Ko'p tarmoqli fermer xo'jaligini tashkil etish va rivojlantirish Reja: Kirish Asosiy qism Fermer xo`jaligining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari Fermer


Fermer xo`jaligi faoliyatining qonun bilan mustahkamlash


Download 65.8 Kb.
bet4/5
Sana23.02.2023
Hajmi65.8 Kb.
#1224363
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ko\'p tarmoqli fermer xo\'jaligini tashkil etish va rivojlantirish

5.Fermer xo`jaligi faoliyatining qonun bilan mustahkamlash

5.Fermer xo`jaligi faoliyatining qonun bilan mustahkamlash

Fermer xo`jaligi uni tuzayotgan a’zolar xohishiga ko`ra, ixtiyoriy tashkil etilib, o`z ishlab chiqarishini belgilangan qonunchilik doirasida yuqori foyda olishni ko`zlab tashkil etadi. Fermer xo`jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o`z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo`lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo`lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo`lish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar bo`lishi mumkin. Fermer xo`jaligi faoliyatining qonun bilan mustahkamlab qo`yilgan asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: ustavda nazarda tutilgan doirada va ijara shartnomasida belgilangan ixtisoslashuvga muvofiq o`ziga berilgan yer uchastkasida ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;

Xulosa va takliflar

Xulosa va takliflar

Fermer xo`jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq to`lash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo`lmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida to`lanadi. Fermer xo`jaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qo`shiladi. Ijtimoiy sug`urta bo`yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to`lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. Fermer xo`jaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yig`imlar hamda boshqa majburiy to`lovlar to`langandan keyin butunlay fermer xo`jaligining ixtiyoriga o`tadi. Fermer xo`jaliklari ixtiyoriylik asosida birlashish, shu jumladan, ulush (pay) asosida birlashish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo`jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo`sinidagi va boshqa xil xizmat ko`rsatish bo`yicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.


Download 65.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling