Konstitutsiyaviy nazorat: Oʻzbekiston Rechpublikasi va Portugaliya Konstitutsiyaviy sudining qiyosiy-huquqiy tahlili


Download 92.99 Kb.
Sana26.03.2023
Hajmi92.99 Kb.
#1296516
Bog'liq
Homidov Doston Portugaliya


Konstitutsiyaviy nazorat: Oʻzbekiston Rechpublikasi va Portugaliya Konstitutsiyaviy sudining qiyosiy-huquqiy tahlili
TDYuU Davlat boshqaruvi huquqi yoʻnalishi
magistratura bosqichi talabasi
Homidov Dostonjon Zafar oʻgʻli
91-991-79-39
Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy nazorat instituti nafaqat hokimiyatlar boʻlinishi prinsipini samarali tatbiq etishga balki, konstitutsiya va qonun ustunligini taʼminlash hamda ularni muhofaza etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga taʼsirini kuchaytirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobining bevosita konstitutsiya va qonun ustuvorligiga bagʻishlanishi ham amlakatimizda mazkur rahbariy qoidaning ahamiyatini aks ettiradi. Zamonaviy dunyoda hech bir soha ayro, yakka holda rivojlana olmaydi va holanki huquq tizimi ham.
Yevropa qitʼasining rivojlangan davlatlaridan biri Portugaliya Kontitutsiyasi va undagi huquq tizimini Yurtimiz huquq tizimi bilan qiyoslaganda bir qator oʻziga xos va oʻxshash jihatlarni uchratishimiz mumkin.
Portugaliyada konstitutsiyaviy jarayon 1820-yildagi inqilobdan keyin boshlandi, 1822-yilda mamlakatning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi, shundan soʻng Portugaliya konstitutsiyaviy monarxiyaga aylandi. 1910-yilgi inqilobdan soʻng esa monarxiya tugatilib, respublika oʻrnatilishiga olib keldi hamda 1911-yilda respublikaning yangi konstitutsiya qabul qilindi. Shu tariqa Mamlakatda Konstitutsiyaviy jarayon oʻzining yangi bosqichiga oʻtdi.
1932-yilda Bosh vazir Antonio di Salazar 1933-yilda milliy referendumda qabul qilingan yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqdi va bu konstitutsiya referendumga qoʻyildi. Referendum natijasida konstitutsiyani yoqlab 719 364 kishi ovoz berdi, 5 955 kishi qarshi ovoz berdi, 488 840 nafar saylovchi betaraf qoldi, biroq ularning ovozlari konstitutsiyani qoʻllab-quvvatlovchi deb hisoblandi. Yangi Konstitutsiya Korporatizm
mafkurasiga asoslanib, “Yangi davlat” deb ataladigan rejim uchun de-yure normalarni belgilab berdi. Shu tariqa Portugaliya konstitutsiyasi “dunyodagi birinchi korporativ konstitutsiya” deb eʼlon qilindi. 1933-yilgi konstitutsiyaga koʻra, mamlakat prezidenti 7 yilga saylanib, bosh vazir va vazirlarni tayinlagan. Amalda taʼminlanmagan boʻlsada Konstitutsiyada soʻz, yigʻilish va matbuot erkinligi koʻzda tutilgan edi 1975-yildagi chinnigullar inqilobidan keyin Taʼsis majlisi saylandi va yangi konstitutsiya matnini ishlab chiqdi1. Konstitutsiya loyihasi 1976-yil boshida rasman eʼlon qilindi. 1976-yil 2-aprelda Taʼsis majlisi yangi Konstitutsiya matnini qabul qildi, u bir qator oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan bugungi kunda ham amalda. Portugaliya Konstitutsiyasiga birinchi tuzatishlar 1982-yil 30-oktyabrda kiritilgan. Xususan, ular Portugaliya inqilobiy kengashini tugatdilar, uning oʻrniga Davlat kengashi; mamlakatda sotsializm qurilishi haqida eslatma olib tashlandi. Yerga xususiy mulkchilik ham tiklandi va Konstitutsiyaviy sud joriy etildi.
Portugaliyada Konstitutsiyaviy sud - konstitutsiyaviy-huquqiy xususiyatga ega masalalar boʻyicha odil sudlovni amalga oshirish uchun tuzilgan maxsus vakolatga ega organ. Sudning asosiy vazifasi yangi tasdiqlangan qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Portugaliya Konstitutsiyasi Konstitutsiyaviy sudni hokimiyatning boshqa organlaridan, jumladan, ijro etuvchi yoki qonun chiqaruvchi hokimiyatdan mustaqil ravishda faoliyat yuritishini belgilaydi. Konstitutsiyaviy sud sudyalari mustaqildir va ularga impichment eʼlon qilinishi mumkin emas. Konstitutsiyaviy sud qarorlari har qanday boshqa hokimiyat qarorlaridan ustundir.
Konstitutsiyaviy sud oʻz raisi va vitse-prezidentini saylaydi va oʻz qoidalarini, ish tartibini va budjetini tasdiqlaydi. Konstitutsiyaviy sud Sudyalari oʻn uchta sudyadan iborat boʻlib, oʻn nafari Assambleya tomonidan tayinlanadi. Qolgan uchtasi mana shu oʻn nafar sudya tomonidan tayinlanadi. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati toʻqqiz yilni tashkil etadi va u uzaytirilmaydi2.
Portugaliyada Konstitutsiyaviy sud sudyalari quyidagi vakolatlarni amalga oshiradilar:
- Konstitutsiyaviy sud raisi uning sudyalari tomonidan saylanadi.
- Konstitutsiyaviy sud sudyalari dahlsizlikning bir xil kafolatlaridan foydalanadilar, sudyalar vakolatlarini himoya qiladilar.
- Konstitutsiyaviy sud sudiyalarining huquqiy maqomi va roliga oid normalar Qonun va boshqa qoidalar bilan tartibga solinadi.
- Konstitutsiyaviy sud suyadsi konstitutsiyaga zid va xilof boʻlgan ishlarni koʻrib chiqadi
Konstitutsiyaviy sud:
- Respublika Prezidentining oʻlimini tekshirish va doimiy jismoniy qobiliyatsiz deb eʼlon qilish;
- oʻz vazifalarini bajarishga vaqtincha toʻsqinlik qilingan holatlarni tekshirish;
- Respublika Prezidenti lavozimidan mahrum etilganligini tekshiradi
- yakuniy instansiya sudi sifatida saylov protsessual hujjatlarining toʻgʻri bajarilishi va asosliligini baholaydi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda;
- Respublika Prezidentining oʻlimini tekshirish va huquqni amalga oshirishga layoqatsiz deb eʼlon qilish vakolatini amalga oshiradi
- siyosiy partiyalar va ularning koalitsiyalarini tuzishning qonuniyligini tekshirish, ularning qonuniyligini baholash
- milliy, mintaqaviy va mahalliy referendumlarning konstitutsiyaviy va qonuniyligini tekshirish;
- aʼzolarning iltimosiga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan oʻrinni yoʻqotish boʻyicha apellyatsiyalarni koʻrib chiqish va
- siyosiy partiyaga saylovlar va ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bilan bogʻliq boʻlgan xatti-harakatlarni koʻrib chiqish
- Konstitutsiyaviy sud oʻziga yuklangan Konstitutsiya va qonun bilan belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirish vakolatiga ega.
2021-yil 27-aprelda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi. Unda Konstitutsiyaviy sud sudyalarining mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan bir qancha yangiliklar joriy etildi.
Jumladan, Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolat muddati qayta koʻrib chiqildi. Avval Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolat muddati besh yilni tashkil etgan boʻlsa, yangi qonunga koʻra birinchi marta saylanganda besh yilni, navbatdagi saylanganda oʻn yilni tashkil etadi. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining daxlsizligi kuchaytirildi. Umuman olganda, Konstitutsiyaviy sud sudyasi Konstitutsiyaviy sudning roziligisiz jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek, qamoqqa olinishi mumkin emas. Qabul qilingan qonunning 14-moddasiga koʻra endilikda Konstitutsiyaviy sud sudyasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik yoki odamning oʻlimiga sabab boʻlgan boshqa qasddan jinoyat sodir etganlik aybi qoʻyilgan hollardagina qoʻllanilishi mumkin. Bunday qoida Konstitutsiyaviy sudning sobiq sudyasiga nisbatan ham qoʻllaniladi. Bu Konstitutsiyaviy sud sudyasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi har qanday jinoyat yuzasidan qoʻllanilavermasligini anglatib, Konstitutsiyaviy sud sudyasining daxlsizligini kuchaytiradi.
Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, Konstitutsiyaviy sud sudyalarining mustaqilligi kafolatini yanada kuchaytirib borish Konstitutsiyaviy sudning ishlarni faqat Konstitutsiyaga boʻysungan holda koʻrib chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”3 gi qonunda aynan mana shu jihatning eʼtiborga olingani diqqatga sazovor. Konstitutsiyaviy sud sudyalarining mustaqilligi kafolatlarini bundan keyin ham kuchaytirib borish Konstitutsiyaviy sud oldiga qoʻyilgan vazifalarni adolatli amalga oshirish, mamlakatimizda Konstitutsiyaning ustunligi tamoyilining amaliy ifodasini taʼminlaydi.

1 https://globalaccesstojustice.com

2 https://elibrary.law.psu.edu

3 Lex.uz “Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий суди тўғрисида”


Download 92.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling