Konusli maydalagichlarning vazifasi ishlash prinsipi va klassifikasiyasi


Konusli maydalagichlarning tuzilishi va ishlash printsipi


Download 127.1 Kb.
bet8/12
Sana05.04.2023
Hajmi127.1 Kb.
#1276737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Konusli maydalagichlarning vazifasi ishlash prinsipi va klassifi

Konusli maydalagichlarning tuzilishi va ishlash printsipi
Konusli maydalagichning maydalovchi organi qo‘zg‘almas konus ichiga joylashtirilgan qo‘zg‘aluvchi konus hisoblanadi.(22-rasm) Mahsulotni maydalash ikkita ekstsentrik joylashgan kesik konus qo‘zg‘aluvchi 1 va qo‘zg‘almas 2 konus orasidagi halqasimon ishchi maydonda sodir bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchi konus pastki uchi ekstsentrik val 7 ga erkin kira oluvchi2 valga zich o‘rnatilgan. Ekstsentrik val vertikal podshipnikda 6da aylanadi. Ekstsentrik val maydalagichning OO΄ o‘qi bo‘ylab harakatlanganda konus valining uchi ekstsentrik – val teshigi chizuvchi aylana bo‘ylab harakatlanadi, OO΄ valning o‘qi esa konusli yuza chizadi
. Valning bunday harakatlanishi natijasida valga zich o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi konus qo‘zg‘almas konus ichida tebranadi va qo‘z‘almas konus ung devoriga maksimal yaqinlashadi, hamda qarama-qarshi devordan uzoqlashadi.
Yarim aylanishdan so‘ng maydalovchi konusning holati qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi: chap devorga maksimal yaqinlashadi va o‘ng devordan o‘zoqlashadi. Qo‘zg‘aluvchi konusning qo‘zg‘almas konusga yaqinlashuvida mahsulot maydalaniladi. Умумий чикиш плюс буйича 22-rasm.Yirik maydalovchi konusli maydalagich B – qabul qilish tuynugining kengligi; b – bo‘shatish tuynugining kengligi; c – maydalagich tuynugining eng kichik o‘lchami.
Jag‘li maydalagichdan farqli o‘laroq konusli maydalagichlar uzluksiz ishlaydi, chunki konus yuzasining qaysidir qismi hohlagan vaqtda yaqinlashib mahsulotni maydalaydi. Uzluksiz ishlash maydalagich mexanizmlarini va elektrodvigatel uzatmalarini zo‘riqtirmaydi.
Jag‘li maydalagichlarga nisbatan konusli maydalagichlar yuqori mehnat unumdorligi, tinch ishlashi, maxovikning yo ‘qligi, ancha yuqori maydalanish darajasi, maydalangan mahsulot yirikligining bir tekisligi kabi bir qator afzalliklarga ega
. O‘rtacha maydalash darajasi 3-4 ga teng. Ularning kamchiligiga tuzilishining murakkabligi, bo ‘yining balandligi kirib, ular maydalagich tayyorlashni va ta’mirlashni qimmatlashtiradi. Yana bir kamchiligi yopishqoq va loyli mahsulotlarni maydalashga yaramaydi. Belgilangan vazifasi va maydalash jarayonining xususiyatiga qarab ikki turdagi konusli maydalagichlar mavjud: osilma valli va tikka maydalovchi konusli (yirik maydalash uchun); konsol valli va qiya maydalovchi konusli (o‘rtacha va mayda maydalash). O‘rtacha va mayda maydalash uchun ishlatiladigan maydalagichlarning harakterli xususiyati ularda maydalovchi konusning qiya shaklda bo ‘lishidir. Agar yirik maydalovchi maydalagichlarda maydalagich konus o‘qining og‘ish burchagi 20-300 bo‘lsa, o‘rtacha va yirik maydalagichlar uchun 80-1000 ni tashkil qiladi
. O‘rtacha va mayda maydalovchi maydalagichlar yirik maydalovchi maydalagichlardan tezyurarligi bilan farq qiladi. Maydalagichning o‘lchamiga qarab, o‘rtacha va mayda maydalovchi maydalagichlarning maydalovchi konuslarining tebranishlar chastotasi 215-350 min-1 , yirik maydalovchi maydalagichlarda esa atigi 80-170 min-1 . ni tashkil qiladi

Download 127.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling