Tarix va zamonamiz


Download 112.5 Kb.
bet3/3
Sana30.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1735034
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu. Tarix va zamonamiz

4- topshiriq. “Qanday?” sxemasini to‘ldiring.




5-topshiriq. Matnni o‘qing.
Valuta
Valuta (ital. Valuta, lat. Valere - qadrlamoq, qiymat) - mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogoz); pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari; pul hisob - kitoblarini taqozo etadigan xalqaro iqtisodiy ayirboshlash va boshqa aloqalarda qatnashadi. Valuta sifatida milliy pul birligi (masalan: AQShda dollar, Germaniyada marka) valuta kursida ifodalanadigan xalqaro bahoga ega. Amaliyotda valuta milliy banknotlar, shuningdek, to‘lov vositalari va hisob- kitobning kredit hujjatlari shaklida qo‘llanadi. Bundan tashqari xalqaro shartnomalar asosida tashkil topgan hisoblarga yozib qo‘yish ham valutaga kiritiladi. Metall pul muomalasi sharoitida valuta oltin yoki kumushga maydalanadigan milliy pul kreditlari shaklida namoyon bo‘lgan edi. Valutani qimmatbaho metallarga maydalash to‘xtatilgandan keyin xalqaro hisob - kitoblarda foydalanadigan barcha milliy valutalar qog‘oz bo‘lib qoldi. Xalqaro to‘lov muomalasi erkin almashtiriladigan yoki Xalqaro valuta fondi belgilagan kurs bo‘yicha erkin almashtiriladigan valuta bilan amalga oshiriladi. Cheksiz konvertlashtirilgan valuta boshqa valutalarga hech qanday chegarasiz almashtiriladi. Ushbu valuta yana “qat’iy valuta” deb ham yuritiladi, chunki u boshqa pullarga qaraganda yetarli stabil kursga ega.
“Yarim konvertlashtirilgan valuta” deganda mamlakatning milliy valutasi faqatgina bir nechta chet el valutasiga almashtirilishi tushuniladi.
Konvertlashtirilmagan valuta deb faqatgina bitta mamlakatning ichida ishlatiladigan va chet el valutasiga almashtirilmaydigan valutaga aytiladi.
Jahon iqtisodiyoti mamlakatlar orasida tartibga solingan valutalar aloqa tizimlarisiz ish yuritolmaydi. Ular tashqi iqtisodiyot aloqalarining pul formasi bo‘lib hisoblanadi, chunki valuta bu tashqi savdogarchilik va kredit - moliya operatsiyalarining tayanchi deb hisoblanadi.
6-topshiriq. Gaplarni o‘qing. So‘zlarning bog‘lanishiga e’tibor bering.

  1. Salima ukasini bolalar bog‘chasiga olib ketdi. 2. Men kitobni bir kechada o‘qib chiqdim. 3. O‘zbekistonda chiroyli joylar ko‘p. 4. Shahrimizga har kuni minglab sayyohlar kelishadi. 5. Tongda boshlangan qor kechga borib ham tinmadi.

7-topshiriq. Matnni o‘qing.Tobe bog‘langan gaplarni ko‘chiring.
Hissadorlik jamiyati
Hissadorlik jamiyati - bir guruh shaxslar (aksionerlar) aksiya va obligatsiyalarni xarid qilishdan tushgan mablag‘lar hisobidan tashkil topgan korxona.
Aksiyalar o‘z egalariga daromad (dividend) keltirib, ularga aksionerlar yig‘ilishida ovoz berish huquqini beradi. Obligatsiyalar esa qat’iy foiz orqali faqat daromad olib keladi.
Hissadorlik jamiyati kengash majlisida saylangan jamoa orqali boshqariladi. Asosan, hissadorlik jamiyatining boshqaruvi aksiyalarning eng yirik qismiga ega bo‘lganlar qo‘lida bo‘ladi. Umumiy majlisga jami aksionerlar yig‘ilmasligi sababli, ovoz yig‘ish uchun 5-20 foiz aksiya bo‘lishi yetarli.
Aksionerlik jamiyatining boshqarish huquqi bilan ta’minlanishi “Nazorat paketi” deyiladi. Aksiyalar bir necha xil bo‘ladi: oddiy, xususiy, imtiyozli. Aksiyalarni sotish, sovg‘a qilish va meros qoldirish mumkin.
8-topshiriq. Biror tarixiy hikoyani ifodali o‘qing, tarixiy so‘zlarning ma’nosini izohlang. Ko‘rgan tarixiy joyingiz, muzeyingiz haqida gapirib bering. Hozirgi kunda tarixiy obidalarga qanday e’tibor berilyapti? Shu haqda maqola yozing
Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling