Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


Download 90.04 Kb.
bet9/15
Sana19.04.2023
Hajmi90.04 Kb.
#1366212
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Koordinatsion birikmalar hosil 3

Kremniyorganik birikmalar — molekulasida kremniy (Si—S) tutgan organik birikmalar. Goho tarkibida kremniy boʻlgan barcha organik birikmalarni Kremniyorganik birikmalar qatoriga qoʻshishadi. Kremniyorganik birikmalar tarkibida bir yoki bir nechta kremniy atomlaridan iborat boʻlgan "monomer" va kremniyorganik polimerlarga boʻlinadi. Organogalogensilanlar RnSiX4 n (bu yerda — X — galogen, p=1+3) va RnSiHmX4 (n va t=1,2; t+p=2,3); alkoksisilanlar va aroksislanlar Si(OR)4, Rn Si(OR)4 m; organogidrosilanlar Rn SiH4 n; organoaminosilanlar Rn Si( NRj )4_n; organosilanollar RnSi(OH)4m; organoatsiklosilanlar RnSi(OCOR’)4_ n (n=l+3); silatranlar va boshqa; tarkibida bir necha kremniy atomi boʻlgan birikmalar Si— O—Si organosiloksanlar, Si—N—Si boglari boʻlgan organosilazanlar; Si— S—Si bogʻlari boʻlgan silatianlar; Si— Si bogʻlanishi boʻlgan poliorganosilanlar va boshqa yaxshi oʻrganilgan. Shuningdek, organik radikali tarkibida galogen, amino-, gidroksi-, alkoksi-, epoksiguruhi va boshqa; SiM, SiOM yoki SiRM (M—metall yoki metallmas atomi, mas, Li, Na, K, V, A1, Sn, Ti, P, Fe) guruhi boʻlgan kremniyorganik birikmalar deb nomlanadigan karbofunksioval Kremniyorganik birikmalar ham katta guruhni tashqil etadi. Bundan tashqari, halqasida bir yoki bir nechta kremniy atomi tutgan geterotsiklik birikmalar (dimetilsilatsiklobutan, digidrofevantren yoki "oksafen" va boshqalar) ham mavjud. Xalqaro nomenklaturaga binoan tarkibida bir atom kremniy boʻlgan Kremniyorganik birikmalar silan (SiH4) ning hosilalari deb karaladi. Kremniyorganik birikmalarning aksarisi rangsiz suyuqliklar, baʼzilari [siklosiloksanlar (R2SiO3)] qattiq kristall moddalar. Odatda, Kremniyorganik birikmalar termik barkaror moddalar, uglevodlar, xlorlangan uglevodlar, efirlar va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi; suv bilan ara-lashmaydi, oson gidrolizlanadi. Hosil boʻlgan organogidroksisilanlar molekulalararo kondensatsiyaga kirishib organosiloksanlar beradi, ajralib chiqqan yoki qoʻshilgan kislota taʼsirida polikondensatsiyalanib kremniyorganik polimerdarga aylanadi. Monomer Kremniyorganik birikmalar, asosan, kremniyorganik polimerdar olishda, mono- va di-funksioval Kremniyorganik birikmalar kremniyorganik su-yukdiklar ishlab chiqarishda, difunksioval Kremniyorganik birikmalar kremniyorganik kauchuklar ishlab chiqarishda, di-, tri-, tetra va polifunksioval Kremniyorganik birikmalar smola va lok ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Kremniyorganik birikmalar gidrofobizatorlar, antiadgezivlar, plastmassa sanoatida toʻldirgichlar, mikroelektron qurilmalar maxsus keramika uchun krplamalar va boshqa ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.


Elementlar sistemasidagi birinchi guruhning deyarli barcha elementlarining metallorganik birikmalari olingan. Bu birikmalardan lítiyning birikmalari katta aha miyat kasb etadi. Litiyorganik birikmalarni tayyor reaktiv sifatida ishlatilishi ahamiyatlidir. Asosan metillitiy efir eritmasida alkillitiydan olinadi. Alkillitiyni ishlab chiqarish metallarning organik galogenidlar bilan ta'sirlanishiga asoslangan. Shuning uchun preparat alkilgallogenid bilan ifloslangan bo'ladi. Metllitiy qattiq holatda va eritmada tetraedrik klaster holatda bo'ladi. Shu bilan birga, tarkibida bir nechta litiy atomlari bo'lgan organik birikmalar ham mavjud.
Bunga metillitiyni piroliz qilib olingan dilitiometan Li,(CH,), ni misol qilish mumkin . Tarkibida anion radikal C, H, saqlagan natriy naftalid Na(C, H,) tuzi ham metalloorganik birik malardan hisoblanadi. Bunday birikmalarni aromatik birikmalarga to'g'ridan to'g'ri reaksiyasi natijasida ham olish mumkin.
Na(q)+(CH₂)(tuz) → Na(CH₂) (tuz)
EPR spektrlari C, H, bo'shashtiruvchi orbitalidagi juftlashmagan elektronining delokallanishi hisobiga birikishini tasdiqlagan. Bunday birikmalar kuchli qaytaruv chilardir.

  • Berilliy va magniyning organik birikmalari kovalent xossalarini namoyon qiladi. Beriliyning koordinatsion soni 3,4, magniyniki 4 ga teng bo'ladi. Beriliy organik birikmalar Gtinyar reaktivi ishtirokida olinadi.

BeCl₂ +2RMgX+(C₂H),OR,Be - O(CH₂), MgXCI



  • Magniyning organik birikmasi «Grinyar reaktivi» nomi bilan ataladi. Bu reaksiya galogen alkanlarga efir eritmasida metallsimon magniy kukuni ta'sir et tirib magniy galogenidning diaksan kompleksi MgG,(C,H,O,) hosil qilinadi. Hosil bo'lgan mahsulotni bug'latib, alkil magniy galogenidlari hosil qilinadi.

2RMgG, 2MgR, MgG,

p-blok elementlarining metallorganik birikmalari Borning ahamiyatli birikmalaridan biri trimetilbordir. Trimetilbor rangsiz gazsi monomer modda, suv ta'sirida sekin-asta gidrolizlanadi. Asosan, bor galoge dlariga efirli muhitda Grinyar reaktivi ta'sir ettirib olinadi.

BF, +3 CH,MgBr - B (CH), +MgBrF

Bororganik galogenidlarda reaksiyaga kirishish qobiliyati kuchli. Bu birikmani bor galogenidlariga aluminiy alkillari ta'sir ettirib olinadi.

3BC1, +6AIR, 3R₂BCI+AIR CI

Hosil qilingan bororganik galogenidlar almashinish reaksiyasiga kirishadi.



B(CH,)C1+Li(C_H,) - BÍCH,)(CH)+LiC

Download 90.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling