Konvektiv issiqlik almashinuvi
Gaz yoki suyuqlik markazlarining bir joydan ikkinchi joyga siljishida issiqlikning uzatilish jarayoni konvektsiya deyiladi. Konvektsiya (lotincha canvectia – keltirish) sochiluvchan, suyuq va gazsimon moddalar qatlamlari zarralarining tartibsiz harakatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun zarralari oson siljiydigan muhitdagina konvektsiya sodir bo‘lishi mumkin. Issiqlikning konvektiv va molekulyar uzatilishining birgalikda ta’sir etishi tufayli bo‘ladigan issiqlik almashinish konvektiv issiqlik almashinish deyiladi. Boshqacha aytganda, konvektiv issiqlik almashinuvi bir vaqtning o‘zida ikki usul: konvektsiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi muhit va uning boshqa (qattiq jism, suyuqlik yoki gaz) bilan chegara sirti orasidagi konvektiv issiqlik almashinuviga issiqlik berish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |