Tarix va zamonamiz


Download 112.5 Kb.
bet1/3
Sana30.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1735034
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu. Tarix va zamonamiz


4-mavzu: “Tarix va zamonamiz”
Tаriхiy xotira
Tarixiy xotira - g‘urur va iftixor hissining zaminlaridan biri.
Millat va elatlar asta-sekin, tarixan tashkil topadilar. Bu jarayon, vaziyatga qarab, bir necha o‘n yildan boshlab bir necha asrgacha cho‘zilishi mumkin. Ana shunday uzoq davr ularga o‘zlarini anglash, tilini, madaniyatini, ma’naviyat, ma’rifat, an’analar, urf-odatlar va rasm-rusumlarni butun bir o‘zaro bog‘langan tizim holiga keltirish uchun kerak. Demak, xalqning shakllanishi, ayni vaqtda xalq tomonidan o‘z o‘tmishini, tarixini, ajdodlarining mehnati, qahramonligi, ma’naviyat va madaniyatining barcha yo‘nalishlari, tarmoqlari, xilma-xilligini hamda o‘ziga xosligini o‘rganish, ularga ishlov berib, shu jarayonda takomillanishdir. Tarixiy xotira xalqning o‘z o‘tmishini bilishi, bu o‘tmishni tahlil qilish, undagi bo‘lib o‘tgan voqealar va hodisalarning asl mohiyati va tarixdagi o‘rnini asoslab berishni talab qiladi.
Xalqning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va uzviy bog‘langan bo‘lsa, bu xalq shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan, hamjihat bo‘ladi. O‘z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan xizmatlarni, ishlarni bajarishga intiladi. Hozirgi zamon va bozor munosabatlari - xalqlarning o‘zaro ijobiy va ijodiy musobaqasi davridir. Bu musobaqada oldingi o‘rinda bo‘lish uchun yirik xalq bo‘lish shart emas. Yirik bo‘lmagan gollandlar, shvedlar, finlar, singapurliklar, janubiy koreyaliklar yirik millatlar va yirik davlatlarni hamma sohada ham lol qoldirmoqdalar. Tarixi boy o‘zbek xalqi ham ana shunday ko‘rsatkichlarga erishish yo‘lidan izchil bormoqda.
Demak, tarixiy xotiramiz hozirgi vaziyatda katta amaliy ahamiyatga egadir. U davlatimizning, xalqimizning manfaatlariga xizmat qilishi lozim.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq:

  1. matnni o‘qing;

  2. matn asosida savollar tuzing;

  3. tuzgan savollaringiz asosida matnni so‘zlab bering.

GRAMMATIKA. Tilning leksik qatlamlari.


Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibi (so‘z boyligi) o‘zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Undagi so’zlarning paydo bo‘lish davri va kelib chiqish manbai ham har xildir. Umuman, har qanday til o‘z lug’at tarkibi va grammatik qurilishiga ega bo’ladi. Lekin xalqlar o’rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham shubhasiz, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro ta’sir etish ayniqsa leksikada bo‘ladi.
O‘zbek xalqi ham o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lgan va bu xalqlarning tili o‘zbek tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini qoldirgan. Xususan, boshqa tillardan o‘zbek tiliga ko‘plab so‘zlar o‘zlashganini shu ta’sir bilan izohlash mumkin. Natijada o‘zbek tili lug‘at tarkibida shu tilning o‘ziga xos leksik qatlam bilan birga o‘zlashgan qatlam ham yuzaga kelgan.
O‘z qatlamga o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida turkey tillar uchun umimiy bo‘lgan so‘zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so‘zlar barcha so‘z turkumida bor. Masalan: tosh, tog ‘, yer, bosh, suv, til, kishi, bola, men, sen, biz, siz, bu, shu,qora, qizil, sariq, yaxshi, yomon, erta, indin, ilgari va boshqalar.
O‘zbek tilining bevosita o‘ziniki bo‘lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti jarayonida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch holat kuzatiladi:

  1. asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid affikslar yordamida yasalgan so‘zlar: qatnashchi, terimchi, qotishma, qollanma, turgun, bolalarcha kabi;

  2. o‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida hosil qilingan so‘zlar;

  1. tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: jangchi, mardlik, sabzavotchilk, do‘stlik, pulsiz, xastalanmoq; b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: rahbarlik, qimmatli, ovqatlanmoq; v) ruscha-baynalmilal so‘zlardan yasalgan so‘zlar: sportchi, betonlamoq;

  1. boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar: tilshunos, mehnatkash, kitobxon, vagonsoz, ilmiy.

O‘zlashgan qatlam.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling