Konussimon tishli uzatmalar
Download 87 Kb.
|
KONUSSIMON TISHLI UZATMALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sk=AB ). A
- 0,2 ÷ 0 ,4 )m
KONUSSIMON TISHLI UZATMALAR Reja:
Asosiy tushunchalar Silindrik uzatma Konussimon tishli uzatma Chervyakli uzatma Asosiy tushunchalar Tishli uzatmalardan mashina, stanok va mexanizmlarda aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga uzatish uchun foydalaniladi. Tishli g’ildirakning o’qlari har xil vaziyatda joylashgan bo’lishi mumkin. Ularning o’zaro joylashishiga qarab tishli uzatmalarning biridan foydalaniladi. Aylanma harakatni ilgarilanma harakatga va teskarisiga o’zgartirish tishli reyka va tishli g’ildirak yordamida amalga oshiriladi. Tishli uzatmalar va ularning detallari ish chizmalarini bajarish koidalari GOST da belgilangan. Tishli uzatma ikkita g’ildirakdan tashkil topgan bo lib, ularning sirtlarida tish tubi va tish cho’qqisi almashib turadi. Uzatmaning ishlash printsipi tishli g’ildiraklarning ilashishiga asoslangan. Bir g’ildirakdan ikkinchi g’ildirakka aylanma harakat bir g’ildirak tishini ikkinchi g’ildirak tishiga qilgan bosimi xisobida beriladi. G’ildirakda tishlarning joylashishiga qarab tog’ri tishli, qiyshik tishli, shevron tishli va egri chiziq tishli bolishi mumkin. g’ildirak o’qlarining joylashishiga qarab uzatmalar silindrik-o’qlar parallel, konusli-o’qlari kesishadi, vintli (chervyakli)-o’qlari aykash (kesishmaydi) turlarga bo’linadi. Tishli ilashmadagi tishlar soni kam bo’lgan g’ildirak shesternya, tishlar soni ko’p bo’lgani tishli g’ildirak deb ataladi. «Tishli g’ildirak» termini ikkala g’ildirak uchun umumiy hisoblanadi. Shesternya parametrlarini shartli belgilariga 1 indeksi, g’ildirak parametrlarini shartli belgilariga 2 indeksi yoziladi. Tishli g’ildirakning asosiy elementi tish hisoblanadi. 5.1-shaklda tishli g’ildirak parametrlarining shartli belgisi ko’rsatilgan. h-tish balandligi, h1-tish boshi balandligi, tish cho’qqisi aylanasi bilan chegaralangan (Da diametr). Tish oyogi balandligi - h11 asosi tish tubi aylanasida (Df diametr) bo’lib, boshlang’ich (bo’luvchi) aylana (d diametr) bilan chegaralangan. Asosiy aylana diametri d0=d cosα (α=20° ilashish burchagi) d0=d cos 20°=0,94 d. Bo’luvchi aylana yoyi bo’yicha o’lchangan tish qalinligi Sk qo’shni tishlar orasidagi masofa Sm va ilashish qadami tk. Tishli g’ildirakning yon tomonlari (sirtlari) orasidagi masofa bilan chegaralangan ishchi kengligi tish uzunligi deyiladi. Tishli g’ildirak va shesternya tishlari evolventa, sikloida va boshqa shakldagi profillarga ega bo’lishi mumkin. Amaliyotda tishlarning profillari taxminiy usulda chiziladi, ya’ni evolventa sirkul egri chizig’i bilan almashtiriladi. Almashtirishning bir nechta usullari bor. Bitta usuli 5.2-shaklda ko’rsatilgan. Boshlang’ich aylana ustiga tish qalinligi o’lchab qo’yiladi (Sk=AB). A nuqta orqali markazi asosiy aylanada bo’lgan R=d/6 radiusli yoy tish cho’qqisi aylanasi bilan asosiy aylana oralig’ida chiziladi. Profilning yon chizig’ining 1-2 nuqtalar oralig’i evalventa, 2-3 qismi esa O markazga yo’nalgan radial kesma bo’ladi. Xuddi shu yo'l bilan tish profilining qarama-qarshi tomoni chiziladi. 2-0 radial kesma bilan tish tubi aylanasi R=(0,2÷0,4)m radiusli yoy bilan dumaloqlanadi. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling