Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Yangi konstitutsiya matni.pdf
3-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid boʻlmagan qismida qoʻllaniladi. 44 4-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan eʼtiboran toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi. 5-modda. Amaldagi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan eʼtiboran oʻz faoliyatini ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan vakolatlarga muvofiq amalga oshiradi. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 92-moddasi uchinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) aʼzolari sonini belgilovchi qoidalari 2024-yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi boshlanganidan amalga kiritiladi. 6-modda. Tegishli normativ-huquqiy bazani tayyorlash, mahalliy vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining izchilligi hamda uzluksizligini taʼminlash zarurligi munosabati bilan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 120-moddasi uchinchi qismining viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi haqidagi qoidalari: viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2024-yilda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari boʻyicha; tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan esa 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling