Konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar [convertible loan stock]


Konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar


Download 19.02 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi19.02 Kb.
#1790264
1   2   3
Bog'liq
biznes 14 variant

Konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar
  • Egasiga ma'lum bir sanada yoki undan keyin avvaldan belgilangan konvertatsiya nisbati bo‘yicha oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilish huquqini beruvchi obligatsiyalar.


  • So‘nggi yillarda - moliyalashtirishning juda muhim manbai hisoblanmaydi.


  • Odatda investorlar qarz bilan bog‘liq masalalarda aniqlikni afzal ko‘rganlarida qo‘llaniladi, lekin kompaniya faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lsa konvertatsiya qilish imkoniyatidan foydalaniladi. Konvertatsiya - bu imkoniyat, majburiyat emas.


  • Qarzlar o‘zini-o‘zi qoplaydi. Ular kompaniya mablag‘larini qayta taqsimlashni talab qilmaydi.


  • Emissiyaga nisbatan kam xarajatli bo‘ladi va oxir-oqibat bu aksiyalar emissiyasining arzon usuli ekanligini anglatadi.


  • Boshqa omillar qarzlar (konvertatsiyadan oldin) va aksiyalar (konvertatsiya qilinganidan keyin) bilan bir xil.


Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar aniq bir turini oddiy aksiyalarga almashtirish yoki jamiyat ustavida belgilangan muddatda imtiyozli aksiyalar bir turini ularning egalari talabi bilan boshqa turiga almashtirishni nazarda tutadi. Bunday holatda, jamiyat ustavida konvertlanadigan imtiyozli aksiyalarni chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasigacha ushbu aksiyalarni almashtirish tartibi, shu jumladan, soni, qaysi aksiya turiga (kategoriyasi) almashtirilishi, almashtirish boshqa shartlari va boshqalar aniq belgilanishi lozim. Chiqarilgan birinchi konvertlanadigan imtiyozli aksiyalar joylashtirib boʻlgandan soʻng jamiyat ustavida tasdiqlangan nizom oʻzgartirilishi mumkin emas. 40 Agar konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalarga almashtirilsa, jamiyat ustavida ushbu aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqi nazara koʻrilishi mumkin. Bunday imtiyozli aksiya egasining ovoz berish huquqi, unga tegishli aksiyalarning oddiy aksiyalarga almashtirganda soni miqdorida oddiy aksiyalar ovoz berish huquqi soniga teng boʻladi. Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalarni obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga almashtirish mumkin emas, aksiyalar bundan mustasno. Qaytarib olish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – bunday aksiyalar emitentga aksiyani egasini oldindan ogohlantirmasdanqayta sotib olish huquqini beradi. Aksiyalarni qayta sotib olish aksiyadorlik jamiyatlari uchun qulay, investorlar uchun esa noqulay. Bunday aksiyalarni sotish maqsadida emitent investorlarni odatda, ushbu aksiyalarga asosiy kapitaldagi premiya miqdoridan yuqori premiya taklif qilish orqali jalb qiladi. Premiya – oʻz navbatida, aksiyalarni qayta sotib olish imkoniyati uchun mukofot sifatida qaraladi. Odatda, qayta sotib olish uchun emitent 30 kun oldin ogohlantiradi.


Instrumentlari muomalada boʻlish muddatiga koʻra moliya bozori pul bozori va kapital bozoriga boʻlinadi. Pul bozorida naqd pul, qisqa muddatli toʻlov vositalari, bir yilgacha boʻlgan qisqa muddatli jamgʻarmalar muomalasi tashkil etiladi. Kapital bozorida esa “uzun pullar” muomalasi tashkil etilib, unda asosan aksiyalar va obligatsiyalar amal qiladi. Muomala muddati esa bir yildan ortiq boʻladi. Kapital bozorining pul bozoridan asosiy farqli jihati uzoq muddatli investitsiyalardan foydalanishi bilan izohlanadi. Moliya bozorining muhim tarkibiy qismi hisoblangan qimmatli qogʻozlar bozori moliyaviy aktiv xususiyatiga koʻra ulush munosabatini anglatuvchi va qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qogʻozlar bozorlariga boʻlinadi. Bunda birinchi navbatda aksiyalar bozori hamda obligatsiyalar bozori yaqqol koʻzga tashlanadi.

Download 19.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling