Konstitutsiyaviy huquq 9-kazus


Download 29.99 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi29.99 Kb.
#218352
  1   2   3   4
Bog'liq
Kons huquq


Konstitutsiyaviy huquq 9-kazus

Fuqaro N.Olimov Toshkent shahar Shayxontohur tumani Tinchlik mahallasida joylashgan xonadonda xotini va uch farzandi bilan yashab kelar edi. Spirtli ichimliklarni ichishga odatlangan N.Olimov ishdan kelib uyida janjal koʼtarardi. N.Olimovning xotini otasining uyiga ketib qolar va u yerda bir qancha kun yashab yana erining uyiga qaytib kelardi. Ushbu holat fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organi tomonidan uning oilasini notinch va muammoli oila deb topishga asos bo‘ldi.

2020 yil 25-27 aprel kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman bo‘limi tomonidan Tinchlik mahallasiga notinch va muammoli oilalarni aniqlash hamda ularning manzilli ro‘yxatlarini tuzish maqsadida o‘rganish ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborildi. Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman bo‘limi vakillariga Tinchlik mahallasi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi Sh.Davronov tomonidan mahalladagi notinch va muammoli oilalarning ro‘yxati taqdim etildi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Shayhontohur tuman boʼlimi vakillari fuqaro N.Olimovning oilasi haqiqatdan notinch va muammoli ekaniga ishonch hosil qilishni istadilar. Shu maqsadida N.Olimov hamda uning oila aʼzolari bilan suhbat olib borish uchun uning xonadoniga tashrif buyurdilar.

Biroq, N.Olimov vazirlik vakillarining uyiga kiritmadi va ular bilan suhbat qurishni ham istamadi. Shunda, vazirlik vakillari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi Sh.Davronov vaziyat yuzasidan ichki ishlar organi profilaktika inspektoriga murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʼra bunday oilalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni tashkil etish vazirlikning vakolati ekanini aytib, N.Olimov va uning oila aʼzolarini mahalla idorasiga majburiy keltirishni so‘radilar.

N.Olimov profilaktika inspektoriga vazirlikning bunday vakolatga ega ekani uning shaxsiy huquqlari va erkinligiga putur yetkazishini aytib, umuman bunday vazirlikning tuzilgani oilalar va ular aʼzolarining shaxsiy hayotiga aralashishga olib kelishini taʼkidladi va mahalla idorasiga borishdan bosh tortdi. Shunga qaramay N.Olimov profilaktika inspektori tomonidan mahalla idorasiga olib kelindi va u bilan tegishli suhbat olib borildi.

Maʼlumoti oliy bo‘lgan N.Olimov izlanib Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining nizomini topib u bilan yaqindan tanishib chiqdi. Nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangani sababli hukumatga murojaat yo‘lladi. Murojaatda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilgani fuqarolar va oilalarning shaxsiy hayotiga aralashishga olib kelishi, shu bois mazkur vazirlikni tugatish lozimligini aytdi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan murojaatga yo‘llangan javobda ushbu vazirlik O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibga rioya etgan holda tashkil etilgani, Konstitutsiyaning 3-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilashga haqli bo‘lib, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligini tashkil etilishi ayni shu konstitutsiyaviy prinsipga asoslanishi tushuntirildi.

N.Olimov murojaatiga yo‘llangan javobdan norozi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligini tashkil etishga doir qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid deb topishni so‘rab murojaat etdi.

Vaziyatga huquqiy baho bering.

Kazusga javob berishdan avval undagi muammoli vaziyatlarni aniqlab olamiz.

Fuqarorlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining oilani notinch va muammoli oila deb topishi qonuniymi ?

Ma’lumki “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga asosan fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi. Ya’ni fuqarolarning muammolari yoki murojaatlari fuqarolar yig‘inida ko‘rib chiqiladi. Yuqoridagi vaziyatda sodir bo‘layotgan oilaviy janjal fuqarolar yig‘ini Kengashi tomonidan tuziladigan Yarashtirish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. “Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomning II bobi 5-bandiga asosan Fuqarolar yig‘ining yarashtirish komissiyasi milliy qadriyatlarimizga zid holda muntazam ravishda notinch yashayotgan, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari hamda mahalladagi osoyishtalikning buzilishiga sababchi bo‘layotgan oilalarni, turli nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida oilalarning turmush tarzi va muhitini o‘rganib, ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga barham berish chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish masalalarini ko‘radi va bu yuzasidan zaruriy tadbirlarni amalga oshiradi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman boʼlimlarining vazifa va funksiyalarini sanang.




Download 29.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling