Kontroller maxsus protsessor bo’lib tashqi qurulmalarni bobqarish uchun ishlatiladi
Download 70.46 Kb.
|
1-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virtual tashqi xotirani boshqarish.
Virtual xotirani boshqarish. OS tarkibiga virtual (faraziy) xotiraga ishlov beruvchi dastur kiritiladi. Virtual xotira-bu taxmin (tasavvur) qilinadigan xotira. Virtual xotira hajmi real fizik xotira hajmidan ko`p bo`ladi. Bunday usulni tanlab olish sabablari, birinchidan xotiraning har bir manzilni tanlashi bo`lsa, ikkinchidan real operativ xotiraning tannarxi bir muncha qimmatligidandir. Shuni eslatib o`tish kerakki, albatta protsessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov berishga nisbatan ko`proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning ma'lumot birligi uchun o`z manzili mavjud bo`ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning ko`rinishi va yozilishi har bir varaq uchun bir xil bo`ladi. Virtual xotiraning real adresi hisoblanganda varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffitsiyenti qo`shiladi. Shu sababli manzillar chalkashligi oldi olinadi. Ya'ni, agarda biz bir necha nomdagi ko`chani qarasak har bir ko`chada 13-uy mavjud bo`lsa, har bir 13-uy manzili turli bo`ladi, chunki ko`chalar nomi turli.
Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan bir muncha murakkabroq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir. Masalan: aholisi 50000 kishidan iborat bo`lgan shahardan barcha 13-chi uylarni topish, aholisi 5000000 kishidan iborat shahardagi barcha 13-chi uylarni topishga nisbatan ancha oson. Shu sababli tashqi xotiradagi real manzilni topish uchun turli usullardan foydalaniladi. Manzil bevosita varaq koeffitsiyenti qo`shilishi bilan aniqlanadi va real adresdagi berilganlar tanlanadi. Tizimli dasturiy ta'minot DT tizimlari - markaziy protsessor, xotiralar kirish - chiqishida kompyuter resurslarini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu dasturlar foydalanuvchilar uchun umumiy tarzda ishlab chiqilgan. Tizimli dasturlar amaliy dasturlarni samarali bajarilishi uchun xizmat qiladi. Bazali DT kompyuterga o'rnatilgan barcha dasturlami boshqarishni ta'minlovchi dasturlardir. Operatsion tizim tarkibida o'n minglab tizimli dasturlar muhiti qamrab olgan bo'lib, ular kompyuter resurslarini boshqarish bilan foydalanish samaradorligini oshiradi, foydalanuvchi bilan muloqot yaratadi, boshqa dasturlar ishga tushishini ta'minlaydi. 5 Zamonaviy operatsion tizim foydalanuvchi va boshqa dasturlar orasida qulay muloqotni ta'minlaydi (interfeys). Dastlabki opetarsion tizim - DOS (Disk Operation System) 1981 yili Microsoft firmasi tomonidan chiqarilgan. 16 razryadga ega bo'lgan operatsion tizim foydalanuvchi «buyruqlar satri» bilan muloqot qilgan va hech qanday grafik interfeysga ega bo'lmagan. Hozirda ushbu operatsion tizim kompyuterlarga o'rnatilmaydi. Hattoki IBM firmasi tomonidan chiqarilayotgan PC-DOS 2000 modifikatsiyalangan rusumlari ham. 80-yillar ohirida yangilik olamida dastlabki Windows 3.x grafik mUhitga ega bo'igan operatsion tizimlar chiqa boshladi. Windows 95 (yoki boshqacha nomlanishi Chicago) barcha kompyuter industriyasida yangi bosqichni vujudga keltirdi. Bugungi kunda kompyuterlarga asosan Microsoft firmasining operatsion tizimlari o'matilmoqda. Ular Windows 98, Memphis, Windows 2000, Windows Millennium Edition, Windows NT, Windows XP, Windows Vista, Windows 7. Ba'zi foydalanuvchilar boshqa firma tomonidan ishlab chiqilgan alternative sanalgan Linux, Unix, OS/2 kabi operatsion tizimlarni ishlatadi. Operatsion qobiq hozirgi kompyuterlarga Norton Commander, Volkov Commander, PowerDesk, DOS Navigator, Disco Commander, Far, Windows Commander, Total Commander va boshqa qobiqlar o'rnatilmoqda. Ular nafaqat qulaylik yaratib berishadi, balki kompyuter bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishga moslashgan bo'lib, yangi imkoniyatlarni dasturlar ishlashi uchun grafik interfeys, multidasturlash va dasturlar orasida axborot almashish uchun muhitni kengaytirib beradi. Tarmoq operatsion tizimlari - lokal tarmoqlarda kompyuter ishlarini boshqarishda asosiy vazifani bajarishadi. Ular local tarmoqga mansub bo'igan boshqa kompyuterlarni dispatcher boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Tarmoq OTlari serverdan ruxsat olgan administratorlaming tarmog'ini yoki foydalanuvchini tartibga solib turadi. Bunday OTlarga Microsoft Windows NT, Novell Net Ware, LAN WorkPlace Windows Server 2003, Windows Server 2008 va boshqalami kiritishimiz mumkin. Tizim dasturlari amaliy dasturlar bilan birga bajariladi va kompyuteming kiritish-chiqarish, hotiralar, markaziy protsessor resurslarini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu dasturlar kompyuteming barcha foydalanuvchilari uchun birdek xizmat ko'rsatadi. Tizimli dasturiy ta'minot amaliy dasturlaming samarali va muvaffaqiyatli ishlashini ta'minlaydi. Muhim tizimli dasturlar sinfiga yordamchi dasturlar - utilitalar qO'shiladi (lot. Utilites - foyda, nat). Utilitalar OTning komponentlarini 6 kengaytiradi va to'ldiradi yoki kompyuterga va boshqa dasturlarga xizmat kO'rsatishda muhim masalalami hal etadi. Ba'zi utilitalaming ko'Tinishlari: • Tekshirish dasturlari, teslovchi va diagnostika - foydalanish jarayonida nosozliklami bartaraf etish uchun va kompyuter qurilmalarining funksionalligini, to'g'riligini tekshirish uchun xizmat qiladi. • Drayver dasturlari - kiritish-chiqarish qurilmalarini tezkor xotira va h.k.lami boshqarishda operatsion tizimning imkoniyatlarini kengaytiradi. Har qanday ulangan qurilma uchun drayver dasturlari mavjud. • Ixchamlovchi dasturlar (arxivatorlar) - diskka ma'lumotlarni yozishda, saqlashda bir-qancha yaxlitlikka erishiladi va qisqartirilgan holati vujudga keladi. • ntivirus dasturlari - zararli kompyuter viruslarini oldindan bartaraf etish va ular ustida ish olib borish, tizirnni nazorat qilish kabi vazifalami bajaradi. • Optimallashtiruvchi va disklar aro o'zoro munosabatlarda sifatli interfeysni nazotar qiluvchi dasturlar. • Axborotlami qayta tiklovchi, formatlovchi, himoyalovchi dasturlar. • Kommunikatsiya (aloqa) dasturlari, kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlar almashuvini ta'minlaydi. • Hotirani boshqaruvchi dasturlar, tezkor xotiraning yengil tarzda epchillik bilan foydalanilishini ta'minlaydi. • Disk yurituvchilar (CD-ROM; CD-R; CD-RW; DVD-ROM; CDR W+DVD; DVD-R; DVD-RW) va boshqa ko'plab dasturlar uchun. Utilitalarning bir qismi operatsion tizim tarkibiga kiradi, boshqa biT qismi esa funksional mustaqil ravishda ajralib chi qadi. Birlashgan yoki avtonom holatda bo'ladi. U1arga Chukit, Norton Utilities, Sisoft Sandra, Nuts&Bolts, TuneUp Utilities dasturlari kiradi. Utilitlar - yordamchi dasturlar. Unga nusxa olish uchun ishlatiladigan antivirus, arxivator, himoya va shunga o'xshash yordamchi funksiyalami bajaruvchi programmalar kiradi. Utilitlar - ma'lumotlami qayta ishlashda qO'shimcha operatsiyalami bajarishga yoki kompyuterga xizmat kO'rsatishga tashxis, apparat va dasturiy vositalami testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirishga mo'ljaUangan dasturlardir. Ba'zan utilitlar majmualarga birlashib ketadi. Utilit dasturlarga quyidagilar kiradi: - kommunikatsion dasturlar; kompyutemi diagnostikasi uchun dasturlar; - qattiq disk, kesh va boshqa dasturlar uchun. Tizimli dasturiy ta'minot quyidagilarni bajarishga qaratilgan: kompyuterning va kompyuterlar tannog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash; kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Utilita turlari: - qattiq disk utilitalari; qattiq diskni defragmentatsiya qiluvchi dasturlar; - diskni tekshirish - har-xil fayl yo'llarida va disk hududlarida zararlangan yoki noto'g'ri yozilgan va undagi bo'sh joylarni hosil qilish maqsadida so'nggi marotaba samarali tarzda fayllarni o'chirib tashlash; diskni tozalash - vaqtinchalik fayllarni o'chirish, keraksiz fayllar, «savatchani» tozalash; diskni belgilash - mantiqiy disklarni disklarga ajratish bo'lib, fayl tizimlarini turli hil holatlarga egaligida va OTni bir nechta har xiI disklarda qabul qilish; - rezervli nusxalash - butun diskning rezervli va alohida fayllarning nusxasini yaratish, hosil bo'lgan fayllarni qayta tiklash; - diskni ixchamlash - qattiq disklarda fayllarni qabul qishish hajmini kattalashtirish uchun axborotlarni diskda ixchamlash; reestrlar bilan ishlovchi utilitalar; qurilmalarda monitoring o'tkazuvchi utilitalari; qurilmalarni tekshiruvchi. Shuni yodda saqlash kerak-ki, utilitalarning bir qismi OTning tarkibiga kiradi, boshqa qismi esa avtonom vazifalarni bajaradi. TDTning katta qismi OT tarkibiga kiradi. DTning umumiy qismi esa kompyuterning tarkibiga kiradi OTning dasturlar qismi va nazoratli testlovchi dasturlar DXQ yoki DDXQ (dasturlangan doimiy xotira qurilmasi)da yozilgan bo'lib, tizimli plataga o'rnatilgan. DTning umumiy qismi avtonom dasturlarni tashkil etadi va alohida o'ringa ega. Amaliy DT amaliy dasturchi uchun uning faoliyatining natijaviy maqsadi bo’ladi va bir vaqtning o’zida foydalanuvchining ish qurolidir. Aniq soha mutaxassisi, bir vaqtning o’zida ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida, ham mutaxassis bo’lishga majbur emas, u dastur tuzishni bilishi ham shart emas. Ammo u, kompyuter bilan ishlash usul va yo’llarini, tizimli, ayniqsa amaliy dastur vazifasi va imkoniyatlarini o’zining muammoli sohasi uchun bilishi shart. Amaliy dasturiy ta'minot kompyuterning ishlov berish tizimlarini, turli sohalar masalalarini yechishini ta'minlaydi. Amaliy dastur yoki ilova- bu ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalarining aniq soha masalalarini yoki masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturdir. AT ni qo’llash aniq sohasi-muammoli soha deyiladi. Quyida amaliy dasturlarning turlari keltiriladi: Matn muharrirlari – Word, Word Perfect, Text va ko’pgina boshqa turli bosma hujjatlarni-ma'lumotnoma, vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Matn muharrirlarining eng kuchlilarini – matn protsessorlari deb ataladi. Matn muharrirlarining maxsus ko’rinishlari nashr tizimlari deyiladi, ular gazeta, jurnal, reklama bukletlari prospekt va kitoblarni ko’paytirish uchun ishlatiladi. Bu Ventura Publisher, Adobe Acrobat, Adobe Page Maker va Quart Xpress dir. Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafik, diagramma, illustratsiya va shu bilan birga uch o’lchamli tasvirlar ishlab chiqiladi: Ular Paint, Adobe PhotoShop, Corel Draw, 3Ds Studio va h.k.lar. Elektron jadvallar odatdagi jadvallarning elektron ko’rinishi bo’lib, ularning yordamida matn va sonli ma'lumot avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Ular – Lotus, Super Cale, Excel, Quattro Pro va qator shunga o’xshash tizimlardir. MB – bir yoki bir nechta obyektlar ma'lumotlari, xossalari va o’zaro bog’lanishlari haqidagi ma'lumotlarni saqlashga mo’ljallangan dasturiy tizimlar. MB ni ma'lumotlar bilan birlamchi to’ldirish va ma'lumotlarni faol holatda qo’llash (ya'ni predmet sohasini real holatiga mos joriy holatida qo’llash) uchun ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladigan dasturlarning uskunali paketlari xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda eng ommaviy MBBT bo’lib, Access MBBT, Fox Pro, Paradox, Informix, Oracle va boshqa dasturlar hisoblanadi. Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan maxsus paketlarga o’xshash komponentalarni, paketning hamma tashkil etuvchilari bilan birga yagona o’zaro bog’lanish uslubini ta'minlaydigan tizim va shu bilan birga paketning turli komponentalari o’rtasida qulay, samarali usulni ham ta'minlaydi. Bunday tizimga yaqqol misol bo’lib MS Office paketi hisoblanadi. Bundan tashqari Corel Word Perfect ni misol qilsa bo’ladi, u o’z ichiga Word Perfect matn muharririni, elektron jadvallarni qayta ishlovchi Quttro Pro ni oladi. Bundan tashqari yana Sun kompaniyasining Star Office paketi mavjud, bu paket turli apparat va dasturiy platformalarda ishlay oladi. Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operatsion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi: - turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari; - foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari. Amaliy dasturlar paketlari (ADP) - foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotni ishlash bo‘yicha biror ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to‘liq ozod etadi. Hozirgi paytda o‘z funktsional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud. Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir. ADPning quyidagi turlari farqlanadi - - umumiy vazifadagi (universal) - uslubiy yo’naltirilgan; - global tarmoq; - hisoblash jarayoni tashkilotlari. Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funktsional vazifalarni ishlab chiqarish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir: - matnli va grafik muharrirlar; - elektron jadvallar; - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) Operatsion tizim - kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbaalarini, qo‘shimcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizim dasturlari operativ xotiraga qo‘chiradi bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur vazifasini bajarib bo‘lgandan so‘ng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi. OT komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko‘chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olish ixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Odatda IBM PC kompyuterlarida «Microsoft Corporation» firmasining MS DOS yoki uning variantlari PC DOS NOVELL DOS, COMPACT DOS va boshqa operatsion tizimlari o‘rnatiladi. Windows opеratsion tizimi Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, uning birinchi vеrsiyalari 80 yillarda vujudga kеldi va foydalanuvchilar orasida dovrug’ qozondi. Windows ning afzallik tomonlariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlar bilan ishlashning yеngilligi; bir vaqtning o’zida bir nеcha dasturlar bilan ishlash; himoyalanganligi; ma'lumotlarning nusxalarini dasturlar orasida osongina almashish; foydalanuvchiga qulay va tushunarli intеrfеysning bo’lishi; barcha qurilmalarni boshqarish, ularni sozlash va qo’shish; Intеrnеt bilan ishlash va elеktron pochta bilan ishlashning yеngilligi; filmlar ko’rish va musiqalar eshitish va h. Windowsning 3.1, 3.11, 95, 98, 2000, 2002(XP) kabi talqinlari mavjud bo’lib, ularning ichida eng ko’p tarqalganlari, Windows 98, 2000, 2002, 95 va eski kompyuterlarda 3.1 talqinlari kеng foydalanilmoqda. Shuni alohida aytib o’tish joizki Windows ning oldingi talqinlarida ishlagan foydalanuvchi yangi talqin bilan ishlashda hеch qiynalmaydi. Download 70.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling