Savol:
1. Qo‘shimcha qiymat solig‘i qanday soliq turiga kiradi va nima maqsadda qo‘llaniladi.
2. Muammoli vaziyatdagi xududiy soliq organining xarakatlariga Soliq qonunchiligiga asosan qonuniy baho bering.
3. Muammoli vaziyat yuzasidan Toshkent shahar soliq boshqarmasining qoplanadigan soliq summasining asoslanganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish haqidagi vajini asoslang.
4. Mazkur vaziyatda “GLP” MChJning avtomashina uchun to‘langan summadan QQSni qaytarib olishi qonuniymi?. Fikringini asoslang.
5. Qanday turdagi maxsulotlarga nima sababdan QQS qaytarib berilmaydi. Soliq kodeksi asosida taxlil qiling.
3 KAZUS
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari xisobidan davlat dasturining erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va moliyalashtirish bandini moliyalashtirish yuzasidan Vazirlar Maxkamasi tomonidan qaror qabul qilinib, ijro etish uchun jamg‘arma Kengashiga yuborildi. Biroq Markaziy bank tomonidan davlat dasturidagi bandda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish nazarda tutilmaganligi sababli Jamg‘arma xisob raqamidan mablag‘ ajratishga taʼqiq qo‘yildi.
Savol:
1. Davlat maqsadli jamg‘armasi tushunchasi va tuzish tartibi hamda maqsadlari
2. Mazkur muammoli yuzasidan Markaziy bankning xarakatlariga huquqiy baho bering
3. Vazirlar Maxkamasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi boshqarishda va mablag‘larni jamg‘arishdagi vakolatlari
4. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromdlari va ularning shakllantirish va boshqarish tartibi
5. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari xisobidan kreditlar berish va uning foiz stavkalari va yo‘nalishlarini taxlil qiling.
4 KAZUS
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan O.Maxkamova tuman xokimiyatiga murojaat qilib, 2022 yilda davlat budjetiga mablag‘lar jalb qilish yuzasidan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan davlat obligatsiyalarini sotib olish uchun murojaat qildi. Biroq tuman xokimligi tomonidan davlat obligatsiyalari jismoniy shaxslariga berilmasligi va bu ularning vakolatiga kirmasligini bildirib, unga rad javobini berishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |