Savol O‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni mazkur muammoli vaziyat asosida tahlil qiling


Download 14.45 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi14.45 Kb.
#1444553
  1   2   3
Bog'liq
Moliya huquqi DHF, XH, XHQH


1 KAZUS
Eron Islom Respublikasi fuqarosi bo‘lgan M.Axmednijat O‘zbekiston Respublikasida xususiy bank filialini ochish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qildi. U o‘z murojaatida xususiy bankni MCHJ shaklida ochmoqchi ekanligi va ustav fondini to‘liq o‘zi shakllantirishini bildirdi. Bunga javoban Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasida banklar faqatgina aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilish lozimligi va ustav fondi minimum 15 foizi xorijiy investorlarning ulushi bo‘lishi shartligi to‘g‘risida tushuntirdi va unga dastlabki ruhsatnoma berishni rad etdi. Ushbu holat yuzasidan M.Axmednijat Markaziy bank faoliyati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga shikoyat qildi. Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu holat yuzasidan vakolatli emasligini aytib, Markaziy bank faoliyati ustidan Oliy Majlis Senatiga murojaat qilishni tushuntirdi.
Savol
1. O‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikni mazkur muammoli vaziyat asosida tahlil qiling.
2.O‘zbekiston Respublikasi banklarni ochish yaʼni ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziya berish tartibini qonunchilik hujjatlari asosida tahlil qiling.
3.O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini qonunchilik hujjatlari asosida tahlil qiling.
4.Markaziy bankning huquqiy maqomini taxlil qiling
5. Vaziyatga yakuniy va asosli yechim bering.
2 KAZUS
2022-yilning oktabr oyida Toshkent shaxar, Uchtepa tumanidan soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan “GLP” MCHJ “KIA” rusumli avtomashinani 327.900.000 so‘mga sotib oldi. Shundan so‘ng jamiyat buxgalteri S.Alimov xududiy soliq organiga murojaat qilib, sotib olingan avtomashina jamiyat faoliyati uchun ekanligi sababli sarf etilgan mablag‘ning 12 foizi yaʼni qo‘shimcha qiymat solig‘ini jamiyat xisob raqamiga tushirib berishni so‘rab murojaat qildi. Biroq xududiy soliq organi transport vositalariga to‘langan summalar yuzasidan qo‘shimcha qiymat solig‘ini qaytarib berilmasligini va avtomashina qayta sotilayotganda to‘langan summadan qayta QQS xisoblanmasligini ko‘rsatib so‘rovni rad etdi. Bundan norozi bo‘lgan jamiyat Toshkent shaxar soliq boshqarmasiga murojaat qilinganda boshqarma ham so‘rovni rad etib, QQS qaytarilsa faqatgina kameral tekshiruv o‘tkazilib, QQS qaytarilishini ko‘rsatdi.

Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling