Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/42
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1693477
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Yangi konstitutsiya matni.pdf

XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik 
152-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston Respublikasining 
davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti
va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. 
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan 
belgilanadi. 
153-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun yetarli 
darajada Qurolli Kuchlariga ega. 
OLTINCHI BOʻLIM.
KONSTITUTSIYANI OʻZGARTIRISH TARTIBI 
154-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 
tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan 
iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki 
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. 
Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining 
qoidalari qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas. 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 
kiritish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek 
Konstitutsiyaning normalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda 
tutilishi mumkin. 
 
155-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin 
olti oy mobaynida Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish 
toʻgʻrisida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda 
konstitutsiyaviy qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Konstitutsiyani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni rad etsa, taklif bir 
yil oʻtgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin”. 
2-modda. Ushbu 
Konstitutsiyaviy 
Qonun 
referendum 
yakunlari 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy eʼlon 
qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling