Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/42
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1693477
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
Yangi konstitutsiya matni.pdf

137-modda. 
Hamma sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga 
qonunda belgilangan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. 
138-modda. 
Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir. 
139-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, 
qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda 
yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan 
tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish 
materiallari bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda 
sudda ona tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi. 
140-modda. 
Sudlarning 
faoliyatini 
moliyalashtirish 
faqat 
Oʻzbekiston 
Respublikasining Davlat byudjetidan amalga oshiriladi hamda u odil sudlovni 
toʻliq va mustaqil amalga oshirish imkoniyatini taʼminlashi kerak. 
XXIV
bob. Advokatura 
141-modda. 
Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam koʻrsatish uchun 
advokatura faoliyat koʻrsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish 
prinsiplariga asoslanadi. 
Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 


41 
142-modda. 
Advokat oʻz kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga 
aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Advokatga oʻz himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish
maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar taʼminlanadi. 
Advokat, uning shaʼni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat 
himoyasida boʻladi va qonun bilan muhofaza qilinadi. 
XXV bob. Prokuratura 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling