35
122-modda.
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) tegishli mahalliy byudjetlarni koʻrib chiqish va qabul qilish, ularning
ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
va aholini ijtimoiy himoya
qilish dasturlarini tasdiqlash;
3) hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni
eshitish;
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish.
123-modda.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan
iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy
Majlis palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari
hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori
turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari
Kengashlarining qarorlarini
bajarish;
2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
va ekologik jihatdan
rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
3) mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish;
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish.
124-modda.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti
tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod
etiladi hamda tegishli xalq
deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanga boʻysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari
tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: