Konveyer qurilmalarining elektr ta’minoti va elektr uskunalari Reja


Elektr-uzatmalarni ta’minlash usullari va ularni boshqarish sxemasi


Download 0.68 Mb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1369742
1   2   3   4
Bog'liq
Konveyer qurilmalarining elektr ta’minoti va elektr uskunalari R

Elektr-uzatmalarni ta’minlash usullari va ularni boshqarish sxemasi.
Konveyer qurilmalarini elektr energiya bilan ta’minlash usuli mazkur karyerda qo’llanilayotgan konveyer liniyalarining murakkabligi, konveyer uzatmalari soni, ular ishining bir-biriga bog’liqligi, elektr energiyani umumiy tizim bo’yicha taqsimlanishi bilan aniqlanadi.
Quyidagi konveyer qurilmalarini quvvatlanish sxemasi eng ko’p tarqalishga ega bo’ldi.
1) radialь (1 rasm), bunda har bir elektrodvigatelga aloqida kuch kabeli o’tkaziladi, barcha ishga tushirish apparaturalari bir joyga-taqsimlash punktiga to’plangan;
2) magistral (2 rasm) qachonki ishga tushiruvchi apparatura bevosita dvigatelь uzatmasiga joylashtiriladi va u umumiy (magistralь) kuch kabelidan quvvatlanadi;
3) aralash (radial-magistral),qachonki konveyer liniyasi ikki guruhga bo’linadi. Guruhlar radial sxema bo’yicha quvvatlanadi, har guruhning ichidagi dvigatelь magistralь sxema bo’yicha quvvatlanadi.
U yoki bu quvvatlash sxemasini tanlash texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga bog’liq bo’lishi kerak.
Lentasimon konveyerlar dvigatellarini boshqarish uchun: P va PMV turdagi magnit tushirgichlar – pastvolьtli elektrodvigatellar uchun qo’llanilsa, KT turidagi magnitli kontaktorlar va RVM turidagi reverslar- yuqori volьtli dvigatellar uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari turli maxsus boshqaruv apparaturalari, nazorat va himoyalash, boshqaruvning tugmali punktlari, KYa kabel yaщiklari ham qo’llaniladi. Hozirgi kunda konveyer qurilmalarida markazlashgan distatsion boshqaruv qo’llaniladi.

1-rasm. Konveyerlarni radial quvvatlanish sxemasi.


2-rasm. Konveyerlarni magistral quvvatlash sxemasi.


Masofadan turib boshqarishning mohiyati magnitli ishga tushiruvchilarni,konveyer dvigatellarini masofadan turib ulashga olib borish.
Bunday boshqaruv bir operator tomonidan markaziy boshqaruv punkti orqali amalga oshiriladi, signalizatsi tizimi va barcha boshqariladigan konveyer qurilmalari nazorati bilan bog’liq va u markazlashtirilgan deb aytiladi (mahalliy boshqarishdan farqi shundaki, elektrodvigatellarni ishga tushirish va to’xtatish uzatmagan yaqin ish joyidan bevosita amalga oshiriladi).
Konveyer liniyalarini avtomatik boshqarishda yurgizib yuborish operator tomonidan birta ishga tushirish tugmachasini bosish bilan amalga oshiriladi; zaruriy ketma-ketlikda konveyerlarni ulash va ularni ishga yaroqli ekanligini nazorati tegishli apparaturalar yordamida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlarida turli murakkablikdagi masofadan turib boshqarish sxemasidan qo’llaniladi.
Releda tezlikni qo’llash bilan konveyer liniyalarini boshqarish sxemasi yana ham takomillashgan hisoblanadi, konveyerning (lentalari) amaldagi ishchi organidan va har bir navbatdagi konveyer faqat oldindagi konveyer lentasida nominal harakat tezligiga erishilgach, ulanadi.

3-rasmda konveyer liniyalarini rele tezligi qo’llanilgan va vaqt bo’yicha har bir konveyerni ishga tushirish davomiyligini nazorati boshqarishning printsipial sxemasi keltirilgan


“Yurish” tugmachasini qisqa vaqtli bosishda KL1 kontaktor g’altagiga va RV1 rele vaqti quvvat beradi.
“Yurish” tugmachasi KL1tutashuvchi kontakt va RV1 uzish kontakti RV1 ga shuntlanadi.
SHundan so’ng birinchi konveyerning lentasi nominal tezlikka erishgach, rele tezligi ishga tushadi va RS1 o’z kontaktlarini KL1 birinchi ishga tushirgich kontaktori zanjiri va KL2 ikkinchi ishga tushirgich kontaktorlar zanjiri bilan tutashtiradi.
SHu bilan birinchi konveyerda o’z-o’zini nazorat qilish o’tkaziladi (RV1 ajralayotgan kontaktlarni uzish), ikkinchi konveyer esa ishga tushirish rejimiga o’tkaziladi.
Qachonki ikkinchi konveyerdagi lenta nominal tezlikka erishganida ishga tushirish rejimi tugaganidan keyin uning relesi tezligi ishlab ketadi va RS2 kontaktini kontaktor KL2 zanjirini o’ziga jamlaydi va navbatdagi konveyerning KL3 kontaktor zanjirini ham.
RS2 birinchi kontakt bilan ikkinchi konveyer o’zi-o’zi nazorat qilishga o’tkaziladi, ikkinchi kontakt RS2 ni uchinchi konveyerdan turib ishga tushirish amalga oshiriladi va boshqalar.
SHunday qilib, birinchi konveyerni ishga tushirishdan keyin boshqa barcha konveyerlarni kelgusida ishga tushirish konveyerning ishchi organlari harakati tezligiga bog’liq bo’lgan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Qaysidir konveyerni ishchi organi tezligi qandaydir bir sabablar bilan nominal qiymatiga erisha olmasa va uning RS rele tezligi kontaktlarga tutashmasa, unda uzilayotgan kontakt vaqt relesiga mos kelsa RV ajralsa va konveyer liniyasini ishga tushirgichi to’xtatib qo’yiladi.
Agar konveyer liniyasi normal ishlagan vaqtida ishchi organ sezilarli darajada tezlikni kamaytirsa yoki umuman to’xtalib qolsa ( uzish va shataksirash natijasida ),u o’z navbatida yukni shikastlangan konveyerga yetkazib beruvchi, muvofiq keladigan RS rele tezligi kontaklari oqibatda uzilishi natijasida barcha konveyerlar va shikastlangan konveyerning avtomatik to’xtab qolishi yuz beradi.
Rele tezligini konveyer liniyalarini avtomatlashtirish sxemasida qo’llanishini konveyer liniyalarida dvigatelni ketma-ketlikda ishga tushirish orqali amalga oshiriladi, shuningdek barcha zarur blokirovkalar nazorat qilinayotgan konveyerlar ishga tushishi bilan bog’liq bo’ladi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling