Konstitutsiya
Download 60,23 Kb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiya - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Konstitutsiya KONSTITUTSIYA Konstitutsiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K. barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
K. davlatchilik belgisidir. Birbiridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) K. tushunchalari bor. Yuridik K. ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy K. esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir. K. oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan K. — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda K. kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi K. parlament tomonidan
qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha K. yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahrik.) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha K.lar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.
Davlat faoliyatining turli sohalarida K.ga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. "K." atamasi Qad. Rimdayoq bor edi (imperator K.si deb atalgan qonun). Amir Temur "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan. Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda boʻlgan K.larning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh — hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski K.lar. Bu xildagi K.larga 1787 yilgi AQSH
Konstitutsiyasi, 1831 yilgi Belgiya K.si, 1874 yilgi Shveysariya K.si misol boʻla oladi. 2-guruhga 20-asrning 2-yarmida qabul qilingan "yangi avlod" K.lari kiradi. Ular dastlabki K.lardan xuquq va erkinliklar institutining , K.ning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining koʻpayishi bilan farq qiladi. Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan OʻzR Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dek.da qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi (qarang Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi). Mihail GGwM Aleksandrov. [1] 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Manbalar
Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Konstitutsiya&oldid=2056143 " dan olindi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 60,23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling