Konveyer roliklarining aylanishga bo’lgan qarshilik koeffitsientini aniqlash


Download 70.31 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi70.31 Kb.
#1206033
Bog'liq
Konveyer roliklarining aylanishga bo


Konveyer roliklarining aylanishga bo’lgan qarshilik koeffitsientini aniqlash
Ishning maqsadi
Ishdan maqsad konveyer roliklarining podshipnik qismlarini tuzilishini o’rganish va konveyerning har xil sharoitda ishlashini aks ettiruvchi aylanishga bo’lgan qarshilik koeffitsientini aniqlash.
Qisqacha nazariy ma’lumot
Roliklarning aylanishga bo’lgan qarshilik koeffitsienti deb rolikning aylanishga bo’lgan qarshilik kuchini uning aylanuvchi qismlarini og’irligiga bo’lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni
(1)
Rolikning aylanishga bo’lgan qarshilik koeffitsienti lentaning roliklar bo’ylab harakatga bo’lgan qarshilik koeffitsientining asosiy qismini tashkil etadi, undan tashqari, bu umumiy harakatga bo’lgan qarshilik koeffitsient lentaning va yukning deformatsiyasidan va lentaning roliklarga bo’lgan bosimning qarshilik ko­effitsienti kiradi. Shuning uchun, harakatga bo’lgan qarshilik koeffitsientining qiymati har xil bo’ladi.
Lentaning umumiy harakatga bo’lgan qarshilik koeffitsientining 50 foizgacha bo’lgan qismini konveyerning ishlatish sharoitiga, roligining diametri va podshipnigining tuzilishiga, uni yig’ish sifatiga, atrof muhitning haroratiga va h.k.larga qarab, roliklarning qarshilik koeffitsienti tashkil etadi.
Lentaning harakatga bo’lgan qarshilik koeffitsienti qiymati quyidagicha qabul qilinadi:
- turg’un (statsionar) o’rnatilgan, juda yaxshi sharoitda va toza muhitda ishlovchi konveyerlar uchun;
- turg’un o’rnatilgan va kam suriladigan yaxshi sharoitda uncha toza bo’lmagan muhitda va quruq atmosferada ishlovchi konveyerlar uchun;
- uchastkada tez-tez suriladigan qanoatlanarli sharoitda, toza bo’lmagan va namatmosferada ishlovchi konveyerlar uchun.
Ish joyining jihozlanishi
Ushbu ishni bajarish uchun ish joyi tajriba dastgohi, analitik torozi konveyerning har xil podshipnikli, turli holatdagi roliklari, chizg’ich va shtangentsirkul bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Tajriba dastgohining tuzilishi
Konveyer roliklarining aylanishiga bo’lgan qarshilik koeffitsientini aniqlash uchun qo’yilgan tajriba dastgohi (1-rasm) quyidagi qismlardan iborat:
- quvvati 1,2 kVt va aylanishi1450 ay/min bo’lgan elektrodviga­tel 1
- uzatish nisbati bo’lgan shkivlar (2 va 3), hamda tasmali uzatgich 4;
- aylanuvchi vtulka 6; uchli o’q bilan jihozlangan oldingiqo’zg’almas qism 5 ;
- aylanuvchi o’qli qo’zg’aluvchi orqa qismi 7;
- rolikka bolt 2 bilan mustahkamlangan yelka 8;
- tekshirilayotgan konveyer roligi 9 ;
- torozi 10.
Tajriba ishining bajarish usuli
Tajriba dastgohiga qo’yilgan hamda rasmlarda ko’rsatilgan konveyer roliklarining tuzilishi o’rganiladi, umumiy e’tibor, uning podshipnik qismiga, o’qining tuzilishi va rolikning o’lchamlariga qaratiladi.
Konveyer roligining aylanishga bo’lgan qarshilik koeffitsientining qiymatini dastgohda aniqlash quyidagicha olib boriladi; rolikni dastgohning o’qiga o’rnatib, uning o’qi aylanuvchi vtulka (6) ga mustahkamlanadi. Shundan so’ng rolikka uning o’qiga perpendikulyar qilib bolt yordamida yelka (8) o’rnatiladi. Rolik aylanmay turgan holida (richagning gorizontal holatida) torozining ko’rsatgan qiymati (M1) aniqlab olinadi. “Pusk” – “Ishga tushirish” knopkasi yordamida dastgohning elektrodvigateli ishga tushiriladi.
Elektrodvigatel ishlayotganda, rolikning o’qini aylantiradi, unda aylanuvchi moment paydo bo’ladi, uning qiymati podshipniklarning va zichlagichning qarshilik kuchi bilan o’qining radiusi ko’paytmasiga teng ya’ni:

1-rasm
(2)
Moment ni aniqlash uchun ning qiymati kerak bo’lib uni aniqlash bir muncha qiyindir. Moment dastgoh tizimini muvozanat holidan chiqarib yuboradi, bu esa rolikning richagini gorizontal holidan bir muncha egadi va torozining oldingi qiymatini o’zgartirib ( )yuboradi. Shuning uchun torozining qiymatlarini farqini
( ) richagining uzunligi (l) ga ko’paytmasi moment ( )tashkil etadi, uning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(3)
Bu moment richagni yana gorizontal holatga keltiruvchi moment bilan bir xildir (2) va (3) tenglamalarning o’zaro tengligidan rolikning aylanishga bo’lgan qarshilik kuchini aniqlaymiz.
(4)
U holda rolikning radiusi Rga nisbatan olingal aylanishga qarshilik koeffitsienti quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(5)
Bu yerda:
- rolikning podshipniklariga to’g’ri keladigan og’irligi,g ;
- rolikning aylanuvchi qismining og’irligi, g;
- rolikka o’rnatilgan yelkaning og’irligi, g.
Tajriba tebranma va sirpanuvchi podshipniklarda o’tkaziladi. Har qaysi tur podshipniklar uchun kamida uch marotabadan o’lchov o’tkaziladi va ularning o’rtacha qiymatlari aniqlanadi. Tajriba har xilholatdagi toza quruq,toza moylangan, iflos moy bilan moylangan konveyer roliklari uchun qaytariladi.
Hisobotning mazmuni
Tebranma va sirpanuvchi podshipnikli konveyer roliklarining podshipnik qismini ko’ndalang kesimi chizmada ko’rsatilsin.
Konveyer roliklarining aylanishga qarshilik koeffitsientini aniqlovchi dastgohning chizmasi keltirilsin, uning ishlashi va rolikning asosiy o’lchamlarini richag va torozining ko’rsatgichini o’lchash usuli izohlansin.
1-jadval





































































































1-jadvalda har xil roliklar uchun (2 band ), podshipniklarining har xil holatlari (3 band ) uchun, aniqlangan o’lchov qiymatlari (4-8 band) va hisoblangan (9-11bandi)qiymatlari keltirilsin. Konveyer roliklarini aniqlashga bo’lgan qarshilik koeffisientlarining hisoblangan qiymatlari, ularning korxonalarda ishlayotganda ruhsat etilgan normativ qiymatlari bilan taqqoslansin.
Download 70.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling