Qishloq xo`jaligida mulkchilik munosabatlari tubdan isloh qilinib, xususiy sektor ahamiyatining keskin oshishi munosabati bilan qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti tarkibida shirkat xo`jaliklarining salmog`i 2002-yildagi 25,9 foizdan 2008-yilda 2,3 foizga tushgan, ya’ni deyarli o`n bir marta kamaygan. Shu davr oralig`ida fermer xo`jaliklari salmog`i oshib borib, 10,0 foizdan 32,6 foizga yetgan, yoki deyarli 3,3 barobar o`sgan. O`simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo`jaliklarining salmog`i muttasil o`sib bormoqda. Jumladan, fermer xo`jaliklarining o`simlikchilik yalpi mahsulotidagi ulushi 2002-yilda 17,8 foizga teng bo`lgan bo`lsa, 2008 yilda bu ko`rsatkich 54,4 foizga yetdi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo`jaliklarining ulushi 2002 yilda 2,0 foizga, 2008-yilda 4,1 foizga teng bo`ldi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda 2008-yil yakuni bo`yicha respublikamizda 105,3 ming fermer xo`jaliklari faoliyat ko`rsatgan. 4.Fermer xo`jaliklarini rivojlantirish Fermer xo`jaliklarini rivojlantirish, ularning samaradorligini yuksaltirish oqibatida quyidagi natijalarga erishildi: xususiy mulkchilik rivojlantirilib, fermer xo`jaliklarida mulkka bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi, ularda mulk egaligi hissiyoti shakllandi; fermer mulk egasi bo`lib, unga xo`jalikning ustav kapitalini mustaqil shakllantirib, boshqarish imkoniyati berildi; yer ijarasi muddatining 30 yildan 50 yilgacha belgilanishi natijasida fermerlarda yerdan samarali foydalanishga rag`bat shakllantirildi; fermer xo`jaligi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lib, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalarni mustaqil ravishda tuzib, uning bajarilishiga hamkorlar bilan teng huquqda javob berish hissiyoti shakllandi; davlat buyurtmasidan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotga erkin narx qo`yish va sotish huquqiga ega bo`ldi; mahsulot ishlab chiqarish va sotishdan kelgan sof foydani mustaqil tasarruf etish imkoniyati shakllandi va boshqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |