Konstitutsiyaviy huquq kazus javoblari


Ушбу ҳолатни Ўзбекистон Республикаси қонунчилиги доирасида муҳокама қилинг


Download 304.6 Kb.
bet15/25
Sana02.06.2024
Hajmi304.6 Kb.
#1837518
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq kazus javoblari-fayllar.org

Ушбу ҳолатни Ўзбекистон Республикаси қонунчилиги доирасида муҳокама қилинг.
Ishonchsizlik Votumi — parlament boshqaruv tizimi amadda boʻlgan davlatlar parlament amaliyotida qoida tariqasida hukumat yoki ayrim vazirning siyosiy yoʻli, muayyan tadbiri yoki qonun loyihasining quyi palata tomonidan nomaʼqul deb topilishi.Mazkur Votum toʻgʻrisidagi masala hukumatning oʻzi, parlament fraksiyalari yoki deputatlar guruhlarining tashabbusi bilan qoʻyiladi. Hukumatga ishonchsizlik Votum bildirilishi amalda hukumatning isteʼfoga chiqishiga va yangi hukumat tuzilishiga (yaʼnii siyosiy tanglikka) yoxud parlament (quyi palata) tarqatib yuborilishiga hamda muddatidan avval parlament saylovlari oʻtkazilishiga sabab boʻladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98- moddasida hukumatning parlament oldidagi javobgarligi sifatida hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi instituti belgilangan.
Bu kazus yechimi haqida Vazirlar mahkamasi to'g'risidagi qonunning 4-moddasida quydagicha keltiriladi:
Bosh Vazir va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prizidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisi muhokamasiga Bosh Bazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqida masala kiritiladi.
Bosh Vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy soninig kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O'zbekiston Respublikasi Prizidenti Bosh Vazirni lavozimidan ozod etish to'g'risida qaror qabul qiladi.Bunda Vazirlar mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birgalikda istefoga chiqadi. Amaldagi Vazirlar mahkamasi yangi Vazirlar mahkamasi tarkibi shakllatirilgunga qadar mamlakat Prizidentining qaroriga muvofiq o'z faoliyatoni davom etirib turadi. Bosh Vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtining o'zida O'zbekiston Respublikasi Hukumati istefoga chiqishiga sabab bo'ladi
15. “Staples” МЧЖ ўз рекламасида Ўзбекистон Республикаси герби тасвири ва давлат мадҳиясидан фойдаланиш учун Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатидан рухсат олдилар. Тошкент шаҳар ҳокимининг ўринбосари Сенатга "Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида" ги ва "Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисида" ги Ўзбекистон Республикаси қонунлари бузилганлиги тўғрисида тақдимнома киритди ва давлат рамзлари бўлмиш герб ва байроқдан тижорат фаолиятида фойдаланиш мумкин эмаслигини таъкидлади. Шу билан бирга, “Staples” МЧЖ ва Сенат вакилларига нисбатан Ўзбекистон Республикаси мадҳияси мусиқасига муаллифлик ҳуқуқини ҳимоя қилиш бўйича фуқаролик иши қўзғатилди.

Download 304.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling