Oksidlar va binar birikmalar. Ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va qo‘llanilishi
Oksidlarning davriy jadvalda joylashishiga ko‘ra xossalari. Asosli oksidlarning barchasi turli rangli qattiq moddalar bo‘lib, kristall va amorf tuzilishga ega: FeO – qoramtir, Ag2O va CuO – qora, CaO, MgO, Na2O, K2O, MnO – oq rangli, CoO – ko‘kimtir yashil, NiO – yashil, Cu2O – qizil va h.z. Ishqoriy metallarning oksidlar suvda yaxshi eriydi va asoslar (ishqorlar) ni hosil qiladi, ishqoriy-yer metallarni oksidlari suvda kam eriydi, qolgan metallarning oksidlari suvda deyarli erimaydi. Asosli oksidlar yuqori temperaturada suyuqlanadigan, elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar. I-A, II-A va Al hosil qilgan oksidlar ionli oksidlar hisoblanadi. Shunga mos ravishda jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra suyuqlanish va qaynash haroratlari yuqori hisoblanadi.
Keltirilgan misollardan shunday xulosa qilish mumkin. Asosli oksidlar – I va II valentli metallarning oksidlari; amfoter oksidlar – II, III va IV valentli metallarning oksidlari; kislotali oksidlar metallmaslarning va V, VI, VII valentli metallarning oksidlari. Bitta elementning turli oksidlarida valentlik ortib borganda asosli xossa amfoterlikka, so‘ng kislotalikka o‘tadi.
Peroksidlar – tarkibida perokso (-O-O-) guruh tutgan oksidlar.
Binar moddalar kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishadi.
MeHn + nHCl → МеCln + H2
Me3Bn + H2SO4 → MeSO4 + BH3
CaC2 + 2HCl → СаCl2 + C2H2
Al4C3 + 6H2SO4 → 2Al2(SO4)3 + 3CH4
|
Me4Sin + 4HCl → МеCln + SiH4
Me3Nn + 3HCl → МеCln + NH3
Me3Pn + 3HI→ МеIn + PH3
MenО2 + H2SO4 → MeSO4 + O2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |