Konvensiya asosida -5 ball
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
oraliq
3-kazus
Baracas davlatining Carovia davlatidagi elchisi shahar tashqarisidagi o’zining ijara hovlisiga Baracas fuqarolari bo’lgan A va B ismli bog’bon va qorovulni mehnat shartnomasi asosida ishga yolladi. Oradan 6 oy o‘tgach, elchi va uning turmush o’rtog’i (Carovia fuqarosi) boshqa shaxslarni shu ishga yollashga qaror qilishdi va A va B bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishdi. A va Bga xizmat qilayotgan malakali advokat ular diplomat va uning turmush o’rtog’ini sudga berishlari lozim ekanligi va ulardan kompensatsiya undirishlari lozimligini ta’kidladi. Ikki sobiq uy ishchilari ish beruvchiga, ya’ni diplomat va uning turmush o’rtog’iga nisbatan sudiga da'vo arizasi bilan murojaat qilishdi. Carovia sudi ish bo’yicha yurisdiksiyasi yo’qligini, diplomatning yurisdiksiyadan immuniteti borligini vaj qilib ishni ko’rib chiqishni rad etdi. Sudning ishni ko’rib chiqishni rad etishi qonuniymi? Sud yurisdiksiyasi haqiqatda mavjud emasmi? (10 ball ) Diplomatik xodimning immuniteti deyilganda nima nazarda tutiladi? (5 ball) Diplomatning turmush o’rtog’i ham da’vo subyektimi? Uning Vena konvensiyasi bo’yicha immunitet va imtiyozlari qanday? (5 ball) 4-kazus Kitland davlatining xususiy baliq ovlash kemasi Xelal davlatining hududiy suvlariga kirdi. Xelal davlati xorijiy baliq ovlash kemalariga o‘z hududiy suvlarida qonun bilan ruxsatisiz baliq ovlashni taqiqlagan edi. Kitland davlatining xususiy baliq ovlash kemasi Xelal davlatining hududiy suvlaridan baliq ovlamasdan tezda o‘tib ketdi. Shundan so’ng, Kitland davlati kemasi Xelal davlati quruqlik hududidan 21 mil uzoqlikka borib baliq ovlashni boshladi. Xelal davlati maxsus iqtisodiy zonalarda baliq ovlash miqdorini kuniga 5 kg deb ichki qonunlarida belgilangan edi. Kitland davlati bunday huquq Xelal davlatida yo’qligini ta’kidlab, 20 kg yaqin baliq ovladi. Kitland davlatining xususiy baliq ovlash kemalarining harakatlari qanday baholanadi? Xelal davlati o’zining quruqlik hududidan 21 mil uzoqlikda ovlanadigan baliq miqdorini belgilash huquqiga egami? - 10 ball Davlatlarning suv hududidagi chegaralari qanday?-5 ball Agar Kitland davlati kemasi baliq ovlagan hudud quruqlikdan 40 mil uzoqlikda bo’lsa, vaziyat qanday baholanishi kerak?- 5 ball Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling