Koordinata tekisligi. Grafiklar


Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar


Download 1.54 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi1.54 Mb.
#1062018
1   2   3
Bog'liq
Koordinata tekisligi

Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar.

1. 1) Abssissalari nol bo'lgan nuqtalar qayerda joylashgan? 2) Ordinatalari nol bo'lgan nuqtalar qayerda joylashgan?
Javob: 1) Ordinatalar o'qi; 2) Abssissalar o’qi.


2. Abssissasi manfiy bo'lgan nuqtalar qaysi choraklarda joylash­gan? Ordinatasi musbat bo'lgan nuqtalar-chi?
Javob: 1) II va III chorakda; 2) I va II chorakda.


3. Agar: bolsa, AB va CD kesmalar kesishish nuqtasining koordinatalarini toping.
Javob: (0;1);



  1. Quyidagi rasmda tasvirlangan nuqtalarning koordinatalarini yozing. Ularning abssissalari va ordinatalarini ayting.






5. Uchlari: 1) (1; 1), (-1; 1), (-1; -1), (1; -1); 2) (1; 0), (0; 1), (-1; 0), (0; -1) nuqtalarda bo'lgan to'rtburchak yasang. Bu qanday to'rtburchak bo'ladi? Nima uchun?


6. Markazi koordinata boshida va radiusi 2 sm bo'lgan aylana chizing. Aylananing Ox, Oy o'qlari bilan kesishish nuqtalarining koordinatalarini yozing.
Javob: (2;0); (-2;0); (0;2); (0;-2);


7. (-3; 4) va (2; -1) nuqtalar orqali o'tuvchi to'g'ri chiziq chizing. Bu to'g'ri chiziq qaysi choraklardan o'tadi?
Javob: I, II va IV choraklarda.


8. 1) Faqat ikkita chorakdan o'tuvchi to'g'ri chiziqlar chizing.
2) To'g'ri chiziq faqat bitta chorakda yotishi mumkinmi?


9. 1 kg uzum 250 so'm turadi. Bozordan sotib olingan uzum massasi bilan unga to'langan pul miqdori jadvalda berilgan. Ma'lumotlarni grafikda tasvirlang.



Uzum, x (kg)

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Pul, у (so'm)

0

250

500

750

1000

1250

1500

1750

2000

2250



Ко'rsatma: OX o'qiga sotib olingan uzum massasini, Oy o'qiga unga mos to'langan pulni qo'ying. (x; y) nuqtalarni belgilang va ularni ketma-ket to'g'ri chiziq kesmalari bilan tutashtiring.


10. 1) I, II va III choraklardan; 3) II, III va IV choraklardan
2) I, II va IV choraklardan; 4) I, III va IV choraklardan o'tuvchi ikkitadan to'g'ri chiziq chizing.


11. A(-3; 0), B(-3; 2), C( 1; -1) nuqtalarni koordinata sistemasida belgilang. 1) Ular bitta to'g'ri chiziqda yotadimi? 2) AB kesma o'rtasining koordinatasini toping.
Javob: 1) yo’q; 2) (-3;1).


12. Koordinata tekisligida uchlari: A(2; 2), B(2; 0), C(0; 0) nuqtalarda bo'lgan uchburchak chizing va turini aniqlang.
Javob: teng yonli to’gri burchakli uchburchak.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling