Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari
Download 57 Kb.
|
Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularni
Aim.uz Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar, ularning subyektlari, obyektlari va turlari Konstitutsiyaviy huquq normalarini hayotga tadbiq etish jarayonlarida konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar deb, Konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Bunday munosabatlarning ishtirokchilari konstitutsiyaviy huquq normalari tomonidan o`rnatilgan huquq va majburiyatlar bilan o`zaro bog`langan bo`ladi. Uning ishtirokchilari o`zaro yuridik aloqada bo`ladi, chunki ular kishilar ongiga bog`liq bo`lib, davlat organlari tomonidan ta'minlanadi, himoya qilinadi, kafolatlanadi. Yuridik adabiyotlarda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmuni masalasida turli xil qarashlar mavjud. Qator davlatshunos olimlarning nuqtai nazarida konstitutsiyaviy huquq normalari muayyan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va davlat tuzilishining siyosiy tashkil etilishining asosiy tomonlarini belgilaydi va tartibga soladi. Boshqa davlatshunos olimlar esa konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, deb ta'kidlaydilar. Birinchi nuqtai nazar mualliflarining qarashlari o`ta mavhum. Chunki ular konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar mazmunini juda keng tushunishlari oqibatida uning haqiqiy mazmunini aniq ochib bera olmaganlar. Ikkinchi nuqtai nazar o`ta aniq bo`lishiga qaramasdan, juda tor dunyoqarash bo`lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar ahamiyatlilik darajasi pasaytirib yuborilgan. Bu xildagi dunyoqarash amalda mavjud davlat tuzilishini takomillashtirish yoki rivojlantirishda qarama-qarshilikka olib keladi. Shunday qilib, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning yuridik mazmunini, munosabat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari tashkil etadi. Bu munosabatlar asosan davlat va jamiyat tuzilishini mustahkamlash, xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish tizimi va shakllari bilan bog`liqdir, shuning uchun ham konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar huquq tizimida xal qiluvchi o`rinda turadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari bo`lib, bu munosabatlarda ishtirok etuvchilarning, ya'ni subyektlarning maxsus doirasini guruhlarga bo`lib o`rganish tavsiya etiladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari qatoriga quyidagilar kiradi:
1. O`zbekiston xalqi. O`zbekiston Konstitutsiyasining 7-moddasida, “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai” ekanligi mustahkamlangan, 9-moddasida esa “jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga ya'ni ovozga (referendumga) qo`yilishi mustahkamlangan”. “O`zbekiston Respublikasining referendumi to`g`risida” gi 1991 yil 18 noyabrda va 2001 yil 30 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan qonuniga binoan, O`zbekiston Respublikasining referendumi – davlat hayoti va ijtimoiy hayotining eng muhim masalalari bo`yicha, shu jumladan O`zbekiston Respublikasining qonunlarini va o`zga qarorlarni qabul qilish, ularga o`zgartirish kiritishda jamoatchilik fikrini aniqlash uchun, umumxalq ovoziga qo`yilishi, bo`lib, xalq hokimiyatchiligini bevosita amalga oshirish vositasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar O`zbekiston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega bo`ladi va faqat referendum o`tkazish yo`li bilan bekor qilinishi yoki o`zgartirilishi mumkin. Misol uchun 2002 yil 27 yanvardagi referendumda esa, kelgusi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Parlamentini ikki palatali qilib saylash va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib, o`zaytirishga oid masalalar yuzasidan o`tkazilgan referendumni keltirish mumkin. Xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishning ikkinchi shakli; Davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda xalqning o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqidir. Bu tarzda ishtirok etish o`zini-o`zi boshqarish va davlat organlari faoliyatini demokratik prinsiplar asosida tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunga misol sifatida: 2004 yil 26 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlariga o`tkazilgan saylovlarini keltirish mumkin. 2. O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalari o`rtasidagi davlat-huquqiy munosabatlari va ularning vakolatlari doirasini belgilash tartibi. Konstitutsiyaning XVII bobida va boshqa moddalarda mustahkamlangan prinsiplar asosida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, shartnomalar va bitimlarda ko`rsatib o`tilgan. 3. Ma'muriy-hududiy birliklar: O`zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat (Konstitutsiyaning 68-moddasi). Davlat mazkur ma'muriy-hududiy subyektlari bilan ham huquqiy munosabatlarga kirishadi. Ular esa, o`z navbatida, o`z vakolatlari doirasida huquqiy harakatlarni amalga oshirishi belgilangan. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o`zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish amalga oshiriladi. 4. Jamoat birlashmalari: O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan: siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari. ular o`z faoliyatlari davomida deputatlikka nomzodlar ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan yoki deputatlarni chaqirib olish tartibini amalga oshirish bilan bog`liq masalalarda davlat-huquqiy munosabatlarining subyekti bo`la oladilar. 5. Mehnat jamoalari: muassasa korxona, tashkilot, shirkat xo`jaligi, fermer xo`jaligi, dehqon xo`jaligi, oliy o`quv yurti talabalari, o`qituvchilari, kollej va litseylar, harbiy xizmatchilar va boshqalar. Davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni muhokama qilishda davlat-huquqiy munosabatlarining subyekti bo`la oladilar. Masalan, Konstitutsiya va qonunlarni muhokama qilishda o`z fikrlarini bayon etish yoki Referendumda ishtirok etish bilan davlat huquqiy munosabatlarining subyekti bo`ladilar. 6. Davlat organlari: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat organlari faoliyati va tashkil etilishining asosiy tamoyillari belgilangan. Konstitutsiyaviy normalar asosida davlat organlari davlat hokimiyatini amalga oshirish va tashkil etish jarayonida bir-biri bilan o`zaro konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarga kirishadi:
Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling