Konveyer qurilmalarining elektr ta’minoti va elektr uskunalari Reja


Konveyer liniyalarini boshqarish sxemasiga talablar


Download 0.68 Mb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1369742
1   2   3   4
Bog'liq
Konveyer qurilmalarining elektr ta’minoti va elektr uskunalari R

Konveyer liniyalarini boshqarish sxemasiga talablar:

1. Avtomatik distantsion boshqarishga o’tkazilgan konveyerlar modernizatsiya qilinib va va doimiy xizmat qiladigan xodimlarsiz ishlash imkonini beradigan qo’shimcha mexanizmlar va avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlangan bo’lishi ta’minlashi lozim.


2. konveyer liniyasini ishga tushirish boshqarish punktidan markazlashgan holda qisqa vaqtda ishga tushirish tugmasini bosish bilan amalga oshirilishi lozim; konveyer liniyasini kelgusida ishga tushirish, uni ishini nazorat qilish va avariya holatida avtomatik tarzda bajarilishi lozim.
3. Yo’nalishdagi barcha konveyerlar o’zaro bir-biriga muayyan ketma-ketlikda birlashtirilgan; yuklar oqimi qarshisiga qarab konveyer yo’nalishini ishga tushirish lozim (konveyerdan oldinda turgan yukni oshib ketishidan himoya qilingan vaqtda yuk oqimiga qarab konveyer yo’nalishiini ishga tushirishga yo’l qo’yiladi)
4. Yo’nalishdagi oldingi koveyerning harakat tezligidan keyingina navbatdagi konveyerni ishga tushirish amalga oshirilishi lozim.
5. Har safar konveyer ishga tushirilganda kamida 5 soniya davom etgan konveyer liniyasi butun uzunligi bo’yicha avtomatik ogohlantiruvchi signal tovushini uzatilishi lozim. Signalni uzatish ishga tushirish tugaganidan keyin avtomatik ravishda o’chiladigan barcha ishga tushirilayotgan liniya bo’yicha amalga oshirilishi lozim.(yoki ayrim konveyerlarni ishga tushirish bo’yicha)
6. Boshqaruv pulьtidan konveyer liniyasini operativ ravishda to’xtatish amalga oshirilishi lozim, har qanday konveyerni uzunligi bo’yicha istalgan nuqtadan shoshilinch to’xtatish mumkin.
7. Materiallarni uzatayotgan barcha konveyer liniyalarining qaysidir bir to’xtab qolgan konveyerini o’chirish avtomatik ravishda amalga oshirilishi kerak, bu vaqtda boshqaruv punkti tomonidan avariyani bildiruvchi ovozli signal berilishi shart.
8. Buzilgan konveyerni masofadan qo’lda asl joyiga qaytarishga qadar himoyalashga tushib ketishda sxema bu konveyerni distantsion takroriy ulashning imkoni yo’qligini ta’minlab berishi kerak.
9. Konveyer liniyasi bo’ylab ikki tomonlama operativ aloqa va signalizatsiya ta’minlanishi lozim.
10. Zanjirlarni ishga yaroqligi uchun favqulodda va avariyada to’xtab qolishini oldini olish maqsadida avtomatik nazorat qilishni amalga oshirish lozim.
11. Sxema imkoniyatlarni ta’minlab berishi kerak:
a) boshqa konveyerlarni avtomatik boshqarishda qoldirgan holda har qanday konveyerni avtomatik tarzda boshqarishni oddiydan mahalliyga o’tkazish;
b) boshqarish pulьtidan mazkur konveyerni ishga tushirishni oldini oluvchi, mahalliy muhosaradan bo’shatgich;
v) yuklash nuqtasidan ish bilan konveyer liniyasi ishini blokirovkalash.
12. Yuqorida qayd etilgan talablar bundan mustasno ravishda sxema tarmoqlangan konveyerlarni avtomatik boshqarishni ta’minlashi kerak:
a) mazkur marshrutni yoki uni qismini ishga tushirishdan oldin selektivlik ogohlantiruvchi signalni uzatishi;
b) mazkur marshrutni konveyerni yuklash joyidan yoki markaziy boshqaruv pulьtidan ishga tushirish va istalgan marshrutni to’xtatish;
v) bir nechta marshrutlarning bir vaqtning o’zida ishlashi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling