V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompitensiyalar).
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
“Konstitutsiyaviy huquq” fanining tushunchasi, kategoriyasi va asosiy printsiplarini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy bo‘limlarining mohiyatini, O‘zbekistonda davlat va huquqiy rivojlanish xususiyatlarini bilish, O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi va boshqaruv shaklini bilish, O‘zbekiston Respublikasida inson va fuqaroning majburiyat va erkinliklari asosiy huquqlarini bilish, ularni himoya qilish usullari va cheklash imkoniyatlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish, davlat organlari tizimini va ularning faoliyati printsiplarini, davlat va jamiyat xayotida konstitutsiyaning ahamiyatini bilish, asosiy huquqiy aktlarni mazmunini bilish, konstitutsiyaviy tartibga solishning predmet va metodini bilish, konstitutsiyaviy huquqning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishining, davlat tuzilishining tavsifini, davlat va shaxs, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy konstitutsiyaviy printsiplari, davlat hokimiyati tizimining faoliyati va shakllanishi, bevosita demokratiya shakllarini amalga oshirish, konstitutsiyaviy odil sudlovni amalga oshirish to‘g’risida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
Konstitutsiyaviy huquqning xususiyatlarini to‘g’ri anglash, jamiyatda bo‘layotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni konstitutsion qonunchilik bilan bog’lay olish, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni sharhlashni, konstitutsion-huquqiy analiz haqida taassurotga ega bo‘lish, huquqiy materiallarga ega bo‘lish, bir qancha hujjatlarni tuzishni bilish, bular uchun yetarli hujjatlar to‘plab va asoslab berishni bilishi, konstitutsiyaviy huquq masalalariga oid ommaviy munozara, uning amalga oshirish asosiy metodlarini tahlil qilish hamda konstitutsiyaviy qonunchilik sohasidagi normativ aktlar ustida ishlash uchun kerakli materiallarni tayyorlash, konstitutsion normalarni yetkaza bilish, konstitutsion-huquqiy boshqarish kabi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
Konstitutsiyaviy-huquqiy analizni bilish, o‘qish davomida olgan bilimlarni kasbiy va jamiyat-siyosiy faoliyatda ijodiy kullay bilish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tomonidan taqdim etilgan asosiy huquq va erkinliklarni professional faoliyatida, mamlakatning jamiyat va davlat xayotida ishtirok etishda kvalifikatsion va professional qo‘llay bilish, qiyosiy analiz metodi va metodologiyalarini qo‘llay olish, murakkab davlat-huquqiy muammolarga ilmiy-tadqiqot yondashishni bilish, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni sharhlashni, davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, ularning funktsiyalari va asosiy vazifalarini, davlat organlarining tashkil etilishini takomillashtirish usullarini, konstitutsiyaviy huquq sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tuzishni va rasmiylashtirishni, aholi o‘rtasida Konstitutsiyaning asosiy qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bora olish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish, konstitutsiyaviy huquqning zamonaviy uslublarini qo‘llay olish kabi malakasiga ega bo‘lishi kerak.
4.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |