Konveyer va elektrovoz transportini avtomatlashtirish
Elektr-uzatmalarni ta’minlash usullari va ularni boshqarish sxemasi
Download 1.1 Mb.
|
Konveyer va elektrovoz transportini avtomatlashtirish (2)
Elektr-uzatmalarni ta’minlash usullari va ularni boshqarish sxemasi.
Konveyer qurilmalarini elektr energiya bilan ta’minlash usuli mazkur karьerda qo’llanilayotgan konveyer liniyalarining murakkabligi, konveyer uzatmalari soni, ular ishining bir-biriga bog’liqligi, elektr energiyani umumiy tizim bo’yicha taqsimlanishi bilan aniqlanadi. Konveyer liniyalarini to’yintirishning uch sxemasi keng tarqalgan: 1) radial (8.3, a rasm), har bir elektrodvigatelga alohida kuch kabeli yotqiziladi, butun ishga tushirish apparaturasi bir joyda – taqsimlash punktida joylashgan; 2) magistral (8.3, b rasm), ishga tushirish apparaturasi bevosita uzatma dvigatellarda joylashgan va umumiy (magistral) kuch kabelidan to’yinadi; 3) aralash (radial – magistral), konveyer liniyasi bir qator guruhlarga bo’linadi. Guruhlar radial sxemaga ko’ra to’yinadi, har bir guruh ichida esa dvigatellar magistral sxemaga bo’yicha to’yinadi. 8.3 rasm. Konveyer to’yinish sxemasi: a – radial; b – magistral. Bir yoki boshqa to’yinish sxemasini tanlash texnik iqtisodiy ko’rsatgichlar bilan belgilanadi. Tasmali konveyerlar dvigatellarini boshqarishda past voltli dvigatellar uchun magnit ishga tushirgichlar, yuqori voltli dvigatellar uchun esa – magnit kontaktorlar va revirsorlar ishlatiladi. Bundan tashqari, turli maxsus boshqaruv apparaturasi, nazorat va himoya, tugmachali boshqaruv punktlari, kabel qutilari ishlatiladi. Ochiq kon ishlarida turli murakkablikdagi masofadan turib boshqarish sxemasidan qo’llaniladi. Releda tezlikni qo’llash bilan konveyer liniyalarini boshqarish sxemasi yana ham takomillashgan hisoblanadi, konveyerning (lentalari) amaldagi ishchi organidan va har bir navbatdagi konveyer faqat oldindagi konveyer lentasida nominal harakat tezligiga erishilgach, ulanadi. 3-rasmda konveyer liniyalarini rele tezligi qo’llanilgan va vaqt bo’yicha har bir konveyerni ishga tushirish davomiyligini nazorati boshqarishning printsipial sxemasi keltirilgan “Yurish” tugmachasini qisqa vaqtli bosishda KL1 kontaktor g’altagiga va RV1 rele vaqti quvvat beradi. “Yurish” tugmachasi KL1tutashuvchi kontakt va RV1 uzish kontakti RV1 ga shuntlanadi. SHundan so’ng birinchi konveyerning lentasi nominal tezlikka erishgach, rele tezligi ishga tushadi va RS1 o’z kontaktlarini KL1 birinchi ishga tushirgich kontaktori zanjiri va KL2 ikkinchi ishga tushirgich kontaktorlar zanjiri bilan tutashtiradi. SHu bilan birinchi konveyerda o’z-o’zini nazorat qilish o’tkaziladi (RV1 ajralayotgan kontaktlarni uzish), ikkinchi konveyer esa ishga tushirish rejimiga o’tkaziladi. Qachonki ikkinchi konveyerdagi lenta nominal tezlikka erishganida ishga tushirish rejimi tugaganidan keyin uning relesi tezligi ishlab ketadi va RS2 kontaktini kontaktor KL2 zanjirini o’ziga jamlaydi va navbatdagi konveyerning KL3 kontaktor zanjirini ham. RS2 birinchi kontakt bilan ikkinchi konveyer o’zi-o’zi nazorat qilishga o’tkaziladi, ikkinchi kontakt RS2 ni uchinchi konveyerdan turib ishga tushirish amalga oshiriladi va boshqalar. SHunday qilib, birinchi konveyerni ishga tushirishdan keyin boshqa barcha konveyerlarni kelgusida ishga tushirish konveyerning ishchi organlari harakati tezligiga bog’liq bo’lgan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Qaysidir konveyerni ishchi organi tezligi qandaydir bir sabablar bilan nominal qiymatiga erisha olmasa va uning RS rele tezligi kontaktlarga tutashmasa, unda uzilayotgan kontakt vaqt relesiga mos kelsa RV ajralsa va konveyer liniyasini ishga tushirgichi to’xtatib qo’yiladi. Agar konveyer liniyasi normal ishlagan vaqtida ishchi organ sezilarli darajada tezlikni kamaytirsa yoki umuman to’xtalib qolsa ( uzish va shataksirash natijasida ),u o’z navbatida yukni shikastlangan konveyerga yetqazib beruvchi, muvofiq keladigan RS rele tezligi kontaklari oqibatda uzilishi natijasida barcha konveyerlar va shikastlangan konveyerning avtomatik to’xtab qolishi yuz beradi. Rele tezligini konveyer liniyalarini avtomatlashtirish sxemasida qo’llanishini konveyer liniyalarida dvigatelni ketma-ketlikda ishga tushirish orqali amalga oshiriladi, shuningdek barcha zarur blokirovkalar nazorat qilinayotgan konveyerlar ishga tushishi bilan bog’liq bo’ladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling