Kontrabanda va bojxona qoidalarini buzilishiga qarshi kurash
Download 93.01 Kb.
|
Mustaqil ish bojxona ishining rivojlanish bosqichlari
Kontrabanda va bojxona qoidalarini buzilishiga qarshi kurash. I . Kirish. Asosiy qism: Qadimgi dunyoda bojxona munosabatlarini paydo bo’lishi. Bojxona ishining o’rta asrlardagi rivojlanish davri. Markaziy Osiyoda bojxona ishi. O’zbekistonda bojxona faoliyatini tashkil etish bosqichlari. Xulosa. Mavzu yuzasidan test ar. Mavzu yuzasidan savol ar. Foydalanilgan adabiyot ar va internet sayt ar. Kirish. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining shaffofligini va ulardan erkin foydalanish imkoniyatini, mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, eksport-import operatsiyalarining mutanosibligini ta’minlash tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, aholining turmush sharoiti va sifatini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi. Shu bilan birga, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvining murakkab tartib-taomillari va uzoq muddatlari, bojxona organlari xodimlari o‘rtasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarlik va xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining saqlanib qolayotganligi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari, tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish sohasida idoralararo va xalqaro hamkorlikning sust tashkil etilganligi kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarni olib kirishning oldini olish vazifalarini samarali bajarish, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash imkonini bermayapti. Umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar asosida bojxona organlari faoliyatini hamda bojxona ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, tadbirkorlik va turizmni faol va jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Bugungi kundа rеspublikа bоjxоnаsi o’z оldigа qo’yilgаn vаzifаlаrni sаmаrаli bаjаrа оlаdigаn, qudrаtli zаmоnаviy bоjxоnа tеxnоlоgiya vа аsbоb -uskunаlаrigа egа bo’lgаn, yaxlit, puxtа tаshkil etilgаn, kаdrlаr bilаn tа’minlаngаn huquqni muhоfаzа qilish tuzilmаsi hisоblаnаdi. Qadimgi dunyoda bojxona munosabat arini paydo bo’l shi. Xalqlar va davlatlar oʻrtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning oʻziga xos shakli sifatida bojxona koʻp asrlar muqaddam paydo bo’ldi. Tashqi savdo aloqalari haqidagi ilk ma‘lumotlar bizga qadimgi Misrning oltinchi sulolasi (bizning eramizgacha boʻlgan III ming yillik boshi) yodgorliklari orqali yetib kelgan. Bu davrda misrliklar Finikiya shaharlari va Qizil dengiz xavzasidagi aholi bilan savdo qilishgan. Keyinroq Nil vodiysi savdogarlarining savdo aloqalari Ikki daryo oralig'ining quldorchilik davlatlariga ham yoyilgan. Savdo karvonlarining harakati xavfsiz emas edi. Misrdagi Yangi podshohlik davri (eramizgacha XVI-XII asrlar)ning tarixiy yodgorliklari ot- ulovlarni talash va savdogarlarning shikoyatlari haqida hikoya qiladi. Koʻp mablag' sarflanadigan qoʻriqchilarni saqlash qimmatga tushar va xamisha ham oʻzini oqlamas edi. Shu sababli karvonni qoʻriqlash sarf-xarajatlarini qoplash uchun maxsus yig'imlar undirila boshlandi. Feodallar tomonidan ularning mulki orqali oʻtuvchi savdogarlardan undiriladigan soliqlar ham bojning Qadimgi koʻrinishi edi. Keyinchalik ularni shaharlar ham undirib ola boshladi, davlat paydo boʻlgandan keyin esa boj xazinani toʻldirishning qulay vositasiga aylandi. Ijtimoiy hayot murakkablashi, shaharlar rivojlanishi, savdo hajmi va intensivligi kengayishi davomida yig'imlarning yangidan-yangi turlari, shu jumladan savdodan va yuk keltirishdan olinadigan yigʻimlar joriy etila boshlandi. Eramizgacha III-II ming oralig'ida Ashshurning (Osuriya poytaxti) foydasiga uning Kichik Osiyodagi mustamlakalaridan boj undirilgan. Eramizgacha II ming yillik boshida deyarli butun Qadimgi dunyoning markaziga aylangan Vavilonda barcha tovarlar shaharga olib kirilishida koʻzdan kechirilar va ulardan boj undirilar edi. Boj oʻzining asosiy funksiyasi, fiskal funksiyasini, ya‘ni xazina manfaatlariga rioya qilish vazifasini ado etar ekan, boshqa soliqlar va yigʻimlar bilan birgalikda davlatning mustahkamlanishiga koʻmaklashadi. Davlat rivojlanishi barobarida bojlar ham rivojlandi, bojxona xizmatini tashkil etish shakllari va usullari takomillashdi. Bojxona ishi tarixining rossiyalik tadqiqotchisi V.A.Tsimmerman eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Afina aholisi donni Misrdan, Sitsiliyadan, keyinroq esa Shimoliy Qora dengiz boʻyidan olganligini qayd etadi. Xersones, Pantikapey, Feodosiya kabi shahar-poselenielar Qadimgi Gretsiyaning tashqi savdosi uchun shunchalik muhim ediki, ulardan tovar keltirilganligi va chiqarilganligi uchun boj undirilmas edi. «Qora dengiz boʻyi shaharlari mato, qurol-yarog', vino, usimlik moyi evaziga greklar dondan tashqari baliq, teri, qullar yetkazib berar edi». Gretsiyaning oʻzida chetdan keltiriladigan tovarlardan olinadigan boj ular bahosining oʻndan birini tashkil etardi. Biroq, vaqt o’tishi bilan afinaliklar mo‘tadil bojlar savdoning rivojlanishiga koʻmaklashadi va koʻp daromad keltirish mumkin degan qarorga kelishdi. Shu sababli eramizdan oldingi IV asrda, Demosfen davrida boj tovar bahosining yigirma, ellik, xatto yuzdan bir qismigacha qisqardi. Ayrim buyumlar — qurol-yarogʻ, xarbiy anjomlar - umuman boj toʻlashdan ozod etilgan. Afinaning barcha ittifoqchilari boj imtiyozlariga ega edi, ular oʻz tovarlari uchun bahosining yuzdan bir qismi, qaram shaharlar yigirmadan bir qismi miqdorida boj toʻlashar edi. Boj dengiz portlarida va shahar bozorlarida yigʻilar edi. Quruqlikdagi bojxonalar ham mavjud edi. Bojxonalardagi operatsiyalar qoʻshnilar bilan dushmanlik munosabatlari mavjud boʻlgan taqdirda chegaralar yopilganda toʻxtatilar edi. Boj odatda oltin va kumush bilan toʻlanardi. Boj yigʻish ayrim shaxslar yoki guruhlarga koʻtara sotilar, ular obroʻli fuqarolardan boʻlgan kafillarga ega bo’lishardi. Misrda eramizdan oldingi IV asrda hukumat Aleksandriyaga oziq- ovqat keltirilishini va misrlik ustalarning buyumlari olib chiqib ketilishini qattiq nazorat qilar edi. Chetdan keltiriladigan tovarlardan yigʼim Misrning shimolida - Aleksandriya va Pelusiyada, janubda - Elefantinada undirilardi, Germopolisda ichki bojxona mavjud boʻlgan. Karfagenda eramizdan oldingi III asrda bojlar davlat daromadining shunchalik muhim manbai ediki, karfagenlik lashkarboshi Gannibal aholi jon boshidan oʻlpon olishni joriy etmasdan, quruqlikdagi va dengizdagi bojxonalarni va boj tizimini qayta tashkil etib barcha xarajatlarni qoplashi, Rim bilan muvaffaqiyatli urush olib borishi mumkin edi. Biroq, bojlarga mukkasidan ketish savdogarlarni bojxona qoidalarini chetlab o’tishga, kontrabanda harakatlariga majbur etdi, bu xol natijada Karfagen iqtisodiyotini kuchsizlantirdi. Kontrabanda — istalgan shahar uchun xavfli hodisadir. V.A.Tsimmermanning fikricha, «Gretsiyaning burun va yarim orollar shaklidagi qirgʼoqlarida shugʼullanish oson boʻlgan kontrabanda shunchalik uyushib va koʻpayib ketdiki, Attika chegaralarida faqat bojxona qoʻriqchilari, kontrabandachilar va qaroqchilar yashar edi. Gretsiyaning bu holati uning qulashining asosiy sabablaridan biri bo’ldi». Qadimgi Rimda ham bojxona taxminan Gretsiyadagidek sxemada rivojlandi. Eramizdan olidingi VI asrda Rimga asos solinganda davlat daromadi axoli jon boshidan olinadigan uncha koʻp boʻlmagan soliqdan iborat edi. Yuz yildan keyin podsho Ank Martsiy Ostiyada port ta‘sis etdi va chetdan olib kiriladigan barcha tovarlar uchun boj tayinladi. Keyinrok ushbu boj (u portorium deb atalgan) hamda Rim, Ispaniya, Sitsiliya, Galliya va boshqa mamlakatlar oʻrtasida muomalada boʻlgan tovarlar uchun soliqlar davlat xazinasi daromadining asosiy manbaiga aylandi. Rimda daryo, bozor, koʻprik yigʼimlari bilan birgalikda chegara bojlari ham mavjud edi. Dastlab tovar qiymatining qirqdan biri, soʻngra oʻndan biri miqdorida boj undirildi. Savdo va xazina manfaatlari qoʻshib olib borilar edi. Bojxona oʻziga toʻq odamlar va publikanlar deb ataluvchi suvoriylar tabaqasidan tuzilgan birlashmalar yig'ar edi. Publikanlar belgilangan badal xazinaga topshirilgandan keyin hududdan oʻtib borayotgan odamlarga nisbatan xaddan ortiq oʻzboshimchalik bilan munosabatda bo’lishar, qurol-yarogʼ, davlat mulki va yoʻlda zarur bo’ladigan narsalardan tashqari qolgan barcha mol-mulkka boj solishar edi. Tsitseron oʻz nutqlarida Vitiniya dengiz muzofotining sobiq rimlik noibini bojxona suiiste‘molliklari uchun, ya‘ni Rim viloyatidan oltin va kumush olib chiqib ketilishga izn berganlikda, foydani bojxonachilar bilan boʻlib olishda, mol-mulkning oʻzboshimchalik bilan olib qoʻyilishida va oʻtib borayotgan savdogarlarni xibsga olishda ayblagan edi. U nutqlaridan birida Rimning Sitsiliyadagi noibi Verras publikanlarni aldaganligini va Sirakuzadan koʻplab oltin, kumush, fil suyagi, gilam, qimmatbaxo tuk, qizil boʻyoq, vaza, don va asalni gʼayriqonuniy tarzda olib chiqib ketganligini isbotlab beradi. Miloddan oldingi I asrda imperator Neron I va miloddan oldingi III asrda Aleksandr Sever jangchilar va savdogarlarga xar xil imtiyozlar belgilab, tovarlarning ayrim turlariga bojlarni bekor qilib va pasaytirib, bojlar toʻgʻrisidagi qonunlarni umumxalq e‘tibori uchun e‘lon qilish majburiyatini yuklab publikanlarning faoliyatini Rim ma‘murlari nazorati ostida tutib turishga urinishdi, biroq bu chora-tadbirlar vaziyatni tubdan oʻzgartira olmadi. Rimdagi bojxona qoidalari ichki davlat masalasigina boʻlib qolmasdan, balki xalqaro huquq mavzusi ham edi. Masalan, miloddan oldingi 509 va 348 yillarda Karfagen bilan tuzilgan sulhda karfagenlik va rimlik savdogarlarning moliyaviy huquqlari xaqidagi qoidalar nazarda tutilgandi. Oʼrta Osiyo xamda Shimoliy Afrika mamlakatlarida, shuningdek Vizantiya davlatida hunarmandchilik va savdo ayirboshlovi VII-VIII asrlardayoq yuqori darajaga yetdi. Boj yigʻimlari xazinani mustahkamlashning muhim vositasi boʻlib qolgan xolda ba‘zan savdoni tartibga solish va tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishning qulay vositasiga aylandi. Yangi asr boshida bojlarning moʻ‘tadilligi Rim imperiyasida Xitoyning ipak mollari paydo bo’lishi imkonini berdi. Armanistondagi davlat hokimiyati III-IV asrlarda boj yordamida savdoga raxnamolik qilgani yaxshi ma‘lum. Yevropada shaharlar hunarmandchilik va savdo markazlari sifatida X-XI asrlardan boshlab iqtisodiy, tashqi savdo va boj mustaqilligiga erisha boshladi. Yevropaning feodal davlatlarida boj yigʻuvchilar yuqori mavqega ega edi. Franklarda 499 yilda ular qirol amaldorlariga tenglashtirilgan boʻlib, yepiskoplarva graflar bilan bir oʻrinda turar edi. Buyuk Karlning kapituliga muvofiq bojxonachilar mansabdor shaxs - grafga boʻysunardilar. Graf ayni vaqtda katta bojxona amaldori hisoblangan. Dastlabki Bojxonalar savdogarlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun boj undirish maqsadlarida tashkil etilgan. Qadimgi Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni Bojxona qatʼiy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006-yildan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan "qirol haqi" undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan boʻgʻozdan oʻtganligi uchun olinadigan "zund boji" asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Savdo-sotiq erkinligi va xavfsizligini taʼminlashda Bojxona muhim oʻrin tutgan, olib oʻtilayotgan tovarga maxsus belgi qoʻyilgan va bu tovardan boj olinganini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda karvon yoʻllarida, maxsus joylar (koʻpriklar, dovonlar hamda shahar tashqarisi va boshqalar)da savdo karvonlaridan boj oluvchi Bojxonalar boʻlgan. Oʻrta asrlarda bojxona ishining rivojlanishi. Oʻrta asrlarda bojxona ishining rivojlanishi xalqaro savdoning kengayishi, davlatlar va moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning qaror topishi bilan mustahkam aloqadorlikda davom etdi. Xristianlikning hukmronlik qilishi Yevropada bojxona ishiga katta ta‘sir koʻrsatdi. Masalan, Strasburgda 982 yilgi maqom bilan yepiskopga shaharning toʻrt yuqori amaldorini: mer, graf, bojxonachi va xazinachini tayinlash huquqi berilgan edi. Biroq keyinroq, 1249 yildayoq Frayburg shahrida bojxona amaldorlarini saylash va agar ular oʻz vazifalariga vijdonan munosabatda boʻlmasalar, ularni lavozimdan boʻshatish huquqi fuqarolarning oʻziga berildi. Agar ilk feodalizm davrida bojxonachilar imtiyozli oliy tabaqaga mansub boʻlgan boʻlsalar, keyinroq ushbu lavozim savdogarlar va hunarmandlar manfaatiga xizmat qiluvchi ijtimoiy lavozimga aylana bordi. Strasburglik bojxonachilar vazifasiga, masalan, eng asosiy soliqlarni undirish kirar edi, ayni vaqtda yarmarka yigʻimlarni qal‘a boshligʻi sifatida grafning oʻzi undirar edi. Strasburg koʻpriklari graf va bojxonachilarning birgalikdagi mablagʻlari hisobiga shakllangan. Gʼarblik tarixchilar yigʻimlar xayriya maqsadlarida - yoʻllarni yaxshilash va savdo karvonlarini qoʻriqlash uchun belgilanar edi deb ta‘kidlashadi. Buyuk Karl agar ularga hech bir xizmat koʻrsatilmasa, oʻtib ketayotganlardan boj undirilishini ta‘qiqlagan edi. 1157-yilda savdogarlar imperator Fridrix I ga Bambergdan Maynning quyilish joyigacha ulardan koʻplab qonunga xilof soliqlar undirilishidan, bu talon-taroj bilan teng ekanligidan shikoyat qilishadi. XIV asrda Reynda 64 ta bojxona zastavasi, Elbada - 35) Avstriyaning oʻzida 77 ta bojxona zastavasi bor edi. Xatto daryoni kechib o’tish mumkin boʻlgan joylarda ham feodallar koʻprik qurishar va bu koʻpriklardan oʻtilgani uchun xaq undirishar edi. Ba‘zan savdogarlarning kemalaridan koʻprik ostidan oʻtilganligiga xaq olish uchun daryoni arqon bilan toʻsishgan. Feodal yer mulklarida otlarning oyoqlari va gʼildiraklari payxon qilgan yoʻldagi maysalar, daraxtlarni uzib olingan mevalar uchun boj undirilar edi. Parijda XII asrda shaharga olib kirishda barcha xorijiy tovarlardangina emas, balki boshqa fransuz shaharlarining ipak, ipdan qilingan buyumlaridan, shuningdek movut va moʻynadan ham boj undirilar edi. Parmada 1211-yilgi maqomga koʻra shaharga olib kiriladigan barcha jun mahsulotlar va movut magistrat tomonidan olib qoʻyilar va yondirib yuborilardi. Parlebergning 1239 yilgi poyabzal sexi maqomida oʻzga shaharlik hech kim etik sotishi yoki uni sotishga qoʻya olmasligi koʻrsatilgan. Konstantsada 1414 yilda shaharga olib kirilgan movut yarmarka tugagandan keyin esa toy qilib oʻrab olib chiqib ketilish belgilab qoʻyilgan. Yarmarkada movut olib kirilganda boj uning hammasi yoki bir qismi sotilishidan qat‘iy nazar, barcha tovardan undirilar edi. Gamburgda 158 yilda shahardan tashqarida tayyorlangan tovar buyumlar yilning barcha faslida ulgurji sotilishi, chakanalab esa bir yilda faqat uch kun sotilishi mumkinligini nazarda tutgan. Shaharlar va knyazliklar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish tamoyili Yevropada XII-XIII asrlarda yetila boshladi. Boj siyosatida davlatning tashqi chegaralarida umumiy boj tizimini ishlab chiqishga intilish mustahkamlandi. 1215 yilgi Angliya erkinliklar buyuk xartiyasida Angliyaga olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarga «juda ogʼir adolatsiz bojlar toʻlanishi» toʻgʼrisida eslatma mavjud. 1275 yilda Angliya parlamenti qirol Eduard I ga import qilinadigan vinoga va eksport qilinadigan ingliz juniga boj belgilash huquqini berdi. Biroq, Yevropa davlatlarida bojxona markazlashuvi yana koʻp asrlar davom etdi: Angliya bilan Shotlandiya oʻrtasidagi bojxonalar 1707 yilda, Angliya bilan Irlandiya oʻrtasidagi zastavalar esa faqat 1823 yilda yuk qilindi. Fransiyada bojxona birligi 1790 yilda vujudga keldi, Avstriya esa oʻz bojxona siyosatini 1775- 1851 yillarda shakllantirdi. Italiyada bojxona jixatdan birlashishi esa 1842 yildan 1888 yilgacha davom etdi. Ichki davlat murakkabliklariga qaramay, savdogarlarning tashqi savdo aloqalari XV-XVIII asrlarda feodal Yevropa davlatlarining merkantilizm deb atalgan yangi iqtisodiy siyosatining asosiga aylandi. Ilk merkantilizm yoki monetarizm davrida, XV-XVI asrlarda Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Gollandiya, Fransiyada ma‘murlar jamiyat boyligining asosini pul tashkil etadi deb hisoblashar edi. Shu sababli davlatlar xazinaga pul jamlanishini qattiq ragʼbatlantiruvchi qoidalarni oʻrnatib, tashqi savdoga faol aralashadilar. «Muomalada oltin va kumushning juda kam miqdorda bo’lishi ularning chetga olib chiqib ketilishiga olib keldi». Mamlakatning oʻz savdogarlariga kemalardan foydalanganlik uchun pul toʻlashning oldini olish uchun chet el kemalarida savdo qilish taqiqlangan edi: savdogarlar oʻz tovarlarini chet elda sotganlari taqdirda tushumning bir qismini asl metallar va pul koʻrinishida uyga keltirish majburiyatini zimmalariga olishardi. Xorijiy sadogarlar omborlardan, bandargoxlardan, paromlardan foydalanganlik uchun pul bilan boj va yigʻimlar toʻlashga majbur edilar, Angliyada esa ajnabiylarga oʻzlari bilan olib kelgan butun pulni sarflash majburiyatini yuklovchi qonunlar qabul qilingan edi. Tovarlarni faqat qat‘iy belgilab qoʻyilgan punktlardan olib o’tish nazarda tutilgan. XV asrda Angliyaning bojxona amaldorlari Genrix IV maqomi boʻyicha pullar, tangalar ajnabiylar tomonidan olib chiqib ketilmasligini nazorat qilishga majbur boʻlganlar. Ilk merkantilizm davri bojlari faqat moliyaviy tusga ega boʻlib, tovarlarni olib kirishda ham, olib chiqishda ham undirilar edi. XVI asrda Angliyada olib kiriladigan tovarlardan olinadigan boj 42 ming, olib chiqib ketiladigan tovarlardan olinadigan boj 185 ming funt sterlingni tashkil etar edi. XIII-XV asrlarda hududidan savdogarlarning karvonlari Yevropaga oʻtadigan Misrda boj tovar qiymatining salkam 15 foizini tashkil etdi, XV asrda esa ular 35 foizga yetdi va undan oshdi. Imtiyozli tarif faqat savdogarlar Pizadan yetkazib beradigan temir va yogʼochga (qiymatining 10 foizi) belgilangan. Keyinroq Hindistonga Afrikani aylanib oʻtadigan dengiz yoʻli ochilishi va portugaliyaliklar tomonidan Xurmuz va Adan dengiz portlari bosib olinishi tovarlarni Misr orqali olib o’tishga katta zarba berdi, bu umuman olganda mamlakat iqtisodiyotiga ta‘sir koʻrsatdi, biroq bunda bojlarning xaddan ortiq ekanligi ham muayyan oʻrin tutgandi. Fransiyada 1664 yilda boj yigʻimlarining fiskal ahamiyati xali kuchli boʻlgan vaqtda boj tarifi tovarlarni keltirish boʻyicha 700 modda va olib chiqib ketish boʻyicha 900 moddadan iborat boʻlgan. Bu esa boj yigʻimi mayda-chuydasiga ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. Keyingi merkantilizm davrida, taxminan XVII asrdan boshlab mamlakat mustamlakalarni ezish evaziga, mustamlaka xomashyosidan foydalanish, uning metropoliyada qayta ishlanib mahsulotga aylantirilishi, tovar buyumlarni chiqarish, olib chiqishning olib kirishdan ustunlik qilishi, savdo flotining kengayishi, ushbu operatsiyalardan xazinaga oldingiga qaraganda koʻproq mablagʻ tushishi hisobiga boyishi mumkin degan fikr ustunlik qila boshladi. Yangi yerlarning boʻysundirilishiga olib kelgan yangi geografik kashfiyotlar va mustamlakalarning faqat metropoliya bilan savdo qilish majburiyati boj siyosati faollashuviga koʻmaklashdi. Boj tariflari Yevropa davlatlariga va ularning mustamlakalariga boshqa mamlakatlarning tovarlarini olib kirishni taqiqlay boshladi, chunki bu narsa vatan sanoatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilar edi. Shuningdek boshqa mamlakatlarning raqobatlashuvi sanoat tarmoqlari rivojlanishi uchun foydalanishi mumkin boʻlgan xomashyoning olib chiqib ketilishi taqiqlana boshlandi. Oʻz mamlakatidan tayyor buyumlarni olib chiqib ketuvchi savdogarlarga imtiyozli boj tariflari belgilanganedi. Tovarni chetga olib chiqqanlik uchun mukofotlar joriy etish, tajribali ishchilarning mamlakatdan koʻchib ketishi taqiqlanishi toʻgʼrisidagi qonunlar qabul qilingandi. Ba‘zan, istisno tariqasida tayyor tovarlarni boshqa mamlakatlardan olib kirishga ruxsat berilardi, biroq bu metropoliyada pul koʻpayishiga olib kelishi mumkinligi shart qilib qoʻyilgan edi. Masalan tovarlarni foydasi bilan uchinchi mamlakatlarga qayta sotish mumkin edi. Agar ilk merkantilizm davrida savdo kapitali faqat savdo bilan shugʻullangan boʻlsa - pul savdogarlar tomonidan sotish uchun chet elga chiqariladigan tovarlarga qoʻyilgan va qoʻyilgan pul foyda bilan orqaga qaytgan boʻlsa, soʻnggi merkantilizm davrida savdo kapitali ishlab chiqarishni ham oʻzlashtirib oladi - pul faqat pul uchun emas, balki boshqa mamlakatlarning xom ashyosi uchun olib chiqiladigan tovarlarga qoʻyiladi, xomashyo esa yangi tovarlar ishlab chiqarish uchun olib kiriladi, soʻngra bu tayyor mahsulotlarni chiqarishdan dastlabki tovarni pulga sotishdan koʻra koʻproq foyda olinadi. Gʼarbiy Yevropada kapitalistik munosabatlar rivojlanishi davomida Angliya, Gollandiya, Daniya, Ispaniya, Shvetsiya, Fransiyada Ost-Indiya, Angliya va Fransiyada Vest-Indiya, Angliyada Rossiya bilan savdo qilish uchun Moskva kompaniyalari kabi qudratli savdo kompaniyalari paydo bo’ladi, savdoni siqib qoʻyuvchi ombor joylari bekor qilinadi. XVII-XVIII asrlardagi kapitalistik davlatlarning boj siyosati savdo manfaatlarini ifodalab aktiv savdo balansini ta‘minlashga qaratilgan boʻlib, ayni vaqtda fiskal tusga ega boʻlgan yuqori miqdordagi bojlardan importni cheklash uchun foydalanilar edi. Sanoat kapitalizmi rivojlanishi davrida (XVIII asr oxiridan boshlab) boj siyosati yagona yuqori protektsionistik (xomiylik) bojlari yordamida milliy sanoat barpo etilishiga koʻmaklashdi. XX asrdan boshlab boj siyosati vositalaridan iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish uchun sotish bozorlari ustidan monopoliya oʻrnatish uchun kurashda foydalanila boshlandi. 30-40 yillarda qayta ishlab chiqarishning jahon munosabati bilan (1929-1933 va 1937-1938 yillar) bojxona siyosati xaddan tashqari protektsionistik tusga ega bo’ldi va olib kirish bojlari oshishida ifodalandi. Gʼarbiy Yevropa mamlakatlarining Ikkinchi jaxon urushidan keyingi dastlabki davrdagi bojxona siyosati bojxona toʻsiqlarini zaiflashtirishga qaratildi, chunki ushbu mamlakatlar vayron boʻlgan xalq xoʻjaligini tiklash uchun iste‘mol tovarlari va asbob-uskunalarga kattik yetishmovchilikni oʻz boshidan kechirayotgan edi. Gʼarbiy Yevropa mamlakatlarida tiklash davrining tugallanishi, sanoat ishlab chiqarishning oʻsishi, milliy mahsulotni sotish bilan bog’liq qiyinchiliklar bir qancha tovarlarni import qilishda bojxona toʻsiqlarini qattiqlashtirilishiga olib keldi. Kanada 1974 yil dekabrida protektsionistik maqsadlarda AQSHdan goʻsht mahsulotlarini keltirilishiga cheklash joriy qilganda, AQSH ushbu mahsulotlarning Kanadadan import qilinishiga qattiq kvota belgilanadi, bu hol Kanada iqtisodiyotiga 100 million dollar zarar yetkazdi, AQSH koʻrgan zarar esa 10 baravar kam bo’ldi. AQSH 1975 yilda eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan neft narxining oshirilishiga javoban neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti a‘zosi boʻlgan davlatlarni tarif pereferentsiyalaridan mahrum qildi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning bojxona siyosati iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta‘minlash manfaatlari, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadlarida olib boriladi. Ular aniq ifodalangan protektsionalistik tusga egadir. Masalan, olib kiriladigan mashina va asbob-uskunalar, kimyoviy tovarlar va materiallardan eng kam stavkalarda bojlar undiriladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, odatda bojsiz import qilinadi. Kiyim-bosh va uy-roʻzgʼor buyumlariga oshirilgan stavkalar qoʻllaniladi. Zeb-ziynat buyumlari va alkogolli ichimliklarga eng yuqori stavkalarda boj solinadi. Markaz y Osiyoda bojxona ishi. Amir Temur raxnamoligi ostida tarkibiga soliqlar va bojlarni undirish ham kiradigan moliyaviy-iqtisodiy tizimning puxta faoliyat koʻrsatishi har qanday tuzumda davlat mavjud bo’lishining iqtisodiy asosi hisoblanadi. Akademik B.Axmedovning fikriga koʻra bojxona organlari bunday tizimning bir qismi sifatida Markaziy Osiyoda Qadim zamonlardan boshlab mavjud boʻlgan. Chunki koʻp ming yillab Sharqni Gʻarb bilan bogʼlagan Buyuk Ipak yoʻli Markaziy Osiyo hududidan oʻtgan. Suriyaning Antioxiya (yoki Antalya) porti uzoq vaqt Ispaniya, Portugaliya, Venetsiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga xizmat qilgan. Bu kemalar Buyuk Ipak yoʻli orqali Xitoy va Yaponiyaga yoʻl olganlar. Buyuk Ipak yoʻli orqali amalga oshiriladigan savdoga qaysidir darajada aloqador boʻlgan barcha davlatlarning bojxona organlari tajribasini umumlashtiruvchi qoidalar asrlar davomida takomillashtirildi va maqbul xolga keltirildi. Agar qaysidir davlat yoki shahar bojxona qoidalarini qattiqlashtirsa, bojlar va yigʻimlarni xaddan tashqari koʻpaytirsa, karvonlar ularni chetlab o’tishining yoʻli bor edi. Markaziy Osiyoda Buyuk Ipak yoʻlining bir necha shoxobchasi mavjud boʻlgan. Ushbu karvonlar chetlab oʻtgan davlatlar esa anchagina daromaddan maxrum bo’lishar, chunki yoʻllarda karvonlar muntazam qatnar edi. Buyuk Ipak yoʻlidagi boj yigʻimlari haqidagi dastlabki yozma eslatmalar VIII asrdagi arab manbalaridan ma‘lum. Koʻp asrlar davomida boj miqdori oʻzgarishsiz boʻlib keldi. U tovar qiymatining 2 foizini tashkil etgan (Bunday boj XIX asrgacha saqlanib qoldi. Buxoro, Qoʻqon va Xivadan Rossiyaga qatnovchi karvonlardan 2,5 foiz miqdorida boj olinardi). Bu barchani qoniqtiruvchi maqbul variant deyish mumkin. Karvonlar yoʻlida koʻplab davlatlar joylashgani xisobga olinsa, katta miqdordagi boj savdogarlarni xonavayron qilishi, bu bilan ushbu davlatlarni kafolatli daromaddan maxrum qilishi mumkin edi. Ushbu daromadning xazina uchun axamiyatini tushungan hukmdorlar qulay yoʻllar, obod karvonsaroylar qurishdi, karvonlarni xavf-xatardan quriqlash chora- tadbirlarini koʻrishdi. XIV-XV asrlarda Amir Temur oldingi yuz yilliklardagi oxiri yoʻq urushlar va koʻchmanchilar bosqinlari tufayli deyarli toʻxtab qolgan Buyuk Ipak yoʻlidagi harakatni qayta tikladi. XV asr boshida Amir Temur saroyida boʻlgan Kastiliyaning elchisi Ryui Gonzales de Klavixo oʻzining Samarqandga qilgan toʻrt oylik sayoxatida «butun mamlakat Temur xukmronligi ostida tinch yashaydi», deb qayd etgan. Temuriylar davrida ulkan saltanatda yoʻllar ancha yaxshi xolatda saqlangan. Yoʻlning har bir kunlik masofasida karvonsaroylar boʻlib, ularda savdogarlarni qurol-yarogʼ osgan otlik qoʻriqchilar otryadi kutib olar, ular savdogarlarni keyingi dam olish joyiga kuzatib qoʻyishga shay turishar edi. Uzoq vaqt Sultoniyada bulgan vatikanlik arxiepiskop Ioann Amir Temur tomonidan savdogarlarga berilgan imtiyozlarni qayd qiladi: «Temur xorijiy savdogarlarga xayrixoxlik bilan munosabatda boʻlar va butun saltanatida ularga qulay sharoitlar va xavfsizlikni yaratib bergan... Agar unga qarashli yerlarda qaysidir savdogarni tunashsa, oʻsha yerning hukmdori savdogarga yoʻqotgan narsasini ikki baravar qilib qaytarib berar, bundan tashqari ushbu summani Temurga besh baravar miqdorda toʻlardi». Akademik B.Axmedov bu davrda fiskal tizimi, shu jumladan karvonlarni qoʻriqlash ham zimmasiga kiradigan bojxona puxta ishlaganligini qayd qilingan. Amir Temur davrida, extimoliki undan ham ilgariroq ayrim boj imtiyozlari mavjud boʻlgan. Masalan, «qizil mol» bojdan ozod qilingan edi. Bunday tovarlar ularga ilova qilingan xujjatlar, ya‘ni roxnomalar oddiy muxr bilan emas, balki shoxona qizil muxr bilan tasdiqlanganligi bois «qizil mol» deb atalgan. Bu esa mollar xukmdorga in‘om qilishga moʻljallanganligini anglatardi. Oʻsha davr qoidalariga koʻra, sovgʼalardan boj undirilmagan. Amir Temur saltanati parchalanib ketgandan keyin mayda davlatlarning xukmdorlari yoki ularga boʻysunuvchilar yuz yillab amal qilgan boj qoidalariga xilof ish tutishar edi. 1621 yilda savdogarlar bilan birga boʻlgan moskvalik elchi Ivan Xoxlovning esdaliklarida kayd qilinishicha, daryo boʻyida savdogarlarni 60 chogʼli bojxonachilar toʻxtatgan va 9 qoʻy, 2 ta ot, 100 botmon arpa berishni talab qilishgan. Buxoro xonligi. Tarixchilarning guvoxlik berishicha, Markaziy Osiyoda yerdan xiroj va tanob, tovardan esa zakot undirilgan. Qur‘onga muvofiq, har bir musulmon mol-mulkning qirqdan bir qismini zakot qilar edi. Zakot shuningdek kelayotgan va ketayotgan har bir karvondan ham undirilar, shu sababli zakotchilar karvonlar xarakatini sergaklik bilan kuzatib turishardi. Shahardan oʻtadigan har qanday savdogar zakot olinadigan saroyga toʻxtab o’tishi shart boʻlgan. Bu yerda uning tovaridan 2,5 foizli boj undirilar edi. Bundan tashqari, savdogar har bir tuya xisobiga yorliq yozilganligi uchun ham xaq toʻlagan. Bu yorliq tovar xonlikning qolgan barcha axoli yashaydigan joylaridan erkin o’tishiga kafolat berar edi. Har bir mustaqil mulkda zakot undirilar edi. Amudaryoning janubiy qirgʼogʼida deyarli har bir shahar boj undirish huquqini oʻzida saqlab qolgan. Ular zakotni koʻpincha qonun boʻyicha emas, balki oʻzi bilganicha belgilashardi. Afgonistonda esa 2,5 foiz emas balki 20 foiz miqdorida zakot undirilgan. Koʻchmanchilardan zakot naturada undirilardi. Har qirq moldan bittasi zakot sifatida olingan. Zakotchi yiqqan butun mol-mulk xonning xazinasiga kelib tushgan. Zakotchilarga savdo huquqlari boʻyicha favqulodda huquqlar berilgan edi. Ular davlat manfaatlariga asoslanib, tovarlarni olib kirish olib chiqishni taqiqlashi ham mumkin edi. XIX asr oxirida bozor munosabatlari rivojlanishi bilan birgalikda bojxona siyosati yangi bozorlarni egallab olishga yordam beruvchi vositalardan biriga aylandi. Buxoro xonligining katta qismini inglizlar oʻz nazorati ostida tutib turgan Afgoniston bilan chegarasida bojxonalar tashkil etildi. Ularning Afgoniston bilan savdo qilish uchun maxsus tashkil etilgan bojxona birlashmasiga kiruvchi boshqa tumanlaridan chiquvchi tovarlar mana shu bojxonadan oʻtar edi. Afgoniston bilan savdo-sotiqda fiskal maqsadni koʻzlamagan ushbu birlashma tovarlarining ayrim turlari mazkur mamlakatga olib kirilganligi uchun maxsus mukofotlar tayinlangan, shunday qilib, Peshovar va Qobul orqali Afgʼonistonning shimoliy qismiga va Badaxshonning tovarlari bilan raqobat qilish uchun qulay shart-sharoitlar sun‘iy ravishda yaratilgan. Afgʼon bozorini qoʻlga kiritish unchalik qiyin emasdek tuyulardi. Yoʻl yoʻqligi sababli Afgʼonistonning Badaxshon viloyatiga, masalan, «ingliz mollari shunchalik oz miqdorda kelar ediki bu nafaqat Badaxshonning oʻzida, balki saroy va Chebek orqali Rustak va Fayzobod shaharlariga bu shaharlardan inglizlar qoʻl ostidagi yerlarga olib oʻtiladigan ingliz tovarlariga nisbatan sifatli va arzon boʻlganligi uchun axoli yaxshi xarid qiladigan va boshqa tovarlar uchun maxalliy bozorlarni ochib qoʻyar edi». Tovarlar (manufaktura, kerosin, gugurt, qand-shakar) koʻzdan kechirish uchun Samarqand ombor bojxonasiga taqdim etilishi kerak boʻlgan. Bu yerda tovarlarga maxsus tamgʼalar bosilar va tovarlar savdogarlar tomonidan Afgʼoniston-Buxoro chegarasida joylashgan Karki, Kalif, Chushkaguzar, Termiz, Ayvoj, Saroy va Chebekdagi chegara bojxonalari orqali olib oʻtilardi. Bu yerda bojxonachilar tamgʼa bosilgan joylarni koʻzdan kechirishar, tamgʻani olib qoʻyishar va tovarni chet elga chiqarishar edi. Tovar haqiqatda Buxorodan tashqariga olib chiqib ketilganligining isboti xisoblangan tamgʼa esa, bojxonachilar tomonidan Samarqandga qaytarilardi. Bu yerda tovarning egasi oʻziga tegishli mukofotni olgan. Tovar uchun beriladigan mukofotning salmogʼi koʻplab savdo firmalarini oʻziga jalb qilgan. Ular Samarqand, Buxoro, Qarshida oʻz idoralarini tashkil etib, faoliyatlarini yildan-yilga rivojlantirishdi. Mana shu tufayli chegara bojxonalari orqali ip-gazlama tovarlar, shakar va kerosin koʻp miqdorda olib oʻtila boshlandi. Biroq bojxona birlashmasi oʻz maqsadiga toʻliq erishishga muvaffak boʻlmadi. Savdo jilovini oʻz qoʻlida ushlab turgan buxorolik, afgʼonistonlik mayda savdogarlar mukofotlardan foydalanish imkoniyatidan maxrum edi. Ular gazlamani Buxoroning chegara shaharlarida sotib olishar, biroq bunday mol qonunga koʻra Samarqand bojxonasining tamgʻasi boʻlmasa mukofotlanmas edi. Buxoro bojxonalari xatto tamgʼa qoʻyilgan tovarlardan ham boj yigʼuvchining xoxishiga va vijdoniga bog’liq miqdorlarda boj yigʼishardi. Savdogarlar oʻtadigan bekliklarda har bir tuya yoki otdan oʻlpon undirilardi, agar yoʻl bir nechta beklikdan (Kitob, Shaxrisabz, Guzor, Xisor, Qoʻrgʼontepa) o’tishi xisobga olinsa, ustama xarajatlar ancha sezilarli boʻlar va beriladigan mukofotning yarmiga yoki xatto hammasiga teng boʻlar edi. Ma‘lumki, Buxoro hukumati oʻz vaqtida Afgʼonistonga olib ketiladigan tovarlarni bojdan ozod qilish xaqida farmoyish chiqargan boʻlib, biroq bu farmoyish Buxoro devonxonasidan tashqariga chiqmagan edi. Lekin shunga qaramay, bojxona birlashmasi davlatlar oʻrtasidagi savdo aloqalari kengayishida oʻz ahamiyatiga ega bo’ldi. O’zbekistonda bojxona faol yat ni tashkil et sh bosqichlari. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston okrugi oʻshalardan biri bo’ldi. Turkiston okrugida 16 ta bojxona organi mavjud edi. 1895 yilda Termiz shahrida Pattakesar bojxonasi tashkil etildi. Unda asosan Afgʼonistondan keltiriladigan tovarlardan boj undirilgan. Har yili ushbu bojxona posti orqali 2500 dan ziyod sayoxatchi oʻtardi. U paytlari Afgʼoniston hududi orqali Markaziy Osiyoga koʻplab kontrabanda tovari ham oʻtkazilgan. 1917 yildan keyin ichki va tashqi savdo xalq Komissarligida 8 ta bojxona okrugidan iborat bojxona boshqarmasi tashkil etilib, Turkiston okrugi shulardan biri edi. 1925 yilda bojxona boshqarmasi Bojxona bosh boshqarmasiga aylantirildi. Uning tarkibida bojxonaning 11 ta inspektorlik organlari va 266 ta bojxona boʻlib, ularda 5710 nafar xodim ishlar edi. Oʻsha yili Termiz shahridagi Pattakesar bojxonasi Termiz bojxonasiga aylantirildi. Xalq komissarliklari vazirliklarga aylantirilgandan keyin Bojxona bosh boshqarmasi Tashqi savdo vazirlik tarkibida qoldi. 1986 yilda Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Minstrlar Soveti huzuridagi Davlat bojxona nazorati Bosh boshqarmasiga aylantirildi. Toshkent shahri sobiq SSSR ning janubiy darvozasi hisoblanib, xorijdan uchib kelgan samolyotlar Toshkentda toʻxtab oʻtar edi. Yangi havo yoʻllari ochilishi munosabati bilan 1959 yil 14 aprelda Toshkent aeroportida Termiz bojxonasiga boʻysunuvchi bojxona posti tashkil etildi. Toshkent postida hammasi boʻlib 3 ta xodim ishlagan. Ularga V.N.Novikov raxbarlik qilardi. Yetmishinchi yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishi munosabati bilan ushbu post Toshkent bojxonasiga, 1998 yilda esa O’zbekiston Respublikasi bojxonasiga aylantirildi. 1988-89 yillarda Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Qarshi, Guliston, Jizzax, Qoʻqon, Navoiy, Urganch, Chirchiq, Olmaliqda bojxona postlari ishga tushdi. 1990 yil oxiri va 1991 yil boshida Samarqand, Fargʼona va Nukus postlari bojxonalarga aylantirildi va O’zbekiston Respublikasi Bojxona boshqarmasiga boʻysundirildi. U paytlari bojxona ishlari Moskvadan turib boshqarilar, barcha raxbar xodimlar markazdan tayinlanardi. Bojxona tomonidan musodara qilingan tovar-moddiy boyliklar va boj tushumlari Moskva ixtiyoriga yuborilgan. Bojxona organlarining Respublika davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatida shakllanishi va faoliyat koʻrsatishi O’zbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgandan keyin boshlandi. Prezident va hukumatimiz bojxona haqidagi qonunlarni rivojlantirishga aloxida ahamiyat berdi. 1991 yil oktyabrdayoq, ya‘ni mustaqillik e‘lon qilingandan keyin O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Bojxona qoʻmitasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 avgustdagi Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tovar moddiy boyliklar olib chiqib ketilishi ustidan nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan O’zbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi negizida Davlat bojxona qoʻmitasi tashkil etildi. 1277 kishidan iborat xodimlar shtati belgilandi. U.A.Abdugʼaniev qoʻmita raisi etib tayinlandi. Qoraqalpogʼiston Respublikasida, Toshkent shahrida va viloyatlarda bojxona boshqarmalari tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi Farmoni bilan bojxona organlari vazifalari va funksiyalari aniqlashtirilgandan keyin Bojxona qoʻmitasi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bojxona bosh boshqarmasiga aylantirildi. S.A.Alimboyev DSQ raisining oʻrinbosari va Bojxona bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. 2024 kishidan iborat xodimlar shtati belgilandi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi bojxona boshqarmalari xizmatlarga aylantirildi. Bozor munosabatlari oʻrnatilishi va iqtisodiy aloqalarning jadal rivojlanishi shuni taqozo etdi. Oʻrta Osiyo hududida Bojxonalar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi Patta Hisor Bojxonasi XIX asr ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu Bojxona Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz Bojxonasiga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958- yilda Toshkent aeroportida Toshkent Bojxona posti tashkil etildi va u Termiz Bojxona ga boʻysundirildi. 1959 -yil aprelda Toshkent Bojxona posti Bojxonaga aylantirildi. Oʻzbekiston Bojxona tizimining keyingi rivoji natijasida 1984 -yilda Toshkent Bojxonasi tarkibida boʻlgan Tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va Fargʻona Bojxona postlari barpo etildi. 80- yillar oxiriga kelib, Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan Bojxona tizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988 yil oktyabrda Toshkent Bojxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Bojxonasi tuzildi. Bu Bojxonalar respublika organlariga boʻysunmay sobiq Ittifoq Bojxonasi tarkibiga kirar edi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgach, 1991-yil 24-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iqtisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997 yil 8- iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997- yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat Bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997-yil 26- dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida Bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi. Tarixda birinchi marta bojxona organlariga huquqni muxofaza qilish tashkiloti huquqi berildi. Operativ-qidiruv ishlari o’tkazish imkoniyatining oʻzi bojxonachilar zimmasiga qanday mas‘uliyat yuklanganligini koʻrsatib turibdi. Davlat Bojxona qoʻmitasi xodimlari soni 3277 kishidan iborat etib belgilandi, shu jumladan markaziy apparat xodimlari 188 nafardir. Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1997 yil 30 iyulda qabul qilingan qarorda Davlat bojxona qoʻmitasi xuzurida O’quv markazi tashkil etilishi haqida soʻz boradi. Bu bojxona tarixidagi birinchi qaror boʻlib, bojxona kadrlarini tayyorlashda ushbu qarorning ahamiyati katta. Respublikada Bojxona organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; Oʻzbekiston Bojxona ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardagi Bojxona ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash Bojxona statistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. Oʻzbekiston hududida Bojxonalar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jahon Bojxona tashkilotiga aʼzo. Xu osa. Samarali bojxona siyosati milliy iqtisodiyotni jahon bozori strukturasining keskin o‘zgarishlaridan himoya qilishga, uning jahon xo‘jaligiga qo‘shilishiga faol ko‘maklashishga da’vat etilgandir. O‘zbekistonning bojxona ishi sohasida hamkorlikda qatnashishi ushbu yo‘nalishdagi juda muhim qadam hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona siyosati jahondagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni nisbatan tez o‘zgarayotganligini hisobga olib, dinamik, harakatchan, moslashuvchan bo‘lishga, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi jahon xo‘jaligiga qo‘shilayotgan bir sharoitda gap iqtisodiy suverenitet, vatan iqtisodiyotini rag‘batlantirish, mamlakatning tub manfaatlariga rioya qilish to‘g‘risida borar ekan, yetarlicha barqaror bo‘lishga da’vat etilgandir. Bunga bojxona siyosati o‘z rivojlanishining umumiy asoslangan konsepsiyasiga tayangandagina erishish mumkin. Bojxona siyosati konsepsiyasi ishlab chiqilishi bojxona orqali tartibga solishning real amaliyotidan oldinda borishi kerak, ya’ni u aniq maqsadlar qo’yilishi va ular amalga oshirilishigacha iqtisodiyotdagi ahvol o’zgartirishini anglangan zaruriyati sifatida shakillantirilishi kerak. Agar konsepsiya davlat boshqaruv apparatining iqtisodiy–siyosiy eksperimentlari jarayonida shakllansa, bojxona siyosatidan orqada qolishi mumkin. Mavzu yuzasidan test ar. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi qachon tuzildi ? 1991-yi 24-oktabrda 1992-yil 24-oktabrda 1991-yil 24-dekabrda 1992-yil 24-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi qachon qabul qilingan? 1995-yil 26-dekabrda 1997-yil 26-dekabrda 1996-yil 26-yanvarda 1998-yil 26-noyabrda "Pattakesar” Bojxonasi qayerda tashkil etilgan ? Xiva Qo`qon Termiz Buxoro Turkiston okrugida nechta bojxona organi mavjud boʻlgan? 13 ta 15 ta 10 ta 16 ta Bojxona tushunchasi turkcha qaysi soʻzdan kelib chiqqan? zakot tamg a burj nishon Oʻzbekiston Respublikasida nechta bojxona omborlari mavjud? A) 300 B) 250 C) 380 dan ort q D) 150 Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat Bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari qachon qabul qilingan? 1997- yil 29 avgustda 1995- yil 25 avgustda 1997- yil 25 noyabrda 1996- yil 15 avgustda Mavzu yuzasidan savol ar. Bojxona kodeksida "bojxona ishi"ga qanday tarif berilgan? Javob: Respublika bojxona kodeksida bojxona ishi to’g’risida quyidagi ta`rif berilgan: respublika bojxona chegarasidan tovarlar va transport vositalarini olib o’tish, bojxona to’lovlarini to’lash bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, bojxona nazorati va bojxona siyosati tarkibining vositalarini hayotga tatbiq qilish bojxona ishini tashkil qiladi. Bojxona organiga tarif bering. Javob: Bojxona organi – bu davlatning ijro etuvchi organlarining bevosita bojxona ishini amalga oshiruvchi huquqini himoyalovchi organidir. Bojxona kodeksiga ko’ra respublika bojxona hududi..... Javob: Bojxona kodeksiga ko’ra respublika bojxona hududi – quruqlikdagi hudud, hududiy va ichki suvlar hamda ular ostidagi havo makoni, o’z ichiga mutloq iqtisodiy zonasida joylashgan bojxona ishiga nisbatan mutloq yuristiksiyaga ega bo’lgan suniy orollar, qurilma va inshootlarni oladi. Qonunda belgilangan holatlardan tashqari erkin bojxona zonalari va erkin omborlaridagi hududlar mamlakat bojxona hududidan tashqari joylashgan hududlar sifatida qaraladi. Bojxona nazoratiga tarif bering. Javob: Bojxona nazorati – bojxona organlari tomonidan qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga rioya etilishini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Bojxona taʼminoti -..... Javob: Bojxona ta`minoti – bojxona organlari tomonidan plombalar, muhr qo’yish, raqamli, harfli va boshqa tamg’alar identifikasiya belgilari va shtamplarini qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladigan transport vositalari va tovarlar, xonalar va boshqa joylarni bojxonada identifikasiyalash vositasi. Deklarant kim? Javob: Deklarant – tovarlarni olib o’tuvchi, tovarlar va transport vositalarini o’z nomidan deklarasiyalovchi, ko’rsatuvchi va taqdim etuvchi shaxs nomidan ish olib borayotgan bojxona brokeri Foydalanilgan adabiyot ar va internet sayt ar. D.N. Ishmanova, A.S. Kucharov «Bojxona ishi» Toshkent. 2018 y Bojxona ishi asoslari, T-1999 y. F.M. Matmurodov «Bojxona nazariyasi » Toshkent. Dodobayev Yu.T. “Bojxona ishi” 1-3 jild, Kuvasoy. 2000 y. Shoraxmedov Sh. Umumiy taxriri ostida «Bojxona fanlari ilmiy asoslari». T. 2002 y. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xukumati rasmiy sayti www.customs.uz. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi sayti. www.lex.uz Download 93.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling