Konusli maydalagichlarning vazifasi ishlash prinsipi va klassifikasiyasi


Tema 8 KKD konusli maydalagichlarni uzellari va detallarini tamirlash va a;mashtirish


Download 127.1 Kb.
bet9/12
Sana05.04.2023
Hajmi127.1 Kb.
#1276737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Konusli maydalagichlarning vazifasi ishlash prinsipi va klassifi

Tema 8 KKD konusli maydalagichlarni uzellari va detallarini tamirlash va a;mashtirish
Yirik maydalovchi konusli maydalagichlar yuklovchi va bo‘shatuvchi tuynuklarining kengligi bilan harakterlanadi. Masalan, maydalagich yuklovchi tuynugining kengligi 1200 mm, bo‘shatish tuynugining kengligi 150 mm bo‘lsa, u yirik maydalovchi maydalagich (markasi KKD-1200/150) deb yuritiladi.
Yirik maydalovchi maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuzli maydalagichlarga o‘xshab, birinchi navbatda ularning o‘lchamiga va iste’mol qiladigan quvvatiga bog‘liq. O‘lchamlari bir xil maydalagichlarda ishlab chiqarish unumdorligi konusning tebranish chastotasi va maydalangan mahsulotning yirikligiga bog ‘liq.
Maydalagichga bir xil yiriklikka ega mahsulot solinib, maydalangan mahsulot qancha mayda bo‘lsa, uning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha kam bo‘ladi. 23-rasmda Bo‘shatish tuynugi gidravlik boshsariluvchi konusli maydalagich keltirilgan.
Maydalagich ishdan chisishining oldini olish massadida qoplama 2 bilan ximoyalangan qo‘zo‘almas konus 1, traves 4 da erkin osilgan qo‘zo‘aluvchi konus 3 va korpus 6 dan iborat. Korpusning pastki sismida ekstsentrik stakan 8, uzatuvchi valning korpusi 7 va bo‘shatish tuynugini gidravlik boshsaruvchi mexanizm 9 joylashgan.
Maydalagich suvvati 350 kVt gacha ikkita elektrodvigateldan ponatasmali uzatma va bir juft tishli o‘ildiraklar 5 va 12 orsali xarakatga keltiriladi. Boshsaruvchi shesternya 12 uzatuvchi val 13 ga so ‘zo ‘almas silib maxkamlangan, boshsariluvchi 5 qo‘zo‘almas xolda ekstsentrik stakan 8 ga o‘tkazilgan. shesternyaning aylanuvchi xarakatini maydalovchi konusning giratsion xarakatiga aylantirib beradi.
Ta'mirlash ishlarini mexanizatsiyalash uchun maydalagich ostiga suriluvchi, ta'mirlovchi maydon 10 o‘rnatilgan. Maydalovchi konus val bilan birga gidravlik tsilindrning plunjeri 11 ga tayanadi. Plunjer va tsilindr qopqog‘i orasida 120 mm salinlikdagi yoo‘ qatlami joylashadi. 24-rasm.
KKD 1500/180 maydalagichining bo‘shatish tuynugini sozlash uchun gidravlik moslama 24-rasmda bo‘shatish tuynugi plunjer 3 ostidagi tsilindr 5 da yog‘ satxining o‘zgarishi maydalovchi konusning ko‘tarilishi yoki tushurilishi natijasida boshqariluvchi gidravlik moslama keltirilgan.
Maydalagichning ishchi maydoniga maydalanmaydigan jismlar tushib qo‘lganda plunjer va uning ostidagi yog‘ga tushadigan bosim keskin ortadi, klapon 4 ishga tushadi va yog‘ yog‘ bakiga o‘tadi. Konus rasmda punktir chizik bilan ko‘rsatilgan xolatga utadi. 1 va 2 konuslar orasidagi bo‘shatish tuynugining o‘lchami a dan v gacha o‘zgaradi.
Maydalanmaydigan jism olib tashlangandan keyin konus 2 o‘zining dastlabki xolatiga o‘aytadi. Jag‘li maydalagichlarga o‘xshash konusli maydalagichlarning qamrash burchagi (qo‘zg‘almas konus ichki yuzasi va maydalovchi konus tashki yuzasining orasidagi burchak) ishkalanish burchagining ikki marotabasidan kichik bo‘lishi kerak..
270Jag‘li maydalagichlardagiga o‘xshab ekstsentrik stakanning maksimal ishlab chiqarish unumdorligiga erishiladigan optimal aylanish chastotasi quyidagi formuladan aniqlanadi
h g n 2  30 (38)
KKD turdagi yirik maydalovchi konusli maydalagichlarning to‘li q ishlab chikarish unumdorligi o‘uyidagi formuladan aniqlanishi mumkin
Q=QD6k y*k н*kқ *D2 r n e  н : (39)
bu erda ky , kn, kk - rudaning yirikligi, namligi va qattiqligini hisobga oluvchi koeffitsient ; D – konus asosining diametri, m; r – bushatish tuynugi tekisligida valning ekstsentrisiteti, m; n – qo‘zo‘aluvchi konusning tebranishlari soni, min—1; e- bo‘shatish tuynigining kengligi, mm; n- sochma zichlik, t/m3 ; Elektrodvigatel quvvati empirik formula orqali aniqlanadi
N=36D2 r n (40) Bu erda D-maydalovchi konus asosining diametri, m, r- bo‘shatish tuynugi tekisligidagi valning eks tsentrisiteti, m; n konusning tebranishlar chastotasi, min-1 .
Yirik maydalash uchun maydalagichlarni tanlash maydalangan mahsulotning berilgan yirikligini ta'minlash, mumkin qadar kam sonli maydalagichlarni o‘rnatish lozimligi, hamda maydalanuvchi mahsulot eng katta bo‘lganining o‘lchami D va bo‘shatish tuynugining kengligi V orasida V q 1,2 D nisbat saqlanishi kerakligini hisobga olgan xolda amalga oshiriladi.

. O ‘rta va mayda maydalovchi konusli maydalagichlar.


O‘rta va mayda maydalovchi konusli maydalagichlarning sxemasi 23- rasmda keltirilgan. Uning ishlash tartibi xuddi yirik maydalovchi konusli maydalagichlarnikiga o‘xshash. Val 1 ga sferik podshipnik 2 ga tayanuvchi maydalovchi konus 3 maxkamlangan.


Val 1 ning o‘g‘i ekstsentrik stakan 9 aylanganda bir - biriga tegib turadigan sfera 2 va 3 markazida konussimon yuza chizadi. konus 3 konussimon kosacha 4 ichida KKD maydalagichining maydalovchi konus tebranishlariga o‘xshash aylanma xarakat sodir etadi. Ekstsentrik stakan xarakatni elektrodvigatellardan uzatuvchi val 7 va konussimon shesternya 6 va 8 lar oro ‘ali oladi.
Maydalovchi konus 3 ning konussimon kosa 4 ga yao‘inlashuvida mahsulotning maydalanishi sodir bo‘ladi va u maydalagichning ishchi maydonida likopcha 5 yordamida tao ‘simlanadi, uzoqlashganda mahsulot og ‘irlik kuchi ta'sirida bo‘shatiladi.
O‘rta va mayda maydalash konusli maydalagichlarining yirik maydalovchi konusli maydalagichlardan farqi shundaki, ikkinchi maydalagichlarda val traverslarga osiladi, birinchilarida esa maydalovchi konus sferik podshipniklarga tayanadi. o‘rta va mayda maydalovchi konusli maydalagichlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, maydalovchi konusni xosil qiluvchilari katta qiyalikka ega.
Maydalovchi konus qo‘zg‘almas konusga yaqinlashganda bo‘shatish tuynugida parallel zona, ya'ni konuslarning yuzasiga parallel ishchi maydon xosil bo‘ladi.
O‘rta va mayda maydalovchi konusli maydalagichlar parallel zonaning uzunligi bilan bir-biridan farq qiladi: mayda maydalovchi maydalagichlarda maydalovchi konus diametrining 1/6 ni, o‘rta maydalovchi konusli maydalagichlarda esa faqat 1/10 – 1/12 ni tashkil etadi.
O‘rta va mayda maydalovchi konusli maydalagichlarga nisbatan tezyurar hisoblanadi. 25-rasm. O ‘rta va mayda maydalash uchun konusli maydalagichlarning sxemasi Maydalagichlarning o‘lchamiga qarab maydalovchi konusning tebranishlari chastatasi yirik maydalovchi konusli maydalagichlarga nisbatan 2-3 marta yuqori, undan tashqari ularda yirik maydalovchi konusli maydalagichlarga nisbatan konus tebranishlari amplitudasi kattaroq.
Maydalovchi konus asosining katta qiyalikka egilish, ular tebranishlarining ancha yuqori chastotaliligi ruda bo‘lagini ishchi maydonda 4-5 marta va kamida 1 marta parallel zonada qo‘silishini ta'minlaydi.
O‘rtacha maydalovchi konusli maydalagichlar KSD ikki turda tayyorlanadi. Gr - dag‘al maydalash uchun, T-mayda maydalash uchun.
Mayda maydalovchi konusli maydalagichlar KMD uch turda tayyorlanadi; Gr - dag‘al maydalash uchun, ST- o‘ta mayda maydalash uchun. KSD va KMD maydalagichlari bo‘shatish tuynugi mexanik va gidravlik bosho ‘aruvchi maydalagichlarga bo‘linadi KSD va KMD maydalagich rudalarni, noruda mahsulotlarni va boshqa qattiq hamda o‘rtacha kattiklikka ega qazilmalarni maydalashga mo‘ljallangan.
O‘rta va mayda maydalovchi konusli maydalagichlarning tuzilishi o‘xshash bo‘lgani uchun KSD-2000T turdagi maydalagichning tuzilishi bilan tanishib chiqamiz. KCD-2200T turdagi maydalagichning tsilindr shakldagi staninasi 1 fundamentga o‘rnatilgan.
Staninaning yuqori gardishi bolt 3 prujina 4 lar yordamida ichki yuzasida vintli rezbasi bor tayanch xalqaga ulangan. Staninaning aylanasi bo‘ylab maydalagichning o‘lchamiga qarab 20 tadan 130 tagacha prujina bilan boltlar joylashtiriladi.
Boltlar yoysimon shaybalar 5 dagi teshiklar orqali o‘tib, gayka 6 lar orqali tortiladi. Prujinalar maydalagichni buzilishdan ximoya qilish maqsadida ishlatiladi. Xalqani prujinalar bilan sikish kuchi 4*103N gachani tashkil etadi.
Maydalagichga maydalanmaydigan jismlar tushib qolganda prujina siqiladi, tayanch xalqa esa bu jismlarni o‘tkazib qo‘zg‘almas konus bilan birga ko‘rsatiladi. Maydalagichga maydalagich kamerasidan chiqib ketmaydigan yirik maydalanmaydigan jismlar tushib qolganda ximoyaning elektr sistemasi ishga tushadi va maydalagich to‘xtaydi. Bunday jismlarni chiqarib olish uchun maydalagich gidravlik domkratlar bilan ta'minlangan.
Ular yordamida tayanch hamda qo‘shimcha tarzda ko‘tarilishi mumkin. 26-rasm. Mayda maydalash uchun konusli maydalagich KMD-3000T. Tayanch xalqa 2 ga tashki q‘o‘zg‘almas kosa 7 burab kirgizilgan. Uning ichki yuzasi konus shakliga ega va marganetsli po‘latdan tayyorlangan qoplama bilan yopilgan koplama ilgak 11 lar bilan bog‘langan bolt 9 lar bilan mahkamlangan qoplamani kosa yuzasiga zich yopishishi rux qo‘yib amalga oshiriladi. Boltlar joylashgan o‘yio ‘lar usti uni o‘rab turuvchi qoplama (kojux) bilan yopilgan.
Shu kojux qabul qiluvchi varonka13 ning mahkamlangan. Staninaning pastki qismida almashtiriluvchi bronza vtulka 15 qattiq mahkamlangan tsilindrlik vtulka 14 joylashgan. Vtulka va staninaning o‘qlari ustma ust tushadi. Bronzali vtulkada konusli shesternya 17 maxkamlangan tsimendrik ekstsentrik stakan erkin xarakatlanadi.
Aylanish o‘qiga nisbatan ekstsentrik joylashgan konussimon kengaytirilgan stakanda bronza vtulka 35 maxkamlangan. Unga maydalovchi konus 21 maxkamlangan val 20 ning pastki uchi kiradi. Shesternya 17 da aylanuvchi yukni muvozanatlash uchun yuk 36 mahkamlangan. Dastlabki mahsulotning maydalagich ishchi maydoni bo‘ylab tekis taksimlanishi uchun val 20 ga kattik maxkamlangan tarelka o‘rnatilgan. Dastlabki rudani tarelkaga yuklash varonka 30 orkali amalga oshiriladi.
Mahsulot xamma vakt kiya xolatda joylashgan tarelkadan sirpanib maydalagichning butun aylanasi bo‘ylab ishchi maydoniga tushadi. Maydalangan mahsulot ishchi maydondan positdan maydalovchi konus va tashki kosa orasidagi xalkasimon tirxish orkali bo‘shatib olinadi. Keyingi yillarda o‘rta maydalash uchun bo‘shatish tuynugi gidravlik boshqariluvchi konusli maydalagichlar ishlatilmokda.
Maydalovchi konus 7 tsilindri yogga to‘ldirilgan va gaz 14 akkumlyator 10 yordamida yog beruvchi 14 bilan ulangan gidravlik domkrat plunjeri 2 ga tayanadi. Maydalagichga maydalanmaydigan jism tushganda kuchlanish plunjer 2 ga uzatiladi va yog tsilindr 1 dan o‘isman gazli akkumlyator10 ga uzatiladi.
Bunda maydalovchi konus pastga tushadi va maydalanmaydigan jismni o‘tkazib yuboradi. Konus 7 ga beriladigan bosim kamayganda yog akkumlyatordan gaz yordamida chiqariladi va qaytadan tsilindr 1 ga tushadi, hamda maydalovchi konus avvalgi xolatiga qaytadi. Bo‘shatish tuynugining kengligi domkaratga nasos 13 oro ‘ali beriluvchi yogning miqdorini o‘zgartirib boshqariladi.
KMD - 3000T maydalagichi rudani mayda maydalashga mo‘ljallangan (24-rasm). U uzatuvchi val 1, stanina 2, ekstsentrik stakan 3, tayanch kosachasi 4, maydalovchi konus 5, amortizatorlar 6, boshqaruvchi xalqa 7, qo‘zg‘almas konus 8, kojux 9, yuklovchi moslama 10, va qo‘zg‘almas konusni buruvchi mexanizmdan tashkil topgan.
Yangi KSD va KMD maydalagichlarida ekstsentrik bo‘gimning tuzilishi takomillashgan, bo‘shatish tuynugining kengligini boshqarish mexanizatsiyalashgan, stanina kuchaytirilgan, maydalovchi konusning aylanish chastotasi oshirilgan.
Mayda maydalovchi konusli maydalagich KMD ochiqtsiklda ishlaganda maydalangan mahsulotning minimal yirikligi 20-25 mm ni tashkil etadi. KMD da bundan maydarok mahsulot olish uchun maydalashning yopiqtsikllarini qo‘llash kerak. Bunda elaklash samaradorligi chegaralangani va yiriklik bo‘yicha tayyor emas mahsulotning bir qismi maydalagichga qaytarilishi uchun maydalagichning ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi, biroq yanchishga nisbatan maydaroq mahsulot tushishi sababli tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. KMD maydalagichlariga mahsulotni bir tekis yuklashni tashkil etish ishlab chiqarish unumdorligini 30% oshirishga, elektr energiya solishtirma sarfini 20% ga va qoplama sarfini 20% ga kamaytirishga imkoniyat beradi.
Xozirda yangi turdagi konusli inertsion maydalagichlar KID – 300, KID –600 va KID – 1750 yaratilgan. Ular ochiq tsiklda ishlaganda iq15–20 gacha maydalash darajasini ta'minlaydi. Bu maydalagichlarning o‘ziga xos xususiyati muvozanatlashtiruvchi debalans aylanganda hosil bo‘ladigan va maydalovchi konus valiga ta'sir qiluvchi inertsiya kuchi ta'sirida maydalash hisoblanadi. 27-rasm. KID turdagi mayda maydalovchi inertsion konusli maydalagichning printsipial sxemasi.
KID turdagi maydalagich (25-rasm) ichida maydalovchi konus 2 joylashgan, sferik tayanch 4 ga tayanuvchi stanina 1 dan iborat. Konus 2 ga inertsion aylanma xarakatlar 2 ta debalans vibroqo‘zg‘atuvchilar 3 orqali beriladi. ular o‘qi konus 2 ning vali 11 bilan sferik sharnir 4 yordamida bog‘langan obkash 5 ning gorizontal uchlarida joylashgan vibrooqo ‘zg ‘atuvchilar bilan sinxron tarzda ishlaydi. Mavozanatlashtiruvchi debalanslarga aylanish tayanch quti 9ga o‘rnatilgan 2 ta elektrodvigatellar 10 dan kardan val 8 orqali uzatiladi. Stanina fundamentga amortizator – pnevmatik balonlar orqali tayanadi.
KID KMD maydalagichlariga nisbatan 3–4 marta ortiq maydalash darajasini beradi va maydarog‘ mahsulot tushishi hisobiga tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Elektr energiya sarfi KID maydalagichlarida KMD maydalagichlarga nisbatan 3 marta ortiq; bu KID maydalagichlarida maydalash darajasi yuqoriligi bilan tushuntiriladi.
KID turdagi maydalagichlar ochioq va yopiq tsikllarda ishlaganda 4 mm dan kichik yirikligidagi mahsulot olish uchun qo‘llaniladi. O‘rta va mayda maydalovchi konus maydalagichlarining qamrash burchagi deb ishchi maydonning yuqori qismida tashoqi kosacha yuzasi va maydalovchi konus eng katta yaqinlashganda hosil bo‘ladigan burchakka aytiladi. Bir tekis maydalangan mahsulot olish uchun o‘rta va mayda maydalovchi maydalagichlarning uzunligi L ga va kengligi S ga teng parallel zonaga ega.
Ruda zarralarining xarakatlanish vaqti maydalovchi konus bir marta aylanish vaqtidan kam bo‘lmasligi kerak. Bu shart bajarilganda xar qaysi zarra parallel zonada bir martadan ko‘proq siqiladi.
Mahsulotning maydalovchi konus tebranuvchi yuzasi bo‘ylab harakatlanish tezligiga konusning aylanish chastotasi, konus tebranishlarining amplitudasi, mahsulotning maydalovchi konus va qo‘zg‘almas kosachaga ishqalanish koeffitsientini, parallel zonaning konfiguratsiyasi va x.k. lar ta'sir qiladi.

Download 127.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling