Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


d- va f- blok elementlarining metalloorganik birikmalari


Download 95.02 Kb.
bet9/15
Sana09.04.2023
Hajmi95.02 Kb.
#1345690
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Koordinatsion birikmalar hosil 4

d- va f- blok elementlarining metalloorganik birikmalari

d- va f- blok metalloorganik birikmalaridan faqat bir turdagi ligandlardan iborat lari karbonil birikmalardir. Karbonil birikmalar boshqa metalloorganik birikmalarni sintez qilishda qulay reagent hisoblanadi. Ular organik sintezlarda va katalizatorlar sanoatida ko'p ishlatiladi. Monometall karbonil birikmalar asosan, ikki xil usulda olinadi.


1. Peyrone qoidasi. Atsidokomplekslar ammiak yoki aminlar bilan reaksiyaga kirishganida sis-izomer holatidagi mahsulotlar hosil bo’ladi.
Masalan: agar eritmada kaliy tetraxloroplatina (II) - K2[PtCl4] ning 1 mol miqdoriga 2 mol ammiak qo’shsak, sis-dixlorodiamminplatina hosil bo’lib, KCl ajralib chiqadi:

2. Iorgensen qoidasi. Ammiakatlar kislotalar ta’sirida parchalanganida, ko’pincha, trans-izomer holatidagi atsidobirikmalar hosil bo’ladi. Masalan, tetramminplatina (II) xlorid [Pt(NH3)4]Cl2 ni HCl bilan parchalaganimizda trans-dixlordiamminplatina (II) hosil bo’ladi:

3. L. A. Chugayev 1906-yilda tarkibida besh va olti a’zoli halqalari bo’lgan koordinatsion birikmalar eng barqaror bo’ladi, degan qoidani tarifladi.
To’rt a’zoli halqaga ega bo’lgan koordinatsion birikmalar kamroq mustahkam bo’ladi, uch a’zoli halqasi bo’lgan koordinatsion birikmalar beqarordir. Masalan, platinaning etilendiaminli birikmasi [Pt(NH2-(CH2)2-NH2)2]Cl2 tarkibida ikkita besh a’zoli halqa bor:

Bu birikma nihoyatda barqaror; unga HCl ta’sir ettirsak ham parchalanmaydi. Ikki valentli nikelning glioksimli birikmasida ikkita besh va ikkita olti a’zoli halqalar borligi uchun bu birikma juda ham barqarordir:

Bu birikma hatto HCl bilan qaynatilganda ham parchalanmaydi; uni faqat konsentrlangan nitrate kislota va zar suvi (3HCl+HNO3) gina yemiradi.
4. N. C. Kurnakov qoidasi. Trans- va sis-shakllaridagi koordinatsion birikmalarni bir-biridan ajratish katta ahamiyatga ega.
Tekshirishlar natijasidan ma’lumki, ayni koordinatsion birikmaning trans-shakli uning sis-shakliga qaraganda yomon eriydi.

Download 95.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling