Ko'p o'lchamli massiv Mirzayev Bahodirjon Massivlar daraja yoki o'lchovlar soni
Download 49.01 Kb.
|
5-C
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32 o’lchovgacha Karl, 32!
Ko'p o'lchamli massiv Mirzayev Bahodirjon Massivlar daraja yoki o'lchovlar soni kabi tushuncha bilan tavsiflanadi. Massivlar 1, 2, 3 yoki n o’lchamli bo’lishi mumkin. Ko’p o’lchmali massivlarni 2 o’lchamli massivlar misolida ko’rib boramiz Bir o’lchovli massivlarni bitta gorizontal qator kabi tasavvur qilishimiz mumkin, misol uchun: int[] nums1 = new int[] { 0, 1, 2, 3, 4}; Vizual ko’rinishda bu massiv: image Endi esa 2 o’lchamli massivga misol ko’ramiz: int[,] nums2 = { { 0, 1, 2 }, { 3, 4, 5 } }; Vizual ko’rinishda bu massiv: image Ko’p o’lchamli massivlarni e’lon qilish uchun kvadrat qavs ichiga vergul qo’yiladi, yani [,] ikki o’lchamli massiv, [,,] uch o’lchamli massiv va hokazo. int[,] arr2d; // ikki o’lchamli massiv int[,,] arr3d; // uch o’lchamli massiv int[,,,] arr4d; // to’rt o’lchamli massiv int[,,,,] arr5d; // besh o’lchamli massiv C# 32 o’lchovgacha bo’lgan massivlarni qo’llab quvvatlaydi. 32 o’lchovgacha Karl, 32! Odatda 1,2 yoki 3 o’lchamli massivlar ko’p ishlatiladi. 2 o’lchamli massivlar shuningdek matritsa deb ham ataladi. Ko’p o’lchamli massivlarni ham bir o’lchamli massivlar kabi turli hil yo’l bilan e’lon qilishimiz mumkin: int[,] nums1; int[,] nums2 = new int[2, 3]; int[,] nums3 = new int[2, 3] { { 0, 1, 2 }, { 3, 4, 5 } }; int[,] nums4 = new int[,] { { 0, 1, 2 }, { 3, 4, 5 } }; int[,] nums5 = new[,] { { 0, 1, 2 }, { 3, 4, 5 } }; int[,] nums6 = { { 0, 1, 2 }, { 3, 4, 5 } }; Ko’p o’lchamli massivlarning elementlarini massiv elon qilingan paytda: int[,] nums3 = new int[2, 3] { { 0, 1, 2 }, { 3, 4, 5 } }; kabi aniqlashimiz yoki sikl yordamida elon qilishimiz mumkin: int[,] myArr = new int[4, 5]; Random rand = new Random(); for (int i = 0; i < 4; i++) { for (int j = 0; j < 5; j++) { myArr[i, j] = rand.Next(1, 30); Console.Write("{0}\t", myArr[i, j]); } Console.WriteLine(); } Bu yerda Random sinfidan foydalanildi. Shuningdek massivning har bir elementini alohidadan aniqlashimiz mumkin: int[,] nums2 = new int[2, 3]; nums2[0, 0] = 0; nums2[0, 1] = 1; … nums2[2, 3] = 5; Ikki o’lchamli massivlarda [2, 3] masivning qatorlar va ustunlar sonini belgilaydi yani 2 qatorlar soni va 3 ustunlar soni, quyida bunga misol ko’rishingiz mumkin: int[,] nums3 = new int[2, 3] { { 0, 1, 2 }, { 3, 4, 5 } }; image Keling endi 2 o’lchamli massivga misol ko’ramiz. Sinfxonada 3 qator partalar joylashgan, har bir qatorda 4tadan parta bor, bir partaga 1ta bola o’tiradi, oddiy hisob kitob bilan bu honada 3*4=12 ta parta borligi va 12ta o’quvchi sig’ishini hisoblay olamiz, endi masalaga o’tamiz, matematika fanidan imtihonda barcha o’quvchilar 3,4 yoki 5 baholarini olishdi, savol sinfning o’rtacha bahosi necha? using System; class Program { static void Main(string[] args) { //3 qator 4 ustunlik 2 o'lchamli massiv elon qilamiz int[,] myArr = new int[3, 4]; Random rand = new Random(); for (int i = 0; i < 3; i++) { for (int j = 0; j < 4; j++) { // random yordamida bolalarning baholarini aniqlaymiz // (3,6) bu oraliqni bildiradi va 3,4,5 sonlarini o'z ichiga oladi myArr[i, j] = rand.Next(3, 6); Console.Write("{0}\t", myArr[i, j]); } Console.WriteLine(); } int sum = 0; //sinfning umumiy bahosi double average = 0.0D; //sinfnig o'rtacha bahosi for (int i = 0; i < 3; i++) { for (int j = 0; j < 4; j++) { sum += myArr[i, j]; } } average = Convert.ToDouble(sum) / 12; Console.WriteLine($"Sinfning umumiy bahosi: {sum}"); Console.WriteLine($"Sinfning o'rtacha bahosi: {average}"); } } Natija: 5 3 5 4 4 3 5 4 3 3 3 3 Sinfning umumiy bahosi: 45 Sinfning o'rtacha bahosi: 3,75 Massivlarning asosiy hususiyatlari: O’lchovi(rank): massivning o’lchovini bildiradi Massiv uzunligi(array lenght): massivning barcha elementlari soni o'lchov uzunligi(dimension length): bir alohida o’lchovining uzunligi Download 49.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling