Tarix va zamonamiz


Download 112.5 Kb.
bet2/3
Sana30.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1735034
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu. Tarix va zamonamiz

Forscha-tojikcha so‘zlar. Fors-tojik tilidan so‘zlar tovush o‘zgarishlarisiz olingan. So‘z o‘rtasi va oxirida qo‘sh undoshlar keladi, tarkibida no-, ba-, be-, ham- kabi old qo‘shimchalari bo‘ladi. Masalan: andisha, barg, bahor, daraxt, farzand, daromad, buromad, ozoda, noma’lum, bedarvoza, hamkasb.
Arabcha so‘zlar. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning ko‘pchiligi fan va dinga oid bo‘lib, asosiy qismi fors tili orqali kirgan. Masalan: adabiyot, kitob, oila, davlat, mehnat, muqaddas, san ’at, a ’lo, mutolaa, doim, inshoot kabi.
Ruscha-baynalmilal so‘zlar. Rus tili va u orqali g‘arb tillaridan o‘zlashgan so‘zlar fan-texnika, siyosiy-iqtisodiy sohalarga oid. Bu so‘zlar ikki usulda: aynan va kalkalab olish bilan o‘zlashgan. Bunday so‘zlar o‘rtasida undoshlar yonma-yon keladi, so‘z oxirida qo‘sh undoshlar, qorishiq tovushlar, old qo‘shimchalar ishlatiladi. Masalan: benzin, vokzal, stol, deputat, dialect, diagramma, budjet, sentabr, metal, interaktiv kabi.
“Temur tuzuklari”
“Temur tuzuklari” XIV-XV asrlar voqealari va hayotini yorituvchi qimmatli manba, Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan ma’lumot beruvchi asar. Qachon va kim tomonidan yozilganligi asarda ko‘rsatilgan emas.
“Temur tuzuklari”dagi barcha voqealar Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Asli eski o‘zbek tilida yozilgan, fors, fransuz, ingliz, urdu, rus va hozirgi o‘zbek tiliga o‘girilgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda Amir Temurning Movarounnahrda saltanatni qo‘lga kiritish uchun olib borgan urushlari va bu borada o‘z yaqinlari bilan o‘tkazgan kengashlari, amirlar bilan olib borgan muzokaralari haqidagi tafsilotlar diqqatni jalb qiladi.
Buyuk sohibqironning kuchli markazlashgan davlat tuzish va qo‘shni mamlakatlarning o‘z tasarrufiga o‘tkazish borasidagi faoliyati haqida mufassal so‘z yuritiladi. Xususan, Movarounnahrgagina emas, balki qadimiy Rusiyaga ham xavf solib turgan Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxonga Amir Temurning jiddiy zarba berishi Rusiyaning mo‘g‘ul istilosidan qutulishini yengillashtirgani diqqatga sazovordir.
“Temur tuzuklari”ning ikkinchi qismida Amir Temurning davlatni boshqarish, mamlakatni idora qilish uslubi haqidagi tuzuklari, ya’ni yo‘l-yo‘riqlari, qonun- qoidalari, pand-nasihatlari o‘rin olgan. Jumladan, saltanatni boshqarishda Amir Temur islom dini va shariat talablariga, adolat, insof va haqiqatga tayanadi, turli tabaqa va toifaga mansub kishilarni teng ko‘rib, qilgan xizmatiga qarab, ularni hurmat qiladi, mamlakatni boshqarishda, eng avvalo, olimu fuzalo, sayyidlar, shayxlar va oriflarga tayanadi.
“Temur tuzuklari”da do‘stlik, vafodorlik, iymon va e’tiqod, kasb-hunar va boshqa insoniy fazilatlarga rioya qilish to‘g‘risida fikr yuritiladi, fuqarolarning shariat qonun-qoidalariga bo‘ysunish lozimligi aytib o‘tiladi, qozilarning qonunlarga to‘la amal qilish, tartibbuzarlarni ayamay jazolash, sipohlar va askarlarni saqlash va ularga oziq-ovqat, maosh to‘lash qoidasi, vazirlar va ularning vazifalari, amirlar, sipohlar va boshqalarni taqdirlash tartiblari, ularning bir-birlariga muomalasi va turli boshqa masalalar bo‘yicha mufassal ma’lumot beriladi.
“Temur tuzuklari”dagi ko‘plab fikrlar hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q va mustaqil O‘zbekistonni mustahkamlashda undagi fikr, xulosa, pand- nasihatlardan foydalanilmoqda.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
2-topshiriq:

  1. matnni o‘qing;

  2. matn yuzasidan savollar tuzing va so‘zlab bering;

  3. matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.

3-topshiriq.Matnni o‘qing.
Amir Temurning iqtisodiy siyosati
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari, u ishlab chiqqan va amalda yuritgan iqtisodiy siyosati mislsiz ahamiyatga ega. Temur iqtisodiy g‘oyalarining o‘ziga xos ulug‘vorligi shundaki, ular xayoliy emas, balki aniq hayotdan kelib chiqqan va unda o‘z ifodasini topgan.
Temurning iqtisodiy g‘oyalari “Temur tuzuklari” asarida bayon etilgan. Uning iqtisodiy g‘oyalari va siyosati zamirida inson, uning manfaati, farovon va tinch hayot kechirish tashvishlari yotadi. U odamlarga kasb-hunar berish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati va tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lish uchun yetarli sarmoya berish, yetarli uy-joylar qurib berish haqida qayg‘uradi.
Sohibqironning iqtisodiy qarashlari va yuritgan yangicha iqtisodiy siyosati tarbiyani yo‘lga qo‘yish ishlarida biz uchun muhim dasturulamal, tarixiy yo‘l -yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.


Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling