Konvektiv issiqlik almashinuvi
Download 10.3 Kb.
|
Konvektiv issiqlik almashinuvi-fayllar.org
Re=wd/v, (1.18)
bu yerda w – suyuqlikning o‘rtacha tezligi, m/sek; d – quvur diametri, m; v – kinematik qovushqoqlik koeffitsienti, m2/sek. (1.18) formula yordamida istalgan kesimdagi oqim uchun Reynolds sonini hisoblab chiqarish mumkin. Reynolds sonini kritik qiymati Rekr=2300 ekanligi tajribadan aniqlangan. Re 2300 bo‘lganda oqim laminar, Re 10000 da esa – turbulent bo‘ladi. Suyuqlikning quvurlardagi harakatida o‘ziga xos xususiyatlari bor. Tezligi w=const bo‘lgan suyuqlikni quvur bo‘ylab harakatini ko‘rib chiqaylik. (1.1-rasm). Suyuqlik quvur bo‘ylab oqa boshlashi bilan ishqalanish natijasida devorlar yaqinidagi suyuqlik zarralari devorlarga yopishadi, natijada devorlar yaqinida tezlik nolgacha pasayadi. Suyuqlik sarfi o‘zgarmaganligi sababli, tezlik quvur kesimining o‘rtasida tegishlicha ko‘payadi. Bunda quvur devorlarida gidrodinamik chegara qatlam – suyuqlik tezligi w dan nolgacha kamayadigan qatlam hosil bo‘ladi. Bu qatlamning qalinligi oqim bo‘ylab ortadi (1.1-rasm). Oqimning tezligi ortishi bilan chegara qatlamning qalinligi kamayadi, suyuqlikning qovushoqligi ortishi bilan esa, qatlam qalinligi ortadi. Gidrodinamik chegara qatlamida oqim laminar 1 va turbulent 2 bo‘lishi mumkin. (1.1-rasm). Oqim turi Reynolds soni bilan aniqlanadi. Chegara qatlamida oqim turbulent bo‘lsa, u holda devor yaqinida oqish laminar bo‘lgan juda yupqa suyuqlik qatlami hosil bo‘ladi. Bu qatlamni qovushoq yoki laminar qatlamcha 3 deyiladi. Suyuqlik quvurga kirgan paytdan to barqaror oqim qaror topgunga qadar, chegara qatlam qalinligi barcha kesimni to‘ldirguncha quvur uzunligi bo‘ylab asta–sekin ortib boradi. Shu paytdan boshlab tezlikning o‘zgarmas profili yuzaga keladi va oqim barqarorlanadi. Bu chegara qatlamidan tashqarida suyuqlik temperaturasi to o‘zgarmas bo‘ladi. Umumiy holda issiqlik va gidrodinamik qatlamlar qalinligi bir-biriga mos kelmasligi mumkin (1.8-rasm). Bu qatlamlar qalinliklari nisbati o‘lchamsiz son Pr= /a bilan aniqlanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanligi past (masalan, yog‘lar) qovushoq suyuqliklar uchun Pr 1 va gidrodinamik qatlam qalinligi issiqlik chegara qatlam qalinligidan katta bo‘ladi. Gazlar uchun Pr1 bo‘lib, ularda bu qatlamlar qalinliklari deyarli bir xil bo‘ladi. Issiqlik uzatishning mexanizmi va tezligi suyuqlikning chegara qatlamidagi harakatining tavsifiga bog‘liq. Agar issiqlikning chegara qatlam ichidagi harakati laminar bo‘lsa, u holda devorga perpendikulyar yo‘nalishda issiqlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan uzatiladi. Lekin, qatlamning tashqi chegarasida issiqlik asosan konvektsiya bilan uzatiladi. Issiqlik chegara qatlamida oqim turbulent bo‘lsa, issiqlik devor tomon yo‘nalishi bo‘yicha asosan suyuqlikning turbulent aralashishi natijasida uzatiladi. Issiqlikni bunday uzatilishi, issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan issiqlikni uzatishga qaraganda ancha jadalroqdir.Lekin bevosita devor oldidagi laminar qatlamchada issiqlik devorga issiqlik o‘tkazuvchanlik bilan uzatiladi. Issiqlik berish jarayoniga suyuqlikning quyidagi fizik xossalari ta’sir etadi: issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti , solishtirma issiqlik sig‘imi c, zichligi , temperatura o‘tkazuvchanlik koeffitsienti a va qovushoqlik koeffitsienti . Har qaysi modda uchun bu parametrlarning muayyan qiymatlari bor va odatda, ular temperaturaning, ba’zilari esa bosimning ham funktsiyalari hisoblanadi. Issiqlik beruvchi sirtning shakli va o‘lchamlari issiqlik berilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jismning har qanday oddiy shakllaridan (quvurlar, plitalar va shunga o‘xashashlardan) xar hil issiqlik beruvchi sirtlar hosil qilish mumkin.
Issiqlik berish koeffitsientining tahminiy qiymatlari 1.2-jadval http://fayllar.org Download 10.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling