hozirgi vaqtda ijtimoiy psixologik terapevtik guruhlar bilan ishlash yo‘nalishi rivojlantirilgan. Quyida psixodrama haqida qisqacha to‘xtalib, guruhiy terapiya yo‘llarini ko‘rib o‘tamiz. - Psixodrama–20-yillarda Moreno tomonidan ishlab chiqilgan metod bo‘lib, u guruhiy psixoterapiyaning shakllanishiga asosiy turtki bo‘lib xizmat qilgan.
- Klientning ruxiy olamini o‘rganish uchun psixodramada guruhiy dramatik improvizatsiya qo‘llaniladi. Psixodramada klient o‘z dolzarb muammosini guruh bilan o’ylab ko‘rishi mumkin. Masalan, klientning muammosi otasi bilan gaplashish bo‘lishi mumkin. Terapevt rejissyor sifatida rollarni bo‘ladi. Sharoitga qarab odamlar, predmetlar rolida stol, stul, lampa va boshqalar ota rolida chiqishi mumkin. Ota rolini o‘ynovchi klientga otasining xususiyatlari aytiladi va u vaziyatni uylab ko‘radi, keyin boshqa ko‘zatib turgan guruh aʼzolari o‘z variantlarini ko‘rsatishadi yoki bo‘lib o‘tgan voqeaning klientda kuchli his uygʼotgan tomonini uylab ko‘rsatishadi. Shunisi qiziqarliki, bu hodisa o’ynalayotganda klientda o‘sha his boshdan kechirilishi, xatto u hushidan ketib qolishi mumkin.
- Psixodramaning maqsadi ham, Moreno fikricha, klientda kuchli tuygʼu va hislar kechishini uygʼotish orqali tajribani yana-da takomillashtirishdir. Psixodramada rolli o‘yin uslubi qo‘llaniladi. Bunda uyin spontan va ijodiy kechadi. Bu narsalar o‘z ichiga adekvat javob berishni va yangilikni oladi. «Tele psixodrama» proektsiya sifatida ko‘rinuvchi tushunchadir, yaʼni rollar o‘ynalishi davomida olamga boshqa odam ko‘zi bilan karash gʼoyasi yotadi.
- Katarsis – kuchli hisni boshdan kechirish bo‘lib, uning natijasida insayt yo‘li bilan muammoni yangicha tushunish kelib chiqadi. Ko‘pincha «Monolog» va ikkinchi «Men» metodlari ishlatiladi. Rollar almashtirib boriladi va oxirida fikr almashish orqali yangi bilim olinadi.
- Guruhiy psixoterapiya termini ham Yakob Moreno tomonidan psixologiya faniga olib kirilgan. Guruhiy yo’nalishda, yuqorida ko‘rilgan terapevtik yo‘nalishlarning aksariyatidan foydalaniladi. Guruhiy yo‘nalish faqat ruhiy kasallar bilan emas, balki sogʼlom, o‘zini shaxsan rivojlantirishga va anglashga, muammosini yechishga intiladigan odam bilan ishlashga ham qaratilgan. Guruhiy yo‘nalishning ustun tomoni shuki, unda terapevt emas, balki guruh aʼzolari muammoni yechishga yordamlashadi, yaʼni boshqalar muammosini hal qilish orqali o‘z ruhiy olamini boyitishadi. Bizda guruhiy yo‘nalish sotsial psixologik trening deb nomlanadi.
- Boshqa guruhlardan farqli o‘laroq, guruh mashgʼulotlarini trener har bir aʼzo bilan alohida o‘tkazishi mumkin. Boshqalar esa «bo’sh issiq stul» texnikasi bo‘yicha kuzatuvchi hisoblanadi. O‘z muammosini yechishni xoxlagan odam bo’sh stulga kelib o’tirib, boshqalar kuzatuvchiligida o‘z muammosini optimal yo’l bilan anglashga harakat kiladi. Bu geshtaltterapiyaning guruhiy ko‘rinishidir. Odatda ikki stul texnikasi ham ishlatiladi. Bu Morenoning ikkinchi «Men» metodiga o’xshaydi. Odam o‘z retroflektsiyasini anglash uchun yonidagi bo’sh stulga proektsiya qiladi va ikki odam sifatida: biri hujumchi, ikkinchisi himoyachi sifatida o‘ziga-o‘zi savol-javob qila boshlaydi. Guruh «issiq stul»dagi odamga maslahatlar bilan yordam berib turadi. Geshtalt guruhlarning asosiy maqsadi – javobgarlikni o‘ziga olgan holda o‘zligini anglashdir. Geshtalt nazariyasi bo‘yicha odam o‘zini anglash vaqtida samimiy ko’ringandagina yaxlitlik, geshtalьt hosil bo‘ladi, muammo yechiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |