tovarning butligi belgilanmagan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga butligi ish muomalasi odatlari yoki odatda qo‘yiladigan 
boshqa talablar bilan belgilanadigan tovarni berishi shart. But bo‘lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi o‘z 
ixtiyoriga ko‘ra sotuvchidan xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni, tovarni oqilona muddatda butlashni talab 
qilish huquqiga ega. Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to‘g‘risidagi talabini bajarmasa, 
sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga, oldi-sotdi shartnomasini 


64 
bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to‘langan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni 
qoplashni talab qilishga haqli. 
748. Товарнинг нархи ҳақида маълумот беринг? 
Xaridor o‘z hisobidan to‘lovni amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan amallarni bajarishga, masalan, pullarni pochta orqali yuborish, pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar va 
hokazolarga majbur. Xarid narxini to‘lash majburiyati oldi-sotdi majburiyatining pulli xarakterga ega ekanligidan kelib 
chiqadi va sotuvchiga muayyan pul mablag‘ini berishda namoyon bo‘ladi. Tovarning xarid narxi, ya’ni xaridor tomonidan 
sotuvchiga berilishi zarur bo‘lgan pul summasi odatda shartnoma taraflari tomonidan belgilanadi. 
749. Товарни суғурталаш мажбурияти ҳақида сўзлаб беринг? 
Tovarni sug‘urtalash majburiyati taraflar roziligi 
bilan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan holda sotuvchiga ham, xaridorga ham yuklanishi mumkin. Bunda 
sug‘urtalash majburiyati shartnomada ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan shartlar sirasiga kirmaydi. Agar shartnomada sotuvchi 
yoki sotib oluvchining tovarni sug‘urtalash majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, biroq unda sug‘urtalash shartlari va tovar 
sug‘urtalanadigan eng kam summa belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta puli tovar 
bahosidan kam bo‘lishi mumkin emas. 
750. Мамлакатимизда истеъмолчилар ҳуқуқларининг давлат томонидан ҳимоя қилинишини таъминлайдиган 
идораларни айтиб беринг? 
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («О‘zdavstandart»); — Sog‘liqni saqlash vazirligi;
— Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi; — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
— Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi; — respublika, viloyat, shahar 
va tuman sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. 
751. Мамлакатимизда истеъмолчилар ҳуқуқларининг давлат томонидан ҳимоя қилинишини таъминлайдиган 
идораларнинг мажбуриятлари ҳақида гапириб беринг? 
Ular iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini 
ко‘rib chiqadilar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilib, sudlarga murojaat etadilar. Tovarlar xavfsiz bo‘lishiga va 
ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga 
oshiradilar, ishlab chiqaruvchilar tovarlar xavfsiz bo‘lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning 
ustidan sudlarda da’vo qo‘zg‘atadilar. 
752. Истеъмолчилар бирлашмалари ҳақида сўзлаб беринг? 
Iste’molchilar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya 
qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin. Iste’molchilarning birlashmalari o‘z 
faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir. «Iste’molchilarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 30-modda. 
753. Истеъмолчилар ҳуқуқларини суд орқали ҳимоя қилиши ҳақида айтиб беринг? 
Iste’molchi sudga murojaat 
qilib huquqlarini himoya qilishi mumkin. Sud barcha sohalar va avvalo savdoda iste’molchini uning huquqlari 
buzilishidan himoya qilishga majbur. Shu tariqa, har bir iste’molchi o‘z manfaatlarini himoya qilish vositalariga ega. 
Faqat ularni bilish va ulardan foydalana olish darkor. Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat 
qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan 
yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq 
da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi 
davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) 
manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar. «Iste’molchilarning 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 29-modda. 
754. Интеллектуал мулк тушунчасига таъриф беринг? 
Har kuni yuz minglab odam o‘z fikrlarini badiiy yoki 
musiqiy asar sifatida ifodalash, tadqiqotlari formulalari yoki jadvallarini yozish, ixtirosi namunaviy nusxasining 
chizmalarini tayyorlash va boshqa maqsadlarda qo‘liga toza qog‘oz oladi. Bunday mehnat — ma’naviy mehnat, u bilan 
yaratilgan asarlar esa intellektual mulk deyiladi. Dastlab intellektual mulk tushunchasi 1967-yilda Jahon intellektual mulk 
tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga binoan joriy qilindi. O‘zbekiston ham mazkur tashkilot a’zosi hisoblanadi. Xalqaro 
konvensiyalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida 
shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi intellektual mulk deb nomlanadi. 
755. Муаллифлик ҳуқуқи тушунчасига таъриф беринг? 
Mualliflik huquqi — fan, adabiyot va san’at asarlarini 
yaratish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqi me’yorlari 
majmuasi. Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining bir qismi bo‘lib, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan fuqarolar 
huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan. Mualliflik huquqi maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usuli (nasr, 
nazm, audioyozuv va hokazo)dan qat’i nazar, chop etilgan hamda qo‘lyozma shaklidagi barcha asarlarga taalluqli bo‘ladi. 
Uni yaratishda ijodiy mehnati singgan shaxs asar muallifi hisoblanadi. Asar hamkorlikdagi ijodiy mehnat mahsuli bo‘lsa, 
u barcha hammualliflarga ham tegishli bo‘ladi. 
756. Муаллифлик ҳуқуқининг юзага келиши ҳақида сўзлаб беринг? 
Asar kimning ijodiy mehnati bilan 
yaratilgan bo‘lsa, ana shu fuqaro asar muallifi deb e’tirof etiladi. Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni 
yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi. Asarning asl nusxasida yoki nusxasida 
muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1046-modda. 
757. Муаллифлик ҳуқуқи манбаларини санаб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod 
sohasidagi munosabatlar Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» (1996-yil 
30-avgust), «Mulkchilik to‘g‘risida» (1992-yil), «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va 


65 
ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi (1995-yil) qonunlar, Soliq kodeksi (1997- yil) bilan tartibga 
solinadi. 
758. Нималар муаллифлик ҳуқуқи объектлари ҳисобланмайди? 
— rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu 
kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari; — rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari 
va shu kabilar); — xalq ijodiyoti asarlari; — oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy 
voqealar haqidagi xabarlar; — insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga 
oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar. 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1044-modda. 
759. Муаллифлик ҳуқуқининг амал қилиш муддатлари ҳақида гапириб беринг? 
Mualliflik huquqining amal 
qilish muddati muallifning butun hayoti va u vafotidan so‘ng 50 yil davomida saqlanadi. Mualliflik ism-sharifiga bo‘lgan 
huquq va muallif obro‘sini himoya qilish huquqi bundan mustasno, bular muddatsiz muhofaza qilinadi. Hammualliflikda 
yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va ular orasida eng uzoq umr 
ko‘rgan shaxs vafotidan keyin 50 yil davomida amal qiladi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin 
asar ijtimoiy mulkka aylanadi. Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda 
erkin foydalanishi mumkin. 
760. Муаллифлик шартномаси тушунчасига таъриф беринг? 
Mualliflik shartnomasi — tayyor asar yoki muallif 
belgilangan muddatda yaratishni o‘z zimmasiga olgan asardan foydalanish uchun muallif (hammualliflar) va nashriyot 
o‘rtasida tuzilgan shartnoma. Mualliflik shartnomasi shartlarida noshirga beriladigan aniq huquqlar, shartnomaning amal 
qilish muddati va to‘lanadigan haq (qalam haqi) miqdori ko‘rsatiladi. Bu shartlardan tashqari, muallif va nashriyot zarur 
deb hisoblagan boshqa shartlarni ham shartnomaga kiritishlari mumkin. 
761. Муаллифлик ҳуқуқларининг халқаро муҳофазаси ҳақида сўзлаб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasida 
intellektual mulk sohasidagi munosabatlar xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan holda hamda quyidagi hujjatlardan 
kelib chiqib tartibga solinadi: — Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasi bitimlari 
(24.07.1971-yil); — Mualliflik huquqi to‘g‘risida Butunjahon konvensiyasi bitimlari (1952); — MDH doirasida tuzilgan 
mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish haqidagi bitimlar (10.02.1995-yil). 
762. Суд мажлисини ўтказиш тартиби ҳақида гапириб беринг? 
Ishning sudda ko‘rilishi fuqarolik sudlov jarayoni 
asosiy bosqichi hisoblanadi, u aksariyat hollarda vujudga kelgan nizoni hal qilish bilan tugallanadi. Birinchi 
instansiyadagi sudlarda fuqarolik ishlarini sudyaning yakka o‘zi ko‘rib chiqadi.
763. Фуқаролик ишлари бўйича суд иши қатнашчилари ҳақида сўзлаб беринг? 
Kotib: — sudga ushbu ish 
bo‘yicha chaqirilganlardan kimlar kelgani hamda boshqalarning kelmaganlik sabablarini aytadi; — sud ishi 
bayonnomasini yuritadi. Sudya (raislik qiluvchi): — sud tarkibini e’lon qiladi, ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning 
qarshilik bildirish huquqini tushuntiradi; — ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning huquqlari va burchlarini 
tushuntiradi; — sudda so‘roq qilinayotganlarning shaxsini belgilaydi hamda ko‘rgazma berishdan bosh tortganligi uchun 
javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiradi (yozma tarzda). Voyaga yetmaganlar bunday javobgarlik haqida 
ogohlantirilmaydi; — qatnashchilarning (so‘roq qilinishidan avval) da’vogar va javobgarga bo‘lgan munosabatini 
(qarindoshlik munosabatlari va hokazo) aniqlaydi; — sud ishi jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal qiladi, sud 
zalida tartib o‘rnatadi. Da’vogar: — buzilgan yoki nizoga sabab bo‘lgan huquqlarini himoya qilish uchun ko‘rgazmalar 
beradi. Javobgar: — tushuntirishlar beradi, isbot-dalillar keltiradi, iltimosnomalar taqdim etadi; — shaxsan yoki advokat 
yordamida o‘zining himoya qilish huquqini amalga oshiradi; — sudga qo‘shimcha guvohlar chaqirilishini iltimos qilishga 
haqli. Prokuror: — sud ishi vaqtida vujudga keladigan masalalar bo‘yicha xulosa chiqaradi. Ekspert: — o‘z xulosasini 
yozma ravishda taqdim etishi kerak; — agar sud ekspertizani sifatsiz deb topsa, takror ekspertiza o‘tkazilishini tayinlashi 
mumkin. Guvohlar: — har biri alohida so‘roq qilinadi, so‘roq qilingan guvohlar ish tugashiga qadar majlislar zalida 
qoladi; — sud ishida tekshirilayotgan holatlar bo‘yicha ularga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni berishga majbur, 
bunda buzib ко‘rsatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi; — agar guvoh 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, o‘qituvchi, zarurat bo‘lganda 
esa ota-onasi ham qatnashishi kerak.
764. Фуқаролик ишлари бўйича суд ишини кўриш босқичларини айтиб беринг? 
1. Sud jarayonini ochish 
(sudya). 2. Jarayon ishtirokchilari kelganini tekshirish (kotib). 3. Sud majlisi zalidan guvohlarni chiqarib yuborish (kotib). 
4. Sud tarkibini e’lon qilish va qarshilik bildirish huquqini tushuntirish (sudya). 5. Ishda qatnashayotgan shaxslarga 
ularning huquq va burchlarini tushuntirish (sudya). 6. Raislik qiluvchining ish mazmunini bayon etishi (da’vogarga 
talablarini himoya qilayotganini; javobgarga da’vogar talablarini tan olganligini hamda ikkala tarafga ishni tinch yo‘l 
bilan tugatishni istayotganini so‘rab murojaat qilish bilan tugallanadi). 7. Da’vogarning tushuntirishi. 8. Prokurorning 
nutqi (da’vogar talablari qonuniyligini rad etadi yoki yoqlaydi). 9. Guvohlarni so‘roq qilish. 10. Ekspertdan so‘rash.
11. Ishni ko‘rib chiqish tugallanishi (raislik qiluvchi ishda qatnashayotganlardan ish materiallarini biror narsa bilan 
to‘ldirishni istashlari yoki yo‘qligi xususida so‘raydi). 12. Sud muzokaralari (prokuror, da’vogar, javobgarning 
chiqishlari). 13. Prokuror xulosasi. 14. Sudning qaror chiqarish uchun maslahat xonasiga chiqib ketishi. 15. Sud qarorini 
o‘qib eshittirish (raislik qiluvchi qaror ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiradi va ushbu ish bo‘yicha sud majlisini 
yopiq deb e’lon qiladi).
765. Суд ҳукми бўйича шикоятлар бериш тартиби ҳақида сўзлаб беринг? 
O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik-protsessual kodeksiga muvofiq birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan 
yoki yuborilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda 
ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar 


66 
apellatsiya instansiyasi sudiga sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan hollarda sudning hal 
qiluv qaroridan alohida shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin. 
766. Меҳнат тўғрисидаги қонун ҳужжатлари ҳақида нималарни биласиз? 
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb 
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. 
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy 
mehnat taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kenges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va 
ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir. 
767. Ўзбекистон Республикаси Конституцияда меҳнат қилиш ҳуқуқи қандай тартибга солинган? 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan 
foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab 
mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik 
qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar 
sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. 
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va 
ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. 
768. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва Меҳнат кодексига мувофиқ меҳнатни ҳуқуқий 
тартибга солишнинг тамойиллари ҳақида гапириб беринг? 
— har bir shaxs mehnat qilish; — erkin ish tanlash;
— haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish; — o‘z mehnati 
uchun haq olish; — muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini 
qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali 
ta’minlanadigan dam olish; — xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish; — kasbga 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; — ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash; — kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi 
boshqa tashkilotlarga birlashish; — qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va 
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish; — o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu 
jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; — jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z 
manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir. 
769. Меҳнат ҳуқуқи ва меҳнатга оид муносабатлар тушунчасига таъриф беринг? 
Mehnat huquqi — mehnat 
faoliyati jarayonida vujudga keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan huquq sohasidir. Mehnatga 
oid munosabatlar — kishilar orasidagi munosabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va belgilangan 
mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi. 
770. Меҳнат тўғрисидаги қонун ҳужжатларининг вазифалари ҳақида гапириб беринг? 
Ishga qabul qilish 
tartibini muvofiqlashtirish va mehnat shartnomasini bekor qilish; — adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;
— xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish; — mehnat qilayotganlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; — mehnat 
va umuman butun ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash; — mamlakatning butun aholisi moddiy va madaniy 
darajasini yaxshilash hisoblanadi. 
771. Меҳнат қонун ҳужжатларининг манбаларини санаб беринг? 
Mehnat huquqining negiz bo‘luvchi manbalari 
Konstitutsiya va Mehnat kodeksi, ularning amal qilishi butun O‘zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq etiladi hamda 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-modda), Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyasi (2-modda), 
respublika Prezidenti farmonlari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bosh, sohaviy va boshqa kelishuvlar 
hamda jamoa shartnomalari hisoblanadi. Mehnat huquqining xususiyati shundan iboratki, amalda har qanday masala, agar 
bunday qaror Mehnat kodeksi qoidalariga zid bo‘lmasa va xodimning ahvolini yomonlashtirmasa, mehnat shartnomasi 
(kontrakti) asosida hal etilishi mumkin. Aks holda kontrakt noqonuniy hisoblanadi. Misol uchun, aksiyadorlik jamiyatida 
9 soat davom etadigan ish kuni belgilangan bo‘lsa, bu mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning buzilishi hisoblanadi.
772. Меҳнатга оид муносабатлар иштирокчилари (субъектлари)ни санаб беринг? 
— xodim: 16 yoshga to‘lgan, 
mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar; — ish beruvchi: mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday korxona hamda 18 yoshga to‘lgan shaxslar;
— mehnat jamoasi: mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan korxona xodimlari; — xodimlar va ish beruvchilarning 
vakillik idoralari: kasaba uyushmalari va ularning korxonalardagi saylab qo‘yiladigan idoralari. 
773. Меҳнат ҳуқуқининг асосий тамойиллари ҳақида гапириб беринг? 
— Mehnat erkinligi tamoyili: majburiy 
mehnatni taqiqlash, u har bir shaxs o‘zining mehnatga layoqatidan foydalanish huquqiga egaligini, ya’ni fuqarolarning 
mehnat qilish burchi qonunda nazarda tutilmasligini anglatadi. — Mehnat qilish huquqini ta’minlash, ishsizlikdan 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling