Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Yangi konstitutsiya matni.pdf
7-modda. Ushbu
Konstitutsiyaviy Qonunning davlat hokimiyati mansabdor shaxslarining vakolat muddatlari, saylanish (tayinlanish) tartibi va (yoki) shartlarini oʻzgartiruvchi va (yoki) boshqacha tarzda taʼsir qiluvchi qoidalari ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda mazkur lavozimlarni egallab turgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi hamda mazkur shaxslar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda koʻrsatilgan lavozimlarni egallaganligi va (yoki) egallab kelayotganligining surunkali muddatlari sonidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari bilan teng ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining talablariga, shu jumladan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi talablariga muvofiq mazkur lavozimlarga saylanishga (tayinlanishga) haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining oʻziga nisbatan yangi saylanish shartlari va vakolatlar muddati joriy etilayotgan amaldagi sudyalari oʻz vakolatlarini ular saylangan muddat tugaguniga qadar davom ettiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakant sudyalik lavozimlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan tartibda toʻldiriladi. 45 8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritilishi mumkin. 9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ikki oylik muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritsin; davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarining bajarilishini, shu jumladan, mamlakatda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari va funksiyalari qayta koʻrib chiqilishini inobatga olgan holda bajarilishini taʼminlashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oylik muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin; har yili navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlashda davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarini bajarish uchun zarur mablagʻlar yoʻnaltirilishini nazarda tutsin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling