Konstitutsiyaviy huquq 9-kazus
Download 29.99 Kb.
|
Kons huquq
42-mantiqiy savol
Oʻzbekiston Respu blikasining Konstitutsiyasi 53-moddasiga koʻra, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Xususiy mulkning daxlsizligi deganda nimani tushunasiz ? Fikringizni amaliy misollar yordamida bayon eting. Ushbu savolga javob berishdan avval mulk va xususiy mulk huquqi tushunchasi haqida so‘z yuritsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mulk – ishlab chiqarishning zarur sharti va ishlab chiqarilgan boyliklarning o‘zlashtirilishi natijasi hisoblanadi. Ma’lumki mulk davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk va aralash mulk kabi shakllarda bo‘ladi. Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.2 Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Fuqarolarning xususiy mulki daxlsiz va davlat himoyasidadir deganda avvalo, ushbu mulkka boshqa shaxslar tomonidan zarar yetkazish yoki uni noqonuniy ravishda o‘zlashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi va u davlatning qonunlari bilan himoya qilinishi tushuniladi. Xususiy mulkka daxl qilish oqibatidan kelib chiqib, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin. Xususiy mulkka daxl qilish orqali shaxsning konstitutsiyaviy huquqi buzilishiga olib keladi. Shuningdek “ Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-336ning 2-moddasida ham xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi va davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishi belgilab qo‘yilgan . Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni uni yetkazgan shaxs tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘la hajmda qoplanishi kerak. Davlat xususiy mulk huquqini quyidagi usullarda himoya qiladi:
xususiy mulk huquqini tan olish; xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash; davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararning o‘rnini qoplash; neustoyka undirish; ma’naviy ziyonni qoplash; xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonun hujjatlari barqarorligini ta’minlash; davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan qo‘llanilmasligi; mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Fikrimizni amaliy misollar bilan asoslaydigan bo‘lsak, masalan, mening telefonim mening xususiy mulkimdir. Hech kim uni noqonuniy ravishda o‘zlashtirishga va tasarruf etishga haqli emas. Mulkiy daxlsizlik huquqim davlat tomonidan himoya qilinadi. Davlat uni mazkur huquqning buzilishi uchun jazolar belgilash va boshqa tartiblarda himoya qiladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 36-moddasiga binoan har bir shaxs mulkdor boʻlish huquqiga ega. Ushbu huquqning mohiyati nimadan iborat ? Fikringizni amaliy misollar yordamida bayon eting. O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bu huquq nafaqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, balki xalqaro hujjatlarda, jumladan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 17-moddasiga asosan har bir inson yakka holda, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega. Hech kim zo‘ravonlik bilan o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Masalan, mening ko‘chmas mulkim bo‘lsa, men unga xohlasam odamlarni ijaraga qo‘yishim, xohlasam uni sotib yuborishim mumkin. Mulkka zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir shaxs mulkka xususiy shaklda ham, jamoa tarkibida jamoa shaklida ham egalik qilishi mumkin. Quyidagilar mulk obyektlaridir: O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati. 2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san’at asarlari, axborot, ilmiy g‘oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan tartibga solinadi. 3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunlari bilan belgilab beriladi. 4. Mol-mulkdan xo‘jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o‘zga birlashmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha bo‘g‘indagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin. Download 29.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling