Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


Download 90.04 Kb.
bet3/15
Sana19.04.2023
Hajmi90.04 Kb.
#1366212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Koordinatsion birikmalar hosil 3

Koordinatsion birikma xillari.
Biz koordinatsion birikmalarni kation, anion va neytral koordinatsion birikmalar deb uch sinfga bо‘lgan edik. Lekin Verner nazariyasi yaratilgan davrda barcha koordinatsion birikmalarni ularning hosil bо‘lish sxemasiga qarab quyidagi ikkita katta sinfga bо‘lingan : a) biriktirib olish mahsulotlari, b) singdirilish mahsulotlari. Masalan, agar BF3 ga HF qо‘shilsa, biriktirib olish mahsuloti hosil bо‘ladi :

BF3 + HF → H [BF4]


Bu reaksiyada F- ioni ichki qavatda qoladi. Singdirilish mahsulotlari : mis xloridga ammiak qо‘shilganida mis bilan ikkita xlor orasiga 4NH3 gо‘yo «pona» bо‘lib joylashadi :

CuCl2 + 4NH3 → [Cu(NH)3] Cl2


Reaksiya natijasida xlor ionlari mis ionidan uzoqlashib, koordinatsion birikmaning sirtqi sferasiga о‘tadi.

Dastlab kompleks birikmalarni nomlashda ba’zan ularni rangidan yoki shu moddani kashf etgan olim nomidan foydalanilgan. A. Verner komleks birikmalarni nomlash uchun ”Ratsional nomenklatura” yaratdi. Ratsional nomenklatura komplekslarning tarkibi va tuzilishlarini aks ettirishi kerak edi. Ya’ni kompleks birikmaning nomi uning tabiatiga monand bo’lmog’i zarur edi. Tuzsimon kompleks birikmalarni bir so’z bilan atash taklif qilingan.


Shuningdik ammiak- ,,amin”, suv-,,akvo” oltingugurt -,,tio”, OH- guruhi bo’lsa ,,gidrokso”,-O-O-guruhi esa, ,,perokso”, kompleks birikma tarkibida xlor esa ,,xloro”, ftor bo’lsa ,,ftoro” kabi so’zlar bilan ataladigan bo’ldi. Masalan: K4[Fe(CN)6] kaliy geksasiono temir(II).
1963-yildan boshlab, taklif qilingan nomenklatura xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi termin komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.
1. Ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, undan keyin anion ataladi. Masala: [Ag(NH3)2]Br - diamminargento (I) bromid
K2[CuCl3] - kaliytrixloro mis (I)
2. Anionli kompleks birikmalarni nomlashda avval kation, anion so’ngra neytral ionlar va undan keyin markaziy ion nomi ataladi (ular orasiga chiziqcha qo’yilmaydi). Masalan: K2[Pt(NO2)2Cl2] - kaliydixlorodinitroplatinat (II).
3. Ligandlar sonini ifodalashda di-, tri-, tetra-, penta-, geksa- va hokazo qo’shimchalar ishlatiladigan bo’ldi. Masalan: K4[Fe(CN)6] - kaliy geksasianoferrat (II), K3[Fe(CN)6]-kaliy geksasianoferrat (III), [Al(H2O)6]Cl3 - geksaakvoalyuminiy
xlorid.
4. Markaziy ionning oksidlanish darajasini nomlashda; markaziy ionning oksidlanish darajasi qavs ichida lotincha raqamlar bilan ifodalanadi. Masalan: [Cu(NH3)2].(OH)- diammin mis (I) gidroksid.
5. Ko’prik vazifasini o’tovchi gruppalarni nomlashda bir koordinatsion markaz, ikkinchisi bilan bog’lab turuvchi ko’prik vazifasini bajarayotganda, gruppalarni atashda, ularning oldiga μ harfi quyiladi. Masalan:

di- μ -gidroksooktaakvoditemir (II) xlorid yoki

di- μ -gidroksotetraoksalatodixromat (III) xlorid.
6. Geometrik izomerlarni nomlashda ularning ,,raqam” belgilaridan yoki ,,sis” va ,,trans” termenlaridan foydalaniladi:

transdixlordiammin palladiy (II) yoki 1,3-dixlordiammin palladiy oktoedrik kompleks birikmalarni nomlashda ham ,,raqam” belgilaridan va ,,trans”, ,,sis” terminlaridan foydalaniladi. Masalan: sis-dibromotetraamminrodiy (III) yoki 1,2-dibromo-3,4,5,6-tetraammin rodiy(III) ioni deb nomlash mumkin.

Kompleks birikmalarda struktura izomeriya va sterso izomeriyalari bor. Bularning birinchisida birorta legand ba’zi hollarda metal bilan koordinatsion bog’ orqali to’g’ridan-to’g’ri bog’langan bo’lsa, boshqalarida u kristal tuzining koordinatsion ta’sir doirasidan tashqarida bo’ladi. Uning quyidagi kompleks birikma [CrCl3(H2O)6] misolida tushuntirish mumkin.
[Cr(H2O)6]Cl3-binafsha rangli modda bo’lib, [Cr(H2O)5Cl]Cl2.H2O va [Cr(H2O)4Cl2]Cl.2H2O kompleks birikmalari esa, ko’k rangli moddalardir.
Lekin fazoda joylashuvi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Quyidagi ,,sis” va ,,trans” kompleks birikmada xlor ligandlar bilan yonma-yon holda yoki qarama-qarshi tomonlarga joylashishi mumkin.
Koordinasion sferada donor atomlarini turlicha joylashuvi hisobiga vujudga keladigan izomerya geometrik yoki sis va trans izomerya deyiladi. Yuqorida Pt(NH3)2Cl2 kompleks birikmadagi geometrik izomerlarning ko’rinishi tasvirlangan: a) sis-izomer va b)trans-izomerlar.
Bir-birining aksini ifodalovchi izomerlar optik izomerlar turiga kiradi.

Download 90.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling