Konstruksiyalarni chegaraviy holatning ikkinchi guruhi bo’yicha hisoblash
Download 184 Kb.
|
Konstruksiyalarni chegaraviy holatning ikkinchi guruhi bo’yicha hisoblash
Zararli aralashmalar
Fosfor va oltingugurt zararli aralashmalardir. Ammo ularni po’lat tarkibidan butunlay chiqarib bo’lmaydi. Po’lat tarkibida fosfor miqdori 0,045%dan oshsa, past harorat ta’siridan po’lat murtligi ko’payadi. Oltingugurt miqdori 0,055% dan ortishi, po’latda, qizigan vaqtida, darzlar hosil bo’lish iga olib keladi. Azot <0,008%, kislorod <0,007%, vodorod <0,0007% ichki atomlararo boglanishini kamaytiradi va murt ravishda sinishiga olib keladi. Foydalanishda kuyilgan talablarga ko’ra po’lat quydagi uch guruhda tayyorlanadi: A - mexnik xususiyatlar bo’yicha , B-kimyoviy tarkibi bo’yicha, V- mexAniqi xususiyatlari va kimyoviy takib bo’yicha. Qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladigan po’latlar mustahkam va payvandlanuvchan, shuningdek, emirilishga va dinamik ta’sirlarga bardoshlik bo’lishi lozim, ya’ni bunday qurilmalar qurishda asosan «V» guruhdagi po’latlar talab kilinadi, VSt3kp2-kaynok po’lat (kp-kaynok, sp-tinch po’lat, ps-yarim tinch po’lat). Po’lat eritish ikki usulda bo’ladi. Marten pechlarida va konvektor usulida kislorod yuborish bilan. Po’lat mustahkamligini oshirishning asosan ikki usuli bor: Yuqorii haroratda ishlov berish va legirlash. Yuqorii haroratda ishlov berishdan asosiy maqsad po’latning atom tuzilishini uzgartirish va zarrachalarini maydalashdan iborat. Bu jarayon natijasida po’latning elastikligi biroz kamaygani xolda mustahkamligi va oquvchanlik chegarasi ortadi. Yuqorii haroratda ishlov berishni asosiy turlari: toblash, normallash va bushatish. Toblash po’latni 9100Sdan Yuqoriigacha qizdirib keyin tezlik bilan sovitishdan iborat. Normallashda toblangan yoyma po’lat kaytadan austenit tuzilishi hosil bo’ladigan haroratgacha kizdirilib, keyin xavoda sovitiladi. Normallash natijasida po’latning tuzilishi ancha yaxshilanib, ichki kuchlanishlar yukoladi, bu esa uz navbatida po’latning mustahkamligi va plastik xususiyatlari, zarbga chidamliligi ortishiga olib keladi. Bo’shatish - bu po’latni austenitning o’zgarishlari haroratidan Yuqorii haroratgacha (2730S) kizdirib, keyin sovitish (xavoda yoki suvda) dan iborat. Bunda po’latning mo’rtligi kamayib, zarbaga chidamliligi ortadi. Ta’sir etish vaqtiga qarab yuklar doimiy va vaqtincha bo’lish i mumkin, vaqtincha yuk uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus bo’lish i mumkin. Doimiy ta’sir etadigan yuklarga quydagilar kiradi: a) inshoot qismlarining vazni, yuk ko’taruvchi va tusuvchi qurilish konstruksiyalarining vaznlari ham shunga kiradi; b) gruntlarning og’irligi va bosimi (ko’tarma, tuldirma); v) konstruksiyada oldindan uygotilgan kuchlanishlardan hosil bo’lgan zurikishlar va boshqalar. Vatstincha uzots muddat ta’sir etadigan yuklarga quydagilar kiradi: a) vaqtincha xonalarni ajratadigan pardevor ogirligi; b) qo’zg’almas asbob-uskunalar dastgoxlar, apparatlar, motorlar, idishlar, quvurlar, tasmali transportyorlar, konveyerlar, qo’zg’almas ko’tarma mashinalar, shuningdek asbob-uskunalarni tuldirib turuvchi suyuqlikyoki kattik jismlarning vazni; v) idishlar yoki quvurlardagi gaz, suyuqlik va sochiluvchan jismlarning bosimi; g) omborxona, muzxona, don saqlaydigan, kitob saqlaydigan xonalar, arxivlar va shunga uxshash binolar yopmasiga taxlanadigan yoki jovonlarga terib qo’yiladigan buyumlar vazni; d) statsionar asbob-uskunalardan tushadigan yuklar; Vatstincha sissa muddatli yuklarga quydagilar kiradi: a) asbob-uskunalarni ishga tushirish va to’xtatish, sinash, kuchirish yoki almash-tirish choglarida vujudga keladigan yuklar; b) odamlar va uskunalarni ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar vazni; v) uy-joy, jamoat, qishloq xujaligi binolarining yopmalariga odamlar va asbob-uskunalardan tushadigan yuklar; g) qo’zg’aluvchi kO’tarma-telfer vositalaridan tushadigan yuklar d) kor yuklari; e) harorat iqlim ta’siri; j) shamol yuklari; Maxsus yuklarga quydagilar kiradi: a) seysmik ta’sirlar; b) portlash ta’sirlari; v) texnologik jarayonning keskin o’zgarishi, uskunalarning vaqtincha ishdan chikishi yoki sinishi natijasida vujudga keladigan yuklar; g) grunt strukturasini keskin o’zgarishi (chukuvchan gruntlar namlanganda) yoki tog konlari xududida cho’qish natijasida zaminda paydo bo’lgan deformatsiyalardan kelib chikkan ta’sirlar. Yuklar jamlamasi Odatda inshootga bir necha xil yuklar birgalikda ta’sir etadi, lekin hamma mavjud yuklarning konstruksiyaga bir vaqtning uzida ta’sir etish ehtimoli kam. Shuning uchun konstruksiya va zaminlarni chegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi guruhlari bo’yicha hisob lashda yuklar va tegishli zurikishlarning eng nobop jamlamalari (sochetanie) e’tiborga olinishi zarur. Bu jamlamalar konstruksiya yoki zaminga bir vaqtning uzida vaqtinchali yuklar kuyilishining turli sxemalari paydo bo’lishi imkoniyatlarini e’tiborga olgan xolda turli yuklarni xar xil variantlarda ta’sir etishini yoki ba’zi yuklarning mavjud emasigini kurib chikish yuli bilan belgilanadi. Hisobga olinadigan yuklar tarkibiga qarab jamlamalar quydagi xillarga bo’linadi: a) doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklardan tashkil topgan asosiy jamlamalar; b) doimiy uzoq muddatli, qisqa muddatli maxsus yuklarning biridan tashkiltopgan maxsus jamlamalar. Ikki xil me’yoriy qiymatga ega bo’lgan vaqtinchali yuklarni jamlama tarkibiga kiritishida uning kichik me’yoriy qiymati uzoq muddatli yuk, katta me’yoriy qiymati esa - qisqa muddatli yuk sifatida qaraladi tulik me’yoriy qiymatini hisob ga olishda. Agar jamlamalar tarkibiga doimiy va kamida ikkita muvaqqatyuk kirsa, vaqtincha yuklarning hisob iy qiymatlari quydagi jamlama koeffitsientlariga ko’paytiriladi: asosiy jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun ᴪ =0,95; qisqa muddatli yuklar uchun ᴪ2=0,9; Maxsus jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun ᴪ=0,95; qisqa muddatli yuklar uchun ᴪ 2=0,8. Asosiy jamlama tarkibi doimiy yuk va bitta muvaqqat(uzoq yoki qisqa muddatli) yukdan tashqi l topsa, ᴪ 1 ,ᴪ 2 koeffitsientlariga kupaytirilmaydi. Eslatma: Asosiy jamlamalar tarkibi uchta va undan ortik qisqa muddatli yuklardan tashkil topgan bo’lsa, ularning hisob iy qiymatlari jamlama koeffitsienti ᴪ2 ga kupaytiriladi; bunda koeffitsientning qiymati (ahamiyatiga ko’ra) birinchi qisqa muddatli yuk uchun - 1,0, ikkinchisi uchun - 0,8, kolganlari uchun - 0,6 olinadi. Birgalikda ta’sir etish ehtimolligi mavjud variantlarni taxlil qilib topiladi. Asosan birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli yuklar kiradi. Maxsus birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli va bitta maxsus yuk kiradi. Agar vaqtincha ta’sir etadigan yuklar soni bittadan ortik bo’lsa, unda yuklar qiymati ᴪ =0,95 ga birinchisini va 0,9ga ikkinchisini kupaytirish lozim, ya’ni asosan birgalik 0,95ga, aloxida birgalik esa 0,9ga ko’paytiriladi. Qisqa muddatli yuklar mos ravishda ᴪ2=0,9 ga ᴪ2=0,8 ga va ᴪ2=0,6 ga ta’sir darajasi bo’yicha kupaytiriladi. Metall konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad kam miqdorda material sarflab tashqi ta’sir yotayotgan jami yuklarga yetarli darajada ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan, konstruksiyalarni yaratish. Qurilish konstruksiyalarni 1955 yildan beri chegaraviy holatlar uslubi bo’yicha hisob lanadi. Chegara holatlari deganda konstruksiyalarning ishlatilish jarayonida oldindan belgilangan talablarga javob bermay qolishi tushuniladi Qurilish konstruksiyalarni bu uslub bilan hisob laganda ikki guruhga bo’lib hisob lanadi. Birinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani yuk ko’tarish kobiliyatini yuqotish bilan bog’liq bo’lib va ularga : shakl umumiy ustivorligining yo’qolishi, vaziyat ustivorligining yo’qolishi, metallning toliqishi yoki boshqa biror harakterdagi buzilish, yuklarning va tashqi muxitning birgalikdagi noqulay ta’siri natijasida buzilish, qurilmalardan foydalanishni to’xtatishga olib keladigan rezonans tebranishlar, metall materialning oquvchanligi , birikmalardagi siljishlar, darzlarning xaddan tashkari ochilishi natijasida konstruksiyalardan foydalanishning imkoniyati yo’qligi. Ikkinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani normal foydalanish qiyinlashib kolganligi bilan bog’liq va ularga yo’l qo’yib bulmaydigan siljishlar, tebranmalar, darzlar paydo bo’lish i natijasida ishlash muddatining kamayishiga olib keladigan holatlar kiradi. Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisob lash, inshootni qurish yoki undan foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlardan biror-tasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi. Birinchi guruh chegara holatlari uchun umumiy shart quydagicha yozilishi mumkin: N < S N - hisob lanayotgan elementdagi yuklarni noqulay birgalikda ta’sir etishidan hosil bo’ladigan kuch, S - hisob lanayotgan elementning yuk qobiliyati. Elementdagi hosil bo’ladigan kuchni quydagi formula bilan aniqlashimiz mumkin: Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling