Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi


Download 19.34 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi19.34 Kb.
#1829443
Bog'liq
2 5407093375868354313


Ko‘chirish qoidalari
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi:
To‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-kor kabi.
Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi:
Va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:

  1. So‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi:

a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;

  1. So‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi:

Mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:

  1. Ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi:

Dia-gramma, mono-grafiya kabi;

  1. Uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.

Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi:
Pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi:
AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5- “A” sinf, “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi:
“Navro‘z – 2015” (festival), “O‘qituvchi – 91” (ko‘rik tanlov), “Andijon – 9”, “Termiz – 16” (g‘o‘za navlari), “Boing – 767” (samolyot), “Foton -774” (televizor) kabi.
A.Jabborov, A.D.Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.
Mashqlar.
1-mashq. Quyidagi so‘zlar yoniga mos so‘zlar qo‘yib, juft so‘zlar
Yasang.
Katta-…, mo‘l-…, nari-…, nom-…, dori-…, zeb-…, aytdi-…,
Chora-…, mehr-…, nasl-…, ilm-…, noz-…, ozmi-…, yo‘l-
…, bilar-…, bor-…, ust-…, bosh-…, ahd-…, yalt-…, el-…,
Achchiq-… .
2-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib yozilgan qo‘shma so‘zlarning
Yozilishiga e’tibor qarating.
Har qanday reklama matnining yaratilishida u yoki bu
Tovush, so‘z, gap+tasvir yordamida xaridor diqqatini torta bilish,
Matnning originalligi, mantiqiyligi, sarlavhaning ifoda tarziga
E’tibor qaratiladi. 2. Kichik Osiyo xalqlari qadimdan chorvachilik
Bilan shug‘ullanganlar. 3. O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham
Notiqlik san’ati o‘ziga xos mavqega egadir. 4. Yildan yilga bizning
Hayotimizga axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadal kirib
Kelmoqda. 5. G‘arbiy Yevropa asarlarining Sharq xalqlari tillariga
Qilingan son-sanoqsiz tarjimalari yanada chuqurroq o‘rganilishi
Lozim bo‘lgan muhim masala hisoblanadi.
3- mashiq.Quyidagi matndan fonetik, morfologik va shakliy yozuv
Qoidalariga muvofiq yozilgan so‘zlarni toping.
HUQUQ FANLARI TARIXIDAN
Huquq fanlari rivojlanishining dastlabki davri haqida
Gapirganda, Qadimgi Vavilon davlatidagi Xammurapi qonunlari
To‘g‘risida eslamaslik mumkin emas. Shoh Xammurapi qonunlari
Qadimgi Vavilon huquqining muhim yodgorliklari hisoblanadi.
Qonunlar matni ustunga o‘yib yozilgan bo‘lib, uning yuqori
Qismida bu qonunlar matnini Xammurapiga topshirayogan
Quyosh xudosi tasvirlangan. Bunday rasm shoh qonunchiligining
Ilohiy kelib chiqishiga ishora edi.
Shoh Xammurapi tomonidan chiqarilgan ichkilikbozlikka
Qarshi dastlabki qonunlar, ayniqsa, e’tiborga molikdir. Asosiy
Qasrning baland peshtoqiga yozilgan qonunlarning birida bunday
Deyilar edi:
4-mashq. Quyidagi gaplarning oxiriga ishoraviy belgi qay birida
Noto‘g‘ri qo‘yilgan?
Soatingizga qarang-chi? 2. Maysalar oftobda yashnaydi! 3. Biz
Zavodda oilaviy mehnat qilamiz… 4. Rais nima uchun o‘g‘liga
Hech narsa demaydi. 5. Eh, bu vodiy naqadar go‘zal! 6. To‘lin oy
Chiqdi. 7. Hammamiz qarsak chalib yubordik!

5 – mashiq


Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirishga 5 ta misol yozing
6- mashiq
So‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilishga 4 ta so’z yozing?
7- mashiq
Uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qanday kuchiriladi.
8- mashiq
Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chiriladimi kuchirilmaydimi misollarda tushuntiring.
9- mashiq
Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi qanday kuchiriladi.
10-mashiq
So‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi:.misollarda tushuntiring.

Test:
1.Yozuvda bir yolga sigmay qolgan sozni keyingi satrga kochirganda, xato?


A) dan-gasa, tan-ga, jur-at
B) ish-chan, song-ra, mat-baa
C) mesh-chan, sin-gil, voqe-a
D) oi-la, ko-pik, un-gur
E) cha-ngitmoq, elt-moq, hi-koya
2.Qaysi qatorda bogin kochirish qoidasi buzilgan?
A) ko-ngil
B) men-ga
C) ing-liz
D) si-ngil
3.Biryoldan ikkinchisiga kochirilmaydigan birliklar qaysi qatorda qayd qilingan?
A) qisqartma sozlar
B) bir tovushni ifodalagan ikki harf
C) Berilgan barcha birliklar kochirilmaydi.
D) kop xonali sonlar
4.Bogin kochirish haqida aytilgan qaysi qoida notogri?
A) Ozlashma sozlarning boginlari chegarasida ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda kochiriladi.
B) Harfdan iborat shartli belgi ozi tegishli raqamdan ajratib kochiriladi.
C) Ozlashma sozlarning boginlari chegarasida uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga kochiriladi.
D) v. B. (va boshqalar), sh. K. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar oldingi sozdan ajratib kochirilmaydi.
5.Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yuz bermaydigan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar qatorini belgilang.
a)idrok, xalq
b)quloq, taroq
c)ittifoq, huquq
d)ishtirok, zavq
6.So‘z urg‘usi olma, gullar so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga tushsa qanday ma’no anglashiladi?
a)olma – bo‘lishsizlik (fe’l) ; gullar – ko‘p gullar (ot)
b)olma – meva (ot); gullar – ko‘p gullar (ot)
c)olma – meva (ot); gullar – gullashi mumkin (fe’l)
d)Ushbu so‘zlarda urg‘u ma’no farqlashga xizmat qilmaydi.
Qaysi qatorda so‘zlar urg‘usi noto‘g‘ri qo‘yilgan?
a)tangens, albatta, afsuski
b)yangra, yasha, yashna
c)Barcha javoblarda urg‘u belgisi to‘g‘ri qo‘yilgan.
d)kelmadi, qorday, mardlarcha
7.Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so‘zni belgilang.
a)sunbul
b)ko‘cha
c)paxta
d)kitob
8.Yopiq bo‘g‘inlar qatorini aniqlang.
a)os-mon, mak-tab, tok-zor
b)gul-li, so-at, pesh-voz
c)qu-loq, so-ya,
9.Urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajargan so‘zlarni belgilang.
1) yangi; 2) toza; 3) uchuvchi; 4) qurilma; 5) moslama; 6) gullar

a)1, 2, 5, 6


b)1, 3, 5, 6
c)1, 2, 3, 4, 5
d)Barcha so‘zlarda urg‘u ma’no farqlash vazifasini bajaradi.
10.
Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo‘g‘in borligini aniqlang. Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas.

a)11 ta
b)10ta


c)9 ta
d)12 t
11.Quyidagi qaysi maqolda ochiq bo‘g‘in eng ko‘p ishtirok etgan?
a)Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer.
b)Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor.
c)Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.
d)Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur.
12.Quyidagi qaysi maqolda ochiq bo‘g‘in eng ko‘p ishtirok etgan?
a)Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer.
b)Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur.
c)Bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor.
d)Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.
13.Qaysi qatordagi so‘zlar urg‘usi aksar hollarda birinchi bo‘g‘inda bo‘ladi?
a)navbat, mo‘g‘ul, nasha
b)ilgich, luqma, ildiz
c)zo‘rg‘a, issiq, proza
d)madad, maket, malax
14.Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so‘zni belgilang.
a)sunbul
b)kitob
c)paxta
d)ko‘cha
15.Yopiq bo‘g‘inlar qatorini aniqlang.
a)gul-li, so-at, pesh-voz
b)qu-loq, so-ya, jang
c)os-mon, mak-tab, tok-zor
d)yu-bor, ham-dam, ol
Download 19.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling