Fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasi mustahkam bo‘lsa, ularda iqtisodiy jihatdan rivojlanish yuqori bo‘ladi. Fermer xo‘jaligining moddiytexnika resurslari tabiiy va iqtisodiy resurslardan tashkil topadi. Tabiiy resurslar – yer, suv, o‘rmon, chorva hayvonlari, issiqlik hamda yog‘ingarchilik miqdoridan tashkil topadi. Ularning asosiy qismi davlat tasarrufida bo‘lib, korxonalarga, fuqarolarga foydalanish uchun beriladi. Iqtisodiy resurslarga moliyaviy hamda mehnat resurslari kiradi. Fermer xo‘jaligini ta’minlashda moddiy texnika va moliyaviy resurslar mavjud. Moddiy-texnika resurslariga – ishlab chiqarishning moddiy vositalari, binolar, inshootlar, mashinalar, traktorlar, kombaynlar, barcha turdagi kimyoviy vositalar, o‘g‘itlar, urug‘liklar, yem-xashaklar, yonilg‘i-moylash, qurilish va boshqa materiallar kiradi. Moliyaviy resurslariga – davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar, xo‘jaliklarning joriy, valuta hisoblaridagi, g‘aznadagi pullari, amortizatsiya fondi, aksiyalardan olayotgan foydalari, bank kreditlari hamda ichki va tashqi investitsiyalarni amalga oshirish natijasida olayotgan mablag‘lar, ta’sischilar va boshqa manbalardan kelib tushayotgan mablag‘lar kiradi. Fermer xo‘jaligining mablag‘lariga – mahsulot sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondidan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondi hisoblangan mablag‘, foydalanilmayotgan ayrim ishlab chiqarish vositalarini sotishdan, ijaraga berilayotgan vositalardan foydalanish natijasida va boshqa manbalardan olingan mablag‘lar kiradi. Fermer xo‘jaligining mablag‘lariga – mahsulot sotish, ish va xizmatlar bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondidan ajratilayotgan mablag‘, amortizatsiya fondi hisoblangan mablag‘, foydalanilmayotgan ayrim ishlab chiqarish vositalarini sotishdan, ijaraga berilayotgan vositalardan foydalanish natijasida va boshqa manbalardan olingan mablag‘lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |