Koordinata tekisligi. Grafiklar


Download 1.54 Mb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi1.54 Mb.
#1062018
1   2   3
Bog'liq
Koordinata tekisligi

13. 1) A(1;1), B(2;2); 2) C(-1;-1), D(-2;-2); 3) E(-3;4) F(2;-1) nuqtalardan o'tuvchi to'g'ri chiziq qaysi choraklarda yotadi? Mos rasm chizing.
Javob: hamma choraklarda yotadi.



  1. Bola tug'ilganidan to 13 yoshgacha uning vazni o'rtacha shunday o'zgaradi:




Bolaning
yoshi (yil)

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Vazni (kg)

3,4

9

12

13,5

14,5

16

17

18,5

20,5

22,5

24,5

27

30

34

Bolaning yoshi bilan vazni orasidagi (jadvalda ko'rsatilgan) bog'lanishni grafik ko'rinishda tasvirlang. Yillarni (0, 1, 2, 3, 4, 5, ..., 13) Ox o'qida, vaznlarni Oy o'qiga qo'ying.


15. Poyezd soat 01.00 da Andijondan yo'lga chiqdi. Poyezd 60 km/soat tezlik bilan 3 soat yo'l yurdi. So'ng bekatda 1 soat to'xtab turdi. Keyin 70 km/soat tezlik bilan 4 soat yo'l yurdi. Vaqt bilan poyezd o'tgan masofa orasidagi bog'lanish grafigini chizing.



Mavzu bo’yicha testlar:


1savol.Agar A(-2;2); B(1;-1); C(3;3); D(-2;-2) bo’lsa AB va CD kesmalarning kesishish nuqtasining koordinatasini toping.


Echimi:

Koordinata tekisligida nuqtalarni ifodalab olamiz va berilgan kesmalarni o’tkazsak ular


(0, 0) nuqtada kesishadi.



2 savol. (-2; 3) nuqta qaysi chorakda yotadi.


Echimi:

(-2; 3) nuqtaning absisasi manfiy va ordinatasi musbat bo’lgani uchun 2-chorakda yotadi.




3 savol. A(-3;-2) nuqta Dekart koordinatalar sistemasining qaysi choragida joylashgan?


Echimi:

A(-3;-2) nuqtaning abssisasi -3 ga teng, ya’ni manfiy; ordinatasi -2 ga teng, u ham manfiy.


Demak, bu nuqta III chorakda joylashgan.


4 savol. II chorakdagi nuqtalarning (x;y) koordinatalari uchun quyidagi munosabatlarning qaysi biri o’rinli?


Echimi:


II chorakda joylashgan nuqtaning abssisasi manfiy, ya’ni x<0; ordinatasi esa musbat, ya’ni y>0. demak, II chorakdagi nuqtalarning (x;y) koordinatalari uchun quyidagi munosabat o’rinli: x<0; y>0.
Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling