Konstitutsiyaning qaysi moddalarida tabiatni asrashga doir qonunlarni tashkil qilish


OLIY MAJLIS TOMONIDAN CHIQARILGAN TABIATNI KMUHOFAZA QILISHGA DOIR QOUNUNLARNI O`RGANISH


Download 0.53 Mb.
bet2/30
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1541439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
OLIY MAJLIS TOMONIDAN CHIQARILGAN TABIATNI KMUHOFAZA QILISHGA DOIR QOUNUNLARNI O`RGANISH

Senatorlar yalpi majlisning ikkinchi kunini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2013-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotinimuhokama qilishdan boshladilar. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2013-yildagi faoliyati Davlat rahbari tomonidan 2013-yil 18-yanvarda bo‘lib o‘tgan, 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan vazifalar asosida amalga oshirilganligi qayd etildi. Hisobot yilida Hisob palatasi tomonidan mamlakatning turli vazirliklari va idoralarida 43 ta yo‘nalish bo‘yicha 252 ta obyektda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.


Byudjet qonunchiligiga muvofiq Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish ustidan respublika miqyosida ham, mahalliy ko‘lamda ham tizimli nazorat tashkil etildi, byudjet mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi, samaradorligi va maqsadga muvofiqligi tekshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari fondlarining Davlat byudjetida jamlanadigan mablag‘lari to‘liq shakllantirilishi, maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan uzluksiz nazorat amalga oshirib borildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hisobot yilida davlat yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlariga yetkazilgan yetmish milliard so‘mdan ko‘proq zararning o‘rni qoplanishiga erishildi.
Masalani muhokama qilish jarayonida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining nazorat tadbirlarini kuchaytirish hamda ularning samaradorligini oshirish, moliyaviy huquqbuzarliklarni qisqartirish va kelgusida ularning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishga qaratilgan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotinimuhokama qilish vaqtida ko‘rsatib o‘tilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2013-yildagi faoliyati atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlashga, mamlakatimizda ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishga qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2012-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida”gi Qarorini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan tadbirlar dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ushbu dasturning 14 ta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha 48 ta tadbirning bajarilishi ta’minlandi. 2013-2017-yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturini, shuningdek, uning asosida qabul qilingan hududiy dasturlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor berildi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi natijasida mamlakatning sanoat korxonalarida atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash ancha miqdorda – 111,6 tonnaga qisqartirildi. Mamlakat mintaqalaridagi ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarda qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilmoqda. Chunonchi, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarining bir qator ijtimoiy ahamiyatli obyektlarida quyosh fotoelektrik stansiyalarini tayyorlash, montaj qilish va o‘rnatish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari tugallandi.
Hisobotni muhokama qilish asnosida senatorlar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish, uning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar dasturlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishining samaradorligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan ta’sirchan ekologik nazorat o‘rnatish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalarni bayon etdilar.
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yilda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axborotini tingladilar. O‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash va mustahkamlash, shuningdek, qonun ijodkorligini yanada takomillashtirish, jamiyatda huquqiy ongni va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha muayyan ishlar qilinganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ayrim davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini monitoring qilib borish doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan taqdim etilgan mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertiza qilingan. Idoraviy norma ijodkorligi sohasida vazirlik va idoralarning 403 ta hujjati davlat ro‘yxatidan o‘tgan.
Bunda monitoring asnosida aniqlangan qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan 18 ta davlat tuzilmasi tizimida 16 ta monitoring tekshiruvi o‘tkazilib, ularning natijalari bo‘yicha davlat tuzilmalari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan aniq choralar ko‘rilgan.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha adliya organlari tomonidan qoidabuzarliklarni, shuningdek, ularning sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etishga, jamiyatda qonunning, qonuniylikning ustunligini qaror toptirishga qaratilgan 957 ta ta’sir ko‘rsatish chorasi ko‘rilgan. Manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralariga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan kamchiliklarni to‘ldirish hamda ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish taklif qilingan, ularning norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar amalga oshirilgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling