Konstitutsiya va huquqiy davlat


Download 237.2 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi237.2 Kb.
#1735256
Bog'liq
KONSTITUTSIYA VA



KONSTITUTSIYA VA


HUQUQIY DAVLAT

X.Mukhammadiev, M.Mo’minov

Konstitutsiya


va huquqiy davlat
Yangi tuzilgan birinchi nashr

Mundarija


Konstitutsiya………………………………………...4
Huquqiy davlat………………………………………7
………………………………………10
Mavzu4……………………………………………………
Mavzu5……………………………………………………
Mavzu6……………………………………………………

Kirish


Sizning qo’lingizda yangi nashr qilingan. Konstitutsiya va huquqiy davlat tug’risida ma’lumot beruvchi qiziqarli kitob turibdi .
Konstitutsiya

Konstitutsiya (lotincha: constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Bir-biridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) konstitutsiya tushunchalari bor. Yuridik konstitutsiya ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy konstitutsiya esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir. Konstitutsiya oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan konstitutsiya — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda konstitutsiya kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi konstitutsiya parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha konstitutsiya yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahrik.) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha konstitutsiyalar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.
Davlat faoliyatining turli sohalarida konstitutsiyaga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. „konstitutsiya“ atamasi Qadimgi Rimdayoq bor edi (imperator konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur „Tuzuklar“i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan. Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda boʻlgan konstitutsiyalarning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh — hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski konstitutsiyalar. Bu xildagi konstitutsiyalarga 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831-yilgi Belgiya konstitutsiyasi, 1874-yilgi Shveysariya konstitutsiyasi misol boʻla oladi. 2-guruhga 20-asrning 2-yarmida qabul qilingan „yangi avlod“ konstitutsiyalari kiradi. Ular dastlabki konstitutsiyalardan huquq va erkinliklar institutining, konstitutsiyaning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining koʻpayishi bilan farq qiladi.
Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi.

Huquqiy davlat


Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratib qolmay, oʻzi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyatidir. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Oʻzbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab oʻzining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi taʼkidlab oʻtilgan. Oʻzbekistonning mustaqil davlatchiligi davrida konstitutsiya va qonunlarning ustunligi gʻoyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi. Qonunni chetlab oʻtish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda. davlat inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlashning izchil huquqiy mexanizmini yaratish tadbirlarini amalga oshirdi (yana qarang Qonun ustuvorligi).
Huquqiy davlatning shakllanishi va faoliyat yuritishning muhim shart-sharoitlaridan bo'lib quyidagilar hisoblanadi: mamlakatda fuqarolik jamiyatining shakllanganligi; jamiyatning barcha yoki ko'pchilik a'zolarining siyosiy va huquqiy ongining yuqori darajada ekanligi; ularning mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok eta olishi uchun umuminsoniy madaniyatga ega boʻlishi; mamlakatda bir-biriga zid bo'lmagan yagona qonunchilik tizimining mavjudligi. Huquqiy davlat nazariyasi bilan uni amalga oshirish o'rtasida katta farq bor. Hozirgi paytda huquqiy davlat nazariyasi dunyodagi koʻpgina davlatlarning konstitutsiyalarida o'z aksini topgan. Masalan, 1978-yilda qabul qilingan Ispaniya Konstitutsiyasining 1- moddasi 1-bandida quyidagilar mustahkamlab qo'yilgan: "Ispaniya - bu sotsial, huquqiy va demokratik davlat boʻlib, bu davlatda oliy qadriyat erkinlik, adolat, tenglik va siyosiy hurfikrlilik hisoblanadi". 1949-yilgi GFR asosiy qonunga ko'ra "Germaniya Federativ Respublikasi demokratik va sotsial federativ davlat boʻlib hisoblanadi" (20-modda) hamda ularning konstitutsiyaviy tuzilmasi Asosiy Qonunga zid kelmasligi kerak (28- modda). Huquqiy davlat to'g'risidagi g'oyalar Avstriya, Gretsiya, Italiya, Fransiya, Shvetsiya, Shveytsariya va boshqa bir qator yuqori darajada rivojlangan davlatlarning konstitutsiyalarida belgilab qo'yilgan. 1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasida huquqiy davlat to'g'risidagi g'oya to'g'ridan-to'g'ri o'z aksini topgan. Uning birinchi moddasida "Rossiya Federatsiyasi - Rossiya respublika boshqaruv shaklidagi demokratik, federativ. huquqiy davlatdir" , -deb yozib qo'yilgan. 1992-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini muqaddimasida ham huquqiy demokratik davlat toʻgʻrisidagi g'oya o'z ifodasini topgan. Huquqiy davlat to'g'risidagi g'oya va nazariyalarni dunyodagi ko'pchilik mamlakatlar tan olsalarda, ammo uni amaliyotda hamma davlatlar to'laligicha qoʻllamaydilar. Hozirgi paytda huquqiy davlat to'g'risidagi g'oyani to'liq hayotga tatbiq qilgan biron-bir davlatni uchratmaysiz. Huddi shu ma'noda huquqiy davlat to'g'risidagi nazariyalar har qanday demokratik davlat intilishi kerak boʻlgan ideal, etalon vazifasini o'taydi
Download 237.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling