Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari


Download 57 Kb.
bet2/2
Sana19.11.2021
Hajmi57 Kb.
#175843
1   2
Bog'liq
Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularni

Davlat hokimiyati organlari (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari);

Davlat boshqaruvi organlari (vazirliklar va idoralar, davlat qo`mitalari, xo`jaliklar, muassasalar va boshqalar);

Sud organlari (Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo`jalik sudi);

Prokuratura organlari.

Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar nafaqat yuqorida ko`rsatilgan organlar o`rtasidagi munosabatlarni, balki ikkinchi tomondan bu organlar bilan fuqarolarni, jamoat birlashmalari bilan deputatlarni va saylovchilar o`rtasidagi davlat-huquqiy munosabatlarni ham o`z ichiga oladi.

Davlat organlarining yuqori organlari tomonidan, quyi organlarga rahbarlik qilishi, quyi organlar qarorlarini bekor qilish bilan bog`liq konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlari kelib chiqadi va unda ishtirok etuvchilar subyekt bo`la oladilar. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika boshqaruv organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlarni to`xtatadi va bekor qiladi.

7. Davlat organlari va jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari. Ular masalan, deputat so`rovi, fuqarolarning mansabdor shaxslar harakati ustidan shikoyat qilish bilan bog`liq davlat-huquqiy munosabatlarida subyekt sifatida ishtirok etadilar. O`zbekiston Respublikasida har bir shaxs bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalarga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.1[8]

8. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi va mahalliy-xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari. Deputatlar va Senatorlar o`z huquqlari va majburiyatlarini bajarish bilan bog`liq munosabatlarda subyekt sifatida ishtirok etadilar. Masalan, deputat yoki senator sessiyada muhokama qilinayotgan masala yuzasidan so`zga chiqishi, raislik qiluvchiga savol berishi so`rov bilan murojaat qilishga haqli2[9].

9. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari. Ular o`z ijtimoiy faolliklarini. O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, mitinglar, yig`ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar3[10]. Ularning ishtirok etish jarayonlaridan kelib chiqadigan munosabatlarda subyekt bo`ladilar. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyatning to`laqonli a'zosi sifatida alohida konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarga kirishishi mumkin. Fuqarolarga muayyan majburiyatlar bilan birga davlat organlari oldida fuqarolarga ma'lum huquqlar ham berilgan. Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasida, O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar qonun oldida tengdirlar, deb belgilangan. Ya'ni konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarining subyekti sifatida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquqiy layoqatlari Konstitutsiyada kafolatlangan. Masalan, fuqaro davlat organlari, xalq deputatlari, jamoat birlashmalari va boshqa uyushma, tashkilotlar bilan konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarga kirishi oqibatida ham subyekt bo`la oladi.

10. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni ko`rsatish mumkin.

Konstitutsiyaviy huquq normalari konstitutsiyaviy-huquq munosabatlari ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlarini ma'lum obyektlar bilan, ya'ni narsalar va hodisalar bilan bog`lab belgilaydi.

Konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar obyektlarini bir nechta guruhlarga ajratish mumkin:

1. Davlat hududi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasida “O`zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo`linmas bo`lib, xalqining xohish-irodasi, erki, ya'ni bildirmasdan turib uning o`zgartirilishi mumkin emas”-deyilgan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida “...Qoraqalpog`iston Respublikasining hududi va chegaralari dahlsiz bo`lib, o`zgartirilishi va bo`linishi mumkin emas”-deb belgilangan. Bu normalar asosida davlat-huquqiy munosabatlari kelib chiqadi. Chunki, Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekiston tarkibidagi suveren respublika, uning hududiy o`zgarishlari xalqining roziligi bilan o`zgartirilishi mumkin.

2. Moddiy boyliklar. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlat mulkini tashkil etuvchi obyektlar doirasini belgilaydi va bu obyektlardan foydalanish huquqiga ega bo`lgan subyektlarni ham belgilaydi. Masalan, yer usti va yer osti boyliklari suv, tabiiy zahiralar, o`rmon, hayvonot dunyosi umummilliy boylikdir.4[11] Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

3. Kishilarning xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, davlat organlari va jamoat birlashmalarining qonuniy faoliyat yuritishi. Masalan, deputatning vakillik organiga kiritgan so`rovi bilan bog`liq harakati natijasida konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatning obyekti bo`lishi mumkin yoki vakillik organi tomonidan qonunga zid qabul qilingan qarorning yuqori vakillik organi tomonidan bekor qilinishi ham konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Bu normalarda obyekt, huquqiy harakat nimaga qaratilganligi bilan aniqlanadi.

4. Mulkiy xarakterga ega bo`lmagan shaxsiy manfaatlar, ya'ni obro`, sha'n, qadr-qimmat va hokazo. Masalan: ”O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a'zosining maqomi to`g`risida” gi qonuni asosida deputat va senator dahlsizligi mustahkamlangan. Demak bu qoida asosida deputat va senatorning sha'ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan davlat-huquqiy munosabatlari kelib chiqishi mumkin, shunday qilib, konstitutsiyaviy huquqning xilma-xilligi o`z navbatida turli ma'nolardagi davlat-huquqiy munosabatlarini vujudga keltiradi. Demak, davlat-huquqiy munosabatlarining obyektiga huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunlarda belgilangan manfaatlari bilan bog`liq bo`ladi.




1[8] O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi, T., “O`zbekiston”, 2003 yil. 9-bet

2[9] O`zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a'zosining maqomi to`g`risidagi qonunining 7-moddasi. “Xalq so`zi”, 2004 yil 5 dekabr.

3[10] O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 33-moddasi, T., “O`zbekiston”, 2003 yil 8-bet

4[11] O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi T., “O`zbekiston” 2003, 11-bet

Aim.uz


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling